Toshkent viloyati hokimligi
14.6K subscribers
39.1K photos
5.35K videos
48 files
21.5K links
Download Telegram
#Hamkorlik

Tojikiston delegatsiyasi Zangiota tumanidagi tadbirkorlar faoliyati bilan tanishdi

Tojikiston Respublikasi Soʻgʻd viloyati rahbari Rajabboy Ahmodzoda boshchiligidagi delegatsiya Toshkent viloyatida boʻlib turibdi.

Delegatsiya aʼzolari kunning ikkinchi yarmida Zangiota tumanida boʻlib, ishbilarmon doiralar vakillari bilan muzokara oʻtkazmoqda.

Jumladan, Singapur bilan hamkorlikda tashkil qilingan ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchi “TRT” korxonasi faoliyati ham koʻzdan kechirildi.

Aytish mumkin, korxonada yengil va yuk tashuvchi avtomobillarni yurish, transmissiya va boshqaruv tizimlari uchun 1 mingdan ortiq turdagi ehtiyot qismlar ishlab chiqariladi. Korxonani oʻzida texnik tekshiruv va sinovlarni oʻtkazish uchun laboratoriya ham tashkil qilingan, xalqaro sifat menejmenti sertifikati ham mavjud.

Umumiy qiymati 10 million dollar boʻlgan “Mos pekar” MCHJ qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati mehmonlarda katta tasurot qoldirdi.

Bu yerda zamonaviy texnologiyalar joriy qilish orqali sutkasiga 55-60 tonna aholiga toza, sifatli qandolat mahsulotlar yetkazilmoqda. Bugun korxonada 150 dan ziyod ish oʻrni yaratilgan. Yillik eksport (Rossiya) hajmi 5 – 6 million dollarga yetkazish reja qilingan.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hamkorlik

Tojikiston delegatsiyasi “Tinchlik” kichik sanoat hududi imkoniyatlari bilan tanishdi

Avval xabar berganimizdek, Tojikistonning Soʻgʻd viloyati delegatsiyasi yurtimizda boʻlib, ikki tomonlama manfaatli uchrashuv va investitsiyaviy muzokaralar oʻtkazmoqda.

Bugun mehmonlar Oʻrta Chirchiq, Zangiota tumanidagi bir qator yirik sanoat korxonalari, qishloq xoʻjaligi va qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati bilan tanishdi.

Shuningdek, Yangiyoʻl tumanidagi “Tinchlik” kichik sanoat hududida muloqotlar davom etdi. Bu yerda keyingi bir yilda ishga tushgan yirik sanoat korxonalari, xorijiy hamkorlar ishtirokidagi noyob loyihalar tojik tomoniga koʻrsatildi. Ikki tomonlama hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari va istiqbollari xususida atroflicha maslahatlashib olindi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kambag‘al oilalar bilan ishlash va xizmat ko‘rsatishni yangicha yondashuv asosida tashkil etish bo'yicha O‘rta Chirchiq tajribasi o'rganildi

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Ollloyorov O‘rta Chirchiq tumanida bo‘lib, “Galabotir” va “Yangilik” mahallalarida Xitoy tajribasi asosida kambag‘al oilalarni uchta toifaga ajratish va ularga xizmat hamda moliyaviy yordamlar ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

Endilikda, mahallalarda xizmatlar kambag‘al oilalar toifalariga qarab ko‘rsatiladi:
- qizil toifaga o‘zgalar parvarishiga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan yoki nogironlar borligi sababli daromadi yo‘q oilalar;
- sariq toifaga bilim va ko‘nikmasi yetarli emasligi bois doimiy daromadi yo‘q oilalar;
- yashil toifaga kambag‘allikdan chiqib, qayta kambag‘allikka tushib qolish ehtimoli bo‘lgan oilalar kiritiladi va ular daromadi o‘zgarishini doimiy kuzatib boriladi.

🖋 Bunda, og‘ir hayotiy ahvolga tushib qolgan qizil toifadagi oilalarga individual yondashuvga muvofiq keys-menejment usulini qo‘llagan holda ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yiladi.

↗️ Natijada, davlatning ijtimoiy himoyasi orqali mehnatga layoqatsiz va yolg‘iz keksalar, boquvchisini yo‘qotgan va nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand boshqa toifalarining huquq va manfaatlari so‘zsiz ta’minlanadi.

🤝 Xizmat safari davomida, reyestrga kiritilgan oilalarga tashrif buyurib, ular bilan  bilan suhbat o‘tkazildi. Kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha ishlab chiqilgan individual rejalarning ijrosi muhokama qilindi. Har bir oilaga individual yondashuv va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga mos xizmatlar taqdim etilishi belgilandi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Hamkorlik

Avval xabar berganimizdek, Soʻgʻd viloyati delegatsiyasi Toshkent viloyatida boʻlib turibdi.

Ayni paytda Qibray tumanida Soʻgʻd va Toshkent viloyati tadbirkorlari ishtirokida biznes forum boʻlib oʻtmoqda.

Biznes forumda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi va nutq soʻzladi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Forum #Foto

Qibray tumanida Soʻgʻd va Toshkent viloyati tadbirkorlari ishtirokida biznes forum boʻlib oʻtdi.

Tadbir doirasida B2B formatida muloqot tashkil etildi. Tomonlar oʻzaro hamkorlik istiqbollari xususida maslahatlashua oʻtkazdi.

Biznes forumda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM