Toshkent viloyati hokimligi
14.4K subscribers
38.4K photos
5.29K videos
48 files
21.3K links
Download Telegram
#Press_tur

Ayni damda Ohangaron shahridagi "Ohangaronsement" AJda ommaviy axborot vositalari va blogerlar uchun press-tur boʻlib oʻtmoqda.

Batafsil

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Tayinlov

Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli buyrugʻi bilan Arzikulov Turakul Sadikovich Toshkent viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.

T. Arzikulov 1993-yilda 2-Toshkent davlat tibbiyot institutini, 1995-yilda klinik ordinatura, 1998-yilda Rossiya xirurgiya ilmiy markazining aspirantura bosqichini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida Surxondaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent viloyat filiali direktori, Toshkent viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi kabi lavozimlarda ishlagan.

Tayinlovga qadar Sogʻliqni saqlash vazirligi Tibbiy yordamni tashkillashtirish departamentida masʼul lavozimda faoliyat koʻrsatib kelayotgan edi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Sayyor_qabul

Ommaviy sayyor qabullarda fuqarolar muammolariga joyida yechim topilmoqda

Bugun viloyat hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligida viloyat masʼullari Nurafshon shahrida aholi bilan yaqindan muloqot qilish, ularning muammolarini tinglash va hal etish maqsadida ommaviy sayyor qabuli tashkil etildi.

Ochiq muloqot shaklida oʻtkazilgan qabulda 126 nafar fuqaroning 200 dan ortiq murojaati tinglanib, ularga ijobiy yechim topish boʻyicha tegishli boshqarma, muassasa, korxona va tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.

Mazkur murojaatlarning aksariyati uy-joy, moddiy yordam, ishga joylashish, sogʻliqni saqlash kabi masalalarga oid boʻlib, koʻpchiligi joyida yechimini topdi.

Bu kabi sayyor qabullar kelgusida viloyatning boshqa hududlarida ham davom etadi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Jarayon

Viloyatning olis togʻli hududlariga suyultirilgan gaz uzluksiz yetkazib berilmoqda

Ayni kunlarda energiyaga boʻlgan ehtiyoj yana ortdi. “Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti viloyat filiali tomonidan ham isteʼmolchilarga suyultirilgan gazni bir maromda va uzluksiz taʼminlash choralari kuchaytirilgan.

Viloyatning 12 ta tumanining olis va borish qiyin boʻlgan qishloqlariga, yaʼni, 76 ta MFY dagi 26 mingga yaqin isteʼmolchilariga ob-havoning har qanday sharoitida ham suyultirilgan gaz mahalliy hokimiyat tomonidan tasdiqlangan grafik asosida oʻz vaqtida yetkazilmoqda.

Maʼlumot oʻrnida aytish mumkin, bugungi kunda viloyatda 41 ming 312 nafar abonentga har 35-40 kunda maishiy gaz ballonlari olib borilayapti. Buning uchun yetarli texnika vositalari va ishchi kuchi bilan taʼminlangan.

Mavsum boshidan gaz taʼminoti boʻlimlari tomonidan aholi isteʼmolchilarga 1681.820 tonna suyultirilgan gaz berildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони билан Конгратбай Авезимбетович Шарипов Ўзбекистон Республикаси олий таълим, фан ва инновациялар вазири лавозимига тасдиқланди.

Бундан илгарироқ К.Шарипов номзоди Олий Мажлис Қонунчилик палатаси депутатлари томонидан маъқулланган эди.

Указом Президента Республики Узбекистан Шарипов Конгратбай Авезимбетович утвержден на должность министра высшего образования, науки и инноваций Республики Узбекистан.

Ранее кандидатура К.Шарипова была одобрена депутатами Законодательной палаты Олий Мажлиса.

Facebook|Instagram|X
#Hamkorlik

Viloyatda xitoyliklar bilan hamkorlikda yirik klaster tashkil etilishi reja qilindi

Batafsil

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter