Toshkent viloyati hokimligi
14.4K subscribers
38.4K photos
5.29K videos
48 files
21.3K links
Download Telegram
Yoshlarni vatanparvarlik, Konstitutsiya va qonunlarga hurmat, burchga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Toshkent viloyati hokimligi, Harbiy prokuratura va mutasaddi tashkilotlar hamkorligida viloyatning chaqiruv yoshidagi yoshlari va ularning ota-onalari ishtirokida oʻtkazilgan ochiq muloqot ham bu boradagi amaliy ishlarning mantiqiy davomi boʻldi.

Unda viloyat hokimi, shuningdek, Chirchiq harbiy prokuraturasi vakillari va boshqa masʼullar tomonidan Qurolli Kuchlar safida xizmat qilish istagi boʻlgan yoshlarning muammolari oʻrganildi.

Bundan tashqari, muddatli va kontrakt boʻyicha harbiy xizmat turlari, oliy harbiy taʼlim muassasalari, bu boradagi imtiyozlar va afzalliklar xususida batafsil tushunchalar berildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Daryo | Rasmiy kanal
Zoir Mirzayev harbiy xizmatga otlangan, biroq tanish-bilishchilik sabab armiyaga borolmayotgan yoshlar bilan muloqot qilishni boshladi

Hokim avvalroq harbiy xizmatga otlangan yoshlarning shifokorlar tamagirligi sabab muammoga duch kelayotganini aytib, bunga qarshi kurashishini bildirgandi.

Batafsil — https://dy.uz/V2C6F

👉 Obuna bo‘ling - @daryo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bekobod_tumani

Xitoy Xalq Respublikasidan kelgan investorlar delegatsiyasi Bekobodda

Bekobod tumani hokimi Shuxrat Do’sbekov, Xitoy Xalq Respublikasidan kelgan investorlarni qabul qildi.

Investorlar tumanning qishloq xo’jaligi yerlarini ko’zdan kechirib, Shuxrat Do’sbekov bilan qishloq xo’jaligiga investisiya kiritish bo‘yicha er maydonini aniqlash borasida maslahatlashildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Loyiha2024 #Nurafshon

Joriy yilda Nurafshon shahrida investitsiya dasturi doirasida bir qator obyektlarda qurilish va rekonstruksiya ishlari olib borilishi reja qilinmoqda. Sizdan bu boradagi taklif va mulohazalaringizni kutib qolamiz.

1) Badiiy akademiya tizimidagi ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatini qurish va jihozlash;
2) "Nurafshon city" hududida boks bo‘yicha oliy sport mahorati maktabini qurish (250 o‘rinli o‘quv binosi, 18x30 metr o‘lchamli sport zal (1-bosqich);
3) Madaniyat markazi binosini qurish;
4) Ko‘zi ojizlar kutubxonasini qurish;
5) Viloyat qo‘g‘irchoq teatri binosini qurish;
6) Toshkent viloyati tarixi va madaniyati muzeyini qurish.

Aholi tomonidan bildirilgan fikrlardan kelib chiqib, loyihaga oʻzgartirish kiritilishi mumkin.

Muhokama yakunlanadigan sana: 29.02.2024

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Endi har yili yurtimizda “Eng faol ijtimoiy xodim” ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi

Xo‘sh, nomzodlarni qanday sinovlar kutmoqda?

1. Bilim darajasini aniqlashga qaratilgan ijtimoiy ish sohasidagi onlayn test sinovlari;
2. IQ va individual psixologik xususiyatlari darajasini aniqlashga qaratilgan sinovlar;
3. Yakka tartibdagi suhbat.

Gʻoliblar quyidagicha taqdirlanadi:

Hududiy saralash bosqichidagi g‘oliblarga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5, 3 va 2 baravarigacha;

Final bosqichidagi g‘oliblarga esa mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 20, 15 va 10 baravarigacha pul mukofotlari beriladi.

Ko‘rik-tanlov — “Eng faol ijtimoiy xodim” va “Eng faol ijtimoiy xodim assistenti” nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlanadi.

Arizalar shu yilning 1-aprelidan 30-apreligacha Ijtimoiy himoya milliy agentligining rasmiy sayti ihma.uz orqali topshiriladi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika

Toshkent viloyatida faoliyat olib boruvchi Oliy taʼlim muassasalari toʼgʼrisida maʼlumotga egamisiz?

Infografika orqali hududdagi oliy taʼlim muassasalari toʼgʼrisida qisqacha maʼlumotga ega boʼlishingiz mumkin.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Loyiha2024 #Oqqoʻrgʻon

Joriy yilda Oqqo‘rg‘on tumanida investitsiya dasturi doirasida bir qator obyektlarda qurilish va rekonstruksiya ishlari olib borilishi reja qilinmoqda. Sizdan bu boradagi taklif va mulohazalaringizni kutib qolamiz.

1) "Uyg‘ur" MFYdagi bolalar va o‘smirlar sport maktabi binosi va 18x30 o‘lchamli sport zalini qurish;
2) Madaniyat markazi binosini rekonstruksiya qilish.

Aholi tomonidan bildirilgan fikrlardan kelib chiqib, loyihaga oʻzgartirish kiritilishi mumkin.

Muhokama yakunlanadigan sana: 29.02.2024

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_farmoyishi

Nurafshon shahridagi "Jurnalistlar bogʻi"ning suv taʼminotini yaxshilash ishlari olib boriladi.

Buning uchun viloyat mahalliy byudjetining 2024-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan 840 million soʻm miqdorda mablagʻ ajratildi.

Maʼlumot oʻrnida, mazkur bogʻ 2023-yilning noyabr oyida Nurafshon shahri "Qumariq" mahallasi hududidagi stello atrofida tashkil qilingan. 6,8 gektar maydonga hududning tuproq iqlim sharoitiga mos boʻlgan 6 ming 400 tup pavloniya, bagryanik, yasin va safora nihollari oʻtqazilgan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Loyiha2024 #Chinoz

Joriy yilda Chinoz tumanida investitsiya dasturi doirasida bir qator obyektlarda qurilish va rekonstruksiya ishlari olib borilishi reja qilinmoqda. Sizdan bu boradagi taklif va mulohazalaringizni kutib qolamiz.

1) "Barkamol avlod" bolalar maktabini rekonstruksiya qilish;
2) Bolalar va o‘smirlar sport maktabi uchun 25x11 metr o‘lchamli yopiq suzish havzasini qurish;
3) Madaniyat markazi binosini rekonstruksiya qilish;
4) "Каракулдюк" kanalining PK 157+00 dagi suv to‘suvchi inshootini rekonstruksiya qilish;
5) "Kanalobod" MFYdagi 300 gektar maydonga "Bo‘zsuv" kanalidan nasos agregatlari yordamida 3,1 km masofaga quvur tortib suv chiqarish.

Aholi tomonidan bildirilgan fikrlardan kelib chiqib, loyihaga oʻzgartirish kiritilishi mumkin.

Muhokama yakunlanadigan sana: 29.02.2024

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tartibi

Viloyatda aholi murojaatlari bilan ishlashda yangicha tizim joriy qilinmoqda

Bugun Prezident Adminstratsiyasi masʼul xodimi Muhiddin Sultonov hamda viloyat hokimi Zoyir Mirzayevlar raisligida aholi murojaatlari bilan ishlashdagi dolzarb muammolar va tizimga yangicha uslubni joriy etish yuzasidan yigʻilish tashkil etildi.

Unda bir qator masalalar koʻrib chiqildi.

Birinchi navbatda viloyatda maxsus Shtab tashkil etildi. Har bir tuman-shaharlarda sektor rahbarlarining kengaytirilgan navbatdan tashqari ommaviy “sayyor qabul” lari oʻtkazilishi belgilandi.

Shuningdek, aholi tomonidan eng koʻp koʻtarilayotgan masalalar, fuqarolarning shikoyat va arizalari kelib chiqishiga sabab boʻlayotgan muammolar koʻrib chiqiladi.

Eng asosiysi, “Obod-xonadon, obod-koʻcha, obod-mahalla” mezonlari joriy etilgan mahalalardagi aholi murojaatlari yaqindan oʻrganiladi. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish choralari koʻriladi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Pilla

Pillachilikni rivojlantirish bo'yicha seminar o'tkazildi


Batafsil

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM