Toshkent viloyati hokimligi
14.5K subscribers
38.8K photos
5.33K videos
48 files
21.4K links
Download Telegram
#Live

Ayni damda Yangiyoʻl tumani Niyozboshi mahallasida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev mahalla ahli bilan yaqindan muloqot qilmoqda.

Unda sektor rahbarlari, viloyat, tuman masʼullari, nuroniylar, yoshlar, keng jamoatchilik  ishtirok etmoqda.

Aytish mumkinki, mazkur hududda bugun “Obod-mahalla, obod-koʻcha, obod- xonadon” mezonlari asosida keng koʻlamli ishlar ketmoqda.

Muloqot davomida kelgusida mahallada qanday oʻzgarishlar boʻladi? Hududda istiqomat qilayotgan 743 ta oilaga munosib turmush sharoit yaratish, hudud infratuzilmasini yaxshilash, kommunal sohadagi qilinadigan ishlar reja qilib olinmoqda.

Maʼlumot oʻrnida: hududdagi 5 ta koʻchadagi 6,7 km yoʻllarni asfaltlash, 8 ta transformator oʻrnatish, 90 yangi temir-beton ustunlar oʻrnatiladi.

Shuningdek, bolalar oʻyingohi va mini stadion, kutubxona, tekstil korxonasi tashkil etish belgilandi. Niyozboshi mahalla binosi ham DXSH asosida yangidan qurilishi boshlangan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида 2024 йилнинг январь ойида ўтган асосий тадбир ва воқеалар

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Hokim_qarori

Toshkent tumani "Chigʻatoy" MFY hududidagi davlat zaxirasidagi qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan 0,52 gektar yer maydoni maxsus tezkor operatsiyalarni oʻtkazish, togʻ va yoʻl harakati xavfsizligi tayyorgarligi boʻyicha poligon qurilishi uchun ajratildi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.

Shuningdek qarorda, mazkur hududda joylashgan muhandislik tarmoqlarini koʻchirish yoki muhofaza hududini saqlab qolish ishlari amalga oshirilishi belgilandi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Yangilik

Quyi Chirchiq tumanida chiqindidan mahsulot ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi

Quyi Chirchiq tumanidagi “TST Cluster” paxta-to‘qimachilik klasterining “Tashkent Cotton Textile” korxonasida paxta tolasini qayta ishlash jarayonida hosil bo‘layotgan chang-chiqindilar maxsus filtr va uskunalar yordamida tutib qolinib, presslanmoqda.

Kelgusida presslanayotgan chiqindilar asosida ip o‘raladigan konuslar ishlab chiqarish rejalashtirilgan.  

Maʼlumot oʻrnida, “Tashkent Cotton Textile” korxonasi Germaniya, Turkiya, Shvetsariya, Italiya kabi davlatlardan keltirilgan eng so‘nggi zamonaviy, ilg‘or texnologik uskuna va dastgohlar bilan jihozlangan. Bu esa amaliyotga chiqitsiz texnologiyalarni joriy qilish, atrof-muhitga tashlanadigan chiqindilarni keskin kamaytirish imkonini beradi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев металлургия корхоналарини ривожлантириш чора-тадбирлари бўйича тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о мерах по развитию металлургических предприятий.

#Mirziyoyev #taqdimot #sanoat #metallurgiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
❗️ Hurmatli Toshkent viloyati aholisi va mehmonlari!

Yurtimizdagi ob-havo sharoitini inobatga olib, osoyishtalikni taʼminlash, fuqarolar hayoti va sogʻligʻi hamda mulkini himoyalash maqsadida, Toshkent viloyati Ichki ishlar organlarining barcha shaxsiy tarkibi kuchaytirilgan xizmat tartibiga oʻtkazilgan.

Sizga yoki yaqinlaringizga nisbatan har qanday zaruriy vaziyatlarda, xonadonda, koʻchada yoki yoʻllarda boʻlishingizdan qatʼiy nazar, Ichki ishlar organlariga 102, 1102 va 1173 qisqa raqamlari orqali murojaat qiling.

Biz tinchlik va osoyishtalik yoʻlida, har qanday ob-havo sharoitida, 7 kun 24 soat siz bilan birgamiz, yordamga tayyormiz!

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter