Toshkent viloyati hokimligi
14.9K subscribers
40.4K photos
5.51K videos
48 files
21.9K links
Download Telegram
Ўзбекистон қишлоқ хўжалиги ходимларига табрик

Поздравление работникам сельского хозяйства Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Madhiya

Bugun, 10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilingan kun.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitterr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qishloq_xoʻjaligi

QISHLOQ XOʻJALIGI XODIMLARI KUNI BAYRAMI KENG NISHONLANDI

Bugun, 10-dekabr – Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni Toshkent viloyatida keng nishonlandi.

Qibray tumanida joylashgan “Qibray” dam olish maskanida tashkil qilingan bayram tadbirida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etib, soha xodimlariga Davlatimiz rahbarining bayram tabrigini oʻqib eshittirdi hamda barchani samimiy tilaklar ila tabrikladi.

Viloyatning barcha hududlarida oʻtkazilgan qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni bayram tadbirlari katta ekranda zoom orqali onlayn namoyish qilindi.

Tumanlardagi kun shodiyonalarida jami 8200 nafar soha vakillari qanashdi. Shundan 6500 nafari fermerlar boʻlsa, qolgan 1700 nafari qishloq xoʻjaligiga aloqador rahbarlardir.

Qibrayda boʻlib oʻtgan bayram tantanalarida 400 ga yaqin soha xodimlariga nozu-neʼmatlar ila bezatilgan dasturxon yozildi. Shuningdek, bir guruh soha vakillariga “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishonlari topshirildi.

Tadbirda taniqli sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan kuy va qoʻshiqlar, maftunkor raqs dastalari yigʻilganlarga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitterr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_qarori

QISHLOQ XOʻJALIGIDA SUVNI TEJAYDIGAN TEXNOLOGIYALAR JORIY ETILADI

Toshkent viloyatida suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida, qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda suvni tejaydigan texnologiyalar joriy etiladi.

Viloyatdagi 11 ming 250 gektar maydonlarda tomchilatib sugʻorish, 17 ming 315 gektar maydonda yomgʻirlatib sugʻorish, 2 ming 600 gektar qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarida diskretli sugʻorish texnologiyalaridan foydalanish hamda 12 ming 174 gektar maydonlarda lazer uskunali tekislagichlar bilan yerlarning tekislanishini tashkil etish rejalashtirilgan.

Bu boʻyicha ishchi guruh shakllantiriladi. Shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida, "Suvchilar maktabi" maxsus oʻquv kurslari tashkil qilinishi koʻzda tutilgan.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitterr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_qarori

TOSHKENT VILOYATIDA "YOSHLAR UCHUN MING KITOB" LOYIHASI AMALGA OSHIRILADI

Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligiga jahonda mashhur boʻlgan 1000 ta kitob oʻzbek tiliga tarjima qilinishi va mamlakatimizda ommalashtirilishiga qaratilgan "Yoshlar uchun ming kitob" loyihasi ijrosini bajarish belgilangan boʻlib, bu boʻyicha amaliy ishlar Toshkent viloyatida ham boshlandi.

Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.

Qarorga koʻra, viloyatda 2024-yildan boshlab har yili hududlardagi axborot-kutubxona muassasalari fondlarini toʻldirish, yangilash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun davlat byudjeti hamda mahalliy byudjetlardagi zarur mablagʻlar yoʻnaltiriladi.

Bunda xorijiy tajriba oʻrganilgan holda, namuna sifatida viloyatdagi bittadan axborot-kutubxona muassasasida adabiyotlar hisobini yuritish, saqlash va raqamlashtirish, aholiga zamonaviy kutubxona xizmatini koʻrsatish tizimini yaratish boʻyicha ishlar amalga oshirilishi belgilandi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitterr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

8-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Toshkent viloyatida boʻlib oʻtgan bayram tadbiri tafsilotlarini "Nurafshon" telekanali lavhasida tomosha qilishingiz mumkin.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitterr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_farmoyishi

TOSHKENT VILOYATIDA "SEHRLI QOʻLLAR" NOMLI HUJJATLI FILM TASVIRGA OLINADI

Toshkent viloyatida "Sehrli qoʻllar" nomli hujjatli film yaratiladi va buning uchun 191 million yuz ming soʻm miqdorda mablagʻ ajratildi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.

Surʼatga olinishi rejalashtirilgan mazkur hujjatli filmda viloyatdagi tibbiyot xodimlarining mashaqqatli va sharafli faoliyati tasvirlanadi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitterr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika

TOSHKENT VILOYATIDA UZUM YETISHTIRISH HAJMI 57 466 TONNAGA YETDI

Joriy yilning yanvar-sentabr oylari davomida Toshkent viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan jami 57 466 tonna uzum yetishtirildi.

Uzum ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, ishlab chiqarish umumiy hajmidan 75,8 %i dehqon xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitterr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
🟦🟦🟩🟩

Dushanba – viloyat hokimligida hudud tashkilotlari va idoralarida ijro intizomining ahvoli oʻrganiladi hamda muhokama qilinadi. “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash, muammolarni oʻrganish va amaliy koʻmak berish kuni.

🔘Oqqo'rg'on tumani. Tuman hokimi boshchiligida, sektor rahbarlari ishtirokida navbatdagi “Hokimlik soati” yigʻilishi oʻtkazildi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Tuman hokimi rahbarligida “Sultonravot” madaniyat markazida navbatdagi faollar yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

🔘Bo'stonliq tumani. Aholi bandligini taʼminlash borasida qator maqsadli tadbirlar olib borilmoqda.

🔘Angren shahri. Shahar hokimiga fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar joyiga chiqib oʻrganilishi borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

🔘Zangiota tumani. Tuman hokimi ijtimoiy soha obyektlarining mavsumga tayyorgarligi boʻyicha muhokama yigʻilishi oʻtkazdi.

🔘O'rta Chirchiq tumani. Tuman hokimi boshchiligida “Hokimlik soati” yig‘ilishi boʻlib oʻtdi.

🔘Chinoz tumani. Huquqiy maslahatga muhtoj boʻlgan xotin-qizlar bilan davra suhbatlari oʻtkazilib, “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik” tadbirlari olib borilmoqda.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM