Toshkent viloyati hokimligi
14.5K subscribers
39K photos
5.35K videos
48 files
21.5K links
Download Telegram
#Hamkorlik

ZOYIR MIRZAYEV AYNI PAYTDA XITOY XALQ RESPUBLIKASIDA BOʻLIB TURIBDI

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ayni paytda Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahrida boʻlib turibdi.

Mazkur amaliy tashrif davomida Toshkent viloyati vakillari Sian shahrida oʻtkazilayotgan Oʻzbekiston-Xitoy qoʻshma biznes forumida ishtirok etadi. Jarayonda Toshkent viloyati ham alohida koʻrgazma bilan qatnashmoqda.

Toshkent viloyatining 50 dan ortiq tadbirkorlari ishtirok etayotgan “Made in Uzbekistan” forumi doirasida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev Xitoyning yirik kompaniyalari rahbarlari bilan muzokaralar olib bormoqda.

Eslatib oʻtamiz, joriy yil 18−19-may kunlari Sian shahrida “Xitoy-Markaziy Osiyo” birinchi sammiti boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etishi kutilmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#festival

Iloq yana barchani anʼanaviy etnografik festivalga chorladi

Koʻhna Ohangaronning Oʻrgʻozsoy kengliklarida anʼanaviy “Iloq” xalqaro etnofestivali boʻlib oʻtdi.

Bu bebaho tarixni xalqimizga, bugunning yoshlariga yetkazishda anʼanaviy "Iloq" etnografik festivalining oʻrni va ahamiyati beqiyos. Festival viloyat hokimligi, viloyat madaniyat va turizm boshqarmasi, Ohangaron tumani hokimligi, Xalqaro “Oltin meros“ xayriya jamoat fondining gʻoyasi bilan yana oʻtkazildi.

Mazkur festival qadimgi Iloq davlatining tarixiy urf-odatlari, odamlarning yashash tarzi, madaniyatidan darak berib, unda folklor ansambllar, dorbozlarning chiqishlari, teatr ustalarining badiiy mahoratlari namoyish etiladi. Konsert dasturlari, qolaversa, gastro, etno, sport turizmi imkoniyatlaridan festival mehmonlari bahramand boʻldilar.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Armiya_xalq_bilan

MUDOFAA VAZIRLIGINING JAMOATCHILIK KENGASHI AʼZOLARI NURAFSHONDA UCHRASHUV OʻTKAZDI

🌐BATAFSIL

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Piskent_tumani

Dehqonchilikning “handaligi” qanday hosil beradi: viloyatimizda ipak qurti katta dahaga kirdi

Tumanda ipak tola yetishtirish jadal surʼatda olib borilmoqda. Xususan, sektor rahbarlari koʻmagida “Chimqoʻrgʻon” va “Kelovchi” MFYdagi boʻsh turgan binolarda tajribali pillakorlar boshchiligida ipak qurti parvarishlanmoqda. Har bir binoda 10 nafar usta pillakor 10 qutidan ipak qurtini ishsiz, kam daromadli fuqarolarni jalb etgan holda birgalikda yetiltirmoqda. Bunda pillachilikni rivojlantirish bilan birga ishsiz fuqarolarning bandligini taʼminlash, jamoaviy mehnat va daromad topishiga koʻmaklashish koʻzda tutilmoqda.

Maʼlumot uchun, joriy yili tumanda 2700 quti ipak qurti urugʻi jonlantirib, 157 tonna xomashyo yetishtirish rejalashtirilgan. Bu maqsadda 2427 ta pillakorlar guruhi shakllantirilgan. Tumanda ipak qurtini yetarli miqdorda oziqlantirish uchun 328 gektar tut plantatsiyasi mavjud.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#eksport

Oʻzbekiston giloslari endi Indoneziyaga eksport qilinadi

Parkent tumani “Sanganak” qishlogʻi hududida joylashgan 30 gektar yer maydonida gilos yetishtirilib, Indoneziya davlatiga eksport qilinishga tayyorlanmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#aholi_murojaati

Viloyat hokimi oʻrinbosarlari chekka mahallalarda sayyor qabullarini oʻtkazmoqda

🌐BATAFSIL

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM