Toshkent viloyati hokimligi
14.5K subscribers
38.8K photos
5.32K videos
48 files
21.4K links
Download Telegram
#Forum

Tojikistonning Soʻgʻd viloyati va Toshkent viloyati tadbirkorlari oʻrtasida biznes forum o`tkazildi


👉 Batafsil

Telegram| 🌐Website| 🌐YouTube| 📱Instagram| 📱Facebook| 📱Twitte‌‌|
Audio
Juma – qurilish sohasidagi muammolarni oʻrganish, investitsiya obyektlarida qurilish jarayonlari bilan tanishish kuni.

🔘 Yangiyo'l shahri. Shahar hokimi Jahon banki vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

🔘 Bekobod tumani. Hokim o’rinbosari 4k-788 avtomobil yoʻlining 18-19 km oraligʻiga asfalt qoplamasini yotqizish ishlari holatini oʻrgandi.

🔘 Bo'ka tumani. Vazirlar Mahkamasining qarori asosida betonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

🔘 Nurafshon shahri. Shahar hokimi va sektor rahbarlari Toshkent yo'li koʻchasidagi obodonlashtirish ishlarini koʻzdan kechirishdi.

🔘 O‘rta Chirchiq tumani. "Jang‘aboy" mahallasida 5,5 kilometrlik kabellar tortilib, 2 ta transformator va 189 ta temir-beton tayanch ustunlari o‘rnatildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
#Mavsum_yumushlari

ILGʻOR PILLAKORLARNI ALOHIDA MODDIY RAGʻBAT KUTMOQDA

Ipak qurti parvarishida bugun mavsum yumushlari avj pallaga kirib bormoqda. Xususan, Yangiyoʻl tumanida ilgʻor pillakorlarni qoʻshimcha ragʻbatlantirish yoʻlga qoʻyildi.

Yaʼni eng yaxshi ilgʻor pillakorlar 3 ta nominatsiyada taqdirlanadi. Birinchi oʻrin uchun respublika Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan imtiyozli ravishda bepul sanatoriyaga yoʻllanmalar taqdim etiladi. Ikkinchi oʻrin uchun pillachilik klasteri tomonidan televizor, uchinchi oʻrin uchun boʻlsa mikrotoʻlqinli pech beriladi.

Maʼlumot oʻrnida, amaldagi qonunchilikka koʻra, bugun bir quti ipak qurti boqqan xonadon 25-30 kun ichida 2 yarim million soʻm naqd daromad topadi va 1 yillik mehnat stajiga ega boʻladilar.

Telegram| 🌐Website| 🌐YouTube| 📱Instagram| 📱Facebook| 📱Twitte‌‌|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев: Ҳукумат ҳамда инвесторлар ўртасида очиқ ва самарали мулоқотнинг йўлга қўйилгани барқарор иқтисодий тараққиётнинг асосий калитидир

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Turizm

“Kumushkon” va “Chashma” qishloqlariga rasman “turizm qishlog‘i” maqomi berildi

Parkent tumanining “Kumushkon” va “Chashma” qishloqlariga “turizm qishlog‘i” maqomi berilishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Telegram| 🌐Website| 🌐YouTube| 📱Instagram| 📱Facebook| 📱Twitte‌‌|
#Mavsum_yumushlari

DEHQONLAR UCHUN SINOVLI DAVR BOSHLANDI

Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Ilmiy tadqiqot markazining yetakchi ilmiy xodimlari ishtirokida seminar o‘tkazildi.

«Oxunboboyev» hududidagi «Abdunabiyev Iskandar» fermer xo‘jaligi dala maydonlarida o‘tgan seminarda «zang»ga qarshi kurashishning zamonaviy ilg‘or usullari mirishkorlarga tushuntirildi, ko‘rsatib berildi.

Bahoriy seryog‘in kunlar, ob-havoning o‘zgarib turishi bug‘doy poyasida «zang» kasalligi paydo bo‘lish ehtimolini oshiradi.

Agar shu paytda muhim agrotexnik tadbirlar amalga oshirilmasa, hosil nobud bo‘lishi xavfi mavjud. 

Ilmiy tadqiqot instituti xodimlari kasallikni oldini olish, zararlangan maydonlarda unga qarshi kurashish borasida amaliy tavsiyalar berdilar.

Seminarda Piskent tumani hokimi Muzaffar Aripov ishtirok etdi.

Telegram| 🌐Website| 🌐YouTube| 📱Instagram| 📱Facebook| 📱Twitte‌‌|