Toshkent viloyati hokimligi
14.5K subscribers
38.8K photos
5.33K videos
48 files
21.4K links
Download Telegram
Audio
#Dayjest

Joylarda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va tadbirkorlikni rivojlantirish, mahalladagi mavjud muammolarni hal etishda sektor rahbarlari va biriktirilgan masʼullarning saʼy-harakatlari muhim oʻrin tutmoqda. Qisqa xabarlarimizda shu mavzu atrofida soʻz yuritamiz.

🔘
Piskent tumani. Tuman hokimligida hududdagi tadbirkor va ishbilarmonlar, tegishli mutasaddilar ishtirokida tabiiy gaz, elektr energiyasi taʼminoti yuzasidan ochiq muloqot oʻtkazilib, tadbirkorlarning koʻplab savollariga batafsil javob berildi.

🔘Parkent tumani. “Mahallabay” ishlash tizimi hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va tadbirkorlikni rivojlantirish, mahalladagi mavjud muammolarni hal etishda eng maqbul yoʻl ekani Soʻqoq qishlogʻi misolida ham yaqqol namoyon boʻlmoqda.

🔘Boʻstonliq tumani. 1-sektori rahbari 1-, 3-, 30-,54-sonli umumtaʼlim maktablarida boʻlib, muassasalarning taʼlim jarayonlariga qay darajada tayyor ekani hamda isitish tizimlaridagi mavjud ahvol bilan yaqindan tanishdi.

🔘Yangiyoʻl shahri. “Lazzat” mahallasida birinchi sektor tashabbusi bilan “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi va unga uzoq yillar samarali mehnat qilib, hozirda keksalik gashtini surayotgan faxriylar, shahar ravnaqiga katta hissa qoʻshayotgan faollar va yoshlar taklif etildi.

🔘Zangiota tumani. Mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha “Oqqoʻrgʻon tajribasi” 3-sektor hududida joylashgan “Baliqchi” mahallasida tadbiq etiladi.

🔘Boʻka tumani. 2-sektor rahbari homiyligida “Yangibogʻ” mahallasida yashovchi nogironligi boʻlgan va boquvchisini yoʻqotgan oilalar holidan xabar olindi.

🔘Bekobod shahri. 1-sektor hududidagi Muqumiy nomli mahallada istiqomat qiluvchi aholi uchun shahar hokimining sayyor qabuli tashkil qilindi.

🔘Toshkent tumani. Viloyat hokimining oʻrinbosari Shukrullo Mahmudov tumanning 2-sektori hududidagi “Darxon” mahallasida aholi murojaatlari boʻyicha muloqot oʻtkazdi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#Dayjest

Juma - Qurilish sohasidagi muammolarni o'rganish, investitsiya obyektlarida qurilish jarayonlari bilan tanishish kuni. Bugungi xabarlarimiz orqali mazkur yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida qisqacha toʻxtalib oʻtamiz.

🔘
Statistika boshqarmasi. Viloyatda oʻtgan yil norasmiy sektor hissasiga toʻgʻri kelgan qurilish ishlari ulushi 22,9 foizni tashkil etdi yoki 2784,7 mlrd. soʻm miqdorida qayd etildi.

🔘Qibray tumani. Tuman hokimi va sektor rahbarlari 4-sektor hududidagi mahallalarda belgilangan qurilish ishlarining borishini tahliliy-tanqidiy muhokama qildilar.

🔘Angren shahri. Rossiya Federatsiyasi va Koreya Respublikasi vakillari shahardagi Qurilish sohasi uchun malakali mutaxassislar tayyorlovchi markazda boʻlib, u yerdagi shart-sharoitlar bilan tanishdilar.

🔘Chirchiq shahri. Shahar hokimi fuqarolar murojaati ortidan M.Ulugʻbek hamda V. Haydarov nomli mahallalarda boʻlib, aholi vakillari bilan bu hududlarda qoʻshimcha infratuzilma obyektlari qurilishi imkoniyatlarini muhokama qildi.

🔘Ohangaron shahri. Shaharning “Namuna” mahallasida qad rostlagan yangi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida olib borilayotgan qurilish ishlari yakuniy bosqichga yetdi.

🔘Oʻrta Chirchiq tumani. Tumandagi 20 ta mahallaga toza ichimlik suvi oʻtkazish yuzasidan tuman hokimi boshchiligida loyihachi tashkilotlar hamda tegishli mutasaddilar ishtirokida muloqot oʻtkazildi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Tuman hokimi va sektor rahbarlari tomonidan “Qoʻrsoy”, “Qangli” mahalla fuqarolari yigʻinida ichimlik suvi inshootlari qurilishidagi muammolar joyiga chiqib oʻrganildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#dayjest

Shanba — Qishloq xoʻjaligi sohasi va fermerlar kuni. Bugungi qisqa xabarlarimiz mana shu mavzu tevaragidadir.

🔘
Davlat soliq boshqarmasi. Boʻstonliq tumanining olis Chimyon, Novobod va Yangiqoʻrgʻon hududlari ahli uchun arzonlashtirilgan yarmarka tashkil etildi. Ushbu yarmarkada qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, goʻsht, tovuq, un, shakar, makaron, yogʻ, tuxum kabi 25 xil turdagi oziq va nooziq mahsulotlar sotilmoqda.

🔘Yangiyoʻl shahri. Shahar sektor rahbarlari va tegishli masʼullar shahar dehqon bozorida boʻlib, u yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.

🔘Yangiyoʻl tumani. Tumanda 2023-yil hosili uchun ekilgan gʻalla maydonlarida mavsumiy zarur agrotexnik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

🔘Qibray tumani. Qishloq xoʻjaligi uchun zarur boʻlgan moslamalar ishlab chiqarishga moʻljallangan korxona faoliyati “Maxsus reportaj” koʻrsatuvida namoyish etildi.

🔘Boʻstonliq tumani. “Qoraboy” mahallasi holisiga qulaylik yaratish hamda sovuq kunlarda ularning uzogʻini yaqin qilish maqsadida arzonlashtirilgan narxlarda yarmarka tashkil qilindi.

🔘Olmaliq shahri. “Oydin” dehqon bozoridagi arzonlashtilgan rastalarda mahsulotlarni maqbul narxlarda sotilishi keng jamoatchilik tomonidan nazorat qilmoqda.

🔘Nurafshon shahri. Nurafshonda shahar ahliga qulaylik yaratish maqsadida tashkil etilgan arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi davom etmoqda.

🔘Piskent tumani. “Bekobod” va “Maylobod” mahallasida tuman hokimi mahalla faollari bilan fikr almashdi. Unda hokim yordamchilari amalga oshirgan ishlari xususida xalqqa hisob berib, 2023-yilgi rejalarini taqdim etdilar.

️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Vakansiya #dayjest

Xorijda ishlashni xohlovchilar diqqatiga!

Chet el davlatlarida ishlash istagida bo'lgan fuqarolar mazkur bo'sh ish o'rinlari to'g'risida ma'lumotga ega bo'lishi mumkin.

🔘Turkiyada temirchi, qolipchi, g‘isht teruvchilik bo'yicha bo'sh ish o'rinlari. Oylik maosh 950 AQSh dollari.

🔘Litvada tovuq go'shti mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasidagi bo'sh ish o'rinlari. Oylik maosh 1000 yevro.

🔘Germaniyaning "CLAAS" konserni filiallariga mexanika sohasi mutaxassislari ishga qabul qilinadi.

🔘Yaponiyada qurilish ishlari bo'yicha ishchi-xodimlar talab etiladi. Oylik maosh 180600 yena-1200 AQSH dollari (brutto).

🔴Rossiya Federatsiyasining bir nechta korxonalarida vakansiyalar mavjud:

🔘ООО "Сопа групп" qurilish korxonasi. Oylik maosh 70-100 ming rubl.

🔘AO "СТАЛЬМОСТ" tashkiloti Tyumen va Yaraslavl shaharlariga ko‘prik metall konstruksiyalarini ishlab chiqarish yo‘nalishida bo‘sh ish o‘rinlarini e'lon qilmoqda.

🔘ООО "СПАР Мидл Волга" qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasidagi mabjud bo'sh ish o'rinlari. Oylik maosh 70-90 ming rublgacha mavjud.

🔘 "ДАТ Энерго" logistika korxonasi ishchi-xodimlarni bo'sh ish o'rinlariga taklif etadi. Oylik maosh 80 ming rubldan boshlanadi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangilik
#dayjest

Endilikda viloyat hokimligi ijtimoiy tarmoqlaridagi kunlik dayjestlarni sunʼiy intellekt asosida yaratilgan jurnalist Muzayyana Davlatova tayyorlab boradi.

Muzayana Davlatova – Piskent tumanining farzandi, shoira, jurnalist, folklorshunos olima Muzayyana Alaviya sharafiga qoʻyilgan. Uning yoshlikdagi surati asosida mazkur obraz – jurnalist siymosi yaratildi.

Maʼlumot oʻrnida, Muzayyana Alaviya – Oʻzbek xalq qoʻshiqlarining badiiy-estetik xususiyatlari, marosim folklori boʻyicha tadqiqotlar olib borgan. Bir qator toʻplam va risolalar muallifi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokimlik_hujjatlari #dayjest

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev amalga oshirilishi belgilangan hamda mablag' ajratish bilan bog'liq bo'lgan bir nechta qaror va farmoyishlarni imzoladi. Jumladan:

Oʻrta Chirchiq tumani "Doʻstlik" mahallasida "Kreativ park" tashkil qilinadi. Buning uchun viloyat mahalliy byudjetining 2024-yil 1-chorak yakuni bilan shakllangan daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan 200 million soʻm miqdorda mablagʻ ajratildi;

viloyat hududidagi avtomobil yo'llarida 2024-2025-yil kuz-qish mavsumida barqaror yo'l xizmati hamda yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash choralari yanada kuchaytiriladi;

Yangiyo'l va Chinoz tumanida bo'sh turgan qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer maydonlari davlat mulki sifatida ro'yxatdan o'tkaziladi;

11-noyabr – "O'zbekiston Kasaba uyushmalari kuni" bayramini nishonlash hamda shu munosabat bilan o'tkaziladigan viloyat tadbirida kasaba uyushma faollari va bayram ishtirokchilarini rag'batlantirish maqsadida 66 million so'm miqdorda mablag' ajratildi;

viloyat Ichki ishlar organlari tizimida mintaqaviy jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyati samaradorligini oshirishda munosib hissa qo'shib kelayotgan IIB organlari xodimlari rag'batlantiriladi. Bu doiradagi tadbirlarni amalga oshirish uchun viloyat mahalliy byudjetining zaxira jamg'armasi mablag'lari hisobidan 387 million so'mdan ortiq mablag' ajratildi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM