Toshkent viloyati hokimligi
14.3K subscribers
38.6K photos
5.32K videos
48 files
21.3K links
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eʼtibor

Bugun Toshkent viloyati hokimligi binosida davlat arbobi Mirzamashrap Kuchchiev 70 yoshga toʻlishi munosabati bilan, viloyat hokimi tomonidan eʼtirof etildi.

M.Kuchchiev 1954-yilda tavallud topgan. U 1984-yilda qishloq xoʻjaligi fanlari nomzodligini olgan. Mehnat faoliyati davomida bir nechta masʼul vazifalarda ish faoliyatini olib borgan. 1996-yildan 2005-yilga qadar boʻlgan davr oraligʻida Qibray, Parkent, Bekobod tumanlarida hokim boʻlib ishlagan. 2005-yilda Toshkent viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.

Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev Mirzamashrap Kuchchievni yurtimiz ravnaqiga, qolaversa, Toshkent viloyatining har tomonlama rivojlanishida qoʼshgan hissasi, samarali mehnatlari toʻgʻrisida taʼkidlab, uning yubiley ayyomi bilan muborakbod etdi hamda esdalik sovgʻalarini topshirdi.

Viloyat sektor rahbarlari va mutasaddilar ham viloyatimiz faxriysi, davlat arbobi Mirzamashrap Kuchchievga dildan chiqqan samimiy ezgu tilaklarini bildirishdi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
🟦🟦🟩🟩

Seshanba – hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari bilan muloqot va yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazish kuni.


🔘Bo’ka tumani. Probatsiya hisobida turgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🔘Bekobod tumani. Tumanda "Davlat xavfsizlik xizmati" kubogi musobaqalariga start berildi.

🔘Yangiyo’l tumani. Tumandagi 160 nafar yoshlar muddatli harbiy xizmatga yuborildi.

🔘Chinoz tumani. "Davlat xavfsizlik xizmati kubogi" musobaqasiga start berildi.

🔘Nurafshon shahri. Yoshlar oʻrtasida futbol va mini-futbol bo‘yicha "Davlat xavfsizlik xizmati kubogi" musobaqalarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

🔘Chirchiq shahri. Shaharda "Kiberjinoyatlar va unga qarshi kurash" mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish

‌‌Bekobod shahrini toza ichimlik suvi bilan ta’minlovchi 3-suv olish inshootidan keladigan D 800 mmli bo‘lgan magistral quvurning Bekobod tumani, Toshkent-Bekobod  avtomobil magistral yo‘li yoqasi bo‘ylab yotqizilgan qismida favqulodda avariya holati yuzaga kelgani sababli, zudlik bilan  mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Shu sababli, joriy yilning 17-aprel kuni soat 07:00 dan 18-aprel kuni soat 18:00 ga qadar Bekobod  shahrining 11-12-13-14-15-64-65-80-81-dahalaridagi ko‘p qavatli uylar hamda "Yangi hayot" MFYdagi xonadonlarda ichimlik suvi vaqtincha oʻchiriladi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eʼlon

Viloyatda xalqaro anʼanaviy "Tasviriy va amaliy sanʼat festivali" oʻtkaziladi

Joriy yilning 18-19-aprel kunlari Chirchiq shahri "Kimyogarlar" madaniyat saroyida viloyatda xalqaro anʼanaviy "Tasviriy va amaliy sanʼat festivali" boʻlib oʻtadi.

Festival doirasida konsert dasturlari, taniqli va yosh ijodkorlar, ijodiy guruhlar va xorijiy ishtirokchilari, "ustoz-shogird" anʼanalari asosida Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzolari va maxsus ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari oʻquvchi, talabalarining hamda ishtirokchilarning saralangan asarlari asosida ijodiy koʻrgazmalar namoyishi oʻtkaziladi.

Shuningdek, viloyatda faoliyat yuritayotgan hunarmandlar oʻz mahsulotlari bilan ishtirok etadi. Shu bilan birga, xorijiy sayyohlar ham jalb qilinishi rejalashtirilgan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Тожикистон Республикаси Президенти Эмомали Раҳмоннинг таклифига биноан 18-19 апрель кунлари давлат ташрифи билан ушбу мамлакатда бўлади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Республики Таджикистан Эмомали Рахмона 18-19 апреля посетит эту страну с государственным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Tojikiston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Hokim_qarori

Toshkent viloyatining bir qancha hududlarida boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastka va maydonlari davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorlarni imzoladi.

Xususan, Angren shahrida 92,51 gektar, Bekobod tumanida 22,09 gektar, Oʻrta Chirchiq tumanida (29,34), (22,03) va (52,76) gektar, Quyi Chirchiq tumanida 146,19 gektar, Yangiyoʻl tumanida 45,3 gektar, Yuqori Chirchiq tumanida 92,45 gektar, Ohangaron tumanida 85,28 gektar, Zangiota tumanida 81,69 gektar yer maydonlari davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Shuningdek, kelgusida mazkur qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlaridan samarali foydalanish choralari koʻrilishi belgilangan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM