Toshkent viloyati hokimligi
14.4K subscribers
38.4K photos
5.29K videos
48 files
21.3K links
Download Telegram
#Sarhisob

VILOYATDA AVTOMOBIL QATNOV YO‘LLARI RAVONLASHMOQDA

Toshkent viloyatida avtomobil yo‘llari tarmog‘ini yanada yaxshilash, qatnov yo‘llarining texnik holati va harakat xavfsizligini ta’minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Viloyatdagi avtomobil yo‘llari uzunligi 13 655 kilometrni tashkil qilsa, shundan 4 045 km umumfoydalanuv yo‘llari, 358 km xalqaro, 1 354 km davlat hamda 2 333 km mahalliy ahamiyatdagi yo‘llardir.

Ichki yo‘llar uzunligi 9 610 kilometrga teng. Viloyat hududidagi avtomobil va ichki yo‘llarda joriy yilning yanvar-sentabr oylari davomida barcha dasturlar bo‘yicha ta’mirlash ishlari olib borildi.

Jumladan, 1 509 085,4 million so‘m miqdordagi mablag‘lar hisobiga 1 608,3 kilometr uzunlikdagi yo‘llarda ta’mirlash doirasidagi tadbirlar amalga oshirildi.

Shuningdek, viloyat hududidagi 7 ta infratuzilmani rivojlantirish dasturi, 6 ta shahar ko‘chalari, 1 ta erkin iqtisodiy zona, 566 ta ta’mirlash ishlari dasturi borasidagi ishlar bajarilib, foydalanishga topshirildi.

Bundan tashqari, PQ-408-qaror ijrosi yuzasidan mahallalarda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha 302 ta, PQ-5118-sonli qaror doirasida 176 ta, mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 2 ta obyektlar bitkazildi. Dasturdan tashqari 14 ta shag‘allashtirish ishlari olib borildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Oqqoʻrgʻon #InsonQadri

Dunyoni mehr qutqaradi | “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi Oqqoʻrgʻon tumani boʻlimidan oʻziga xos tashabbus.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
Chorshanba - investitsiya, eksport masalalarini o‘rganish va sanoat zonalarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish kuni.

🔘O'rta Chirchiq tumani. "Bunyodkor" mahallasidagi tekstil mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "Demiks art textile" masʼuliyati cheklangan jamiyati korxonasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

🔘Quyi Chirchiq tumani. Toshkent viloyati hokimi tuman hokimi bilan birgalikda hududda ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishdilar.

🔘Chirchiq shahri. Shahar hokimining "Tronix" kompaniyasi direktori bilan oʻtkazgan uchrashuvida quyosh panellarida ishlaydigan aqlli tungi yoritish tizimini joriy etishga 10 million dollarlik grant mablag‘larini jalb qilish boʻyicha memorandum imzolandi.

🔘Bekobod tumani. Tuman hokimi o’rinbosarlari "Green light group" korxonasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Tuman hokimi va oʻrinbosarlari tomonidan “Asians frozen foods” masʼuliyati cheklangan jamiyati faoliyati oʻrganildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
#Tanlov

Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida mahallalardagi yoshlar yetakchilari o‘rtasida “Yilning eng na'munali mahalla yetakchisi” tanlovining viloyat  bosqichi o‘tkazildi.

Unda mazkur tanlovning tuman hamda shahar bosqichida saralangan jami 220 nafar yetakchilar qatnashdi.

Ishtirokchilar 10 ta yo‘nalish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazdi. Shu bilan birga, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Yoshlar markazi atrofiga ko‘chatlar ekildi hamda “Osh chempionati” tanlovi tashkil etildi.

Tanlov yakunida g‘oliblarga  faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari, shuningdek, Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov hamda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev tomonidan yuborilgan tashakkurnomalar tantanali ravishda topshirildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish

Hurmatli fuqarolar!

Toshkent viloyati boʻylab kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrishni jadallashtirish maqsadida,
hududlarda aholining mavjud muammolarini oʻrganish hamda ularni oʻz vaqtida bartaraf etishga qaratilgan MAXSUS SHTAB faoliyati yoʻlga qoʻyilganini bildiramiz.

Shtab Milliy gvardiya qoʻmondoni nazorati ostida faoliyat koʻrsatadi. Unga viloyat IIB, FVB va ijro hokimligining sohaga oid mutasaddi rahbarlari jalb etilgan.

Quyidagi raqamlar orqali murojaatingizni bildirishingiz mumkin:

📌Uy-joy kommunal sohalarda (55)901 41 17;

📌Issiqlik manbai (55)901 41 27;

📌Elektr energiyasi (55)901 41 18;

📌Gaz taʼminoti
(55)901 41 07;

📌Suv taʼminoti
(70)202 51 24

yoki barcha masalalar boʻyicha Call-markazning 1055 qisqa raqamiga hamda telegram manziliga yuborishingiz mumkin.

Shuningdek, joriy yilning 20-noyabr sanasidan 20-dekabr kuniga qadar sohalarga aloqador mutasaddilar ishtirokida ochiq muloqotlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#E'lon

Bugun soat 15:30 da "Nurafshon"  telekanalida "Toshkent suv ta'minoti" mas'uliyati cheklangan jamiyati direktori bilan jonli efirda ochiq muloqot o‘tkaziladi.  Muloqotda o‘zingizni qiziqtirgan savollar bilan ishtirok eting.

Telefonlar:
+998 71 214 19 32;
+998 71 214 12 72
___
#Эълон

Бугун соат 15:30 да "Нурафшон"  телеканалида "Тошкент сув таъминоти" масъулияти чекланган жамияти директори билан жонли эфирда очиқ мулоқот ўтказилади.  Мулоқотда ўзингизни қизиқтирган саволлар билан иштирок этинг.

Телефонлар:
+998 71 214 19 32;
+998 71 214 12 72
___
#Объявление

Сегодня в 15:30 на телеканале "Нурафшон" состоится открытый диалог с директором предприятие "Тошкент сув таъминоти". Просим жителей Ташкентской области принять активное участие в открытом диалоге и получить ответы на все интересующие и актуальные вопросы.

Телефоны:
+998 71 214 19 32;
+998 71 214 12 72

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Mahsulot_hajmi

TOSHKENT VILOYATI BO‘YICHA AHOLI JON BOSHIGA YALPI HUDUDIY MAHSULOT HAJMI O‘SDI

Joriy yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Toshkent viloyatining aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsuloti hajmi 25 335,5 ming so‘mni tashkil etmoqda.

Bu esa 2022-yilning mos davriga nisbatan 1,7 %ga o‘sganini koʻrsatadi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_muloqot #Onlayn

Ayni damda "Nurafshon"  telekanalida "Toshkent suv taʼminoti" masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori bilan to'g'ridan-to'g'ri jonli efirda ochiq muloqot o‘tkazilmoqda.

Muloqotda aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash borasida olib borilayotgan ishlar boʻyicha o‘zingizni qiziqtirgan savollar bilan ishtirok etishingiz mumkin.

Telefonlar:
+998 71 214 19 32;
+998 71 214 12 72

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

HUDUDIY TRANSPORT BOSHQARMALARIDA AVTOMATLASHTIRILGAN DISPETCHYERLIK XIZMATLARI TASHKIL ETILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-59-sonli qarorining 3-bandiga asosan, Toshkent viloyatida 2024-yilda shaharlarda avtobus yo‘nalishlarining yangi tarmog‘i joriy etilishini, avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi va avtomatlashtirilgan dispetcherlik xizmati bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilishi belgilangan.

Bugungi kunda Transport boshqarmasi huzurida “Toshkent yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish" davlat muassasasi tashkil etilgan bo‘lib, ushbu muassasada 2024-yilda avtomatlashtirilgan dispetcherlik xizmati faoliyat olib borishi, viloyatning 7 ta shahrida shahar ichi avtobus yoʻnalishlari dispetcherlik xizmatiga ulanishi rejalashtirilgan.

Avtomatlashtirilgan dispetcherlik markazi Toshkent viloyati Transport boshqarmasida tashkil etilib, yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Hozirda viloyatda yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxonalar tomonidan jamoat transporti harakatlanishini nazorat qilish uchun 50 dan ortiq korxonalarda dispetcherlik xizmatlari tashkil qilingan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM