Toshkent viloyati hokimligi
14.6K subscribers
39K photos
5.35K videos
48 files
21.5K links
Download Telegram
Audio
🟦🟦🟩🟩

Juma – qurilish sohasidagi muammolarni oʻrganish, investitsiya obyektlarida qurilish jarayonlari bilan tanishish kuni.

🔘O'rta Chirchiq tumani. "Yo‘ng‘ichqoli" mahallasidagi suv inshootida aniqlangan nosozliklar soha mutaxassislari tomonidan bartaraf etildi.

🔘Chirchiq shahri. Shahar hokimi “Yangi Oʻzbekiston” massivida qurilayotgan koʻp qavatli uylarning bunyodkorlik ishlarini hamda poliklinika qurilish jarayonlarini koʻzdan kechirdi.

🔘Ohangaron tumani. “Ungut” mahallasida qayta taʼmirlangan 53-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

🔘Bo'ka tumani. Tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari tomonidan "Samarqand" mahallasidagi transformatorda demontaj ishlari amalga oshirilib, 4 ta beton va 6 ta yog'och ustunlar o'rnatildi.

🔘Piskent tumani. Tuman yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan "Lola ariq"mahallasidagi Ibn Sino koʻchasi shagʻallashtirilib, suv yoʻllari ochilmoqda.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish

"YANGI YIL" BAYRAMIDA BARCHA XODIMLAR KETMA-KET 4 KUN DAM OLADI

"Yangi yil" bayrami munosabati bilan, Prezidentimizning 2022-yil 23-dekabrdagi PF-270-son hamda 2023-yil 22-dekabrdagi 213-sonli farmonlariga asosan, yurtimizda qoʻshimcha dam olish kunlari eʼlon qilingan. Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ham tegishli qarorni imzoladi.

Ish haftasining turidan qatʼiy nazar, barcha xodimlar ketma-ket 4 kun dam oladi:

30-dekabr – shanba;
31-dekabr – yakshanba;
1-yanvar – dushanba;
2-yanvar – seshanba kunlari qoʻshimcha dam olish kunlari etib belgilandi.

Shuningdek, mazkur qarorda viloyat aholisining bayram kunlari maroqli dam olishini tashkil etish maqsadida, turistik obyektlar, mehmonxona xizmatlari, sanatoriylar va sogʻlomlashtirish muassasalari uchun turli chegirmalar berilishi koʻzda tutilgan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#shukuh

Boʻstonliq tumanida Yangi yil shukuhi

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bildirish!

SSB: Bayram va dam olish kunlari tibbiyot muassasalari tunu kun ishlaydi

Yangi yil bayramida yurtdoshlarimiz 30-dekabrdan 2-yanvargacha ketma-ket 4 kun dam oladi. Ana shu davrda quyidagi davolash-profilaktika muassasalarining 4 ming nafar tibbiyot xodimi qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga xizmat koʻrsatadi:

22 ta tuman va shahar koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalari,
95 ta oilaviy poliklinikalar,
80 ta oilaviy shifokorlik punktlari,
tuman va viloyat shifoxonalari,
ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining filiallari,

🏥 Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent viloyati filiali, tumanlardagi 21 ta shoshilinch tibbiy yordam qabul boʻlimi hamda tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi. Ushbu muassasalar zarur dori-darmonlar bilan taʼminlanib, zaxira oʻrinlari yaratilgan.

Viloyatimiz boʻyicha 246 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan boʻladigan chaqiriqlar asosida kunu tun xizmat koʻrsatadi.

Bundan tashqari, 20 ta tugʻuruq, 21 ta bolalar davolash muassasasi ham uzluksiz ish olib boradi.

‼️Toshkent viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi bayram kunlarida mehnat qiladigan barcha tibbiyot xodimlariga oʻz minnatdorligini bildiradi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#eʼtibor

Viloyatdagi barcha obodonlashtirish xodimlari munosib eʼtirof etilmoqda

Yangi yil bayrami munosabati bilan barcha tuman-shaharlar hokimliklari tomonidan obodonlashtirish boʻlimi xodimlari munosib eʼtirof etilmoqda.

Har qanday ob-havo sharoitiga qaramay, oʻz vazifasini sidqidildan bajarayotgan soha vakillari uchun bayram dasturxonlari yozilib, zarur oziq-ovqat mahsulotlari va sovgʻalar ulashildi.

Maʼlumot oʻrnida aytish mumkin, bugun viloyatda tizimda 5300 nafardan ziyod ishchi-xodimlar mehnat qilib kelishmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#shukuh

Piskent tumanida Yangi yil tantanalari

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shukuh

Toshkent tumani markazidagi sayilgohda Yangi yil bayram tadbirlari koʻtarinki kayfiyatda boʻlib oʻtmoqda


🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shukuh

O‘rta Chirchiq tumanida Yangi yil shukuhi

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#toʻyga_toʻyona

Boʻstonliq tumanida Davlat xizmatlari markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Bino qurilishida, zamonaviy shaharsozlik normalariga muvofiqlik va fuqarolar uchun eng qulay sharoitlarni yaratishga alohida eʼtibor berildi. Birgina davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida murojaatchilarga bir vaqtning oʻzida 300 ga yaqin xizmatlarni koʻrsatish imkoni yaratildi.

Endi tashrif buyuruvchilarga davlat xizmatlari keng, yorugʻ va shinam xonalarda, qulay sharoitda koʻrsatib boriladi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangiyil2024

Chirchiqda ham Yangi yil tantanalari o‘zgacha shukuhda o'tmoqda

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_yil #Xavfsizlik

Toshkent viloyatida "Yangi yil" bayramoldi tadbirlari bo‘lib o‘tayotgan maydonlar atrofida harakat xavfsizligini ta’minlash ishlari olib borilmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qutlov

Bugun viloyatimiz maʼmuriy markazi Nurafshon shahrida, shuningdek, boshqa shahar va tumanlarda yangi yil bayrami munosabati bilan bir qator madaniy-maʼrifiy, koʻngilochar tadbirlar oʻtkazilmoqda.

Bugun viloyat hokimligida ehtiyojmand oilalarda yashovchi bolajonlarga Prezident sovgʻasi berildi.

Sovgʻalarni Zoyir Mirzayev boshchiligida viloyat sektor rahbarlari tantanali surʼatda topshirdi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM