Toshkent viloyati hokimligi
14.6K subscribers
39.2K photos
5.37K videos
48 files
21.5K links
Download Telegram
#Live #Nurafshon

Ayni damda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul boshlandi.

Sayyor qabul Nurafshon shahridagi “Nurafshon Business city” maʼmuriyati binosida boʻlib oʻtmoqda.

Qabulda viloyatdagi barcha boshqarma va tashkilot rahbarlari, shahar va tuman hokimliklaridan mutasaddilar aholi tomonidan bildiriladigan murojaatlarni hal etish maqsadida qatnashmoqda.

Bildirilgan taklif va muammolar tegishli masʼullar ishtirokida koʻrib chiqilmoqda.

📸 Nozim Abdulla olgan suratlar.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi fuqarolar uchun navbatdagi ommaviy sayyor qabul davom etmoqda. Qabulga shahar va tumanlardan yuzlab fuqarolar turli masalalar boʻyicha tashrif buyurishgan.

Sayyor qabulni viloyat hokimligining rasmiy sahifalari orqali toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatib borishingiz mumkin.

Facebook 👈

Youtube 👈

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasman

❗️“Tashabbusli byudjet”ning 2024-yil birinchi mavsumi gʻoliblari roʻyxati eʼlon qilindi.

Toshkent viloyatidan qoʻyilgan 1885 ta loyihaning 313 tasi gʻolib deb topilib, ular uchun 350,15 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilgan.

Batafsil

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul #Yakuniy_natija

Toshkent viloyati hokimining sayyor qabuli boʻlib oʻtdi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligida Nurafshon shahridagi “Nurafshon Business city” maʼmuriyati binosida fuqarolar uchun navbatdagi ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi.

Qabulda viloyatdagi barcha boshqarma va tashkilot rahbarlari, shahar va tuman hokimliklaridan mutasaddilar aholi tomonidan bildiriladigan murojaatlarni hal etish maqsadida qatnashdi. Taklif va muammolar tegishli masʼullar ishtirokida koʻrib chiqildi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan jami 225 ta murojaat kelib tushdi. 50 dan ortiq murojaat yuzasidan joyida tushuntirish va huquqiy maslahatlar berildi.

Shuningdek, 16 nafar fuqaroga "Saxovat va koʻmak" jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moddiy yordam ajratiladigan boʻldi. 65 nafar fuqaroning murojaati deputatlar ishchi guruhi tomonidan oʻrganilishi boʻyicha topshiriq berildi.

Shu bilan birga, 90 ta murojaatda koʻtarilgan turli yoʻnalishlardagi masalalar belgilangan tartibda oʻrganib chiqilishi uchun ijrochilarga yoʻnaltirildi. 14 nafar fuqaroning murojaati esa amaldagi qonunchilik talablariga mos kelmagani sababli, asoslantirilgan holda rad etildi.

📸 Nozim Abdulla olgan suratlar.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM