Toshkent viloyati hokimligi
14.4K subscribers
38.4K photos
5.29K videos
48 files
21.3K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Telenigoh

Toshkent viloyatida 2023-yil davomida yoshlar tizimida qanday ishlar amalga oshirildi?

“Yoshlar daftari”ga kiritilib, davlat koʻmagi bilan oʻz oʻrnini topayotgan yoshlarning qogʻozdagi hisoboti emas, amaldagi ishlari qanday?

“Besh tashabbus" olimpiadasi doirasidagi musobaqalarda ishtirok etib, gʻolib boʻlgan jamoalar va yoshlarga nima motivatsiya berdi?

“Ogʻir” toifadagi yoshlar bilan ishlash ogʻir kechmadimi?

Toshkent viloyati yoshlarining lideri Miraziz Mirsultonov nega talabalik davrini achinib eslaydi?

Migratsiyadan qaytib, oʻz oʻrnini topishni mahallasidan boshlagan yoshlar oʻz hayotidan rozimi?

Shu kabi savollarga “Oʻzbekiston 24” telekanali ijodkorlari tomonidan tayyorlangan maxsus koʻrsatuv orqali javob olamiz.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitterr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bayonot

Piskent tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot


Bugun, 21-dekabr kuni soat 15:20 da Toshkent viloyati, Piskent tumani, “Kultepa” MFYda joylashgan parrandachilik fermalarining birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 15:33 da voqea joyiga yetib borib, hozirda yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra fuqarolarni kuyish tan-jarohati olish va halok bo‘lish holatlari bo‘yicha ma’lumotlat qayd etilmadi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitterr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Захар Прилепиннинг “Ўзбекистонни босиб олиш" таҳдиди мутлақо қабул қилиб бўлмайдиган ҳолат.

Рус сиёсатчиларининг бундай қарашлари шубҳасизки, ўзбекистонликлар орасида Россия Федерациясига салбий муносабатни кучайтирмоқда.

Унинг тобора камайиб бораётган нуфузини янада пасайтирмоқда. Рус сиёсатчилари агрессив кайфият ва сўзлар билан дўст орттириб бўлмаслигини англаб етиши зарур. Айнан шундай агрессив ҳаракатлари дўстона муносабатдаги мамлакатлар билан алоқаларнинг ёмонлашишига сабаб бўлмоқда.

Иккинчидан, Захар Прилепинни бундай ҳаракат Ўзбекистон Республикаси Жиноят кодексининг 159-моддасида назарда тутилган жиноий жавобгарликни келтириб чиқариши ҳақида қатъий огоҳлантирамиз.

Учинчидан, Прилепин ва бошқа рус сиёсатчилари илгари сураётган бундай қарашлар иллюзиядан бошқа нарса эмас. Кимгадир ёқадими, ёқмайдими, Ўзбекистон мустақил, мустаҳкам суверенитетга эга мамлакатдир.

Қолаверса, қарийб 60 минг аъзога эга бўлган Ҳаракат номидан Россия расмийларини иттифоқчи мамлакатга нисбатан бундай агрессив баёнотларга эътибор қаратишга ва батамом чек қўйишга чақираман.

Прилепин бу гаплари билан Россия Конституциясининг ўзга давлатлар билан тинч ҳаёт кечириш, ички ишларига аралашмасликни назарда тутувчи 79.1 моддасига зид чиқмоқда.

BOBUR BEKMURODOV
Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Elchisi O.Malginov Tashqi ishlar vazirligiga taklif etildi

2023-yil 21-dekabr kuni Tashqi ishlar vazirligiga Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi O.Malginov taklif etildi. Uchrashuv davomida Rossiya vakiliga “Rossiya segodnya” matbuot-markazida boʻlib oʻtgan anjumanda “Spravedlivaya Rossiya – za pravdu” partiyasi hamraisi Zaxar Prilepinning Oʻzbekiston hududini Rossiyaga qoʻshib olish zarurligi haqidagi taklifi mamlakatimizda chuqur tashvish hissi bilan qabul qilingani qatʼiy tarzda yetkazildi.

Rossiya Federatsiyasi kabi doʻst mamlakat partiya rahbarlarining bunday oʻylamay bildirayotgan munosabatlari, afsuski, Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi har tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhiga mos kelmasligi maʼlum qilindi. 
Rossiya ommaviy axborot vositalarida keng tarqalgan bu kabi bayonotlar ataylab provokatsion ruhda boʻlib, xalqlarimiz oʻrtasida oʻrnatilgan tarixiy doʻstona munosabatlarga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.
Oʻz navbatida, O.Malginov toʻliq masʼuliyat bilan Z.Prilepinning bayonotlari Rossiya Federatsiyasi rahbariyatining doʻst va mustaqil Oʻzbekiston toʻgʻrisidagi rasmiy pozitsiyasiga umuman aloqasi yoʻqligini taʼkidladi.

Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekistondagi vakili sifatida Elchi “Oʻzbekiston Respublikasining suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligi uning mamlakatida hech qachon shubhaga olinmagan”ligini taʼkidladi.

O.Malginov, shuningdek, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi yaqin vaqt ichida ushbu hodisa boʻyicha izoh berishni rejalashtirayotganini taʼkidladi.

Tashqi ishlar vazirligi

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Шукуҳ_Нурафшон

🎄Нурафшон шаҳрида улкан арча ёғду соча бошлади. Атрофни юқоридан томоша қилинг, шунчаки супер, кайфият эса байрамона. 🔥

Yoshlar kundaligi
VILOYATIMIZ BOSH ARCHASINING TANTANALI OCHILISHI BO'LIB O'TDI

Bugun Toshkent viloyatining ma'muriy markazi – Nurafshon shahrida yangi yil archasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Bayramona kayfiyat ulashuvchi tadbirda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev, sektor rahbarlari, hokim o'rinbosarlari, boshqarma va tashkilot rahbarlari hamda viloyat ahli jamu-jam bo'ldi.

Viloyat hokimi ochilish marosimi avvalidan maydon bo'ylab turli bezatilgan chiroqlar, archa hamda attraksionlarni ko'zdan kechirdi va tashrif buyurgan fuqarolarni yaqinlashib kelayotgan yangi yil bayrami bilan tabrikladi.

Ma'lumot o'rnida, “Nurafshon business city”da tashkil qilingan bayram maydonida konsert dasturlari bugundan boshlab har kuni soat 10:00 dan tungi 22:00 gacha bo'lib o'tadi.


🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
🟦🟦🟩🟩

Payshanba – sektor rahbarlarining kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan uchrashadigan va muammolarini hal qilishga e'tibor qaratiladigan kun. Shu jumladan, bu kunda avval xususiylashtirilgan korxonalar faoliyatini oʻrganish, davlat tasarrufidagi obyektlarning auksion savdolariga chiqarilishi, sotilishi va investitsion majburiyatlarning bajarilishi ham oʻrganiladi.

🔘Quyi Chirchiq tumani. Tuman hokimi o‘rinbosari boshchiligida tumanga jalb qilinayotgan investitsiyalarning ko‘lamini oshirish maqsadida, xorijiy mamlakatlardan kelgan yangi investorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

🔘Chirchiq shahri. “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkiga "University College London" sanoat va innovatsiyalarni o'rganish universiteti professori, O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari tashrif buyurdilar.

🔘Ohangaron tumani. Tuman hokimi "Ohangaron Tech Industrial" davlat unitar korxonasi rahbari hamda soha mutaxassislari bilan uchrashuv o'tkazdi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. "Tekstil-Dil-art” oilaviy korxonasiga asbob-uskunalar uchun 36 million soʻm miqdordagi kasanachilik subsidiyasi ajratildi hamda 5 nafar "Ayollar daftari"da ro'yxatda turuvchi ishsiz xotin-qizlar bandligi ta’minlandi.

🔘Zangiota tumani. "Gulzor" mahallasida bo'lib o'tgan qabulda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan tashabbuskorlarga huquqiy maslahatlar berildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Xabaringiz bor, Toshkent viloyati delegatsiyasi Xitoyda boʻlib qaytdi.

Oʻtkazilgan koʻplab muzokaralar, kelishuvlar natijasida yirik miqdordagi investitsiya loyihalari va eksport shartnomalari imzonlanishiga erishildi.

Safar tafsilotlari bilan “Sevimli” telekanali orqali tayyorlangan lavhada tanishishingiz mumkin.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM