Toshkent viloyati hokimligi
14.6K subscribers
39K photos
5.35K videos
48 files
21.5K links
Download Telegram
#LIVE

Soʻgʻd delegatsiyasi Toshkent viloyatida

Ayni damda Tojikiston Respublikasi Soʻgʻd viloyati raisi Rajabboy Ahmadzoda boshchiligidagi delegatsiyani Bekobod shahar “Oybek” chegara postida kutib olindi.

Ikki davlat hududlari oʻrtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy, savdo masalalarida hamkorlikni yanada kengaytirish maqsad qilingan uchrashuvda, mehmonlar Oʻrta Chirchiq, Zangiota, Yangiyoʻl, Toshkent hamda Boʻstonliq tumanlarida boʻlishadi. Hududlardagi ixtisoslashgan yirik korxonalar va tadbirkorlik subyektlarining qishloq xoʻjaligi, sanoat va yangi zamonaviy-innovatsion ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishadi.

Shuningdek, Soʻgʻd viloyatidan import qilinadigan mahsulotlarni oʻzlashtirishda hamkorlik qilish yuzasidan shartnomalar tuzish reja qilingan. Hududiy va tarmoq korxonalar oʻrtasida butlovchi qismlar ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish boʻyicha manfaatli kelishuvlarga erishish imkoniyatlari ham yaratilgan.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hamkorlik

Soʻgʻdliklar Oʻrta Chirchiq tumanidagi “MADONIZ DIAMOND” xususiy urugʻchilik korxonasida boʻlib, urugʻlik chigit tayyorlash loyihasi bilan tanishdi.

Korxonada yetishtirilayotgan urugʻlik paxta, bugʻdoy va dukkakli ekin navlarini koʻpaytirish, shuningdek, noyob turdagi daraxt koʻchat turlari haqidagi maʼlumotlar ham mehmonlarga mutaxassislar tomonidan taqdim etildi. Qishloq xoʻjaligi texnikalari koʻzdan kechirildi.

Shuningdek, kelgusida qishloq xoʻjaligi sohasida oʻzaro hamkorlik yuzasidan kelishib olindi.

Delegatsiyaga viloyat hokimi Zoyir Mirzayev hamrohlik qilmoqda.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hamkorlik

Avval xabar berganimizdek, Tojikiston Respublikasining Soʻgʻd viloyati rahbari Rajabboy Ahmadzoda boshchiligidagi delegatsiya viloyatimizda boʻlib turibdi.

Tojikiston delegatsiyasi Zangiota tumanidagi “Grand pharm hub” logistika markazida ham boʻlib, yaqin istiqbolda hamkorlikni yoʻlga qoʻyish borasida dastlabki muzokaralarni oʻtkazdi.

Muloqotlarda ikki davlat rahbarlarining pragmatik, doʻstona siyosati natijasida koʻplab yoʻnalishlarda hamkorlikni yoʻlga qoʻyish borasida imkoniyat tugʻilganini taʼkidlandi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM