Toshkent viloyati hokimligi
14.4K subscribers
38.8K photos
5.32K videos
48 files
21.4K links
Download Telegram
#Mutolaa

"OHANGARON QISSASI"NI OʻQIDINGIZMI?


Bugun "Ohangaron qissasi" nomli yangi kitobning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Bir guruh mahalliy mualliflar tomonidan nashrga tayyorlangan mazkur kitob mashhur tadqiqotchi olimlarning asarlari, ilmiy tadqiqotlari hamda vaqtli matbuotda bosilgan maqolalar asosida yozilgan.

Shuningdek, “Ohangaron qissasi”da Qurama va Chotqol tog‘lari etaklaridagi soʻlim vodiyda umrguzaronlik qilib, hududni obod etish yoʻlida xizmat qilgan insonlar haqida ham soʻz boradi.

Maʼlumot oʻrnida, avvalroq Olmaliq shahar, Boʻka va Chinoz tumanlari tarixiga oid kitoblar nashr etilgan edi.

Tadbirda tuman hokimi E.Muhitdinov ishtirok etdi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Sarhisob

ENG YAXSHI NATIJA KO'RSATGAN 64 NAFAR YOSHLAR YETAKCHILARI TAQDIRLANDI

Yoshlar ishlari agentligining tuman va shahar bo‘lim boshliqlari hamda mahallardagi eng faol yoshlar yetakchilari ishtirokida muloqot o‘tkazildi.

Unda 2023-yilda hududlarda yoshlar tizimida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuq va kelgusi rejalar toʻgʻrisida masʼullarning axboroti tinglandi.

Shuningdek, yil davomida alohida faollik ko‘rsatgan 64 nafar yoshlar yetakchilariga Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi raisi Qahramon Quronboyevning tashakkurnomalari taqdim qilindi.

Tadbirda Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari O.Sultonbekov ishtirok etdi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
🟦🟦🟩🟩

Payshanba – sektor rahbarlarining kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan uchrashadigan va muammolarini hal qilishga e'tibor qaratiladigan kun. Shu jumladan, bu kunda avval xususiylashtirilgan korxonalar faoliyatini oʻrganish, davlat tasarrufidagi obyektlarning auksion savdolariga chiqarilishi, sotilishi va investitsion majburiyatlarning bajarilishi ham oʻrganiladi.


🔘Chirchiq shahri. Shahar hokimligida qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.

🔘Quyi Chirchiq tumani. Viloyat hokimining o'rinbosari va tuman hokimi ishtirokida "Do'stobod markaziy" suv inshooti holati oʻrganildi.

🔘Bekobod tumani. "Taqachi" mahallasida "Open budget" dasturi asosida ichki yo’llarning 2 kilometr 830 metr uzunlikdagi qismi asfalt qilinmoqda.

🔘Angren shahri. Tadbirkorlikni rivojlantirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish borasida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Tegishli mutasaddilar ishtirokida xususiy tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchi fuqarolar faoliyati oʻrganildi.

🔘O'rta Chirchiq tumani. "Rovatak" mahallasida tadbirkorlar turli yo‘nalishlarda faoliyat yuritib, "Ustoz-shogird" anʼanasini davom ettirishmoqda.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sarhisob

YIL SARHISOBIDA SOHA VAKILLARI VA HAMKOR TASHKILOT MUTASADDILARI TAQDIRLANDI


Toshkent viloyati Yoshlar siyosati va sport boshqarmasining 2023-yil sarhisobi boʻlib oʻtdi. Unda yil davomida nufuzli sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishgan sportchi hamda hamkor tashkilotlar mutasaddilariga tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari taqdim etildi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar tomonidan yil davomida sohada amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natija va kelgusidagi rejalar haqida taʼkidlandi.

Shuningdek, mamlakatimizda sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, jahon maydonida erishilayotgan yutuqlar xususida ham toʻxtalindi.

Sarhisob yigʻilishida Toshkent viloyati hokimining oʻrinbosari O.Sultonbekov ishtirok etdi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sarhisob

Toshkent viloyatida 2023-yil davomida yoshlar siyosatini yuritish hamda ularning muammolarini hal etish borasida qanday ishlar amalga oshirildi?

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi Amirsoy, Bildirsoy, Chimgan dam olish maskanlariga olib boruvchi avtomobil yoʻllari doimiy ravishda tozalanmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Nazorat

“Toshkent suv taʼminoti” mutasaddilari tomonidan ichimlik suviga ulanish va debitorlik qarzdorlikni elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish bo‘yicha navbatdagi targ‘ibot ishlari olib borildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MAXSUS DAYJEST

Toshkent viloyatining hududlarida "Yangi yil" bayrami munosabati bilan arzonlashtirilgan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdo yarmarkalari tashkil qilingan.

🔘Angren shahri. “Angren dehqon bozori" MCHJ hududida arzonlashtirilgan oziq-ovqat hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi yo‘lga qo‘yilgan.

🔘Bekobod shahri. Dehqon bozori hududida tashkil etilgan arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari narxini nazorat qilish maqsadida, shahar hokimligi mutasaddilari va Jamoatchilik nazorati vakillari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🔘Bekobod tumani. Tuman markazida qulay narxdagi oziq-ovqat savdo yarmarkasi tashkil qilindi.

🔘Bo‘ka tumani. "Istiqlol dehqon bozori" MCHJ hududida arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi faoliyat yuritmoqda.

🔘Bo‘stonliq tumani. Olis va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi aholiga qulaylik yaratish maqsadida, arzonlashtirilgan narxlarda qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari tashkil etilmoqda.

🔘Zangiota tumani. Tuman hududida arzonlashtirilgan oziq-ovqat hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdo yarmarkasi bo'lib o'tmoqda.

🔘Nurafshon shahri. Markaziy bozorda arzonlashtirilgan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkasi tashkillashtirilgan bo'lib, fuqarolar hamyonbop narxlarda mahsulotlarni xarid qilish imkoniyatiga ega bo'lmoqdalar.

🔘Olmaliq shahri. "Oydin" dehqon bozori ma’muriyati tomonidan tashkillashtirilgan arzonlashtirilgan mahsulotlar savdo yarmarkasida savdo qizg‘in tus olmoqda.

🔘Oqqo‘rg‘on tumani. Savdo yarmarkalaridagi narxlarning barqarorligi bo‘yicha tegishli mutasaddilardan iborat jamoatchilik nazorati guruhi tomonidan o'rganishlar olib borilmoqda.

🔘Ohangaron shahri. Mas’ullar ishtirokida tadbirkorlar bilan suhbatlar o'tkazilib, arzonlashtirilgan oziq-ovqat savdo yarmarkalarida narxlarning sun'iy ravishda oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida tushuntirish ishlari olib borildi.

🔘Ohangaron tumani. "Chinor", "Ko‘ksaroy" va "Chetsuv" mahallalarida arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi faoliyat yuritmoqda.

🔘Parkent tumani. "Parkent dehqon bozori"da jamoatchilik nazorati o'rnatildi.

🔘Piskent tumani. Tumanda arzonlashtirilgan oziq-ovqat hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdo yarmarkasi yo‘lga qo‘yildi.

🔘Chinoz tumani. Tumanda bo'lib o'tayotgan savdo yarmarkalaridagi mahsulotlarning sifati va hamyonbopligi aholini mamnun etmoqda.

🔘Toshkent tumani. Jamoatchilik guruhi aʼzolari "Keles" dehqon bozoridagi narx-navo barqarorligini nazorat qilish maqsadida, bozorda boʻldilar.

🔘Chirchiq shahri. Shahardagi "Markaziy dehqon bozori”da arzonlashtirilgan mahsulotlar savdo yarmarkasi tashkil etildi.

🔘O‘rta Chirchiq tumani. "Qorasuv" mahallasida arzonlashtirilgan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda.

🔘Qibray tumani. Tumandagi fermer va dehqonlar tomonidan yetishtirilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlari poytaxt aholisi dasturxonini ham bezamoqda.

🔘Quyi Chirchiq tumani. Arzonlashtirilgan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdo yarmarkalari tashkil qilindi.

🔘Yangiyo‘l tumani. "Gulbahor" shaharchasida arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkasi tashkil etildi.

🔘Yangiyo‘l shahri. Shahar hududida arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi faoliyat yuritmoqda.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Ichki iste’mol bozorida narx-navoning barqarorligini ta’minlash maqsadida, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari va DSI boshlig‘i ishtirokida oziq-ovqat savdo yarmarkasi faoliyati o‘rganildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shukuh

Toshkent viloyatida Yangi yil shukuhi

Viloyatning bosh archasi bezatilgan maydonda bayram tadbirlari ko'tarinki ruhda bo'lib o'tmoqda


Barchani chorlab qolamiz!!!

📍Lokatsiya

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
🟦🟦🟩🟩

Juma – qurilish sohasidagi muammolarni oʻrganish, investitsiya obyektlarida qurilish jarayonlari bilan tanishish kuni.

🔘O'rta Chirchiq tumani. "Yo‘ng‘ichqoli" mahallasidagi suv inshootida aniqlangan nosozliklar soha mutaxassislari tomonidan bartaraf etildi.

🔘Chirchiq shahri. Shahar hokimi “Yangi Oʻzbekiston” massivida qurilayotgan koʻp qavatli uylarning bunyodkorlik ishlarini hamda poliklinika qurilish jarayonlarini koʻzdan kechirdi.

🔘Ohangaron tumani. “Ungut” mahallasida qayta taʼmirlangan 53-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

🔘Bo'ka tumani. Tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari tomonidan "Samarqand" mahallasidagi transformatorda demontaj ishlari amalga oshirilib, 4 ta beton va 6 ta yog'och ustunlar o'rnatildi.

🔘Piskent tumani. Tuman yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan "Lola ariq"mahallasidagi Ibn Sino koʻchasi shagʻallashtirilib, suv yoʻllari ochilmoqda.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish

"YANGI YIL" BAYRAMIDA BARCHA XODIMLAR KETMA-KET 4 KUN DAM OLADI

"Yangi yil" bayrami munosabati bilan, Prezidentimizning 2022-yil 23-dekabrdagi PF-270-son hamda 2023-yil 22-dekabrdagi 213-sonli farmonlariga asosan, yurtimizda qoʻshimcha dam olish kunlari eʼlon qilingan. Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ham tegishli qarorni imzoladi.

Ish haftasining turidan qatʼiy nazar, barcha xodimlar ketma-ket 4 kun dam oladi:

30-dekabr – shanba;
31-dekabr – yakshanba;
1-yanvar – dushanba;
2-yanvar – seshanba kunlari qoʻshimcha dam olish kunlari etib belgilandi.

Shuningdek, mazkur qarorda viloyat aholisining bayram kunlari maroqli dam olishini tashkil etish maqsadida, turistik obyektlar, mehmonxona xizmatlari, sanatoriylar va sogʻlomlashtirish muassasalari uchun turli chegirmalar berilishi koʻzda tutilgan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#shukuh

Boʻstonliq tumanida Yangi yil shukuhi

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bildirish!

SSB: Bayram va dam olish kunlari tibbiyot muassasalari tunu kun ishlaydi

Yangi yil bayramida yurtdoshlarimiz 30-dekabrdan 2-yanvargacha ketma-ket 4 kun dam oladi. Ana shu davrda quyidagi davolash-profilaktika muassasalarining 4 ming nafar tibbiyot xodimi qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga xizmat koʻrsatadi:

22 ta tuman va shahar koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalari,
95 ta oilaviy poliklinikalar,
80 ta oilaviy shifokorlik punktlari,
tuman va viloyat shifoxonalari,
ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining filiallari,

🏥 Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent viloyati filiali, tumanlardagi 21 ta shoshilinch tibbiy yordam qabul boʻlimi hamda tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi. Ushbu muassasalar zarur dori-darmonlar bilan taʼminlanib, zaxira oʻrinlari yaratilgan.

Viloyatimiz boʻyicha 246 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan boʻladigan chaqiriqlar asosida kunu tun xizmat koʻrsatadi.

Bundan tashqari, 20 ta tugʻuruq, 21 ta bolalar davolash muassasasi ham uzluksiz ish olib boradi.

‼️Toshkent viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi bayram kunlarida mehnat qiladigan barcha tibbiyot xodimlariga oʻz minnatdorligini bildiradi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#eʼtibor

Viloyatdagi barcha obodonlashtirish xodimlari munosib eʼtirof etilmoqda

Yangi yil bayrami munosabati bilan barcha tuman-shaharlar hokimliklari tomonidan obodonlashtirish boʻlimi xodimlari munosib eʼtirof etilmoqda.

Har qanday ob-havo sharoitiga qaramay, oʻz vazifasini sidqidildan bajarayotgan soha vakillari uchun bayram dasturxonlari yozilib, zarur oziq-ovqat mahsulotlari va sovgʻalar ulashildi.

Maʼlumot oʻrnida aytish mumkin, bugun viloyatda tizimda 5300 nafardan ziyod ishchi-xodimlar mehnat qilib kelishmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM