Toshkent viloyati hokimligi
14.3K subscribers
38.6K photos
5.32K videos
48 files
21.3K links
Download Telegram
#Tuhfa

QUYI CHIRCHIQNING “KOʻKSAROY” MAHALLASIDA BIR NECHTA OBYEKTLAR FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI


Davlatimiz rahbarining topshirigʻiga asosan, hududlarda “Obod xonadon”, “Obod koʻcha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etish boʻyicha amaliy ishlar bajarilmoqda. Quyi Chirchiq tumani 4-sektor hududida joylashgan “Koʻksaroy” mahallasida ushbu mezonlarni joriy etish belgilangan boʻlib, hozirda mahalla avvalgi koʻrinishidan butkul oʻzgacha qiyofa kasb etdi.Bugun “Koʻksaroy” mahallasida bir nechta ijtimoiy soha obyektlarining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilnganining 31 yilligi bayrami arafasida ushbu bunyodkorlik ishlari tugallanib, mazkur mahalla aholisi uchun foydalanishga topshirildi.

Batafsil


🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
🟦🟦🟩🟩

Chorshanba - investitsiya, eksport masalalarini o‘rganish va sanoat zonalarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish kuni.

🔘Piskent tumani. Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turgan Toshkent viloyati delegatsiyasi tomonidan imzolangan shartnoma va memorandumlarda Piskent tumani tadbirkorlari ham qatnashmoqda.

🔘Chinoz tumani. Tumanda eksportyor korxona sifatida faoliyat olib borayotgan “Hu-Ali” MCHJ faoliyatini o‘rganish hamda muammolarini aniqlash maqsadida, tuman hokimining o‘rinbosari korxonaning ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

🔘Zangiota tumani. Tuman hokimi "TECHNOLOGIES OF REAL TIME" korxonasining bugungi kundagi faoliyatini yangi loyiha asosida kengaytirish masalasini korxona masʼullari bilan muhokama qildi.

🔘Yangiyo'l tumani. “Baytish” mahallasida 3 gektar yer maydonida joylashgan “TOSHKENT PARRANDA” MCHJga qarashli boʻlgan parrandachilik faoliyatini tashkil etish loyihasi hokim oʻrinbosari tomonidan oʻrganildi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. “TYOPLI SAD” MCHJ va “SADAF AGRO INVEST” MCHJ issiqxonalari faoliyati oʻrganildi.

🔘Angren shahri. Xitoy Xalq respublikasi Shandun provinsiyasi rasmiylari va ishbilarmon doiralar vakillari bilan oʻtkazilgan muzokaralarda Angren shahar hokimi ham ishtirok etdi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kelishuv #Xitoy_Toshkent_viloyati

PISKENT TUMANI VA XITOYNING ZIBO SHAHRI OʻRTASIDA BIR NECHTA SHARTNOMALAR IMZOLANISHIGA ERISHILDI

Ayni damda Toshkent viloyati delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Shandun provinsiyasi Zibo shahrida boʻlib turibdi. Mazkur manzilda Zibo shahri meri Li Szyunde Piskent tumani hokimi N.Yakubov bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuv davomida futbolning paydo boʻlish tarixi aynan mana shu Zibo shahriga bogʻliqligi xususida taʼkidlanib, sport inventarida Zibo shahri va Piskent tumani oʻrtasida ogʻzaki hamkorlik kelishuvlariga erishildi.

Uchrashuvda mahalliy hokimiyat rahbarlari tomonidan oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish borasida taklif va mulohazalar bildirildi. Xususan, Piskent tumani hokimi N.Yakubov tumanda Zibo shahri tadbirkorlari ishtirokida maxsus sanoat hududi tashkil etish taklifini bildirdi. Zibo shahar meri mazkur taklifni qoʻllab quvvatladi.

Piskent tumani hokimi boshchiligidagi kichik guruh ishni Bochjou shahrida shahar merining birinchi kotibi, janob Li Lei  bilan uchrashuv oʻtkazib, Xitoy xalk tabobati bozori faoliyati bilan yaqindan tanishishdan boshladilar.

Mazkur bozor joriy yilda ishga tushirilgan boʻlib, 1,1 million kvadrat metr maydonda joylashgan.

Shu bilan birga, Piskent tumanida farmatsevtika sohasida loyiha qilish istagida boʻlgan tadbirkorlar va shahar meri bilan ham uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Piskent tumanidagi "Zonitan Chemical" va Zibo shahridagi "Shangdon Zhontien technology engineering" kompaniyasi oʻrtasida Piskent tumanida natriy hamda kansongenat ishlab chiqarish boʻyicha 20 million dollarlik shartnoma imzolanishiga erishildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kelishuv #Xitoy_Toshkent_viloyati

Bochjou shahar meri Chin Feng Yu xonim bilan uchrashuv boshlandi


〰️ 〰️ 〰️ 〰️ 〰️ 〰️ 〰️

Ayni paytda Anxuey provinsiyasida bo‘lib turgan Piskent tumani hokimi N.Yakubov Bochjou shahri meri Chin Feng Yu xonim bilan o‘zaro savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭕️Live

XITOYDA BO‘LIB TURGAN DELEGATSIYAMIZ SHANDUN PROVINSIYASINING DECHJOU TUMANIDA MUZOKARALARNI DAVOM ETTIRMOQDA

Zoyir Mirzayev boshchiligidagi delegatsiyamiz ayni paytda Dechjou tumanida bo‘lib turibdi.

Xususan, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishib, hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida dastlabki muzokaralar o‘tkazilyapti.

Toshkent viloyati jamoasi Dechjouning yetakchi tekstil korxonasi va yarimo‘tkazgichlar, mikrochiplar ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati bilan tanishdi.

HKHONM brendi Xitoyda taniqli korxonalar sirasiga kiradi. Ishlab chiqarish liniyasi zamonaviy raqamli texnologiyalarga asoslangan. Jahon bozorida ham xaridorgir bo‘lgan mikrochiplar va yarimo‘tkazgichlarni viloyatimizda ham ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish borasida avvalroq o‘tkazilgan muzokaralar ijobiy yakunlangan edi.

Bugun kunning ikkinchi yarmida bo‘lib o‘tadigan biznes forumda qiymati 1 milliard dollarlik ushbu loyiha bo‘yicha shartnoma imzolanishi kutilmoqda.

Behzod Qobulov.
Dechjou, Xitoy.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM