Toshkent viloyati hokimligi
14.6K subscribers
41.7K photos
5.71K videos
48 files
22.5K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#maxsus_reportaj

Bugungi kunda viloyatda istiqbolli loyihalar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar oqimini oshirmoqda.

Bunda Zangiota, Qibray tumanlarining hissasi yuqori boʻlmoqda.

Batafsil "Oʻzbekiston 24" telekanalining maxsus koʻrsatuvida...

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#auksion #yer_uchastkalari

⚡️Toshkent viloyatida joriy yilda 34 mlrdlik yer uchastkalari sotilgan

Vazirlar Mahkamasining 14.2.2022 yildagi 71-sonli va 30.11.2022 yildagi 685-sonli qarori asosida 2022-2023 yilda qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan bo‘sh yer uchastkalarini auksion savdolariga chiqarish yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi taqdim etgan maʼlumotga ko‘ra, bugungi kunga qadar Toshkent viloyat hududida “Yerxususiylashtirish” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga jami 7,257 ta yer uchastkalari yuzasidan takliflar kiritilgan. Shundan

🔹858 tasi qishloq xo‘jaligi yerlarida va muhofaza hududida joylashgani hamda bo‘sh yer emasligi aniqlanib rad etilgan bo‘lsa,
🔹1,584 ta yer uchastkalari esa vakolatli idoralar tomonidan rad etilgan.

Ayni paytda 2,244 ta yer uchastkalari onlayn savolarga chiqarilgan. Shundan

🔹Mulk huquqi asosida tadbirkorlik faoliyati olib borish va yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun – 220 ta;
🔹Ijara huquqi asosida tadbirkorlik faoliyati olib borish va ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun – 3,396 ta

✔️Joriy yilning birinchi yarim yillik davri mobaynida jami 404 ta yer uchastkalari 34 mlrd 327 mln so‘mga sotilgan.

Quyidagi tumanlarda bo‘sh yer uchastkalari soni bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilgan:

▪️Quyi Chirchiq tumanida – 279 ta
▪️Bo‘ka tumanida – 288 ta
▪️Piskent tumanida – 446 ta

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tartibi

Viloyat hokimi Oʻrta Chirchiqdagi ishlab chiqarish korxonalarida boʻldi

🌐BATAFSIL

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokimlik_soati
#Oʻz_oʻzini_tanqid

ZOYIR MIRZAEV: "ODAMLARDA TOʻGʻRIDAN-TOʻGʻRI UY SOTIB OLISHGA ISHONCH YOʻQOLGAN..."

Bugun Nurafshon shahrida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev raisligida kun tartibidagi muhim masalalar ijrosiga qaratilgan navbatdagi hokimlik soati oʻtkazildi.

Videoselektor shaklida oʻtkazilgan majlisda viloyat sektor rahbarlari, boshqarma, korxona-tashkilotlarning rahbarlari, shahar va tumanlarning hokimlari, faollar ishtirok etdi.

Yigʻilishda dastlab viloyatda ijro va mehnat intizomi boʻyicha joriy vaziyat tanqidiy tahlil qilindi. Viloyat hokimligining ijro intizomi boʻlimi boshligʻi Shuhrat Xoshimov yuqori turuvchi idoralardan kelgan topshiriqlarning bajarilish holati boʻyicha axborot berdi. Xususan, viloyat hokimligining Kapital qurilish va kommunikatsiyalar boʻyicha kotibiyatida 149 ta topshiriq ijrosi ta’minlanmagani, maxsus elektron tizimga topshiriqlar ijrosining holati boʻyicha axborot kiritilmay kelinayotgani keskin tanqid qilindi.

Majlisda, shuningdek, ijtimoiy soha ob’yektlariga koʻmir mahsulotlarini yetkazib berish holati koʻrib chiqildi. Zoyir Mirzayev bu masalaning tashkiliy, moliyaviy jihatlariga toʻxtaldi. Jumladan, mahsulotni maktab va tibbiyot muassasalari omborlariga keltirish, qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish muhim masala ekani qayd etildi, bu borada sustkashlikka yoʻl qoʻyayotgan rahbarlar ogohlantirildi.

Zoyir Mirzayev Toshkent viloyatida "Yangi Oʻzbekiston" turar-joy massivlarining qurilish jarayoniga toʻxtaldi. Chirchiq, Olmaliq va Nurafshon shaharlarida qurilayotgan mazkur massivlarda ishlar reja-grafikdan ortda qolayotgani, nainki qurilish, qolaversa, uylarni sotish jarayoni ham shaffof emasligi qayd qilindi. Oʻz navbatida odamlarda uyni vositachisiz, toʻgʻridan-toʻgʻri sotib olishga ishonch yoʻqolayotgani, bunday ishlarga qarshi huquq-tartibot idoralari nazoratni kuchaytirishi zarurligiga urgʻu qaratildi.

Majlis kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tegishlicha qaror qabul qilindi.

🌐 Batafsil videoda

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_himoya

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-apreldagi videoselektorida berilgan topshirigʻiga asosan, har bir mahallada yoshlar 3 ta toifaga ajratilgan edi.

Bunda  “OGʻIR” toifadagi yoshlar “mahalladan vazirlikgacha” tamoyili asosida respublika, viloyat, tuman rahbarlariga biriktirilgan boʻlib, shundan Quyi Chirchiq tumani "Madaniyat" MFYda 41 nafar ana shunday yoshlar oʻrganildi.

Ulardan 7 nafari Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevga biriktirilgan boʻlib, ushbu yoshlar bilan individual suhbat chogʻida Gʻiyosiddin  Toshmatov oʻzini-oʻzi band qilish uchun subsidiya asosida  motokultivator soʻragan edi.

Bugun viloyati hokimi oʻrinbosari Otabek Sultanbekov tomonidan Gʻiyosiddinga soʻragan texnikasi topshirildi. U endilikda ana shu uskuna yordamida mahalladoshlarining ogʻirini yengil qilish bilan birga yaxshigina daromad topishni niyat qilgan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Икки муқаддас масжид ходими – Саудия Арабистони Подшоҳи Салмон бин Абдулазиз Ол Сауднинг таклифига биноан Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев “Марказий Осиё - Кўрфаз араб мамлакатлари ҳамкорлик кенгаши” форматидаги биринчи саммитда иштирок этиш учун 18-19 июль кунлари Жидда шаҳрида бўлади.

По приглашению Служителя двух святынь – Короля Саудовской Аравии Салмана бин Абдулазиза Аль Сауда Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев 18-19 июля посетит город Джидду для участия в первом Саммите в формате «Центральная Азия – Совет сотрудничества арабских государств Залива».

#Mirziyoyev #sammit #KAMHK #MarkaziyOsiyo

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Haj_2023

Toshkent viloyatidan 1056 nafar hojilar Islomning beshinchi rukni boʻlmish Haj ibodatlarini bekamu koʻst bajarib, yurtimizga eson-omon, sogʻ-salomat qaytishdi.

Bu yilgi haj mavsumi har qachongidan ham fayzli, shukuhli, barcha shart-sharoitlarga ega holatda oʻtganligini ta’kidlashmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Икки муқаддас масжид ходими – Саудия Арабистони Подшоҳи Салмон бин Абдулазиз Ол Сауднинг таклифига биноан Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев амалий ташриф билан ушбу мамлакатга жўнаб кетди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Служителя двух святынь – Короля Саудовской Аравии Салмана бин Абдулазиза Аль Сауда отбыл в эту страну с рабочим визитом.

#Mirziyoyev #sammit #SaudiyaArabistoni

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#E’tibor

70 YILLIK OILA – SEVGI VA SADOQAT USTUNLARI

Ular 70-yildirki, Ohangaron tumani "Goʻshsoy" MFY Boʻston koʻchasi 24-uyda yashab keladi. Ular asos solgan oilaning a’zolari bugun 150 nafardan koʻp – 10 farzand, 41 nevara, 60 chevara va yana kelin-kevat bilan hisoblasa, oilaning salmogʻi yanada ortadi.

Tanishing, zamonamiz qahramonlari – Abdusattor ota Abdullayev va Holbuvi Ernazarova oilasi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Obodlik

Piskent va Bo'ka tumanlarida kanalizatsiya qurilishi boshlandi

Avval xabar berganimizdek, Piskent tumanida ham kanalizatsiya tarmoqlari qurilishi boshlandi. Ayni kunlarda loyihalash ishlari yakunlanib, “Baraka fayz invest” MCHJ quruvchilari tomonidan Navoiy mahallasidan boshlab oqava suv tarmog‘i qurilishi boshlab yuborildi. Loyiha doirasida 2023-2024 yillarda Piskent va Bo‘ka tumani 29 km, Piskent tuman markazida qariyb 15 km masofada kanalizatsiya tarmog‘i qurib, tuman markazidagi barcha mahallalar qamrab olinishi rejalashtirilgan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bayonot

“Toshkent suv taʼminoti”: Qibray tumani “Qodiriya” suv ko‘tarish inshootiga yangi suv tarmog‘ini ulash ishlari olib borilayotganligi sababli 41 ta mahalla fuqarolar yig‘inidagi ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. 

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM