Toshkent viloyati hokimligi
14.4K subscribers
38.8K photos
5.32K videos
48 files
21.4K links
Download Telegram
#Armiya_xalq_bilan

MUDOFAA VAZIRLIGINING JAMOATCHILIK KENGASHI AʼZOLARI NURAFSHONDA UCHRASHUV OʻTKAZDI

🌐BATAFSIL

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Piskent_tumani

Dehqonchilikning “handaligi” qanday hosil beradi: viloyatimizda ipak qurti katta dahaga kirdi

Tumanda ipak tola yetishtirish jadal surʼatda olib borilmoqda. Xususan, sektor rahbarlari koʻmagida “Chimqoʻrgʻon” va “Kelovchi” MFYdagi boʻsh turgan binolarda tajribali pillakorlar boshchiligida ipak qurti parvarishlanmoqda. Har bir binoda 10 nafar usta pillakor 10 qutidan ipak qurtini ishsiz, kam daromadli fuqarolarni jalb etgan holda birgalikda yetiltirmoqda. Bunda pillachilikni rivojlantirish bilan birga ishsiz fuqarolarning bandligini taʼminlash, jamoaviy mehnat va daromad topishiga koʻmaklashish koʻzda tutilmoqda.

Maʼlumot uchun, joriy yili tumanda 2700 quti ipak qurti urugʻi jonlantirib, 157 tonna xomashyo yetishtirish rejalashtirilgan. Bu maqsadda 2427 ta pillakorlar guruhi shakllantirilgan. Tumanda ipak qurtini yetarli miqdorda oziqlantirish uchun 328 gektar tut plantatsiyasi mavjud.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#eksport

Oʻzbekiston giloslari endi Indoneziyaga eksport qilinadi

Parkent tumani “Sanganak” qishlogʻi hududida joylashgan 30 gektar yer maydonida gilos yetishtirilib, Indoneziya davlatiga eksport qilinishga tayyorlanmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#aholi_murojaati

Viloyat hokimi oʻrinbosarlari chekka mahallalarda sayyor qabullarini oʻtkazmoqda

🌐BATAFSIL

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
🟦🟦🟩🟩

Chorshanba - Investitsiya, eksport masalalarini oʻrganish va sanoat zonalarida olib borilayotgan
ishlar bilan tanishish kuni

🔘Quyi Chirchiq tumani. Tuman mutasaddilari Xitoy xalq respublikasining Siyan shahrida Toshkent viloyati delegatsiyasi tarkibida qatnashmoqda.

🔘Oʻrta Chirchiq tumani. Tuman hokimi I.Kasimov 3-sektorda tadbirkorlar va horijlik investorlar bilan uchrashdi.

🔘Piskent tumani. Tumanda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish maqsadida Janubiy Koreyalik investorlar bilan muloqot tashkil etildi.

🔘Zangiota tumani. Tuman hokimi A.Tamikayev tadbirkorlar bilan uchrashuvda ularga yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida eslatib oʻtdi.

🔘Yangiyoʻl shahri. Mutasaddi rahbarlar Baxt mahallasida joylashgan “Yangi sifat” kichik sanoat zonasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi.

🔘Bekobod tumani. F.Xudoyberdiyev tadbirkorlar va ishbilarmonlar bilan muloqotda yashil energiya va boshqa istiqbolli loyihalar uchun kreditlar boʻyicha batafsil maʼlumot berdi.

🔘Chirchiq shahri. D.Xidoyatov “Zaposhevom” MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishib, korxonada yaratilgan shart-sharoitlarni oʻrgandi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live

Ayni vaqtda Quyi Chirchiq tuman madaniyat markazida yoshlar bilan individual ishlash tizimi bo'yicha o'quv-seminar bo’lib o’tmoqda.

Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Otabek Sultonbekov, Quyi Chirchiq tumani hokimi Akmal Xolmurodov Yoshlar ishlari agentligi mas'ul xodimlari, agentlikning viloyat boshqarmasi vakillari, IIB, Milliy gvardiya mas'ullari, hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari ishtirokidagi muloqotda yoshlar bilan individual ishlash, mahalladagi yoshlar muammolarini o‘rganish, toifalar tarkibi, "Yoshlar balansi"ni shakllantirish yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tilmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ayyom

BUGUN XALQARO MUZEYLAR KUNI

Viloyatimizda 18-may – Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan barcha muzeylarda “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazilmoqda.

Maʼlumot oʻrnida, ayni paytda Toshkent viloyatida 5 ta muzey faoliyat olib borayapti:

🔘 Angren shahar tarixi muzeyi;

🔘 Chirchiq shahar tarixi muzeyi;

🔘 Olmaliq shahar oʻlkashunoslik muzeyi;

🔘 Oqqoʻrgʻon tumani tarixi va oʻlkashunoslik muzeyi;

🔘 Usmon Yusupov nomidagi uy-memorial muzeyi (Yangiyoʻl).

Shuningdek, rasman muzey sifatida davlat roʻyxatida turmaydigan, biroq muayyan eksponatlar jamgʻarilgan, koʻrgazmalar ham mavjud. Xususan, Chinoz tumanidagi Tursunoy Oxunova yashab, faoliyat olib borgan binoda joylashgan uy-muzeyi, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati qoshida tashkil etilgan “Kombinat tarixi” eksponatlar koʻrgazmasi, Madaniy meros agentligining hududiy boshqarmasining maʼmuriy binosida joylashgan (Shoabdumalik ota ziyoratgohi) etnografiya, tarix-arxeologiya koʻrgazmalari shular jumlasidan.

Viloyatda joylashgan muzey va tarixiy-arxeologik koʻrgazmalarga kuniga oʻrtacha 3-5 ming nafar aholi, xususan, oʻquvchi yoshlar tashrif buyuradi. Jami eksponatlar miqdori 50 mingdan ziyod. Mazkur sohada viloyatimizda bugun 150 nafarga yaqin ishchi-xodim faoliyat koʻrsatib kelmoqda.

Suratda: Angren shahridagi oʻlkashunoslik muzeyida boʻlib oʻtayotgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiridan lavhalar.

Surat muallifi: Angren shahar hokimligi axborot xizmati

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

OʻZ PULIMGA YER OLOLMAYAPMAN...

Parkentlik yosh tadbirkorning ushbu mazmundagi murojaati oʻrganildi.

Tadbirkorlik maqsadida yer olmoqchi boʻlib muammolarga duch kelayotgan Parkentlik boʻlajak yosh tadbirkor murojaati boshqarma masʼullari tomonidan oʻrganib chiqildi.

Unga koʻra, murojaatda qayd etilgan va auksionga qoʻyilishi soʻralayotgan “Oydin” MFY hududidagi 0,015 gektar yer maydoni taklifi 2023-yil 15-fevral kuni MG1727249049/1 unikal raqami bilan “YEREELEKTRON” avtomatlashgan axborot tizimiga kiritilgan.

Yuqorida izoh berganimizdek, mazkur vaziyatda yaʼni, yer uchastkasini auksionga qoʻyilishi jarayonida kadastr idorasi tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar bajarilgan.

Ayni paytda taklifi kiritilgan mazkur yer maydoni “YEREELEKTRON” avtomatlashgan axborot tizimi bazasida “Loyihalash” jarayonida turganligini maʼlum qilamiz.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM