#Yigʻilish
Mahalla tizimi yanada rivojlantiriladi
Quyi Chirchiq tumanida mahalla tizimida amalga oshirilishi belgilangan ustuvor vazifalar yuzasidan yig'ilish bo'lib o'tdi.
Unda mahalla tizimida amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar, uyushmagan yoshlar bilan individual ishlash, shuningdek, mahalla "yettiligi"ning asosiy vazifalari xususida taʼkidlanib, mas'ullar tomonidan istiqboldagi rejalar belgilab olindi.
Shu bilan birga, aholining muammolarini o'rganish va hal etish, ularning bandligini ta'minlash, oilalar mustahkamligini saqlash, ma'naviyat va ma'rifat, yoshlar tarbiyasiga eʼtibor kabi masalalarda olib borilayotgan ishlar holati muhokama qilindi.
Yigʻilishda Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Otabek Sultanbekov, Quyi Chirchiq tuman hokimi Akmal Xolmuradov va tegishli mutasaddilar ishtirok etdi.
🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter

#Muhim_sana
Koʻrgali husnungni zoru mubtalo boʻldim sanga,
Ne baloligʻ kun edikim, oshno boʻldum sanga.
Har necha dedimki, kun-kundin uzay sendin koʻngil,
Vahki, kun-kundin batarrak mubtalo boʻldum sanga.
Men qachon dedim: vafo qilgʻil manga — zulm aylading,
Sen qachon deding: fido boʻlgʻil manga — boʻldum sanga.
Ey koʻngil, tarki nasihat ayladim avvora boʻl,
Yuz balo yetmaski, men ham bir balo boʻldum sanga.
Jomi Jam birla Xizr suyi nasibimdur mudom,
Soqiyo, to tarki joh aylab gado boʻldum sanga.
Gʻussa changidin navoe topmadim ushshoq aro,
To Navoiydek asiru benavo boʻldum sanga.
Bugun oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning shoiri, ulugʻ mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi. Sheʼriyat mulkining sultoni 1441-yilning 9-fevral kuni Xuroson davlatining poytaxti — hozirgi Afg‘oniston hududidagi Hirot shahri Bog‘i Davlatxona mavzesida tavallud topgan.

#Hokim_farmoyishi
Xotin-qizlar kontraktini toʻlab berish uchun 1 milliarddan ortiq mablagʻ ajratildi
Toshkent viloyatidagi 150 nafar ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yoʻq yolgʻiz ayollarning 2023-2024-yil bakalavr taʼlim yoʻnalishida oʻqishini taʼminlash uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlari toʻlab beriladi.
Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.
Buning uchun viloyat mahalliy byudjetining 2024-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan 1 milliard yuz million soʻm miqdorda mablagʻ ajratildi.

Forwarded from Зойир Мирзаев
#Расмий
#билдириш
Ҳарбий бўлишни ният қилган ёшларни мулоқотга таклиф қиламан!
Ҳурматли ёшлар! Сизнинг ҳарбий хизматчи бўлиш, Ўзбекистон Республикаси Қуролли кучлари сафида хизмат қилиш ниятингизга кимлар ёки қандай омиллар тўсиқ бўлмоқда? Баъзида ҳарбий хизматга боришнинг қинғир йўллари, усуллари ҳақида гаплар қулоққа чалиняпти. Шу масала ҳақида сизнинг дангал фикрингиз, аниқ таклифларингизни кутаман.
Мен Ватанимиз ҳимоячиси бўлишни ният қилган мард ва жасур йигитлар билан очиқ мулоқотга тайёрман. Ҳурматли ота-оналар, сиз фарзандингизни армияга юборишда қандай тўсиққа дуч келдингиз? Келинг, шу ҳақида очиқчасига гаплашамиз.
Бугун бўлиб ўтган ҳарбий-маъмурий сектор йиғилишида мазкур масалага оид дастлабки, хулоса ва фикрлар, шунингдек, мутасаддиларнинг изоҳларини эшитдим. Асосий ишларимиз ҳали олдинда. Жорий йил 17 февраль куни шу масала бўйича ота-оналар ҳамда ёшлар билан учрашиш, мулоқот қилишни режалаштирдим.
Ҳарбий бўлишни орзу қилган, ноаниқ сабабларга кўра армияга боролмаётган Тошкент вилояти ёшларини, ота-оналарни бу учрашувга таклиф қиламан. Мулоқот 17 февраль куни 10:00 да Нурафшон шаҳридаги "Нурафшон бизнес сити" дирекцияси биносида бошланади.
Мулоқотда қатнашинг, фикр ва таклифларингизни билдиринг.
Зойир Мирзаев,
Тошкент вилояти ҳокими
Рўйхатдан ўтиш учун телефонлар:
71 232 80 49
99 766 79 09
99 306 30 10
📱 Instagram | 📱 Twitter | 🌐YouTube | 📱 Facebook | ✉ Telegram

Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва расмий ташриф билан мамлакатимизда бўлиб турган Беларусь Республикаси Президенти Александр Лукашенко “Амирсой” тоғ дам олиш масканига ташриф буюрдилар.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Республики Беларусь Александр Лукашенко, пребывающий в нашей стране с официальным визитом, посетили горный курорт «Амирсой».
#Mirziyoyev #tashrif #Belarus #turizm
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Республики Беларусь Александр Лукашенко, пребывающий в нашей стране с официальным визитом, посетили горный курорт «Амирсой».
#Mirziyoyev #tashrif #Belarus #turizm
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президентлар Шавкат Мирзиёев ва Александр Лукашенко биргаликда чанғи учдилар
—
Президенты Шавкат Мирзиёев и Александр Лукашенко вместе покатались на лыжах
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
—
Президенты Шавкат Мирзиёев и Александр Лукашенко вместе покатались на лыжах
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Audio
Juma – qurilish sohasidagi muammolarni oʻrganish, investitsiya obyektlarida qurilish jarayonlari bilan tanishish kuni.
⏺Yangiyo'l shahri. "Kurkuldak" kanali ustidan o‘tuvchi ko‘prikning qurilish ishlari olib borilmoqda.
⏺Bekobod tumani. Fuqarolar murojaatiga ko'ra, "Bog’ishamol" mahallasi ko'chalariga shag'al yotqizildi.
⏺Yangiyo'l tumani. Tuman Yoʻllardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan 2023-yilda yuqori qiymatdagi ishlar amalga oshirildi.
⏺Nurafshon shahri. Shahar prokuraturasi xodimlari 48-sonli umumtaʼlim maktabi va 11-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida olib borilayotgan qurilish jarayonlarini o'rgandi.
⏺Chinoz tumani. “Chorvador” va “Yo‘l tushgan” mahallalarida ichimlik suvi tarmoqlari yotqizilib, suv qudug‘i qazish ishlari olib borilmoqda.
⏺Yuqori Chirchiq tumani. Tuman hokimi 20-sonli umumtaʼlim maktabi qoshida qurilayotgan qoʻshimcha bino holatini ko'zdan kechirdi.
⏺O‘rta Chirchiq tumani. "Uyg‘ur" mahallasidagi transformator punktlari uchun 60 ta temir beton tayanch ustunlari olib kelindi.
📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyatida ikkinchi bor muvofaqqiyatli buyrak koʻchirib oʻtkazish amaliyoti oʻtkazildi
Ushbu noyob va murakkab jarrohlik amaliyoti Chirchiq shahridagi viloyat Koʻp tarmoqli markaziy shifoxonasida bajarildi.
1973-yilda tugʻilgan oqqoʻrgʻonliq Z.A. bemor “Surunkali buyrak yetishmovchiligi” tashxisi bilan nazoratda turgan boʻlib, 57 yoshli aka oʻz singlisiga donorlik qildi.
Malakali shifokorlar tomonidan amalga oshirilgan operatsiya muvafaqiyatli oʻtib, har ikkala bemorning ham ahvoli qoniqarli.
Koʻchirib oʻtkazilgan buyrak oʻz faoliyatini bajara boshladi.

#Hokimlik_hujjatlari
Viloyatning 2023-yilgi byudjet daromadlari va xarajatlari eʼlon qilindi
Xalq deputatlari viloyat Kengashi yigʻilishida Toshkent viloyatining oʻtgan yilgi mahalliy byudjet parametrlari tahlil qilindi. Unga koʻra, sohalarga ajratilgan mablagʻlar hisobi, eng yuqori daromad va xarajatga ega hududlar haqidagi maʼlumotlar taqdim qilindi.
Batafsil

Forwarded from MigrantTV.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bandlik
Migratsiyadan qaytgan hamyurtlarimizning bandligi ta’minlanmoqda
Xorijda ishlab yurgan Doston Ashirboyev o‘tgan yili mas’ullarning sa’y-harakatlari bilan O‘zbekistonga, o‘z uyiga qaytib keldi.
Olmaliq shahrining "Qalmoqqir" mahallasining hokim yordamchisi ko‘magida u imtiyozli kredit olib, asbob-uskunalar xarid qildi va o‘z uyida tadbirkorlik faoliyatini boshladi.
Hozirda Doston Ashirboyev uyida eshik va rom ishlab chiqarib, oila a’zolarining bandligini ham ta’minlashga erishdi.
Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring
👇👇👇
Telegram | Wibesite | You Tube | Instagram | Facebook | Twitter

#Vakansiya
Toshkent viloyati, tuman va shahar hokimliklaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar rasmiy veb-saytga (2024-yil 1-chorak bo'limiga) joylashtirildi.
Tanishish uchun quyidagi havolaga kiring👇
Hokimliklardagi bo‘sh ish o‘rinlari
🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Toshkent viloyati, tuman va shahar hokimliklaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar rasmiy veb-saytga (2024-yil 1-chorak bo'limiga) joylashtirildi.
Tanishish uchun quyidagi havolaga kiring👇
Hokimliklardagi bo‘sh ish o‘rinlari
🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Audio
Shanba — qishloq xoʻjaligi sohasi va fermerlar kuni. “Yashil makon” tadbirlari bilan izchil shugʻullaniladigan kun.
🔘Bo'ka tumani. Tuman hokimi fermerlik faoliyatini tashkil etishda agrotexnik tadbirlar va ariq-zovurlarni betonlash ishlarining olib borilishini ko'zdan kechirdi.
🔘Toshkent tumani. Oʻsimliklar karantini va himoyasi Agentligining tuman boʻlimi inspektorlari zararkunandalarga qarshi kurashish boʻyicha joylarda tushuntirish ishlarini olib bordi.
🔘Ohangaron tumani. “Dolzarb 30 kunlik” tadbirlarida issiqxonalarda zararkunandalarga qarshi kurashish ishlari olib borildi.
🔘Yangiyoʻl tumani. Qishloq xoʻjaligi yer maydonlari meʼyorlari boʻyicha yaratilgan ish oʻrinlari xatlovdan oʻtkazilib, kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi.
🔘O‘rta Chirchiq tumani. Irrigatsiya bo‘limi va suv xo‘jaligining maxsus xizmatlari xodimlariga 6 ta motorollerlar tarqatildi.
📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bunyodkorlik
"Textile Industry Park"ning qurilish ishlari boshlandi
Yuqori Chirchiq tumanining “Nurli zamin”mahallasidagi 69,2 gektar yer maydonida to‘qimachilik va tikuv-trikotaj, matoni bo‘yash korxonalarini oʻzida mujassam etuvchi "Textile Industry Park" to‘qimachilik-industrial texno parkining qurilish ishlariga start berildi.
Kuni kecha Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev mazkur manzilda boʻlib, hududda olib borilishi belgilangan ishlarni oʻrgandi.
Maʼlumot oʻrnida, mazkur loyihaning umumiy qiymati 350 million dollarni tashkil qiladi.
Tadbirda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxobov, viloyat prokurori Sirojiddin Eshquvvatov, tuman hokimi Uskenbay Atemov hamda tadbirkorlik subyektlari ham ishtirok etib, texnopark hududiga joylashtirilishi rejalashtirilgan loyihalar bilan tanishishdi.
Shuningdek, hududning bosh rejasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan to‘liq taminlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.