Toshkent viloyati hokimligi
14.3K subscribers
38.6K photos
5.32K videos
48 files
21.3K links
Download Telegram
#Hamkorlik
#Xitoy

Ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasida boʻlib turgan viloyat hokimining sanoat ishlab chiqarish boʻyicha yordamchisi Daniyar Madirimov boshchiligidagi delegatsiya yirik biznes vakillari, ishbilarmonlar bilan bir qator uchrashuvlarni oʻtkazmoqda.

Dastlab, Sichuan provinsiyasida tashkil etilgan biznes-forumda ishtirok etdi. Unda aqlli shahar va turli xildagi kuzatuv kameralar ishlab chiqarish, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va ijtimoyi obyektlarda ketring xizmatini koʻrsatish boʻyicha muloqotlar olib borildi.

Shuningdek, Tyanszin Shenjen Pekin, Guandjou provinsiyalarida ham bo'lib, yuqori texnologiyali qurilish materiallari, uch qatlamali issiqlik saqlovchi va ovoz oʻtkazmaydigan panel plitalar va koʻp qavatli binolarning oynali fasad qismlarini ishlab chiqarish, eng asosiysi farmetsevtika, dekorativ chinni, keramik mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha oʻrganishlar olib bordi.

1GVt quvvatdagi yuridik sanoat korxonalariga xizmat koʻrsatuvchi fotoelektrstansiyasini qurish loyihasi ham muhokama etildi.

Dastlabki kelishuvlarga koʻra, 1,2 milliard dollar xorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirish progonoz qilinmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Parkent tumani So'qoq qishlog'ida 13-aprel kuni kuchli sel kelgani haqida video xabar tarqaldi.

✔️Ushbu holat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.

13-aprel kuni qisqa muddatda yog‘ib o‘tgan ko‘p miqdordagi kuchli yog‘ingarchilik oqibatida Parkent tumani So'qoq qishlog'ining Chashma mahallasida sel oqimlari yuzaga kelgan.

Hodisa oqibatida Parkent tumani So'qoq qishlog'ining Chashma mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi suv yo'liga  kuchli yog‘ingarchilik oqibatida oqib kelgan suv sig‘may, mazkur hududdagi avtomobil yo‘lining qatnov qismiga toshib chiqgan.

Parkent tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi va tegishli xizmatlar tomonidan mazkur holat yuzasidan hududda o'rganish ishlari olib borildi va o'rganish natijasida hech qanday talofatlar yuzaga kelmaganligi aniqlandi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_bilan_muloqot

Ogʻir toifadagi yoshlarning muammolari bilan ishlash davom etmoqda

Viloyati hokim oʻrinbosari-oila va xotin-qizlar boshqarma boshligʻi Zuhra Mirgaziyeva Quyi Chirchiq tumanidagi "Paxtachi" va "Birlik"  mahallalarida yashovchi yoshlar bilan uchrashdi.

Muloqot davomida har bir yoshning muammolari tinglandi. Mashg‘ulotlari, qiziqishlari, oilaviy shart-sharoitlari o‘rganildi. Yechimi borasida amaliy ishlar belgilandi.

Shuningdek, chet davlatlariga chiqib ketgan yoshlarimiz bilan mobil aloqa orqali onlayn muloqotlar oʻrnatildi. Vatanga qaytishi uchun takliflar berildi.Bandligini ta'minlash bo‘yicha choralar ko‘riladigan bo‘ldi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim_sana

Bugun, 15-aprel – Madaniyat va san'at xodimlari kuni

2021-yil 7-iyundagi "O'zbekiston Respublikasi madaniyat va san'at xodimlari kunini belgilash to'g'risida"gi qonunga ko'ra, 15-aprel – Madaniyat va san'at xodimlari kuni sifatida nishonlab kelinmoqda.

Mazkur sana munosabati bilan, Toshkent viloyatidagi madaniyat va san'at sohasida mehnat qilib kelayotgan, sohaning rivojlanishiga, o‘zbek milliy madaniyatining dunyo darajasidagi nufuzini oshirishga, iqtidorli yoshlarning qobiliyati va salohiyatini ro‘yobga chiqarishda munosib hissa qo‘shayotgan barcha madaniyat xodimlarini kasb bayrami bilan muborakbod etamiz.

Ularning kelgusi ishlarida rivoj va muvaffaqiyatlar tilaymiz. El ravnaqi rivojida va madaniyati yuksalishidagi samarali mehnatlari doim bugungidek qadr topsin!

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_qarori

Toshkent viloyatida "Ekologik transport" tizimi joriy etiladi

Joriy yilning 1-iyun sanasidan boshlab barcha toifadagi avtomototransport vositalaridan ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarining atmosfera havosiga zararli taʼsiri boʻyicha yoʻl qoʻyiladigan normativlarga mosligini nazorat qilish yuzasidan "Ekologik transport" tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Hududlarni ulardagi atmosfera havosi bilan bogʻliq real ekologik holatdan kelib chiqib, ilgʻor xorijiy tajriba va innovatsion texnologiyalar asosida "yashil", "sariq" va "qizil" ranglar bilan belgilanadigan "toza", "oʻrta" va "zararli" ekologik zonalarga ajratib boriladi.

Shuningdek, transport vositalarining normativlarga mosligi darajasini avtomatik baholash tizimiga asosan, diagnostika tekshiruvi jarayonida aniqlash va natijalari boʻyicha qalbakilashtirishdan himoyalangan hamda elektron belgiga ega boʻlgan ekologik stikerlar berish orqali transport vositalarini "yashil", "sariq" va "qizil" ranglar bilan belgilanadigan "toza", "oʻrta" va "zararli" ekologik toifalarga ajratib boriladi.

Ekologik toifasi hududning ekologik zonasiga muvofiq boʻlmagan transport vositalariga nisbatan ekologik kompensatsiya toʻlovlarini joriy etish yohud ulardan tegishli ekologik zonalar hududida foydalanishni cheklash yoki taʼqiqlanishi joriy qilinadi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from UzReport.news
2024-yilda Parkentga 893 ming nafardan ziyod mahalliy, 117 ming nafardan ziyod xorijiy turistni jalb qilish maqsad qilingan

Shu kunlarda Parkent tumaniga sayyohlar qatnovi ancha ortdi. Ayniqsa, hududdagi “So‘qoq” yoki “Qizil tog‘” kabi manzillari oilaviy dam oluvchilar bilan gavjum.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/2024-yilda-parkentga-893-ming-nafardan-ziyod-mahalliy-117-ming-nafardan-ziyod-xorijiy-turi

Lotin|Кирилл
#Kooperatsiya

Qoʻziqorinchilik boʻyicha Oʻrta Chirchiq tajribasi ommalashtiriladi

Batafsil

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mavsum_yumushlari

Viloyatda chigit ekish ishlari yakunlanib qoldi. Qancha gektar yer maydoniga urugʻ qadaldi?

Batafsil

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM