#rasmiy_bayonot
Kuni kecha Olmaliq shahrining "Ramazon" mahallasidagi bir necha xonadondagi ichimlik suvi joʻmraklaridan qonli suv oqishi kuzatilgan.
Shahar "Suv ta’minoti" korxonasi mas’ullarining holat yuzasidan dastlabki ma’lumot berishicha, bu kushxonadagi oqova suv va ichimlik suv quvurining teshilib, oʻzaro qoʻshilib ketishi sababli kuzatilgan.
Ushbu holat zudlik bilan mas’ullar tomonidan nazoratga olinib, hozirda ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda.
🌐 Telegram 🌐Website 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter
Kuni kecha Olmaliq shahrining "Ramazon" mahallasidagi bir necha xonadondagi ichimlik suvi joʻmraklaridan qonli suv oqishi kuzatilgan.
Shahar "Suv ta’minoti" korxonasi mas’ullarining holat yuzasidan dastlabki ma’lumot berishicha, bu kushxonadagi oqova suv va ichimlik suv quvurining teshilib, oʻzaro qoʻshilib ketishi sababli kuzatilgan.
Ushbu holat zudlik bilan mas’ullar tomonidan nazoratga olinib, hozirda ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_bayonot
Ijtimoiy tarmoqlarda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev qishloq xoʻjaligi vaziri etib tayinlanayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Bu gaplar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ayni paytda oʻz ishini davom ettirmoqda va kun tartibiga muvofiq, belgilangan vazifalar, chora-tadbirlar ijrosi bilan band.
Tasdiqlanmagan axborotlarni tarqatish qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab boʻlishini eslatamiz.
Behzod Qobulov,
Toshkent viloyati hokimining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi - matbuot kotibi.
✉ Telegram 🌐Website 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter

Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq shahrining Maktab va maktabgacha taʼlim boʻlimi mudiri, Chirchiq shahari hokimi oʻrinbosari viloyat hokimining topshirigʻi bilan qamaldi degan mazmunda xabarlar tarqalmoqda.
Bu mutlaqo haqiqatda toʻgʻri kelmaydi. Har ikki rahbar oʻz ish faoliyatini davom ettirmoqda.
Tez orada Toshkent viloyati Maktab va maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi Elyor Akbarovning holat yuzasidan videobayonoti eʼlon qilinadi.

#Raddiya
#rasmiy_bayonot
Kun.uz saytida e’lon qilingan tanqidiy material yuzasidan
Bugun Kun.uz saytida Toshkent viloyati hokimligi tomonidan uchta elektromobil amaldagi qonunchilikka zid ravishda xarid qilinayotgani, hokimlikning rasmiy veb saytiga noto‘g‘ri axborot kiritilgani ta’kidlangan.
Mazkur material bir yoqlama va mavjud hujjatlarni to‘liq o‘rganmay chop qilingan, deb hisoblaymiz. Jumladan,
1) Toshkent viloyati hokimininig birinchi o‘rinbosariga 2021 yili ishlab chiqarilgan Mersedes Benz 10 001 TVX xizmat mashinasi sifatida biriktirilmagan. Bu noto‘g‘ri axborot. Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosariga 2009 yilda ishlab chiqarilgan Mersedes Benz 10 003 DAV rusumli mashina biriktirilgan.
👉 To‘liq ma’lumot
2. Viloyat hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosariga biriktirilgan 10 013 DAV avtomashinasi haqiqatan ham 2020 yilda ishlab chiqarilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat boshqaruvi organlarida xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 258-sonli Qarorining 6-bandida xizmat mashinalarini yangilash tartibi belgilangan. Xususan, 5 yil foydalanishda bo‘lgan mashinalar, shuningdek, foydalanishga yaroqsiz holga kelgan mashinalar almashtirilishi yoki quyi tizim tashkilotlariga foydalanish uchun berilishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Viloyat hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosariga biriktirilgan 10 013 DAV avtomashinasi 2020 yilda ishlab chiqarilgan, hozirgi kunga kelib yo‘l-transport hodisasiga uchragani sababli, texnik jihatdan yaroqsiz holga kelgan.
Xarid qilinayotgan xizmat yangi mashinalari (elektromobil, gibrid) davlat rahbarining PQ-443 sonli qarorida belgilangan vazifalar doirasida amalga oshirilmoqda. Yangi avtotransport vositalari xarid qilinganidan keyin amalda foydalanilayotgan mashinalar tegishli tartibda hisobdan chiqariladi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_bayonot
Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Yangi yo‘l shahar Farovon mahallasi Anarqulov dahasi 13 ko‘p qavatli uyning yer to‘la qismida issiqlik yotiq quvurlari o‘rnatish jarayonida nosozliklar to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.
Mazkur holat Toshkent viloyati qurilish va uy-joy xo‘jaligi xodimlari tomonidan o‘rganilib, muammo ushbu uyga xizmat ko‘rsatuvchi “Story Everest master” BSK hamda pudrat tashkiloti hamkorligida to‘liq bartaraf etildi.
Toshkent viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi matbuot xizmati
🌐 Telegram 🌐Website 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitterr
Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Yangi yo‘l shahar Farovon mahallasi Anarqulov dahasi 13 ko‘p qavatli uyning yer to‘la qismida issiqlik yotiq quvurlari o‘rnatish jarayonida nosozliklar to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.
Mazkur holat Toshkent viloyati qurilish va uy-joy xo‘jaligi xodimlari tomonidan o‘rganilib, muammo ushbu uyga xizmat ko‘rsatuvchi “Story Everest master” BSK hamda pudrat tashkiloti hamkorligida to‘liq bartaraf etildi.
Toshkent viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_bayonot
Bugun, 6 - iyul kuni soat 16:38 da Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, “Qoranko‘l” MFY qir-adirligida quruq o‘t (shox-shabba) yonayotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Yong‘in joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 17:00 da yetib borgan va soat 18:50 da qurshab olingan.
Shuningdek, yong‘in hududi kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun “Burchmulla” o‘rmon xo‘jaligidan ham yong‘in o‘chirish ishlariga xodimlar jalb qilingan.
Hodisa oqibatida aholi punktlariga xavf yetmagan va tan jarohati olish holatlari yo‘q, yong‘in soat 19:16 da o‘chirilganini ma’lum qilamiz.
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube 🌐 Instagram✅ Facebook 🕊 Twitter