Toshkent viloyati hokimligi
14.4K subscribers
38.4K photos
5.29K videos
48 files
21.3K links
Download Telegram
#Munosabat

MUFTIYAT ICHKI NAZORAT KOMISSIYASI IMOM AVAZXOʻJA BAHROMOVNING XATTI-HARAKATINI MUHOKAMA QILDI

Shu yil 28-yanvar kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ichki nazorat komissiyasi yigʻilishida Toshkent viloyati Toshkent tumani “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov masalasi koʻrib chiqildi. Unda imom-xatibning ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab boʻlgan arab tili kursidagi xatti-harakatlari muhokama qilindi.

Yigʻilishda imom-xatibning mazkur holati imomlik maqomiga mutlaqo toʻgʻri kelmasligiga alohida urgʻu qaratildi. Ayniqsa, ichki meʼyoriy hujjatlarda belgilangan “fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala, vazmin va samimiy munosabatni namoyish qilish”, va “oʻzining xatti-harakati va axloqi tufayli jamoatchilikning tanqidiga uchramaslik choralarini koʻrish” degan bandlarning A.Bahromov tomonidan qoʻpol ravishda buzilishi deb baholandi. Shuningdek, A.Bahromov arab tili oʻquv kurslarida dars berishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston musulmonlari idorasini belgilangan tartibda xabardor etmagani ham alohida qayd etildi.

Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi diniy soha xodimlarini jamiyatda oʻzini tutishi, odamlar bilan munosabatda namuna koʻrsatishi, imomlik maqomiga munosib boʻlishi borasida muntazam tushuntirish ishlarini olib boradi. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan avval ijroga yoʻnaltirilgan normativ hujjatlarda ham imom-xatib tasdiqlangan meʼyoriy hujjatlarga amal qilishi va mehnat majburiyatlariga rioya etishi qatʼiy belgilab qoʻyilgan edi.

Afsuski, Avazxoʻja Bahromov mazkur xatti-harakati bilan meʼyoriy hujjatlar talablarini qoʻpol ravishda buzib, Oʻzbekiston musulmonlari idorasining mazkur yoʻnalishdagi buyruqlari, ichki tartib qoidalari hamda mehnat majburiyatlariga rioya etmagani maʼlum boʻldi.

Ichki nazorat komissiyasi Toshkent viloyati Toshkent tumani “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromovni egallab turgan lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida xulosa qildi. Shuningdek, bunday shaxslarga Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tizimida oʻrin yoʻqligi alohida taʼkidlandi.

Ayni kunlarda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar Avazxoʻja Bahromovning mazkur xatti-harakatlariga huquqiy baho berish yuzasidan ish olib borayotganini maʼlum qilamiz.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati.

️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Barchasi_inson_qadri_uchun!

Yuqori Chirchiq tumanida ehtiyojmand oila vakillariga  moddiy yordam pullari topshirildi

Yuqori Chirchiq tumani hokimi U.Atemov tashabbusi bilan tumanda  kam taʼminlangan ehtiyojmand oilalar, nogironligi mavjud fuqarolar va yakka yolgʻiz keksa avlod vakillarining holidan xabar olish kabi ezgu ishlar keng quloch yoyib ulgurgan.

Jumladan, tumanning 51 ta ehtiyojmand, ijtimoiy ahvoli ogʻir, nogironligi mavjud, boquvchisini yoʻqotgan, tibbiy muolajaga muxtoj oila vakillariga jami 154  mln soʻm miqdoridagi naqd pul koʻrinishidagi xayriya mablagʻlari tuman hokimi oʻrinbosarlari va boshqa masʼullar tomonidan har bir xonadonga yetkazib berildi.

- Mana, bugun hurmat-eʼtibor qilib, vaqtlarini ayamasdan uyimizga tashrif buyurgan xokimlik vakillariga oʻz minnatdorchiligimni bildiramiz. Bunday savobli ishlarga bosh-qosh boʻlayotgan tuman hokimi U.Atemovga ham katta minnatdorchiliklarimizni yetkazinglar,- deydi kamtar fuqarolar.

Zero, ushbu oilalar va fuqarolarning holidan xabar olish, ular bilan hamsuhbat boʻlish, qalbiga quloq solish, dardini bilish, muammolarini yechish uchun amaliy koʻmak berish barchamiz uchun savobli ish ekanligini unutmasligimiz lozim.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Statistika

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida Toshkent viloyati tashqi savdo aylanmasida eksport qilingan tovarlarning qiymati 2 128,7 mln. dollarga toʻgʻri keldi.

Yuqori ulushga ega boʻlgan hamkor davlatlar roʻyxati quyidagicha:

Tovarlar jami 65 ta davlatlarga eksport qilingan boʻlib...

Rossiya - 15,2 mln. AQSH doll.

Qozogʻiston - 506,3 AQSH mln. doll.

Turkiya - 495,9 mln. AQSH doll.

Xitoy - 345,9 mln. AQSH doll.

Afgʻoniston - 92,5 mln. AQSH doll.

Tojikiston - 71,6 mln. AQSH doll.

Qirgʻiziston - 32,8 mln. AQSH doll.

Niderland -25,9 mln. AQSH doll.

Belorus - 25,6 mln. AQSH doll.

Turkmaniston - 16,9 mln. AQSH doll.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hujjat_va_ijro

Toshkent viloyati Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasiga ajratib berilgan yer maydonlariga oʻzgartirishlar kiritiladi

🌐BATAFSIL

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tashqi_savdo
#Parkent_tumani

Meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va eksport qilish boʻyicha oxirgi yillarda viloyatda sezilarli ishlar amalga oshirildi. Yaʼni kooperatsiya usuli va klasterlarni rivojlantirish orqali salmoqli natijalarga erishilmoqda.

Parkent tumanidagi mavjud tabiiy-iqlim sharoiti qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini, xususan, meva-sabzavotchilikni barqaror rivojlantirish imkonini beradi

Hududda eksport geografiyasi oʻtgan yillarga nisbatan ortib, bugun 26 ta mamlakat bozorlariga kirib borildi.

📹Batafsil videolavhada.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#shtab_faoliyatidan

“Tezkor shtab” muammolarni zudlik bilan bartaraf etish choralarini koʻrmoqda

🌐BATAFSIL

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Тошкент шаҳрида Биринчи Президент Ислом Каримов ҳайкали пойига гулчамбар қўйди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев возложил цветы к подножию памятника Первому Президенту Исламу Каримову в городе Ташкенте.

#Mirziyoyev #marosim #BirinchiPrezident #xotira

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#hokimlik_hujjatlari

Hududlarda urugʻlik paxtani mustaqil yetishtirish va tayyorlash korxonalari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi

Tegishli hujjatga koʻra, Toshkent viloyatida zamonaviy infratuzilma va zarur aylanma mablagʻiga ega xususiy urugʻchilik korxonalari roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlandi.

Viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi mazkur xususiy urugʻchilik korxonalarini viloyat hamda tuman taqsimot rejasiga, shuningdek, viloyat statistika boshqarmasi reyestriga kiritish chorasini koʻradi.

Xususiy urugʻchilik korxonalari 2023-yil hosili uchun yetishtirilgan urugʻlik va texnik paxtani shartnomalar asosida qayta ishlash, nav va avlodlar boʻyicha alohida jamgʻarish, standart talablariga mos ravishda saqlash, tozalash, saralash, dorilash, quritish, qadoqlash hamda tayyorlangan mahsulotlarni muvofiqlik sertifikatlari asosida belgilangan tartibda sotilishini taʼminlaydi.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Ислом Каримов номидаги Илмий-маърифий ёдгорлик мажмуасига ташрифи чоғида Биринчи Президент музейини ташкил этиш ишлари билан ҳам танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев в ходе посещения Научно-просветительского комплекса имени Ислама Каримова также ознакомился с ходом работ по созданию музея Первого Президента.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter