Toshkent viloyati hokimligi
14.4K subscribers
38.4K photos
5.29K videos
48 files
21.3K links
Download Telegram
#Jarayon
#Ezgulik_MFY

Xabaringiz bor, 2-sektor hududidagi "Ezgulik" MFY da yurtboshimiz topshiriqlari asosida "Obod xonadon - obod ko'cha - obod mahalla" tamoyili asosida qator bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bugun Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev viloyat sektor rahbarlari bilan birgalikda "Ezgulik" mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mahallaning har bir ko'chasida, xonadonlarda olib borilayotgan keng ko'lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish tadbirlarini ko'zdan kechirish davomida viloyat hokimi tomonidan ishlarni yanada jadallashtirish va mahallani chinakam ma'noda obod mahallaga aylantirish lozimligi ta'kidlandi.

Shuningdek, "Shodlik" ko'chasida MFY idorasi, sartaroshxona, mahalla guzari kabi obyektlarni qurib mahalla markazini tashkil etish yuzasidan takliflar bildirib o'tildi.

Eslatib o'tamiz, ushbu obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari joriy yilning 26-iyul kuni boshlangan va bir oy davomida mahallani obod mahallaga aylantirish rejalashtirilgan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони билан Сардор Уктамович Умурзаков Ўзбекистон Республикаси Президентининг махсус топшириқлар бўйича маслаҳатчиси лавозимига тайинланди ва шу муносабат билан Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси раҳбари лавозимидан озод этилди.

Указом Президента Республики Узбекистан Умурзаков Сардор Уктамович назначен на должность советника Президента Республики Узбекистан по особым поручениям и в связи с этим освобожден от должности руководителя Администрации Президента Республики Узбекистан.

Facebook|Instagram|Twitter
Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармойиши билан:

Сунатулла Хусанович Бекенов Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси раҳбарининг ёрдамчиси лавозимидан;

Фурқат Жалолович Рахимов Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрациясининг Ижро этувчи аппарати таҳлилий материалларни тайёрлаш ва Администрация бўлинмалари фаолиятини мувофиқлаштириш шўъбаси мудири лавозимидан озод этилди.

Распоряжением Президента Республики Узбекистан:

Бекенов Сунатулла Хусанович освобожден от должности помощника руководителя Администрации Президента Республики Узбекистан;

Рахимов Фуркат Жалолович освобожден от должности заведующего сектором по подготовке аналитических материалов и координации деятельности подразделений Администрации Исполнительного аппарата Администрации Республики Узбекистан.

Facebook|Instagram|Twitter
Ўзбекистон Республикаси Президентининг тегишли фармони билан Президент Администрацияси раҳбари лавозими тугатилди ҳамда Администрациянинг тузилмасига бир қатор ўзгартиришлар киритилди.

Соответствующим указом Президента Республики Узбекистан упразднена должность руководителя Администрации Президента и внесен ряд изменений в структуру Администрации.

Facebook|Instagram|Twitter
#Rasmiy

XALQ DEPUTATLARI YANGIYOʻL TUMANI KENGASHINING NAVBATDAN TASHQARI SESSIYASI BOʻLIB OʻTMOQDA

Ayni paytda Xalq deputatlari Yangiyoʻl tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtmoqda.

Sessiya kun tartibiga tashkiliy masala kiritilgan. Kun tartibidagi masala yuzasidan Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tahliliy-tanqidiy nutq soʻzlamoqda.

Zoyir Mirzayev oʻz soʻzida tumanni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishga doir dolzarb masalalarga toʻxtaldi. Xususan:

investitsiya koʻrsatkichlari 96 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Tumanda 6 ta yirik, 44 ta oʻrta korxona, mingdan ortiq kichik korxonalar bor. Ularda 9540 ta ish oʻrni yaratilgan;

hududda ichimlik suvi taʼminoti qamrovi 19 foizdan 83 foizga yetdi. Bu orqali 44 ming nafar aholi ilk marta toza ichimlik suvi bilan taʼminlandi;

2023-yili sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8 foizga kamaydi;

tumanda 7 ming 900 ishsiz aholi bor, xususan, 12 ming aholi xorijda migrant boʻlib turibdi;

51 ta mahallada sartarosh, 53 ta mahallada goʻzallik saloni yetishmaydi;

imtiyozli kreditlar evaziga 315 ta kichik biznes ochilgan. Biroq ajratilgan jami mablagʻning 65 foizi oʻzlashtirilgan xolos. Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari lavozimiga loyiq emas, deb hisoblayman va vazifasidan ozod qilishni tavsiya qilaman;

“Ibrat”, “Sohibkor”, “Yangiyoʻl” mahallalarida vaziyat ogʻir. Mahallada qator muammolar yetilib qolgan;

toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya jalb etish boʻyicha juda katta kamchilik bor. Tumanda 3 ta sanoat hududi bor. Ularda 4,2 trillionlik 27 loyiha amalga oshirilishi belgilangan;

sanoat hududidagi 11 ta loyiha kechikishi oqibatida 1200 ta ish oʻrni yaratilmay qolgan;

Yangiyoʻl tumani hokimligida oʻrinbosarlarni paypoqdek almashtirish urfga kirgan. Ikki yilda 7 ta qurilish boʻyicha oʻrinbosar almashdi. Biroq qurilish sohasi shu bilan tartibga tushmadi. Bu juda ogʻriqli holat;

maktabgacha taʼlimga bolalarni qamrovi boʻyicha tuman viloyatda oxirgi oʻrinda;

qishloq xoʻjaligi sohasida tumanda qator muammolar yetilib qolgan. Bu ayniqsa, gʻalla oʻrimi mavsumida yaqqol sezildi. Yangiyoʻl tumanidagi gʻallani yigʻishtirib olishga viloyat tashkilotlari yordam bermaganda hosil nobud boʻlar edi. Ustiga ustak, gʻalladan boʻshagan yerlarni yoqib yuborish boʻyicha “chempion” boʻldi (171 gektar). Hosildorlik ham rejadagidan past;

tumanda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan bittayam korxona yoʻq.

Zoyir Mirzayev, shuningdek, taʼlim, yoshlar, xotin-qizlarga doir davlat siyosatini amalga oshirishda tumanda yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar, bajarilishi lozim boʻlgan ishlar xususida soʻz yuritdi.

Tuman hokimining barcha oʻrinbosarlarining lavozimda qolish yoki qolmasligi boʻyicha tahlil, oʻrganish olib boriladi, deputatlarning eʼtiboriga havola qilinadi.

Davlat rahbari raisligida oʻtkazilgan investitsiya masalalariga doir yigʻilish yakunlariga koʻra tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Ulugʻbek Yalgashov vazifasidan ozod qilingan edi.

Sessiya ishida Zoyir Mirzayev Yangiyoʻl tumani hokimi lavozimiga Atoullayev Odiljon Kasimovich nomzodini tavsiya qildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy

Yangiyoʻl tumaniga yangi hokim tayinlandi

Ataullayev Odiljon Kasimovich Xalq deputatlari Yangiyoʻl tumani Kengashining qarori bilan tuman hokimi etib tayinlandi.

O. Ataullayev  1980-yili Surxondaryo viloyati Denov tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy. 2008-yil Andijon Davlat universitetini tamomlagan.

Lavozimga tayinlangunga qadar Nurafshon shahar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi rahbari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#forum

Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi pedagog xodimlar uchun navbatdagi “Ustozlar milliy forumi” ga start berildi.

Unda 2023-2024 oʻquv yili oldidan tizimda faoliyat yuritayotgan bir guruh pedagoglarni taqdirlash marosimlari boʻlib oʻtdi.

Shuningdek, bir necha kun davom etadigan mazkur forumda yangi oʻquv yilida maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida taʼlim-tarbiya sifatini yangi bosqichga olib chiqish, sohada ustivor yoʻnalishlarni belgilab olish, Prezident maktablarining ilgʻor tajribasini keng joriy etish, xalqaro talablar asosida ishlab chiqilgan oʻquv reja, dastur va oʻquv-metodik majmualarni samarali joriy qilish boʻyicha YANGI REJALAR, YANGI GʻOYALAR, YANGI TAKLIFLAR koʻrib chiqiladi.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

XALQ DEPUTATLARI QIBRAY TUMANI KENGASHINING NAVBATDAN TASHQARI SESSIYASI BOʻLIB OʻTMOQDA

Ayni paytda Xalq deputatlari Qibray tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtmoqda.

Sessiya kun tartibiga tashkiliy masala kiritilgan. Kun tartibidagi masala yuzasidan Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tahliliy nutq soʻzlamoqda.

Zoyir Mirzayev oʻz soʻzida tumanni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishga doir dolzarb masalalarga toʻxtaldi. Xususan:

Tumanda bugun qariyb 20 ming nafar fuqaro mehnat migranti sifatida xorijda boʻlib turibdi. Bu Qibray uchun yarashmaydigan holat;

Bundan besh yil oldin tumanda aholini ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasi 61 foiz boʻlsa, bugun bu koʻrsatkich 87 foizga yetdi;

Tumanda olti oy yakuni boʻyicha sanoat mahsulotlari, oʻtgan yilga solishtirganda, ishlab chiqarish hajmi oʻzgarmagan. Qaytaga 8 ta korxona oʻz faoliyatini toʻxtagan.

Aholi soniga nisbatan 84 ta sartaroshxona, goʻzallik salonlari singari xizmat koʻrsatish sohasi obyektlari taxchil.

KPI tizimi boʻyicha Tuman mahallaridagi hokim yordamchilari umumiy 76 bal olgan, bu koʻrsatkich viloyatda 13 oʻrin hisoblanadi;

Salohiyatli tadbirkorlar Qibrayda oshkoralik, adolat boʻlishiga ishonmaydi. Eksportyor korxonalar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash yoʻq;

Natijada, keyingi ikki yilda tumanda ishlayotgan 7 ta eksportyor korxona boshqa tumanlarga hisob raqamini koʻchirib olib ketgan. Demak, ular bu yerdagi mutasaddilar bilan ishlashni xohlamagan;

Qibrayda qurilish va qishloq xoʻjaligi sohasida juda koʻp qonun buzarlik, boshboshoqlik bor. Buni tartibga solish vaqti keldi;

Viloyatda eng koʻp umumiy ovqatlanish shoxobchalari Qibrayda. Biroq, ularning aksariyati rasman ishga olinmagan, nolegal ishlaydi. Mana shunday holatlar bandlik dasturlarining ijrosiga monelik qiladi. Shu maʼnoda jamoatchilik, tuman deputatlari masalaga eʼtibor qaratishi zarur;

Qibray tumanida yashirin iqtisodiyotga qarshi keskin kurashish kerak. Shu maqsadda tuman hokimi raisligida maxsus ishchi guruh tuzish lozim;

Yana bir ogʻriqli masala. Tumanda yetishtirilayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining atigi 8 foizi qayta ishlanadi;

Qibray tumani hokimining oʻrinbosarlari, hokimlikning boshqa barcha mutaxassislari bugundan boshlab vazifasidan ozod qilinadi. Ularning faoliyatiga huquqiy baho beriladi, “toza” chiqsa, keyin ishini davom ettiradi.

Shuningdek, Qibray tumanidagi barcha davlat tashkilotlarining rahbarlari, huquq-tartibot idoralari bundan istisno, lavozimidan ozod qilinadi. Ularning faoliyatiga ham bir hafta ichida baho beriladi;

Kadrlar bilan ishlashning “Qibray tajribasi” joriy qilinadi. Boʻshagan oʻrinlarga, tuman tashkilotlariga tanlov asosida yoppasiga yoshlar ishga olinadi. Qibrayga shu tariqa “yangi qon” quyilmasa boʻlmaydi;

Bugun Qibrayda 4 ming nafar bola uchun bogʻchada joy yoʻq. Maktabgacha taʼlimga qamrov 67 foiz, xolos. Bu Qibray uchun sharmandali holat emasmi?

Tumandagi 16 ta mahallada bittayam bogʻcha yoʻq. Masalan, “Qurilish”, “May”, “Oʻnqoʻrgʻon”, “Uymovut” singari mahallalarda bolalar uchun bogʻcha umuman yoʻq!

Tumanda murojaatlar bilan ishlash ayanchli 1697 ta murojaat kelib tushgan boʻlsa, shundan atigi 8 foizi ijobiy hal etilgan, xolos.

28 ta qabul, 128 ta fuqaro. Yaʼni bitta qabulda oʻrtacha 4 ta fuqaro qatnashgar. Hokim qabul oʻtkazsa, 4 nafar fuqaro kelibdi. Kim ishonadi bunga? Koʻzboʻyamachilikku bu?!

Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuningdek, investitsiya, sanoat sohasida yoʻl qoʻygan kamchiliklari bois, davlat rahbari raisligida oʻtkazilgan yigʻilish yakunlariga koʻra, Miragzam Mirkasimov lavozimidan ozod qilingan edi.

Yigʻilishda Zoyir Mirzayev Qibray tumani hokimi lavozimiga Muzaffar Rashidov nomzodini tavsiya qildi.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM