Toshkent viloyati hokimligi
14.6K subscribers
39K photos
5.35K videos
48 files
21.5K links
Download Telegram
#Taassurot

Madaniyat gullagan damlar,
Kallaga eʼtibor kuchaydi.

P.S. Piskent tumanida ish boshlagan yangi kutubxonadan fotojamlanma.

📸 Foto: Jahongir Mirakmalov

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xorij_nigohida

Viloyatda tibbiyot turizmi ham jadal rivojlanib bormoqda

Toshkent tumanidagi “Tashtermal” sihatgohi foydalanishga topshirilganiga koʻp boʻlmasada, xorijiy, ayniqsa, qoʻshni qozogʻistonlik shifo istab keluvchilar bilan gavjum.

Toshkent viloyatining iqlimi bahavo ekanligini taʼkidlasa, tibbiyotda koʻrsatilayotgan xizmatning sifati, narxlar anchayin qulayligidan mamnunligini bildirishmoqda.

Batafsil Qozogʻistonning “Atameken business” rasmiy telekanali lavhasida...

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy

Tayinlov

Xamzayev Muhriddin Ziyavuddinxoʻjayevich Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi raisi etib tayinlandi.

M.Xamzayev 1990-yilda Piskent tumanida tugʻilgan. Ma’lumoti – oliy. 2014-yilda Navoiy Davlat konchilik instituti Olmaliq kon-metallurgiya fakultetini tamomlagan. 

Tayinlovga qadar Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi Axborot tahlil va ijro nazorati boʻyicha bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
🟦🟦🟩🟩

Shanba - qishloq xoʻjaligi sohasi va fermerlar uchun "Yashil makon" tadbirlari bilan izchil mashgʻul boʻladigan kun.

🔘Piskent tumani. Boʻlib oʻtgan seminarda asosan kuzgi don ekish ishlarini samarali tashkil etish va gʻoʻza parvarishini yanada kuchaytirish toʻgʻrisida soʻz bordi.

🔘Bekobod tumani. Yoshlar tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan hasharda “Boʻston” mahallasidagi qabriston obodonchiligiga hamda dala chetlaridagi daraxtlar parvarishiga alohida eʼtibor qaratildi.

🔘Toshkent tumani. Tumandagi fermerlar va tomorqa yer egalariga qulaylik yaratish maqsadida dala boshida xizmat koʻrsatadigan “Sayyor laboratoriya” faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

🔘Oqqoʻrgʻon tumani. Gʻoʻza qator oralariga boshoqli don ekishda zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish boʻyicha fermer va klaster jamoalariga muhim tavsiyalar berildi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Tuman hokimi U.Atemov fermer xoʻjaliklari bilan gʻalladan boʻshagan maydonlarga takroriy ekinlarni joylashtirish va gʻoʻza agrotexnikasini na'munali tashkil etish boʻyicha suhbat oʻtkazdi.

🔘Ohangaron shahri. Yoshlar ishtirokida oʻtkazilayotgan hashar tadbirlarida asosiy eʼtibor “Yashil makon” loyihasi doirasida ekilgan daraxtlar parvarishiga qaratilmoqda.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент ташрифидан сўнг: Бўка ишсизликдан холи ҳудуд бўлади

📍https://uza.uz/posts/508578

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#press_tur
#ekstremal_turizm

Viloyatda tobora rivojlanib borayotgan ekstremal turizm mahalliy va xorijiy sayyohlarni oʻziga jalb etib bormoqda.

Tafsilotlar bilan “Mening yurtim” telekanali tomonidan Angren togʻlaridan tayyorlangan reportajda tanishamiz.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#statistika

Viloyatda yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarish hajmi ortib bormoqda

2023- yillarning yanvar-iyun oylarida Toshkent viloyatining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha YAHM ishlab chiqarish hajmi 48 194,5 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

shu jumladan:

🔘 tarmoqlarning yalpi qo‘shilgan qiymati - 46 396,9 mlrd. so‘m

🔘 mahsulotlarga sof soliqlar - 1 797,6 mlrd. so‘m

1.Tarmoqlarning yalpi qo‘shilgan qiymati - 46 396,9 mlrd. so‘m

🔘 qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi - 8 894,1 mlrd. so‘m

🔘 sanoat (qurilishni qo‘shgan holda) - 25 094,4 mlrd. so‘m

🔘 sanoat - 22 270,4 mlrd. so‘m

🔘 qurilish - 2 824,0 mlrd. so‘m

🔘 xizmatlar - 12 408,4 mlrd. so‘m

🔘 savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar - 3 087,8 mlrd. so‘m

🔘 tashish va saqlash, axborot va aloqa - 2 303,9 mlrd. so‘m

🔘 boshqa xizmat tarmoqlari - 7 016,7 mlrd. so‘m


🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tahlilnoma

Prezident: Eng katta maqsad – sanoat, eksport va ish joyi

Shu maqsadda, bugun birgina “Angren” EIZ da 100 ga yaqin korxonalar faoliyatini yoʻlga qoʻygan boʻlib, 11 mingdan ortiq ish oʻrinlari tashkil etilgan.

Tahlilnomaning bu galgi soni esa ana shunday Toshkent viloyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashrifi doirasida ishga tushirilgan yirik sanoat korxonalari faoliyatiga bagʻishlanadi. Angren, Ohangaron, Chirchiq shaharlari hamda Ohangaron tumanlari misolida tanishtiriladi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Чирчиқ” кимё-индустриал технопаркида жорий йил якунига қадар яна 8 та корхона ишга тушади

📍https://uza.uz/posts/508744

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maxsus_koʻrsatuv

YANGILANAYOTGAN TOSHKENT VILOYATI: OʻRTA CHIRCHIQ TUMANI

Toshkent viloyati hokimligi buyurtmasiga binoan “Yoshlar kundaligi” media loyihasi va “Nurafshon” telekanali hamkorlikda “YANGILANAYOTGAN TOSHKENT VILOYATI” turkumida maxsus koʻrsatuvlarni namoyish qiladi.

Maxsus koʻrsatuvning ilk soni ertaga soat 20:00 da “Nurafshon” telekanali, “Yoshlar kundaligi”ning 🌐YouTube kanali hamda Toshkent viloyati hokimligining 📱Facebook, 🌐YouTube sahifalarida namoyish qilinadi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_axborot

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtmoqda

Bugun Xalq deputatlari Bekobod tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya ishida tashkiliy masala koʻrildi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev nutq soʻzladi.

Viloyat hokimi oʻz soʻzida Bekobod tumanini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish masalalariga toʻxtaldi.

Xususan:

Tumandagi eng ogʻriqli muammo bu - toza ichimlik suvi. Joriy yili tuman aholisini markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlash borasidagi ishlarga qariyb 3 milliard soʻm yoʻnaltirilgan. Qamrov qisqa fursatlarda 37 foizdan 75 foizga oʻzgarishi kutilmoqda. Umuman, Bekobod uchun respublika byudjetidan mablagʻ ajratishda muammo yoʻq.

Eksportyor korxonalar bilan ishlash, qurilish-taʼmirlash ishlarini sifatli va oʻz vaqtida qurilishi ishlari nazoratsiz qoldirilgan.

Suv uchun koʻrsatilgan xizmat, suv uchun aholi tomonidan toʻlovlarning atigi 32 foizi toʻlangan, xolos.

Bekobodda 10 mingdan ziyod yigit-qiz chet elda, mehnat migranti. Ularni qaytarish, ish taklif qilish, Prezidentimizning 373-sonli qarori boʻyicha yer berish paysalga solinmoqda. Bu boradagi ishlarni qatʼiy nazorat qilish zarur. Bugun 85 gektar auksionga qoʻyilgan. Lekin, sotilmayapti. Sababi, suvsiz, qarovsiz yer sotuvga qoʻyilgan.

Tumanda 3271 nafar bola bogʻchaga bormaydi. Tumanning 25 ta mahallasida bolalar bogʻchasi yoʻq.

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan 1698 yoshlardan 977 nafariga yordam koʻrsatilgan, xolos. Bu borada viloyatda eng yomon koʻrsatkich Bekobod tumanida.

Tuman hokimi oʻtgan olti oyda atigi 6-marta sayyor qabul oʻtkazgan, unda 47 nafar fuqaro bilan gaplashgan. Natijada, viloyat, respublika idora va tashkilotlariga tuman aholisidan yuborilgan murojaatlar ikki karra ortgan.

Tumanda kadrlar qoʻnimsizligi ham muammo sifatida allaqachon yetilgan.

Tumanda yangi ish oʻrinlarini yaratish, investitsiya masalariga yetarlicha eʼtibor qaratmagani uchun Bekobod tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Furqat Xudoyberdiyev lavozimidan ozod qilindi.

Majlisda tumanda endilikda amalga oshirish lozim boʻlgan ishlar, vazifalar belgilab berildi.

Zoyir Mirzayev tomonidan tuman hokimi lavozimiga Mirzayev Shuhrat Shahobutdinovich nomzodi tavsiya qilindi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Foto

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtmoqda

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy

Bekobod tumaniga hokim tayinlandi

Mirzayev Shuhrat Shahobutdinovich — Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining qarori bilan tuman hokimi etib tayinlandi.

Sh. Mirzayev 1982-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy. 2004-yil Toshkent moliya instituti hamda 2007-yil G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasining Toshkent shahridagi filiali, 2009-yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyalarini tamomlagan.

Lavozimga tayinlangunga qadar, “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti boshligʻining oʻrinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

XALQ DEPUTATLARI YANGIYOʻL SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAN TASHQARI SESSIYASI BOʻLIB OʻTDI

Bugun Xalq deputatlari Yangiyoʻl shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiya kun tartibiga tashkiliy masala kiritildi. Yigʻilishda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tanqidiy-tahliliy nutq soʻzladi.

Viloyat hokimi oʻz soʻzida Yangiyoʻl shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida qilingan ishlar, mavjud kamchiliklar, reja-maqsadlarga toʻxtaldi:

Shaharda eng ogʻriqli masala elektr energiyasi taʼminoti boʻlsa, ushbu maqsadlar uchun davlatimiz rahbari tomonidan 9,5 milliard soʻm mablagʻ ajratildi.

Investitsiya dasturi doirasida oʻtgan yili 10 ta korxona ishga tushgan, afsuski, bu yilga kelib, shundan 5 tasi faoliyat koʻrsatmayapti.

Hokim yordamchilari 2469 nafar fuqaroni ishga joylashishiga koʻmak bergan. Lekin, bu potensialga nisbatan kam. Ayniqsa, “Turkiston”, “Mustaqillik” va “Navroʻz” mahallalarida bu boradagi vaziyat qoniqarsiz.

Investitsiya jalb qilish borasida shaharda oqsoqlik bor. Ikkita eksportyor korxona yaqinda faoliyatini toʻxtatdi, nega shunday boʻldi- birov qiziqmadi, yelka tutmadi tadbirkorga. Bu boradagi reja 13 foizga bajarilgan, xolos.

“Samarqand” va “Baxt” mahallalarida 2021-yili boshlangan qurilish-taʼmirlash ishlari hali yakuniga yetmagan, chala. Umuman, 2021-yil uchun “Obod mahalla” dasturida belgilangan qurilishlar atigi 37 foiz bajarilgan, xolos.

“Yangi bogʻ” mahallasida koʻp qavatli uy qurib foydalanishga topshirilishi kerak edi. Fuqarolar pulni toʻlab qoʻygan. Uy hali chala, qurilish toʻxtab qolgan. Nega deputatlar, jamoatchilik jim? Mojaro yuzaga kelguncha kutamizmi? Bunday holatga endiyam befarq qarash gunoh

Yangiyoʻl shahrida boʻladigan sayyor qabul eng ogʻir oʻtadi. Bu yerning xalqi faqat o'zining shaxsiy masalalari bilan emas, ularni shaharning muammosi ham qiynaydi. Mahalla, shahar hududidagi dangal masala - chiqindilarni vaqtida olib chiqib ketish masalasidir

Yangiyoʻl shahrini chiqindilardan tozalash boʻyicha ommaviy safarbarlik boʻlmasa, bir martaga tozalab olinmasa, boʻlmaydi. Uch kun, besh kun, qancha vaqt ketsa ham qilamiz buni. Murojaatlarning 47 foizi shu chiqindi masalasi.

Sobiq hokim Farhod Mirzayev yomon ishlamadi. Uyiga bormay, sogʻligʻiga qaramay ishlaganiga guvohman. Katta tajribasi bor edi. Lekin, bitta inson aravani torta olmaydi. Shahar faollari birikmasa, ish yurmaydi. Bu holat barchaga saboq boʻlishi kerak.

Yigʻilishda Zoyir Mirzayev Oʻzbekiston respublikasi Prezidentining tavsiyasiga binoan, Sultonov Dilshod Shuhratovichning nomzodini Yangiyoʻl shahri hokimi lavozimiga koʻrsatdi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Foto

XALQ DEPUTATLARI YANGIYOʻL SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAN TASHQARI SESSIYASI BOʻLIB OʻTDI

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM