Toshkent viloyati hokimligi
14.5K subscribers
39K photos
5.35K videos
48 files
21.5K links
Download Telegram
#Bunyodkorlik #Shukuh

ERTAGA NURAFSHONDA “MATONAT MADHIYASI” MAJMUASINING OCHILISH MAROSIMI OʻTKAZILADI

Telegram| 🌐Website| 🌐YouTube| 📱Instagram| 📱Facebook| 📱Twitte‌‌|
#Xotira #Ehtirom

Viloyat hokimi boshchiligida Angrendagi II jahon urushi qatnashchilariga mukofotlar yetkazildi 

Davlatimiz rahbarining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi Farmoniga muvofiq, 9 may  -  Xotira va qadrlash kuni hamda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 79 yilligi munosabati bilan, Angren shahridagi II jahon urushi qatnashchilari va nogironlarning holidan xabar olindi.

Urush faxriylariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi. Shuningdek, 20 million so‘mdan bir martalik pul mukofoti hamda qimmatbaho sovg‘alar tantanali tarzda topshirildi.

Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda Angren shahrida to‘rt nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Nikolay Prokoshin, Roza Jannazarova, Mariya Ovasapova, Elvira Yakimenko umrguzaronlik qilib kelmoqda.

Tadbirda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi.

Telegram| 🌐Website| 🌐YouTube| 📱Instagram| 📱Facebook| 📱Twitte‌‌|
Forwarded from Daryo — LIVE
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezident topshirigʻiga koʻra, Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy klinik gospitalida davolanayotgan Muhiddin bobo Doʻsanboyev holidan xabar olib, Oliy ta’lim vaziri bilan birgalikda otaxonga nabirasi grant asosida oʻqishga qabul qilinganini aytdi.

Shuningdek, otaxonga esdalik sovgʻalari topshirildi.

Muhiddin boboning Imona ismli nabirasi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2024/2025-oʻquv yilidagi birinchi talabasi boʻldi.

@dary_live
#Xotira

Piskent tumanida urush faxriysiga ehtirom koʻrsatildi

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan, II jahon urushi qatnashchisi Anorqul ota Xotamov holidan xabar olindi.

Urush faxriysi bu yil 104 yoshni qarshi olgan, farzandu nabiralari ardogʻida yashamoqda.

Anorqul otaga munosib ehtirom koʻrsatilib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 9 may – Xotira va qadrlash kuni hamda g‘alabaning 79 yilligi munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi. Shuningdek, 20 million soʻm miqdorda bir martalik pul mukofoti hamda esdalik sovgʻalari taqdim etildi.

Ma'lumot o'rnida, 1941-1945-yillarda birgina Piskent tumanidan 4 ming 530 nafar navqiron oʻgʻlon jangga otlangan. 2 ming 816 nafarigа orden va medallar bilan ona yurtga qaytish nasib etgan.

Faxriy bilan o'tgan muloqotda Anorqul ota mehmonlarga urushning suronli yillari, tinchlikdek ulugʻ neʼmatning qadri toʻgʻrisida so'zlab berdi.

Tadbirda Toshkent viloyati prokurori Sirojiddin Eshquvvatov ishtirok etdi.

Telegram| 🌐Website| 🌐YouTube| 📱Instagram| 📱Facebook| 📱Twitte‌‌