Toshkent viloyati hokimligi
14.7K subscribers
39.4K photos
5.39K videos
48 files
21.6K links
Download Telegram
🔴Live

Urumchi shahrida boʻlib oʻtayotgan investitsiya, savdo va turizm forumi doirasida Oʻzbekiston delegatsiyasi Xitoy tomoni bilan B2B, G2B, G2G formatida amaliy muloqot va ishchi muzokaralar olib bormoqda.

Vakillarimiz ham mazkur oʻziga xos anjumanda faol ishtirok etib, Oʻzbekistonning, xususan, Toshkent viloyatining investitsiyaviy jozibasi, yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirishmoqda, yangi investitsiya bitimlari shakllanmoqda, loyihalar yuzasidan dastlabki kelishuvlar tuzilmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xitoy
#Hamkorlik

Chinozda neftdan yoqilgʻi mahsulotlari olish loyihasi ishga tushadi

Batafsil

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy
#Tayinlov

Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi Toshkent viloyati boshqarmasiga rahbar tayinlandi


Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi raisi birinchi oʻrinbosari Jovdatxon Inogʻomov ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishda tashkiliy masala koʻrildi.

Dastlab, yigʻilishda yangi tuzilma oldida turgan vazifalar, “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish, maʼnaviy- maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish masalalari viloyat va tuman, shaharlar sektorlar rahbarlari ishtirokida muhokama qilindi.

Shundan soʻng, Hoshimov Shuhrat Oʻrozaliyevich Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi viloyat boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Maʼlumot oʻrnida: Sh. Hoshimov 1976-yilda Oʻrta Chirchiq tumanida tugʻilgan. Mutaxassisligi-iqtisodchi. U faoliyati davomida viloyat, tuman hokimliklarining bir qator masʼul lavozimlarida ishlagan.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar, Toshkent viloyati hokimligining Ijro intizomi nazorati boʻlimi boshligʻi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Viloyatda yana bir Nuroniylar maskani foydalanishga topshirildi

Olmaliq shahrida yangi “Nuroniylar maskani” ochildi. Marosimda viloyat va tuman faollari, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirni Viloyat “Nuroniy” jamgʻarmasi raisi Abdusamad Nosirov ochib berdi.

 Maskanda dam olish, shaxmat-shashka, sport-sogʻlomlashtirish, tibbiyot xonalari, choyxona tashkil etilgan. Boy kitob fondiga ega kutubxona ham faoliyat koʻrsatmoqda.

Aytish mumkin, bugungi kunda Olmaliq shahrida 14 mingdan ziyod keksa otaxon va onaxonlar istiqomat qilib keladi. Ular uchun ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy tadbirlar oʻtkazish bilan birga, nogironligi bor keksalarga reabilitatsiya vositalari, yakka-yolgʻizlarga oziq-ovqat mahsulotlari, zarur dori-darmonlar tarqatish kabi xayrli ishlar davom etmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM