Toshkent viloyati hokimligi
14.7K subscribers
39.5K photos
5.41K videos
48 files
21.6K links
Download Telegram
#Jarayon

🏥 Bugun Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent viloyati filialida ilk bor buyrak koʻchirib oʻtkazish amaliyoti bajarildi.

🔬 Ushbu noyob va murakkab jarrohlik amaliyoti natijasida 50 yoshli onaxon oʻz oʻgʻliga donorlik qildi.

🩻 Bemor J.Ya 1996-yilda Toshkent viloyati Chirchiq shahrida tugʻilgan “Surunkali buyrak yetishmovchiligi” tashxisi bilan “D” nazoratida turadi. 2023-yil iyul oyidan buyon Gemodializ seansini olib kelgan.

❇️Ushbu jarrohlik amaliyotini RSHTYOIMning “Transplantologiya” boʻlimi ilmiy rahbari F.A.Xadjibayev boshchiligida ishchi guruh hamda, filial xodimlari tomonidan amalga oshirildi.  

Har ikkala bemorning ahvoli jarrohlik amaliyotidan soʻng qoniqarli ahvolda, bemorga koʻchirib oʻtkazilgan buyrak oʻz faoliyatini bajara boshladi va 120 ml peshob ajralishi kuzatildi. Hozirda har ikkala bemor ham jonlantirish boʻlimida shifokorlar nazoratida davo muolajalarini davom ettirmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitterr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xorij_nigohida

Toshkent tumanida bugun koʻplab issiqxonalar koʻmir bilan isitilishga ixtisoslashtirilmoqda.

Bu haqda Qozogʻistonning “Telekanal 24kz” da soʻz yuritildi. Yaʼni, hududda yangi qurilgan beshinchi avlod zamonaviy issiqxonasi bugun toʻliq quvvatda koʻmir bilan ishlayotganligi, bu esa gazga boʻlgan ehtiyojning yuqori darajada tejalishiga erishilgani taʼkidlangan.

Shuningdek, eksportbop pomidor mahsulotlari yetishtirilayotgan mazkur korxonada bugun 100 ga yaqin ishchi-xodimlar mehnat qilayotgani, ularga yaratilgan shart-sharoitlar xususida ham soʻz yuritilgan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitterr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
🟦🟦🟩🟩

Shanba – qishloq xoʻjaligi sohasi va fermerlar kuni. “Yashil makon” tadbirlari bilan izchil shugʻullaniladigan kun.

🔘Bekobod tumani. Tumandagi fermer xo’jaliklari dala maydonlarida 2024-yilgi bug’doy hosili ekish uchun ishlar allaqachon boshlab yuborilgan bo’lib, hozirda bug’doyzorlarni g’o’za poyalaridan texnikalar yordamida tozalash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

🔘Yangiyo'l shahri. Shahar mahallalari boʻylab bayramoldi arzonlashtirilgan oziq-ovqat hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari savdo yarmarkalari tashkil qilindi.

🔘Ohangaron tumani. "Ozodlik" mahallasida yashovchi fuqarolar 3 yildan buyon tomorqachilik ortidan tadbirkorlik faoliyatini olib bormoqda.

🔘Qibray tumani. Tuman hokimligi hamda Toshkent davlat agrar universiteti hamkorligida, talabalar ishtirokida qishloq va suv xoʻjaligi majmuasida olib borilayotgan ishlar holati bilan tanishildi.

🔘Piskent tumani. Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni munosabati bilan “Marhamat” tantanalar majmuasida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing

Ichimlik suvi boʻyicha viloyatimizda ayni paytda vaziyat qanday? Yuzaga kelgan avariyaviy holatlarni bartaraf etish vaqti va samaradorligi haqida nimalar maʼlum?

“Oʻzsuvtaʼminot” AJning hududiy boʻlimi mutasaddilari holat boʻyicha tushuntirish berdilar. Video shu haqida.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitterr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maxsus_dayjest

Hafta davomida viloyatimiz boshqarma, korxona va tashkilotlarida amalga oshirilgan ishlar bilan qisqa xabarlarda tanishing.

🔘Prokuratura. Toshkent viloyati prokurori tomonidan Angren shahrida ijtimoiy soha obyektlari hamda koʻp qavatli xonadonlarda qish mavsumini betalofat oʻtkazish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli oʻrganildi.

🔘Ichki ishlar Bosh boshqarmasi. “Interpol” generali vilyatimizda oʻrganish olib bordi.

🔘Adliya boshqarmasi. Toshkent viloyatidagi 22 ta Davlat xizmatlari markazlari xodimlari tomonidan yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatiga oid targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

🔘Bojxona. Boshqarmada tizimda ishlovchi ayollar uchun tibbiy-psixologik seminar tashkil etildi.

🔘Kadastr boshqarmasi. Aholining kadastrga oid murojaatlarini o‘rganish jarayonlari Bekobod shahri misolida ko'rib chiqilmoqda.

🔘Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi. Boʻstonliq tumanida 18 nafar ishsiz fuqarolarga subsidiya asosida asbob-uskunalar berildi.

🔘Sanepidboshqarmasi. "OKMK"ning Mis boyitish fabrikasi hududida "Tabiiy, texnogen va ekologik xusususiyatli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda obyekt boshqaruv organlari va fuqaro muhofazasi tizimlarining shahar FVDT xizmatlari bilan hamkorlikda harakatlari" mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

🔘Sport boshqarmasi. Toshkent tumanida yoshlarning sportga jalb qilinishi holati bilan tanishildi.

🔘Maktabgacha va maktab ta'limi. "Norwich" instituti direktori maktab direktor va o‘qituvchilari uchun trening o‘tkazdi.

🔘Statistika boshqarmasi. Boshqarma yosh xodimlari Nurafshon shahridagi "TEXTILE MILL TASHKENT" korxonasida boʻlib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

🔘Sog'liqni saqlash. Yangiyoʻl shahar tibbiyot birlashmasi tarkibida bolalar salomatligini saqlashga ixtisoslashgan yangi va zamonaviy bolalar boʻlimi binosi foydalanishga topshirildi.

🔘Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasi. Yetakchilar faoliyati sarhisob qilindi va ilgʻorlar aniqlandi

🔘Hududgaz. Suyultirilgan gaz taʼminoti tizimining barqaror ishlashini taʼminlash yoʻlida “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan barcha zarur choralar koʻrilmoqda.

🔘Ekologiya boshqarmasi. Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Yuqori Chirchiq tumani bo’limi xodimlari tomonidan tumanning "Birlik" mahalla fuqarolar yig’ini hududida uyulgan chiqindilar olib tashlanib, atrof obodon holga keltirildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitterr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Foto

Toshkent viloyatining maʼmuriy markazi Nurafshon shahrida Yangi yil bayrami shukuhi.

📸Foto: Nozim Abdulla

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitterr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imkoniyat

Viloyat hokimi tavsiyasi asosida yana 35 nafar hokim yordamchisi oliy taʼlimga oʻqishga qabul qilindi

🌐BATAFSIL

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_qarori

ENDI "OPEN BUDGET" PORTALIDA BOGʻ YARATISH UCHUN HAM ISHTIROK ETISH MUMKIN

Prezidentimizning "Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi farmoniga muvofiq, endilikda Toshkent viloyatida ham davlat byudjetidan har yili ajratiladigan mablag‘larning kamida 50 foizi "Yashil bog‘lar" va "Yashil jamoat parklari"ni tashkil qilish uchun "Open byudjet" axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan "Mening bog‘im" loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.

Bunda aholi tashabbusi bilan "Yashil bog‘lar" va "Yashil jamoat parklari"ni tashkil qilish bo‘yicha maydon manzili va rasmlari ko‘rsatilgan holda, qiymati 250 million so‘mdan oshmagan tashabbuslar bildirilishi hamda "Mening bog‘im" loyihalarini shakllantirish va ularga ovoz berish jarayoni har yili yanvar-fevral oylarida o‘tkazilishi belgilangan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitterr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида юқори қўшилган қийматли тайёр маҳсулотлар ишлаб чиқариш ва экспорт қилиш учун шароитларни янада кенгайтириш, хизмат кўрсатиш ва туризм соҳаларини ривожлантириш бўйича навбатдаги вазифалар юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по задачам дальнейшего расширения условий для производства и экспорта готовой продукции с высокой добавленной стоимостью, а также развития сфер оказания услуг и туризма.

Facebook|Instagram|Twitter
Президент раислигида ишлаб чиқаришни янада кенгайтириш ва хизматларни ривожлантириш масалалари юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланди.

Жаҳонда рўй бераётган ўзгаришлар ҳисобига иқтисодиёт учун зарур бўлган хом ашё ва маҳсулотлар нархи, уларни етказиб бериш харажатлари беқарорлиги таъкидланди.

Маҳсулотларимиз нарх жиҳатдан рақобатбардош бўлишини истасак, энг аввало, ўзимиздаги хом ашёни чуқур қайта ишлаб, тайёр сифатли маҳсулотларни кўпайтиришимиз шарт ва зарур, деди давлатимиз раҳбари.

Facebook|Instagram|Twitter
Мамлакатимизга сайёҳлар оқимини янада ошириш учун меҳмонхона ва меҳмон уйларини кўпайтириш лозимлиги таъкидланди.

Бу борада Паркентдаги Кумушкон, Ҳисарак, Сўқоқ, Бошқизилсой, Чанги, Заркент, Бойқозон маҳаллаларида туризм маскани ташкил этилади.

Хонобод шаҳри, Бойсун, Бахмал, Фориш, Ангрен ва Оҳангаронда ҳам туризм масканлари мастер режасини тайёрлаш топширилди.

Омонхона, Майданак каби туристик объектлар инфратузилмасини яхшилашга 30 миллион доллар йўналтириш, туризм объектларига олиб борувчи йўллар инфратузилмасига қўшимча 200 миллиард сўм ажратиш қарор қилинди.

Йўлларни таъмирлаш билан бирга, улар атрофида комплекс хизматларни ривожлантиришда янгича ёндашув бўлади.

Туризм объектига олиб борадиган қайси йўл таъмирланаётган бўлса, ўша йўл бўйида савдо ва сервис шохобчаларини жойлаштириш бўйича мастер режалари ишлаб чиқилади ва тадбиркорларга берилади, аҳоли ва туристлар учун қулай маршрутлар ишлаб чиқилиб, жамоат транспорти йўлга қўйилади, хостел ва меҳмон уйлари ташкил қилинади.

Facebook|Instagram|Twitter
Audio
🟦🟦🟩🟩

Dushanba – viloyat hokimligida hudud tashkilotlari va idoralarida ijro intizomining ahvoli oʻrganiladi hamda muhokama qilinadi. “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash, muammolarni oʻrganish va amaliy koʻmak berish kuni.

🔘O'rta Chirchiq tumani. Tuman hokimi rahbarligida “Hokimlik soati” yig‘ilishi o‘tkazildi.

🔘Piskent tumani. Tegishli mutasaddilar ishtirokida “Obod xonadon, obod koʻcha, obod mahalla” me'zonlarini joriy etish - oilada sogʻlom turmush madaniyatini yuksaltirish omillaridir" mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.

🔘Bekobod tumani. Tuman hokimi o'rinbosari, oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i tomonidan ayollarning jamiyatdagi o'rnini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasi majlisining tegishli bayonnomasi ijrosini joylarda ta'minlash maqsadida, mahalla xotin-qizlar faollari ishtirokida seminar bo'lib o'tdi.

🔘Chinoz tumani. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolajonlarga "Bright Future" fondi tomonidan bayram sovg'alari tarqatildi.

🔘Yangiyo'l shahri. Umumiy o'rta ta'lim maktablari direktorlari ishtirokida yig'ilish tashkil qilindi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Tuman hokimi boshchiligida “Sultonravot” madaniyat markazida navbatdagi faollar yigʻilishi o'tkazildi.

🔘Bekobod shahri. Shahar hokimi hamda IIB boshlig'i rahbarligida tashkil etilgan tadbirda mahalla “yettiligi” faoliyatida profilaktika inspektorlarining asosiy vazifalari masalalari muhokama qilindi.

🔘Chirchiq shahri. Shahardagi energetika tarmog‘i xodimlari tun-u kun faoliyat yuritib, aholi murojaatlariga yechim topmoqda.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM