Toshkent viloyati hokimligi
14.7K subscribers
39.5K photos
5.41K videos
48 files
21.6K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Биринчи Президент хотираси ёд этилди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sport

Qatarda boʻlib oʻtayotgan futbol boʻyicha Osiyo chempionati nimchorak final bahsida Oʻzbekiston terma jamoasi Tailand ustidan gʻalaba qozondi.

Musobaqa boshidan buyon terma jamoamiz oʻyinlarini katta ekranda, jamoaviy tomosha qilib kelayotgan Yangiyoʻl tumani Niyozboshi qishlogʻi yoshlari bugun ham gʻalabani oʻziga xos tarzda nishonlashdi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#intervyu

“... hokimdan tortib, nazorat qiluvchi organlargacha bugun kuzatib turuvchi tashkilotga aylandi. Yaʼni, qachon quruvchi tashkilot nazorat qilinadi? U qachon qonunni buzadi va unga qanday chora koʻriladi?! deya...

Chora koʻrilganda ham asosiy rahbar- ”figura“ chetda qolib, oddiy xodim javobgar boʻlib qolayapti”.

Zoyir Mirzayev “Oʻzbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida davlat Rahbari tomonidan tizimga kiritilgan oʻzgarishlarga oʻz munosabatini bildirdi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
🟦🟦🟩🟩

Seshanba – hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari bilan muloqot va yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazish kuni.

🔘Yangiyo'l tumani. 2-sonli sport maktabida xotin-qizlarni sportga keng jalb qilishga alohida e‘tibor qaratilmoqda.

🔘Chirchiq shahri. Shaharda kasbga o‘rgatish poligoni tashkil etildi.

🔘O'rta Chirchiq tumani. Tumanda xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, mavjud muammolarni tizimli ravishda hal etish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga bagʼishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Bekobod tumani. Hokim yordamchilari ishtirokida seminar tashkil qilindi.

🔘Ohangaron shahri. "Qo'rg'on" mahallasida “Keksalar maslahati” guruhi aʼzolarining kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Tumanda yoshlarning muammo va qiziqishlari oʻrganilib, xatlovdan oʻtkazilmoqda.

🔘Angren shahri. Shaharda mahalla "yettiligi” uchun oʻquv-seminar oʻtkazildi.

🔘Nurafshon shahri. Hokimlik binosida muddati o'tgan kredit qarzdorliklarni so'ndirish masalalariga bagʻishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.

🔘Yangiyo'l shahri. Shahar hokimi aholidan kelib tushgan murojaatlarni joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

🔘Piskent tumani. Tuman Maʼnaviyat boʻlimi va Yoshlar markazi binolarida boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi oʻtkazildi.

🔘Quyi Chirchiq tumani. Aholini kichik va o'rta biznesga keng jalb qilish, bandligini ta'minlash bo'yicha Respublika, viloyat va tuman ishchi guruhi hamda hokim yordamchilari ishtirokida seminar bo'lib o'tdi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from UzA | Tezkor xabarlar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Марказий Осиёдаги биринчи хусусий аэродром Ўзбекистонда қурилади

Шэньчжэн шаҳрида Ўзбекистон-Хитой бизнес-форуми доирасида Тошкент вилояти Оҳангарон туманидаги "Янги ҳаёт" маҳалласида аэродром қуриш бўйича келишувлар имзоланди. Аэродром қурилиши 2024 йилнинг иккинчи ярмида бошланиши режалаштирилган. Унинг қиймати 380 миллион долларга баҳоланган. Қайд этилишича, лойиҳа хитойлик инвесторларнинг 100 фоиз капитали иштирокида амалга оширилади.

Каналга уланиш:   
@uzauz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Obod_mahalla

Oqqoʻrgʻon tumani "Navbahor" mahallasida "Obod xonadon", "Obod koʻcha" va "Obod mahalla" meʼzonlari doirasidagi ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, holati ogʻir ichki koʻchalarning 6 kilometri shagʻallashtirilib, 465 ta eski simyogʻochlar beton ustunlarga almashtirilmoqda. Aholiga elektr energiyasini uzluksiz yetkazib berish maqsadida, 2 ta transformator oʻrnatilmoqda.

Shuningdek, tabiiy gaz tarmogʻining 6,3 kilometr qismi joriy taʼmirlanib, obodonlashtirish ishlari davom etmoqda. Aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash darajasini oshirish uchun 5,1 kilometr suv quvurlari tortilishi rejalashtirilgan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bunyodkorlik

Toshkent tumanida uy-joy, qurilish, kommunal xoʻjaligi sohalarida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, "Qirqariq" mahallasi "Tashabbusli byudjet" loyihasida gʻolib deb topilgan boʻlib, hozirda yoʻllar asfaltlandi. 30 yildan buyon aholini qiynab kelayotgan mazkur muammo ijobiy hal etildi.

Shuningdek, mazkur hududda 30 ta koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatadigan energiya tejamkor boʻlgan markaziy qozonxona faoliyati ham yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, hozirda rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Uning samaradorligi – kam хarajat bilan koʻproq natijaga erishish.

Batafsil "Sevimli" telekanali lavhasida.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_qarori

Yuqori Chirchiq tumanida futbol bino-inshootlari quriladi

Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida Futbol terma jamoalari tayyorgarlik markaziga tutash boʻlgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan davlat zaxirasidagi 9,9 gektar yer maydoni milliy futbol markazi va uning tarkibiy boʻlinmalari uchun ajratildi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.

Mazkur ajratilgan yer maydonida futbol markazi va uning tarkibiy boʻlinmalari uchun zarur bino-inshootlar, futbol maydonlari, futzal va futbol yopiq inshootlari, mehmonxona, sport tibbiyoti va realitatsiya markazi, suzish havzasi, oshxona kabi obyektlar barpo etilishi belgilangan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Кун_тартиби

ШИФОХОНАЛАРГА ДОРИ-ДАРМОН ВОСИТАЛАРИ ҚАНДАЙ ЙЎЛЛАР БИЛАН ОЛИБ КЕЛИНАЁТГАНИ ҚАТТИҚ НАЗОРАТГА ОЛИНАДИ

Шифокорлар, соҳа мутасаддилари билан навбатдаги мулоқотимизда беморларга таклиф қилинаётган дори-дармон воситаларининг сифати, берилаётган шифокор рецепти қай даражада асосли, дангалроқ айтганда, инсонийлик тамойилига нақадар мос эканлиги хусусида сўз борди.

Очиғини айтганда, бугун бу соҳадаги энг оғриқли масала бу  – "офшор", "обнал"чи  фирмалар билан  шартномалар тузиш ҳолатлари ҳисобланади. Афсуски, бундай оғриқлик вазиятлар оз эмас. Шунингдек, битта касалликка 8-10 хил дори ёзиб бериб, беморларни жўрттага сарсон қилиш сингари иллатлар ҳам учраб турибди.

Аҳоли томонидан билдирилаётган эътирозларни инобатга олиб, тиббиёт муассасаларидаги вазиятни бир неча ой давомида ўргандик, соҳадаги кўплаб раҳбарларнинг фаолиятига холис баҳо беришга етарлича тайёргарлик кўрдик. Мажлисда уларнинг раҳбарлик фаолияти танқидий баҳо берилди.

Ўрганиш ва мулоқотларимиз изчил давом этади.

Youtube👈

Facebook👈
Audio
Chorshanba – investitsiya, eksport masalalarini o‘rganish va sanoat zonalarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish kuni.

🔘O'rta Chirchiq tumani. O‘zbekiston va Xitoy oʻrtasida har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari yangi bosqichga koʻtarilmoqda.

🔘Bo'ka tumani. Parrandachilik yo'nalishi bo'yicha faoliyat yuritayotgan korxonalar faoliyati o'rganildi.

🔘Bekobod tumani. Tuman hokimi "Euroasia transportation and logistics company” MChJ korxonasi vakillari bilan muzokaralar o’tkazdi.

🔘Angren shahri. Shahar hokimi Xitoy Xalq Respublikasining investorlari bilan uchrashib, yangi loyiha yuzasidan muzokaralar olib bordi.

🔘Bekobod shahri. Turkiya texnologiya jamoasi fondi direktorlar kengashi raisi Turin politexnika universitetining aerokosmik muhandislik labaratoriyasiga tashrif buyurdi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Президент Шавкат Мирзиёев фармацевтика соҳасини тартибга солиш, аҳолини сифатли ва хавфсиз дори воситалари билан таъминлаш масалалари бўйича йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам регулирования фармацевтической сферы, обеспечения населения качественными и безопасными лекарственными средствами.

#Mirziyoyev #yigilish #sogliqnisaqlash #farmatsevtika

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Eʼlon

Diqqat, eʼlon!

OAV vakillari va blogerlarni joriy yilning 2-fevral kuni Toshkent viloyati hokimligi va "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi hamkorligida Ohangaron tumanidagi "Ohangaronsement" AJda tashkil etiladigan press-turga taklif etamiz.

Tadbirda sement ishlab chiqaruvchi korxonalarda zamonaviy chang-gaz tozalash uskunalari o‘rnatilganligi, filtrlarni yangilash to‘g‘risida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida ma’lumot olishingiz mumkin. Shu bilan birga mazkur uskunalarning atrof-muhitga ta’siri o‘rganiladi.

Qoʻshimcha ma’lumot uchun tel.:
+998 99 863 80 67;
+998 90 903 39 94.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Live

Ayni damda Yangiyoʻl tumani Niyozboshi mahallasida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev mahalla ahli bilan yaqindan muloqot qilmoqda.

Unda sektor rahbarlari, viloyat, tuman masʼullari, nuroniylar, yoshlar, keng jamoatchilik  ishtirok etmoqda.

Aytish mumkinki, mazkur hududda bugun “Obod-mahalla, obod-koʻcha, obod- xonadon” mezonlari asosida keng koʻlamli ishlar ketmoqda.

Muloqot davomida kelgusida mahallada qanday oʻzgarishlar boʻladi? Hududda istiqomat qilayotgan 743 ta oilaga munosib turmush sharoit yaratish, hudud infratuzilmasini yaxshilash, kommunal sohadagi qilinadigan ishlar reja qilib olinmoqda.

Maʼlumot oʻrnida: hududdagi 5 ta koʻchadagi 6,7 km yoʻllarni asfaltlash, 8 ta transformator oʻrnatish, 90 yangi temir-beton ustunlar oʻrnatiladi.

Shuningdek, bolalar oʻyingohi va mini stadion, kutubxona, tekstil korxonasi tashkil etish belgilandi. Niyozboshi mahalla binosi ham DXSH asosida yangidan qurilishi boshlangan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter