Toshkent viloyati hokimligi
14.3K subscribers
38.6K photos
5.32K videos
48 files
21.3K links
Download Telegram
Мулоқотда тадбиркорлар:

- корхоналарда меҳнат унумдорлигини ошириш;

- қўшилган қиймат солиғини бир кунда қайтариш амалиётини кенгайтириш;

- бўялган мато экспортини кенгайтириш;

- экспортолди кредитлар олишни соддалаштириш;

- тўқимачилик корхоналарининг объектларини қуришда енгиллик бериш;

- корхоналарнинг арзон молиявий ресурсларга эҳтиёжини қондириш;

- мамлакатимизда ишлаб чиқарилган тўқимачилик маҳсулотларини оммалаштириш масалаларини кўтарди.

Давлатимиз раҳбари билдирилган фикр ва таклифларни чуқур ўрганиб, тегишли чора-тадбирларни ишлаб чиқиш зарурлигини таъкидлади.

Facebook|Instagram|X
Жумладан, мутасаддиларга:

- “А” рейтинги бор тадбиркорларга ҳам икки йил давомида қўшилган қиймат солиғини қайтариш бўйича бир кунда хулоса бериш тизимини йўлга қўйиш;

- хориждаги “эркин зоналар”нинг омборларини ижарага олиш, бўялган мато экспорт қилган корхоналарга хорижий валютада кредит ажратиш тизимини жорий қилиш;

- тадбиркорлар рейтингида “А” тоифадаги экспортчи корхоналарга аккредитивни гаровга олиш ва уни 70 фоизи миқдорида айланма маблағ учун кредит ажратиш тизимини йўлга қўйиш;

- тўқимачилик корхоналарига объектларни ўз кучи билан қуришга рухсат бериш;

- газлама, бўяш-пардозлаш, тайёр тикув-трикотаждаги 10 миллион долларгача бўлган лойиҳалар учун чет эл валютасида олинадиган кредитлар бўйича фоиз харажатларининг 6 фоиздан юқори қисмини компенсация қилиш;

- тўқимачилик корхоналари айланмаси учун берилган кредитларнинг қайтариш муддатини узайтириб, тадбиркорларга график бўйича ўз вақтида қайтарилган суммага тенг миқдорда “револьвер” кредит бериш;

- пойтахт ва вилоят марказларидаги йирик савдо комплексларида “Ўзбекистонда ишлаб чиқарилган” номи остида миллий маҳсулотлар дўконларини ташкил қилиш бўйича асослантирилган таклифлар киритиш топширилди.

Facebook|Instagram|X
Elektroenergiyaga tabaqalashtirilgan tarif oldinroq kiritilishi kerak edi

1-maydan elektroyenergiyani tabaqalashtirilgan tariflari kiritilayotgan haqida o‘qigan bo‘lsangiz kerak.

Ya’ni o‘zgarishlarga ko‘ra endi ko‘p qavatli uylar va yotoqxonalarda yashovchilar:

- ijtimoiy me’yor doirasida, ya’ni oyiga 200 kWh’gacha elektr energiyasi 225 so‘mdan yetkazib beriladi.

- Me’yordan oshganda 201 kWh’dan 1000 kWh’gacha 450 so‘m,

- 1001 kWh’dan 5000 kWh’gacha 675 so‘m,

- 5001 kWh’dan 10 000 kWh’gacha 787,5 so‘m,

- 10 001 kWh’dan keyin 900 so‘m.

Qolgan maishiy iste’molchilar uchun ijtimoiy me’yor doirasidagi (oyiga 200 kWh’gacha) tarif 450 so‘m bo‘ladi. Me’yordan oshsa, qancha oshganiga qarab ko‘p qavatli uyda yashovchilardagi tarifdan ikki baravar ko‘proq bo‘ladi.

Bu nega kiritilayotganiga e’tibor bering, ayni paytda elektr energiyasining tannarxi deyarli 1000 so‘mni, tabiiy gaz tannarxi esa 2000 so‘m ekan.

Bu sohalar hozirda zararga ishlayapdi, energetika sohamiz subsidiyaga o‘tirib qolgan. Davlat budjetidan subsidiya uchun juda katta pul ajratiladi, bu holatni davomiyligi yaxshilikka olib kelmaydi.

O‘zi aslida energiya o‘z narxida sotilishi kerak. Ammo agar energiya o‘z narxida sotilganida narxlar deyarli 5 baravarga oshib ketardi. Shu uchun tariflar kiritishganga o‘xshaydi. O‘zbekiston aholisini katta qismi 200-250 kilovatdan ko‘p ishlatmaydi.

Katta miqtorda ishlatadiganlar esa qimmatroq to‘laydi. Nega subsidialangan arzon narxni hammaga bir xil bo‘lishi - bu yomonligi haqida alohida post yozaman.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ehtirom

Toshkent viloyatida 15-aprel – Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni munosabati bilan Qibray tumanida bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirga sohada uzoq yillar sidqidildan xizmat qilgan mehnat faxriylari, bugungi kunda samarali faoliyat yuritib kelayotgan faollar taklif etildi.

Bayramda sohaning ilgʻor xodimlari va faxriylariga faxriy yorliq va qimmatbaho sovgʻalar taqdim etildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eʼtibor

Bugun Toshkent viloyati hokimligi binosida davlat arbobi Mirzamashrap Kuchchiev 70 yoshga toʻlishi munosabati bilan, viloyat hokimi tomonidan eʼtirof etildi.

M.Kuchchiev 1954-yilda tavallud topgan. U 1984-yilda qishloq xoʻjaligi fanlari nomzodligini olgan. Mehnat faoliyati davomida bir nechta masʼul vazifalarda ish faoliyatini olib borgan. 1996-yildan 2005-yilga qadar boʻlgan davr oraligʻida Qibray, Parkent, Bekobod tumanlarida hokim boʻlib ishlagan. 2005-yilda Toshkent viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.

Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev Mirzamashrap Kuchchievni yurtimiz ravnaqiga, qolaversa, Toshkent viloyatining har tomonlama rivojlanishida qoʼshgan hissasi, samarali mehnatlari toʻgʻrisida taʼkidlab, uning yubiley ayyomi bilan muborakbod etdi hamda esdalik sovgʻalarini topshirdi.

Viloyat sektor rahbarlari va mutasaddilar ham viloyatimiz faxriysi, davlat arbobi Mirzamashrap Kuchchievga dildan chiqqan samimiy ezgu tilaklarini bildirishdi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM