Toshkent viloyati hokimligi
14.5K subscribers
38.9K photos
5.34K videos
48 files
21.4K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing

Ichimlik suvi boʻyicha viloyatimizda ayni paytda vaziyat qanday? Yuzaga kelgan avariyaviy holatlarni bartaraf etish vaqti va samaradorligi haqida nimalar maʼlum?

“Oʻzsuvtaʼminot” AJning hududiy boʻlimi mutasaddilari holat boʻyicha tushuntirish berdilar. Video shu haqida.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitterr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maxsus_dayjest

Hafta davomida viloyatimiz boshqarma, korxona va tashkilotlarida amalga oshirilgan ishlar bilan qisqa xabarlarda tanishing.

🔘Prokuratura. Toshkent viloyati prokurori tomonidan Angren shahrida ijtimoiy soha obyektlari hamda koʻp qavatli xonadonlarda qish mavsumini betalofat oʻtkazish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli oʻrganildi.

🔘Ichki ishlar Bosh boshqarmasi. “Interpol” generali vilyatimizda oʻrganish olib bordi.

🔘Adliya boshqarmasi. Toshkent viloyatidagi 22 ta Davlat xizmatlari markazlari xodimlari tomonidan yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatiga oid targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

🔘Bojxona. Boshqarmada tizimda ishlovchi ayollar uchun tibbiy-psixologik seminar tashkil etildi.

🔘Kadastr boshqarmasi. Aholining kadastrga oid murojaatlarini o‘rganish jarayonlari Bekobod shahri misolida ko'rib chiqilmoqda.

🔘Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi. Boʻstonliq tumanida 18 nafar ishsiz fuqarolarga subsidiya asosida asbob-uskunalar berildi.

🔘Sanepidboshqarmasi. "OKMK"ning Mis boyitish fabrikasi hududida "Tabiiy, texnogen va ekologik xusususiyatli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda obyekt boshqaruv organlari va fuqaro muhofazasi tizimlarining shahar FVDT xizmatlari bilan hamkorlikda harakatlari" mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

🔘Sport boshqarmasi. Toshkent tumanida yoshlarning sportga jalb qilinishi holati bilan tanishildi.

🔘Maktabgacha va maktab ta'limi. "Norwich" instituti direktori maktab direktor va o‘qituvchilari uchun trening o‘tkazdi.

🔘Statistika boshqarmasi. Boshqarma yosh xodimlari Nurafshon shahridagi "TEXTILE MILL TASHKENT" korxonasida boʻlib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

🔘Sog'liqni saqlash. Yangiyoʻl shahar tibbiyot birlashmasi tarkibida bolalar salomatligini saqlashga ixtisoslashgan yangi va zamonaviy bolalar boʻlimi binosi foydalanishga topshirildi.

🔘Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasi. Yetakchilar faoliyati sarhisob qilindi va ilgʻorlar aniqlandi

🔘Hududgaz. Suyultirilgan gaz taʼminoti tizimining barqaror ishlashini taʼminlash yoʻlida “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan barcha zarur choralar koʻrilmoqda.

🔘Ekologiya boshqarmasi. Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Yuqori Chirchiq tumani bo’limi xodimlari tomonidan tumanning "Birlik" mahalla fuqarolar yig’ini hududida uyulgan chiqindilar olib tashlanib, atrof obodon holga keltirildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitterr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Foto

Toshkent viloyatining maʼmuriy markazi Nurafshon shahrida Yangi yil bayrami shukuhi.

📸Foto: Nozim Abdulla

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitterr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imkoniyat

Viloyat hokimi tavsiyasi asosida yana 35 nafar hokim yordamchisi oliy taʼlimga oʻqishga qabul qilindi

🌐BATAFSIL

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_qarori

ENDI "OPEN BUDGET" PORTALIDA BOGʻ YARATISH UCHUN HAM ISHTIROK ETISH MUMKIN

Prezidentimizning "Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi farmoniga muvofiq, endilikda Toshkent viloyatida ham davlat byudjetidan har yili ajratiladigan mablag‘larning kamida 50 foizi "Yashil bog‘lar" va "Yashil jamoat parklari"ni tashkil qilish uchun "Open byudjet" axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan "Mening bog‘im" loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.

Bunda aholi tashabbusi bilan "Yashil bog‘lar" va "Yashil jamoat parklari"ni tashkil qilish bo‘yicha maydon manzili va rasmlari ko‘rsatilgan holda, qiymati 250 million so‘mdan oshmagan tashabbuslar bildirilishi hamda "Mening bog‘im" loyihalarini shakllantirish va ularga ovoz berish jarayoni har yili yanvar-fevral oylarida o‘tkazilishi belgilangan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitterr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида юқори қўшилган қийматли тайёр маҳсулотлар ишлаб чиқариш ва экспорт қилиш учун шароитларни янада кенгайтириш, хизмат кўрсатиш ва туризм соҳаларини ривожлантириш бўйича навбатдаги вазифалар юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по задачам дальнейшего расширения условий для производства и экспорта готовой продукции с высокой добавленной стоимостью, а также развития сфер оказания услуг и туризма.

Facebook|Instagram|Twitter
Президент раислигида ишлаб чиқаришни янада кенгайтириш ва хизматларни ривожлантириш масалалари юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланди.

Жаҳонда рўй бераётган ўзгаришлар ҳисобига иқтисодиёт учун зарур бўлган хом ашё ва маҳсулотлар нархи, уларни етказиб бериш харажатлари беқарорлиги таъкидланди.

Маҳсулотларимиз нарх жиҳатдан рақобатбардош бўлишини истасак, энг аввало, ўзимиздаги хом ашёни чуқур қайта ишлаб, тайёр сифатли маҳсулотларни кўпайтиришимиз шарт ва зарур, деди давлатимиз раҳбари.

Facebook|Instagram|Twitter
Мамлакатимизга сайёҳлар оқимини янада ошириш учун меҳмонхона ва меҳмон уйларини кўпайтириш лозимлиги таъкидланди.

Бу борада Паркентдаги Кумушкон, Ҳисарак, Сўқоқ, Бошқизилсой, Чанги, Заркент, Бойқозон маҳаллаларида туризм маскани ташкил этилади.

Хонобод шаҳри, Бойсун, Бахмал, Фориш, Ангрен ва Оҳангаронда ҳам туризм масканлари мастер режасини тайёрлаш топширилди.

Омонхона, Майданак каби туристик объектлар инфратузилмасини яхшилашга 30 миллион доллар йўналтириш, туризм объектларига олиб борувчи йўллар инфратузилмасига қўшимча 200 миллиард сўм ажратиш қарор қилинди.

Йўлларни таъмирлаш билан бирга, улар атрофида комплекс хизматларни ривожлантиришда янгича ёндашув бўлади.

Туризм объектига олиб борадиган қайси йўл таъмирланаётган бўлса, ўша йўл бўйида савдо ва сервис шохобчаларини жойлаштириш бўйича мастер режалари ишлаб чиқилади ва тадбиркорларга берилади, аҳоли ва туристлар учун қулай маршрутлар ишлаб чиқилиб, жамоат транспорти йўлга қўйилади, хостел ва меҳмон уйлари ташкил қилинади.

Facebook|Instagram|Twitter
Audio
🟦🟦🟩🟩

Dushanba – viloyat hokimligida hudud tashkilotlari va idoralarida ijro intizomining ahvoli oʻrganiladi hamda muhokama qilinadi. “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash, muammolarni oʻrganish va amaliy koʻmak berish kuni.

🔘O'rta Chirchiq tumani. Tuman hokimi rahbarligida “Hokimlik soati” yig‘ilishi o‘tkazildi.

🔘Piskent tumani. Tegishli mutasaddilar ishtirokida “Obod xonadon, obod koʻcha, obod mahalla” me'zonlarini joriy etish - oilada sogʻlom turmush madaniyatini yuksaltirish omillaridir" mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.

🔘Bekobod tumani. Tuman hokimi o'rinbosari, oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i tomonidan ayollarning jamiyatdagi o'rnini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasi majlisining tegishli bayonnomasi ijrosini joylarda ta'minlash maqsadida, mahalla xotin-qizlar faollari ishtirokida seminar bo'lib o'tdi.

🔘Chinoz tumani. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolajonlarga "Bright Future" fondi tomonidan bayram sovg'alari tarqatildi.

🔘Yangiyo'l shahri. Umumiy o'rta ta'lim maktablari direktorlari ishtirokida yig'ilish tashkil qilindi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Tuman hokimi boshchiligida “Sultonravot” madaniyat markazida navbatdagi faollar yigʻilishi o'tkazildi.

🔘Bekobod shahri. Shahar hokimi hamda IIB boshlig'i rahbarligida tashkil etilgan tadbirda mahalla “yettiligi” faoliyatida profilaktika inspektorlarining asosiy vazifalari masalalari muhokama qilindi.

🔘Chirchiq shahri. Shahardagi energetika tarmog‘i xodimlari tun-u kun faoliyat yuritib, aholi murojaatlariga yechim topmoqda.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_farmoyishi

HARBIY MA’MURIY SEKTOR FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH UCHUN 4 MILLIARDDAN ORTIQ MABLAGʻ AJRATILDI

Harbiy ma’muriy sektor faoliyatini 2023-yilda tashkillashtirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi"da ko‘zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish, Bo‘stonliq tumanidagi 64562-sonli harbiy qismga ichimlik suvi tarmog‘i, moddiy vositalarini saqlash ombori hamda tashqi sug‘orish tizimlarini qurish ishlari olib boriladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.

Mazkur tadbirlarni amalga oshirish uchun viloyat mahalliy byudjetining joriy yil 3-chorak yakuni bilan shakllangan daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan 4 milliard ikki yuz million so‘m miqdordagi mablag‘lar ajratildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitterr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_qarori

TOSHKENT TUMANIDA ELEKTR PODSTANSIYASI QURILADI

Toshkent tumani "Tutzor" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi davlat zaxirasidagi qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan 979-konturda joylashgan 1 gektar yer maydonida Elektr podstansiyasi quriladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning tegishli qarori imzolandi.

Shuningdek, podstansiya quriladigan mazkur yer maydoni Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitterr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MigrantTV.uz
#yangi_loyiha

Bugundan migrantlar bilan ishlash bo‘yicha viloyat hokimining virtual ish ofisi test rejimida o‘z faoliyatini boshladi

Mazkur ofis migrantlarning murojaatlarini kechayu kunduz qabul qilish, hal etish va ushbu jarayonlarni nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan platformadir.

Viloyatda migrantlar bilan ishlaydigan maxsus Shtab tuzilgan bo‘lib, Ishchi guruh asosan, xorijdagi mehnat migrantlarini xatlovini o‘tkazish va vatanga qaytarish tadbirlarini tashkil etish, ularni ish bilan band qilish va moddiy ta’minotini yaxshilashga ko‘maklashishga xizmat qiladi.

Maxsus shtab telefon raqamlari: +998702025116; +998702025117; +998702025118; +998702025119; +998702025120.

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
👇👇👇

💬Telegram 🌐Website 🌐You Tube
🌐Instagram 🌐Facebook 🌐Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tuhfa

TOSHKENT VILOYATINING BIR NECHTA HUDUDLARIDA MAʼNAVIYAT MASKANLARI FAOLIYAT BOSHLADI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarorida 2021-2023-yillarda Maʼnaviyat va maʼrifat maskanlarini barpo etishning manzilli roʻyxati tasdiqlangan edi.

Shunga koʻra, Toshkent viloyatida maʼnaviy muhit barqarorligini mustahkamlash, aholi, ayniqsa yosh avlod ongi va qalbida yuksak fazilatlarni rivojlantirish maqsadida, joylarda "Maʼnaviyat maskan"lari foydalanishga topshirildi.

Xususan, dekabr oyi davomida viloyatning Toshkent, Bekobod, Yangiyoʻl, Zangiota, Boʻka, Oqqoʻrgʻon tumanlari hamda Angren, Yangiyoʻl shaharlarida "Maʼnaviyat maskan"larining yangi binolari ochilib, ish faoliyatini boshladi.

Har bir binoning ochilish marosimida tuman va shahar hokimlari, maʼnaviyat sohasi mutasaddilari, tegishli masʼullar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Mazkur maskanlarda oʻzbek milliy urf-odat va anʼanalarini aks ettiruvchi hunarmandchilik naʻmunalari, turli ilmiy, ommabop, badiiy va adabiy asarlardan tarkib topgan kutubxonalar ham oʻrin olgan. Bu esa o'z navbatida, aholining kitob mutolaasiga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda ularning maʼnaviy dunyosini yanada boyitish yoʻlida xizmat qilishi shubhasiz.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitterr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM