Toshkent viloyati hokimligi
14.4K subscribers
38.4K photos
5.29K videos
48 files
21.3K links
Download Telegram
Angrenda harbiy qismning yangi binosi foydalanishga topshirildi

Harbiylarga har jihatdan qulay boʻlgan turar-joy, 26 oʻrinli maktabgacha ta’lim filiali, ma’muriy idora, sport zali,  oʻquv mashgʻulotlari hamda tikuv sexi uchun moslashgan xonalar va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan  uch qavatli bino,  sport va bolalar maydonchalari va dam olish ayvonlaridan iborat majmua endilikda harbiylar va ularning oila a’zolari ixtiyorida.

Ushbu kompleksning foydalanishga topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Toshkent viloyati hokimining oʻrinbosari  Jamshid Bobojonov, DXX Chegara qoʻshinlarining mas’ullari, Angren shahar nuroniylar Kengashi  a’zolari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from UzReport.news
Toshkent viloyatida uy bekalari ishtirokida velosport musobaqalari oʻtkazildi

Batafsil
👉 https://uzreport.news/sports/toshkent-viloyatida-uy-bekalari-ishtirokida-velosport-musobaqalari-o-tkazildi

@uzreport_uz
#keshbek

Viloyatda aprel oyida 115,1 mlrd. soʻm keshbek yigʻildi

Shundan 57,9 mlrd. soʻm keshbeklar iste’molchilar bank kartasiga oʻtkazib berildi.

Kamchiligi boʻlmagan cheklar boʻyicha keshbek summasi tasdiqlanishi davom etmoqda. Toʻliq tasdiqlangach, iste’molchilar bank kartasiga o'tkazib olishi mumkin.

🌐BATAFSIL

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_qarori

Osiyo taraqqiyot banki Zangiota, Qibray, Toshkent, Oʻrta Chirchiq tumanlarida maktablar qurilishini moliyalashtiradi

🌐BATAFSIL

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#nazorat
#ogohlantirish

Viloyatimiz aholisi va mehmonlari!!!

G'alla maydonlari oldidan o'tayotganingizda tamaki qoldiqlarini tashlamang va dala yaqinida turli xil chiqindilarni yoqmang!

G'alla maydonlarida yong'in yoki tutun ko'rsangiz, zudlik bilan 101 yoki 1050 qisqa raqamlariga qo'ng'iroq qilish orqali xabar berishingizni so'raymiz.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#talabalar_shousi

“Tashabbusimiz, iqtidorimiz, kuch qudratimiz – Vatan uchun!” shiori ostida viloyatdagi 15 ta oliy oʻquv yurtlari talabalarini birlashtirgan "Talabalar shousi" boʻlib oʻtdi.

Unda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan talabalarni moddiy qoʻllab-quvvatlash va ularning toʻlov-shartnoma pulining 35 foizini toʻlab berish uchun vaucherlar topshirildi.

Tafsilotlar "Mening yurtim" lavhasida

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Мисрнинг “Orascom Investment Holding” компанияси раиси Нажиб Савирисни қабул қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял председателя египетской компании «Orascom Investment Holding» Нагиба Савириса.

#Mirziyoyev #qabul #Orascom #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
https://youtu.be/a6ZBy4D7EOM?t=1

Бекободда ҳамал бошқа туманларга нисбатан эртароқ келади. Табиийки, қишлоқ хўжалиги экинлари ҳам барвақт етилади. Шу мақсадда, етиштирилган ҳосилни нест-нобуд қилмай, қисқа муддатда ўриб-йиғиб олиш мақсадида вилоятда 260 та отряд ташкил этилиб, шунча комбайинлар бириктирилди.

Бу йил вилоятда 103 минг гектар майдондан 800 минг тоннага яқин сара дон ўриб олишни режа қилганмиз. Ҳосилнинг ўртача 39 фоизи давлат омбори ҳамда биржа савдолари орқали сотилса, қолган 492 минг тоннаси фермерларнинг ўзида қолишга келишиб олдик.

Бир сўз билан айтганда, иш маромда, узлуксиз ишлашини таъминлаш учун, ёқилғи мойлаш материаллари ва бошқа зарурий асбоб-ускуналар шайлиги кўздан кечирилди. Бу йилги ҳосилини уюшқоқлик билан ўтказилишини таъминлаш мақсадида, мониторинг - ўрганиш тадбирлари ҳам мунтазам ўтказиб борилади.

📱 Instagram | 📱 Twitter | 🌐YouTube | 📱 Facebook | ✉️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ish_va_sayohat

Viloyatda 68 nafar talaba ta’tilda vaqtincha ishlash uchun Germaniyaga yuborilmoqda

🌐BATAFSIL

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
🟦🟦🟩🟩

Dushanba - viloyat hokimligida hudud tashkilotlari va idoralarida ijro intizomining ahvoli oʻrganiladi va muhokama qilinadi. "Temir daftar","Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari" bilan ishlash, muammolarni oʻrganish va amaliy koʻmak berish kuni

🔘Ohangaron shahri. Shahar hokimi A.Eshonqulov "SILK PLAST QUALITY" MCHJda boʻlib,  u yerda korxona xodimlari bilan tadbirkorlikni rivojlantirish, "Yoshlar daftari"dagi yigit-qizlarning bandligini taʼminlash xususida suhbatlashdi.

🔘Oqqoʻrgʻon tumani. “Mahallalarda yoshlar bilan individual ishlash” yoʻnalishida tuman hokimligi, yoshlar ishlari  agentligi, mahallardagi yoshlar yetakchilari va tuman tibbiyot birlashmasi hamkorligida  nogironligi bor yoshlarning chuqurlashtirilgan tibbiy  koʻriklari tashkil etildi.

🔘Olmaliq shahri. Shahardagi "ENTER ENGENERING" MCHJ qoshida "Amaliyot monomarkazi" faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Monomarkaz ochilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda shahar hokimi Q.Xamdamov va sektor rahbarlari ishtirok etdilar.

🔘Yangiyoʻl shahri. Shahar hokimi F.Mirzayev boshchiligida "Mustaqillik" mahallasida navbatdagi sayyor qabul oʻtkazildi. Murojaatlar yuzasidan qonun doirasida tushuntirishlar berildi va ijobiy yechim topishi nazoratga olindi.

🔘Boʻstonliq tumani. Tuman hokimi J.Axmedov boshchiligida mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan fuqarolarning navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi. Qabul jarayonida 20 ga yaqin fuqaroning murojaatlari tinglandi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ MUROJААTI

Hurmatli fuqaro!

Ichimlik suvi taʼminoti va suv chiqarish xizmati uchun vaqtida to‘lovni amalga oshirishingiz so‘raladi.

Ushbu to‘lovlar vaqtida amalga oshirilsa, suv taʼminotidagi loyiha ishlari jadallashadi:

- hududdagi ichimlik suv muammolari tez va sifatli bartaraf etiladi;

-mahallaga ichimlik suv quvuri yotqiziladi;

- suv ta’minoti korxonasining moddiy-texnik ta‘minoti bazasini rivojlantirish natijasida, hududdagi suv ta’minotiga bog‘liq muammolar bartaraf etiladi.

Eslatma!

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-noyabrdagi PF–5241 sonli Farmoni va Isteʼmolchilar bilan tuzilgan shartnoma shartlariga asosan, Isteʼmolchi ichimlik suvi taʼminoti va suv chiqarish xizmati uchun har oyning 10-sanasiga qadar 100 foiz oldindan haq toʼlashni amalga oshirishlari belgilangan.

Tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, Upay, Uzum kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ matbuot xizmati

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#nazorat

Avtobusda salkam 10 kg boʻlgan zargarlik buyumlari aniqlandi

🔺Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan, DXX xodimlari bilan hamkorlikda yurtimizga oʻtish uchun “Youtong BUS” rusumli avtobusda kirib kelgan fuqaro K.A. boshqaruvidagi transport vositasi bojxona nazoratidan oʻtkazilganida, avtobus salonining old qismidagi sovitgichning tagida, haydovchi tomonidan oldindan yashirilgan ogʻzaki soʻrovida taqdim etilmagan hamda deklaratsiyalanmagan 8 dona oʻramdagi, qiymati qariyb 405 mln. soʻmlik jami 1 745 birlik, ogʻirligi salkam 10 kg boʻlgan zargarlik buyumlari aniqlandi.

❗️Eslatib oʻtamiz! Amaldagi tartiblarga muvofiq, jismoniy shaxslar bojxona chegarasi orqali bojxona toʻlovlarisiz, yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida koʻrsatgan holda umumiy ogʻirligi 65 grammdan koʻp boʻlmagan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini olib kirishlari mumkin.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM