Toshkent viloyati hokimligi
14.4K subscribers
38.8K photos
5.32K videos
48 files
21.4K links
Download Telegram
#koʻhna_olam

Azim daryo bagʻridagi qadim qalʼa

Namudligʻ – Iloqdagi shahar xarobasi (3–11-asrlar). Angren shahri yaqinida, Ohangaron daryosining oʻng sohilida joylashgan. 1966-1967-yillarda oʻrganilgan.

Maydoni – 70 gektar, beshburchakli qalʼa va keng shahristondan iborat boʻlib, daryo va uning irmoqlari bilan mudofaalangan.

Namudligʻ oʻrnida 3–4-asrlarda istehkomsiz turar joylar paydo boʻlgan, 5–6-asrlarda shaharga aylangan.

9–10-asrlarda kumush va boshqa rangli metalllarni qayta ishlovchi hunarmandlik korxonalari rivojlanishi bilan shahar gullab yashnagan.

Namudligʻda metall eritish va kulolchilik sexi, kaolin va boʻyoq modda saqlanadigan joylar, shisha, sopol idishlar, turli tangalar topilgan.

🌐Telegram 🌐Website 📺YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish

"Bakiroo" telegram kanalida chop etilgan tanqidiy material ma'sullar tomonidan nazoratga olindi.

Kuchli shamol va yomg’ir tufayli bugun Toshkent tumanining Ko’kterak, Hasanboy, Guliston hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar yuzaga kelgan, elektr qurilmalarida nosozlik sodir bo‘lgan.

Ayni vaqtda elektr ta’minoti korxonalarining maxsus brigadalari tomonidan nosozlik bartaraf etilmoqda.

Qisqa vaqt ichida elektr ta’minoti qayta tiklanadi.

🌐Telegram 🌐Website 📺YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bildirish

Hurmatli fuqarolar!

Oʻzbekiston-Qozogʻiston davlat chegarasidagi oʻtkazish punktlari orqali harakatlanayotgan fuqarolar uchun yanada qulay sharoitlarni yaratish, transport vositalari tirbandliklarining oldini olish, bojxona postlarining oʻtkazuvchanligini oshirish maqsadida

➡️Oʻzbekiston Respublikasining “Gʻishtkoʻprik”, “S.Najimov” va “Navoiy”;

➡️Qozogʻiston Respublikasining “Kazigurt”, “Atameken” va “Qaplanbek” chegara bojxona postlarida qurilish-bunyodkorlik va modernizatsiya ishlari amalga oshirilmoqda.

Shu munosabat bilan 2022-yil 1-dekabrdan “Navoiy” (Oʻzbekiston) – Kaplanbek (Qozogʻiston) chegara bojxona postlarida yuk va yengil avtotransport vositalari hamda fuqarolar harakati;

2023-yil 15-fevraldan Qozogʻistonga chiqish yoʻnalishida “S.Najimov” (Oʻzbekiston) – “Kazigurt” (Qozogʻiston), “Sirdaryo” (Oʻzbekiston) – “Atamaken” (Qozogʻiston) oʻtkazish punktlarida yengil avtotransport vositalari hamda fuqarolar harakati vaqtincha cheklangan.

Natijada, aksariyat fuqarolar va yengil avtotransport vositalari haydovchilari “Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona posti orqali harakatlanmoqda va tirbandliklar kuzatilmoqda.

Hozirda mazkur yoʻnalishda “Yallama” (Oʻzbekiston) – “B.Konisbayev” (Qozogʻiston) chegara bojxona posti tunu kun faoliyat koʻrsatmoqda.

Shuningdek, “Malik” (Oʻzbekiston) – “Sirdaryo” (Qozogʻiston), “Oqoltin” (Oʻzbekiston) – “Selinniy” (Qozogʻiston) chegara oʻtkazish punktlari orqali esa kunning yorugʻ vaqtida yengil avtotransport vositalarida hamda piyoda holda harakatlanish mumkin.

“Gʻishtkoʻprik” (Oʻzbekiston) – “Jibek Yoʻli” (Qozogʻiston) chegara bojxona postlari orqali esa piyodalarning harakatlanishlari tavsiya qilinadi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#obod_mahalla

Uygʻurliklarning bugun koʻngli shod. Yaʼni, Oʻrta Chirchiq tumani hokimi boshchiligida “Uygʻur” MFYda ham obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish ishlari har qachongidan avj olgan. Ichki koʻchalarga tosh toʻkilib, asfaltlashtirilmoqda. Ariq va zovurlar tozalanib, daraxtlarga shakl berish, oqlash ishlari amalga oshirilyapti. 1,5 km “Salomatlik yoʻlak”lari qurib foydalanishga topshirildi.

Mazkur saʼy-harakatlarga masʼul davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari bilan birga, hudud aholisi ham hissasini qoʻshmoqda.

Batafsil videolavhada

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mavsum_yumushlari

Viloyatda chigit ekish mavsumi yakunlanmoqda

Bugun viloyatning yerga chigit qadalayotgan qaysi bir dalasiga bormang, dehqonlarning gʻayrat bilan mehnat qilayotgani ustidan chiqasiz. Ish unumi yuqori boʻlgan zamonaviy haydov, ekish texnikalari beminnat xizmat qilayapti.

Viloyatdagi mavjud 9ta paxtachilik tumanlaridagi 2100 dan ortiq fermer xoʻjaliklari va 6 ta paxta-toʻqimachilik klasterlari tarkibida ishlayotgan dehqonlar joriy mavsumda belgilab berilgan reja, 70 ming 161 gektar yer maydonga muddatida chigit ekish harakatida. Shundan, 283 ming tonna paxta xom ashyosini yigʻib-terib olishni marra qilishgan.

Bugungacha ekish ishlari amalga oshirilgan dalalarga kasallikka chidamli, serhosil va tola sifati yuqori boʻlgan ertapishar S-8290 kabi istiqbolli gʻoʻza navi ekilmoqda.

Bugungi kunga kelib Quyi Chirchiq, Bekobod, Boʻka, Oqqoʻrgʻon tumanlarida joriy etilgan ish unumi yuqoriligini koʻrsatmoqda. Mazkur tumanlarda 11 ming 200 dan 11 ming 900 gacha gektar yer maydonlariga chigit qadaldi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat

ZIYO AHLI UZOQ KUTGAN TARIXIY HUJJAT

Yangilanayotgan Konstitutsiyada o‘qituvchilarning maqomini oshirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar alohida e’tiborga loyiq. Jumladan, Asosiy Qonunimizda davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy o‘sishiga g‘amxo‘rlik qilishni taklif etmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Кун_тартиби

Бугун баҳорги дала ишларининг ташкил этилиши, экилган кўчатларни тўғри парваришлаш, агротехник тадбирларни юқори савияда олиб бориш сингари масалалар юзасидан Ўрта Чирчиқ тумани фермер, деҳқон хўжаликлари ва томорқа ер эгалари билан суҳбатлашдик. Мен ҳар доим бир фикрда қатъийман: экилмай ётган далани кўриб бефарқ қолаётган, сувни исроф қилган, деҳқончиликдан йироқ одамлар қишлоқ хўжалиги соҳасини орқага тортади. Биз бу борадаги ишларни алоҳида назоратга олганмиз. Вақт жуда тез ўтади, ҳадемай ёз келади. Ёзги ҳосилнинг тақдири эса шу кунларда ҳал бўлади. Шунингдек, боғдорчиликда ҳам дарахтларни пайвандлаш, тўғри суғориш, кўчатларни табиий ва кимёвий воситалар билан озиқлантириш бугунги кунда соҳадаги энг долзарб масалалардан биридир. Туман деҳқонлари ва мутасаддилар билан суҳбатда масаланинг мана шу жиҳатларига тўхталдик.

БАТАФСИЛ ВИДЕОДА 🌐

БАТАФСИЛ ВИДЕОДА 📱

📱 Instagram | 📱 Twitter | 📱 Facebook | ✉️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
🟦🟦🟩🟩

Dushanba - viloyat hokimligida hudud tashkilotlari va idoralarida ijro intizomining ahvoli o'rganiladi va muhokama qilinadi. “Temir daftar”, "Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash, muammolarni o‘rganish va amaliy ko'mak berish kuni.

🔘Toshkent tumani. Mudofaa vazirligi va hokimlik masʼullari kam taʼminlangan fuqarolarga amaliy yordam koʻrsatmoqda.

🔘Angren shahri. Ehtiyojmand oila vakillari hamda nogiron farzandi boʻlgan 382 nafar xotin-qizga bir martalik moddiy yordam koʻrsatildi.

🔘Yangiyo'l shahri. Muborak Ramazon kunlarida Ramadon mahallasidagi ehtiyojmand insonlar uchun dasturxon yozildi.

🔘Bekobod tumani. 373-sonli Prezident qarori asosida 1050 gektar yer maydoni ochiq elektron savdoga chiqarildi.

🔘Qibray tumani. Kengash sessiyasida “Temir daftar” da boʻlgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha choralar tahlil qilindi.

🔘Yangiyo'l tumani. Qirariq, Obod, Ulugʻbek, Shoʻralisoy kabi 11 ta mahallada iftorliklar tashkil etildi.

🔘Piskent tumani. Navbatdagi sessiyada kam taʼminlangan fuqarolarga bir martalik moddiy yordam berish masalasi hal etildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bu_muhim

Zangiota, Qibray, Toshkent, Olmaliq shahar hamda Oʻrta chirchiq tumani fuqarolari mol-mulk va yer soliqlarini toʻlashda peshqadamlik qilmoqda

🌐BATAFSIL

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat

Oʻtgan 2022-yilda viloyatda isteʼmolchilar tomonidan ichimlik va oqova suv tarmoqlariga noqonuniy ulanish boʻyicha 200 ga yaqin holat aniqlangan

Buning natijasida davlatga qancha zarar keltirilgani maʼlum qilindi.

Eslatib oʻtamiz: qonunchilikka kiritilgan oʻzgarishlarga koʻra, energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish jinoyat etib, belgilangan.

Hurmatli isteʼmolchilar! ichimlik va oqova suv xizmatlaridan qonunlarimizga rioya qilgan holda foydalaning.

Batafsil videolavhada

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tibbiy_koʻrik

Joriy yil 1 Aprel kuni Toshkent viloyati hokim oʻrinbosari O.Sultonbekov boshchligida Bekobod shahar hokimi o'rinbosari A.Dadaboyev hamda shahar tibbiyot birlashmasining 12 yoʻnalishdahi tor tibbiyot mutahassislari tomnidan Bekobod shahrining anklav hududida joylashgan “Jomiy” va “Bunyodkor” mahallalari fuqarolari uchun sayyor qabul va chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik oʻtkazildi

Ushbu tibbiy koʻrikda kardiolog, uzi, stomatolog, ginekolog, pediator, terapevt, nevropatolog, endokrinolog, lor, okulist labaratoriya mutahasislari tomonidan Jami 152 nafar aholi qabul qilinib, shulardan 104 ta kasalliklar aniqlandi. Kasallik aniklangan fukarolarga ambulator davo buyurildi. (1 gr- 70 ta-, 2 gr-14 ta 3 gr-60 ta, 4 gr 8 ta.)

Shuningdek Ummatova Robiya onaxonga nogironlar aravachasi va Otaboyeva Sharofat onaxonga xassa berilib qolgan fuqarolarga tegishli koʻrsatmalar berildi hamda yotib davolanish va statsionar davolanuvchi fuqarolarga maslahatlar berib oʻtildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Nargiza Yo‘ldosheva, "Zulfiya" nomidagi davlat mukofoti sohibasi

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hokimiyat_hujjatlari

Ixtisoslashtirilgan maktablarni taʼmirlash uchun mablagʻ ajratiladi

🌐BATAFSIL

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Feruza Yuldasheva, Toshkent viloyati bolalar ftiziatriya sihatgohi bosh shifokori

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ramazon_saxovat_oyi

Mahallalarda ehtiyojmand oilalar uchun iftorlik dasturxonlari yozilayapti

🌐BATAFSIL

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
🟦🟦🟩🟩

Seshanba - hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari bilan muloqot va yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazish kuni.

🔘O'rta Chirchiq tumani. Tumanda sportning erkin kurash turi bo'yicha yoshlar oʻrtasida musobaqa oʻtkazildi.

🔘Bekobod tumani. Tumandagi 6, 11 va 29-sonli maktablarda Toshkent viloyati IT park xodimlari va maktab o'quvchilari ishtirokida "IT va Yoshlar" mavzusidagi uchrashuv oʻtkazildi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Tuman hokimi boshchiligida sektor rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, hokim yordamchilari, korxona va tashkilot mutasaddilari ishtirokida kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

🔘Yangiyo'l tumian. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga yangi uy-joylar topshirildi.

🔘Toshkent tumani. Mahalla yoshlari oʻrtasida “Besh tashabbus” olimpiadasiga start berildi.

🔘Bekobod shahri. 3-sektor hududida joylashgan 8-sonli umumta'lim maktabi bilan hamkorlikda "Besh tashabbus" olimpiadasining 1-mavsumiga start berildi.

🔘Zangiota tumani. Tuman yoshlari oʻrtasida “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida yoshlar ishtirokida turli xil sport turlari bo'yicha musobaqalar tashkillashtirildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tezkor

Toshkent viloyatining togʻli hududlarida keskin yomgʻirli mavsum davom etadi

Oʻzgidromet 5-7-aprel kunlari respublikaning koʻplab hududlarida keskin koʻrinishda yogʻinlar boʻlishi haqida ogohlantirish xabari ishlab chiqdi.

Ogohlantirish xabariga koʻra, 5-7-aprel kunlari Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax, Toshkent va vodiy viloyatlarida kuchli yogʻingarchiliklar kuzatilishi mumkin.

Yogʻinlar xalq tilida aytadigan boʻlsak, “polosa” koʻrinishda boʻlib, juda ham yaqin hududlarda turli taqsimotga ega.

Respublikaning 9 viloyati togʻ va togʻ oldi tumanlarida sel kelish xavfi saqlanadi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#auksion #yer_uchastkalari

TADBIRKORLIK QILMOQCHIMISIZ ?

Toshkent viloyatida savdoga qo‘yilgan yer uchastkalaridan birini sotib oling va o‘z tadbirkorligingizni yo‘lga qo‘ying!

▫️Oqqo‘rg‘on tumanida 70 ta (кўриш)
▫️Ohangaron tumanida 124 ta (кўриш)
▫️Bekobod tumanida 127 ta (кўриш)
▫️Bo‘stonliq tumanida 20 ta (кўриш)
▫️Bo‘ka tumanida 247 ta (кўриш)
▫️Quyichirchiq tumanida 218 ta (кўриш)
▫️Zangiota tumanida 52 ta (кўриш)
▫️Yuqorichirchiq tumanida 44 ta (кўриш)
▫️Qibray tumanida 41 ta (кўриш)
▫️Parkent tumanida 102 ta (кўриш)
▫️Piskent tumanida 357 ta (кўриш)
▫️O‘rtachirchiq tumanida 92 ta (кўриш)
▫️Chinoz tumanida 158 ta (кўриш)
▫️Yangiyo‘l tumanida 78 ta (кўриш)
▫️Toshkent tumanida 15 ta (кўриш)
▫️Nurafshon shahrida 58 ta (кўриш)
▫️Olmaliq shahrida 84 ta (кўриш)
▫️Angren shahrida 198 ta (кўриш)
▫️Bekobod shahrida 4 ta (кўриш)
▫️Ohangaron shahrida 36 ta (кўриш)
▫️Chirchiq shahrida 7 ta (кўриш)
▫️Yangiyo‘l shahrida 8 ta (кўриш)

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mohir_qoʻllar

Chinoz tumanida bugun yoʻqolib ketgan noyob hayvonlarni uchratishinigiz mumkin

Mahalla” telekanalining reportyorlari tomonidan tayyorlangan lavhada mazkur voqeʼlikka guvoh boʻlishingiz mumkin.

Yaʼni, 3-5 metrgacha boʻlgan balandlikdagi hayvonlar haykallarini ayolning nozik qoʻllari tomonidan yasalayotgani kishini ajablantirmay qoʻymaydi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy

Jumayev Lazizbek Rustam o‘g‘li — Nurafshon shahar hokimining axborot siyosati masalalari bo'yicha maslahatchisi etib tayinlandi.

L.Jumayev
1999-yilda Toshkent shahar Yashnobod tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy. 2022-yil Qirg‘iziston Davlat texnik universtitetini menejment yo‘nalishini tamomlagan. Lavozimga tayinlangunga qadar, Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish” markazida bosh mutaxassis lavozimida ishlab kelayotgan edi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hokim_qarori

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev viloyatda “Mehrli maktab” tashkil etish haqidagi qarorni imzoladi

🌐BATAFSIL

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM