Toshkent viloyati hokimligi
14.8K subscribers
40.6K photos
5.53K videos
48 files
22K links
Download Telegram
❗️ Hurmatli Toshkent viloyati aholisi va mehmonlari!

Yurtimizdagi ob-havo sharoitini inobatga olib, osoyishtalikni taʼminlash, fuqarolar hayoti va sogʻligʻi hamda mulkini himoyalash maqsadida, Toshkent viloyati Ichki ishlar organlarining barcha shaxsiy tarkibi kuchaytirilgan xizmat tartibiga oʻtkazilgan.

Sizga yoki yaqinlaringizga nisbatan har qanday zaruriy vaziyatlarda, xonadonda, koʻchada yoki yoʻllarda boʻlishingizdan qatʼiy nazar, Ichki ishlar organlariga 102, 1102 va 1173 qisqa raqamlari orqali murojaat qiling.

Biz tinchlik va osoyishtalik yoʻlida, har qanday ob-havo sharoitida, 7 kun 24 soat siz bilan birgamiz, yordamga tayyormiz!


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
🟦🟦🟩🟩

Seshanba – hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari bilan muloqot va yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazish kuni.

🔘Angren shahri. Shahar axborot-kutubxona markazida huquqshunos, dotsent K.Sindarovning  kitob taqdimoti bo'lib oʻtdi.

🔘Bo'stonliq tumani. Tuman prokurori  boshchiligida “Namuna” MFY fuqarolari murojaatlarini oʻrganish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

🔘Zangiota tumani. Tuman hokimi 31-sonli MTTning issiqlik tizimini koʻzdan kechirmoqda.

🔘Nurafshon shahri. Farmoyish ijrosini ta'minlash maqsadida, shahar Oila va xotin-qizlar bo'limi tomonidan ishlar rejalashtirilib, amalga oshirilmoqda.

🔘Olmaliq shahri. Shaharda korrupsiyaga qarshi kurash haftaligi doirasida sport tadbirlari oʻtkazildi.

🔘Ohangaron shahri. Shahar 3-sektor rahbari hududdagi taʼlim muassasalaridagi qozonxonalarning sozligini nazorat qilmoqda.

🔘Piskent tumani. Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish mavzusida uchrashuv oʻtkazildi.

🔘Parkent tumani. "Qiziltog’" shaharchasida 55-sonli maktabda yangi qurilgan universal sport maydonchasi foydalanishga topshirildi.

🔘Chinoz tumani. Nurafshon shahridagi Prezident maktabida dasturlash bo'yicha boʻlib oʻtgan olimpiadada tuman yoshlari faol ishtirok etdi.

🔘Toshkent tumani. Tumandagi 5-sonli umumtaʼlim maktabi hududida tuman hokimligi tomonidan sport maydonchasi qurib berildi.

🔘Chirchiq shahri. Shahar hokimi “Humo” MFYdagi issiqlik tizimida amalga oshirilayotgan ishlarni koʻzdan kechirdi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. “Sultonravot” MFYdagi 10-sonli umumtaʼlim maktabida targʻibot tadbiri tashkil etildi.

🔘O'rta Chirchiq tumani. "Kuchlik" MFY aholisining muammolarini bartaraf etish bo‘yicha tuman prokurori va 2-sektor rahbari tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.

🔘Qibray tumani. Tumandagi 22-sonli umumtaʼlim maktabida “Zakovat” intelektual oʻyini oʻtkazildi.

🔘Quyi Chirchiq tumani. "Kik-boksing" sport turi bo'yicha "O'zbekiston kubogi chempionati"da tuman yoshlari faxrli o'rinlarni egalladi.

🔘Yangiyo'l tumani. Tumani hokimi  rahbarligida ijtimoiy soha obyektlarining qish mavsumiga tayyorgarlik holati tanqidiy muhokama qilindi.

🔘Yangiyo'l shahri. Shahar markazida joylashgan Madaniyat saroyida Axborot kutubxona markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing

Sovuq ob-havo sharoitida viloyatda korxona va tashkilotlarda qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Shu haqda Toshkent viloyati hokimining matbuot  kotibi Behzod Qobulov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
Eslatib o‘tamiz, viloyatimizda maxsus shtab faoliyat yuritmoqda. Shtabning telefon raqamlari:

📌Uy-joy kommunal sohalarda +998 55 901 41 17;

📌Issiqlik manbai bo'yicha +998 55 901 41 27;

📌Elektr energiyasi bo'yicha +998 55 901 41 18;

📌Gaz taʼminoti bo'yicha +998 55 901 41 07;

📌Suv taʼminoti bo'yicha +998 70 202 51 24

Yoki barcha masalalar boʻyicha Call-markazning 1055 qisqa raqamiga hamda telegram manziliga xabar yuborishingiz mumkin.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitterr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_qarori

TOSHKENT VILOYATIDA IHOTA DARAXTZORLARI BARPO ETILADI

Toshkent viloyatida 2024-2026-yillarda ihota daraxtzorlarini barpo etish choralari ko‘riladi. Bunda, ko‘chatlar ekilishi ko‘zda tutilgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari xatlovdan o‘tkazilib, hududlarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda loyiha-qidiruv ishlari amalga oshiriladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimining tegishli qarori imzolandi.

2024-yildan boshlab yomg‘ir suvlarini to‘plash uchun membrana (rezervuar)lar tashkil etish hamda zamonaviy suv resurslarini tejash uslublari orqali daraxt va butalarni sug‘orish tizimini ishga tushirish ham rejalashtirilgan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitterr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Chirchiq

Milliy gvardiya Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan Chirchiq shahridagi ko‘p qavatli uylar atrofida ob-havoning keskin sovushi sababli paydo boʻlgan qor va yaxlamalarni bartaraf etish hamda harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida, hudud boʻylab tuzli-qum aralashmasi sepilib, issiqlik quvurlari izolyatsiya qilinmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitterr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_qarori

OHANGARONDA YANGI UNIVERSAL SPORT MAYDONCHASI QURILADI

Ohangaron tumani "Nurobod" mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan davlat zaxirasidagi qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan 0,40 gektar yer maydoniga uneversal sport maydonchasi quriladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.

Shuningdek, maydoncha qurilishi rejalashtirilgan yer maydoni Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasiga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitterr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
🟦🟦🟩🟩

Chorshanba – investitsiya, eksport masalalarini o‘rganish va sanoat zonalarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish kuni.

🔘Piskent tumani. Tuman hokimi  va Xitoy Xalq Respublikasining Bochjou shahar meri bilan uchrashuvda samarali hamkorlik masalalari muhokama etildi.

🔘Chinoz tumani. Tuman hokimligining Investisiyalar sanoat va savdo bo‘limi xodimlari tomonidan eksportyor korxonalarning muommoli masalalarini oʻrganish maqsadida, "Furan textil" MChJ faoliyati koʻzdan kechirildi.

🔘Ohangaron shahri. “Noʻgʻoyqoʻrgʻon” MFY hududida “Bilagʻon bolajon” nomli oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti ish faoliyatini boshladi.

🔘Ohangaron tumani. Tumandagi “Nasiba Abror“ MCHJ rahbari Estoniya davlatidan 66 bosh naslli qoramol olib keldi.

🔘O'rta Chirchiq tumani. Tumandagi "Tinchlik" mahallasida fuqaro  tomonidan Ukraina texnologiyasi asosida qo‘ziqorinlar yetishtirib kelinmoqda.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Isteʼmolchilarni barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent viloyati hududiy filialida 24 soatlik navbatchilik asosida ish faoliyati olib borilmoqda.

Isteʼmolchilarini uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida viloyatda 186 ta avariya brigadalari tunu-kun faoliyat yuritmoqda. Unda 600 dan ortiq xodimlar va 169 ta maxsus avto va texnikalar biriktirilgan.

Bir kunda oʻrtacha 100 dan ortiq murojaatlar kelib tushayotgan boʻlib, ularni zudlik bilan joyiga chiqqan holda bartaraf etilmoqda.

Hurmatli isteʼmolchilar, keraksiz, ortiqcha elektr uskunalardan imkon qadar foydalanmasliklaringizni, elektr energiyasini tejashlaringizni va behuda yonib yotgan quvvatlarni oʻchirib qoʻyishlaringizni soʻraymiz.


🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitterr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM