Toshkent viloyati hokimligi
14.4K subscribers
38.4K photos
5.29K videos
48 files
21.3K links
Download Telegram
#ayol_jamiyat_koʻzgusi

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, “Oqila ayollar” harakati a’zolari,  Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, liboslar boʻyicha mutaxassislar, lider xotin-qizlar ishtirokida “Milliy liboslar - millat koʻzgusi” mavzusida anjuman oʻtkazildi. Unda kiyinish odobi, madaniyati, milliy liboslarning tarixi va bugungi kundagi uygʻunlashuvi, bu boradagi mavjud  muammo va kamchiliklar boʻyicha ma’ruzalar tinglanadi.

Mutaxassislar tomonidan ayollarning estetik did,  kiyinish madaniyati yuzasidan milliylik bilan uygʻunlashgan namunalarni, shuningdek, turli sohalarda ishlaydigan ayol xodimlarning, uy bekalarining jamoat joylari va uy ichida kiyiladigan liboslari boʻyicha umum e’tirof etilgan normalar boʻyicha namunalar (eskizlar) taqdim etildi. 

Maqsad esa, oʻzbek milliy urf-odat hamda qadriyatlarini targʻib etuvchi liboslarni ommaga taqdim etish, zamon talablari bilan uygʻun milliy liboslarni targʻib etish, yosh dizaynerlarni qoʻllab-quvatlash. 

Shuningdek, "Zakovat"intelektual oʻyinlari, “Yurtimizning lider tadbirkor ayollari” shiori ostida biznes- sayohat tashkil etildi. 

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#piknik
#hordiq

Bugun joylarda piknik dam olish tadbirlari o‘tkazildi. Jumladan, Toshkent viloyatida ham ushbu hordiq aksiyasi mazmunli tashkil etildi.

“Toshkent dengizi”da bo‘lib o‘tgan piknik aholini ochiq havoda, tabiat qo‘ynida, xiyobonlarda dam olishga chorlash va piknik madaniyatini targ‘ib qilish, turli o‘yinlar, musobaqalar orqali sog‘lom turmush tarzini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda 2023-yil 26-apreldagi PQ-135 sonli “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosiga qaratildi.

Piknik doirasida turli o‘yinlar, sport musobaqalari ham tashkil etildi.
Ma’lumot uchun: piknik – tabiat qo‘ynida taomlanish, go‘zal manzarali joylar, ochiq havoda tashkil etilgan dam olish turidir.

➡️@tvturizm_madaniymeros
#e’tirof

"Ayol-jamiyat koʻzgusi“ shioridagi tadbir davom etmoqda

Milliy liboslarda zamonaviy va an’anaviy qadriyatlar uygʻunligi” mavzusida liboslar namoyishi ham oʻtkazildi. 

Turli sohalarda ishlaydigan ayol xodimlarning, shuningdek uy bekalarining, xususan ayollarning turli jamoat joylari va uy ichida kiyiladigan liboslari boʻyicha namunalar taqdim etildi. 

Shuningdek, tadbir davomida ilm-fan, sport, madaniyat, ma’rifat, ijtimoiy sohalarda bir qator yutuqlarga erishgan, jamiyat hayotida oʻz oʻrniga ega viloyat ayollari, iqtidorli qizlar tashakkurnoma va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat

Olmaliq shahrida yer osti piyodalar o'tish joyi qurilishi munosabati bilan markaziy ko'chalardan biri 2 oy muddatga yopiladi.

Bugun, 28 may kuni soat 16:00 dan boshlab, Olmaliq shahri Ehtirom ko'chasining ma'lum bir qismi (Oydin bozori) 2 oy muddatga yer osti piyodalar o'tish joyi qurilishi munosabati bilan transport vositalari harakati to'liq cheklanadi. Ushbu ko'chani aylanib o'tish uchun haydovchilar M.Ulug'bek, Totuvlik, Baynalminalchilar ko'chalari orqali harakatlanadilar.

Haydovchilardan ushbu holatni inobatga olgan holda harakatlanishlarini, harakatlanish vaqtida yo'l harakati qoidalariga amal qilishlarini so'rab qolamiz.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sport

Yoshlar  "Wоrkout" hamda shashka yoʻnalishi boʻyicha bellashdi

🌐BATAFSIL

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM