Toshkent viloyati hokimligi
14.4K subscribers
38.7K photos
5.32K videos
48 files
21.4K links
Download Telegram
Audio
🟦🟦🟩🟩

Juma - Qurilish sohasidagi muammolarni oʻrganish, investitsiya obyektlarida qurilish jarayonlari bilan tanishish kuni.

🔘
Ohangaron tumani. Tumanda umumiy qiymati 30 mln. dollarlik yangi loyihaga tamal toshi qoʻyildi.

🔘Nurafshon shahri. Aholining muammolaridan kelib chiqib yoʻl ta‘mirlash ishlariga muhtoj boʻlgan “Yoshlik” MFY da joylashgan Shevchenko koʻchasida PQ-408 sonli qaror ijrosi boʻyicha 268 metr asfalt yotqizildi.

🔘Chirchiq shahri. PQ-408-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida shaharagi barcha MFYda qurilish ishlari olib borilmoqda.

🔘Boʻka tumani. Tumanning olis hududlaridan biri boʻlgan “Boʻka” MFY da tarmoq tortish ishlari yakuniga yetkazilib, aholi xonadonlariga toza ichimlik suvi kirib bordi.

🔘Zangiota tumani. Tumanda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 408-son qaroriga asosan olib borilayotgan qurilish ishlari Zangiota tumani hokimining qurilish masalalari boʻyicha oʻrinbosari I.Jumaboyev tomonidan muntazam nazorat qilinib borilmoqda.

🔘Oqqoʻrgʻon tumani. Ayni paytda Nurafshon–Oqqo‘rg‘on yo‘nalishida “Tuman Yo‘llardan foydalanish” unitar korxonasi xodimlari tomonidan joriy ta‘mirlash ishlari olib borilmoqda.

🔘Bekobod shahri. 2-sektor hududiga qarashli “Sirdaryo” MFYdagi transformator punktlarini elektr taʼminoti bilan taʼminlovchi 6 kV yer osti kabel tarmogʻini texnika vositalari koʻmagida yangisiga almashtirish ishlari olib borilmoqda.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sogʻliqni_saqlash

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning Toshkent viloyati filiali mutaxassislari tomonidan Oqqoʻrgʻon tumanida salomatlik sayillari oyligi doirasida chuqurlashtirilgan tibbiy koʻriklar tashkil etildi.

Ushbu sayilga shoshilinch tibbiy yordam xizmati mutaxassislari Yaponiya texnologiyalari asosida jihozlangan soʻnggi rusumdagi maxsus mobil kompyuter tomografiya avtomashinasi bilan tashrif buyurdi.

Mazkur uskuna yordamida kasalliklar aniqlangan bemorlar shu yerning oʻzida yuqori texnologiyali amaliyotlarga tavsiya etildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#хushxabar

Angrenlik yoshlar Amerikada

Tanishing: MEHRANGIZ ABDUVALIYEVA - Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari Agentligi tizimidagi Angren shahar ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o'quvchisi.

AQSh elchixonasining FLEX - kelajak liderlari almashinuvi dasturi bo'yicha final bosqischining 100% lik ta'lim grantini qo'lga kiritdi. 2023-2024 o'quv yilida 11-sinfni Amerika Qo'shma Shtatlaridagi davlat maktablarining birida o'qishini davom ettiradi va u yerdagi yoshlar bilan bilim va tajriba almashadi.

Tarbiya bergan ota-onasiga hamda ta'lim bergan ustozlariga tashakkur bildiramiz. O'quvchimizning kelgusidagi o'qishlarida omad tilab qolamiz!

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#quyoshli_xonadon
#bildirish

Bugundan aholiga quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasining har bir kilovatt·soatiga 1000 so‘mdan subsidiya beriladi

Bugun, 2023-yil 1-apreldan boshlab respublika hududlarida aholi xonadonlariga kichik quvvatli (umumiy quvvati 50 kVt gacha) quyosh panellarini o‘rnatishni rag‘batlantirish bo‘yicha “Quyoshli xonadon” dasturi ishga tushdi.

Dasturga asosan, jismoniy shaxslar tomonidan quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan va o‘z iste’molidan orttirib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt•soatiga 1000 so‘mdan subsidiya ajratiladi.

Aholi tomonidan sotilgan elektr energiyasi uchun mablag‘lar har oy “Soliq” mobil ilovasi orqali fuqarolarning bank plastik kartalariga o‘tkazib beriladi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#referendum_oldidan

Hududlarda oʻtkazilayotgan “Adliya sayl”lari katta shodiyonaga aylanib bormoqda

🌐BATAFSIL

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#maxsus_reportaj

Boʻka ahlining yillar davomida haqli eʼtirozlariga sabab boʻlib kelayotgan muammosi hal etilmoqda

Maxsus reportajda batafsil tomosha qilamiz.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#brifing

Viloyatda referendum uchastkalari asosan qayerlarda tashkil etilmoqda?

🌐BATAFSIL

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Iroda Xolboyeva, Nurafshon shahridagi “Yangiobod” MFY yoshlar yetakchisi:

- Avvallari yoshlarimizda muammolarini ochiq aytish imkoni kam edi. Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil qilingan Yoshlar parlamenti bu imkoniyatni kengaytirdi. Barcha yoshlarimizni bugungi siyosiy jarayonlarda faol boʻlib, referendumda qatnashishga chorlayman. Men oʻz kelajagimga #befarqemasman!

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Референдум_2023

"Янгиланаётган Конституция"да инсон ҳуқуқларига оид 10 та энг муҳим янгиликдан хабардормисиз?

🎞 Агар хабардор бўлмасангиз видеони томоша қилинг.

@olimlar_minbari
#davra_suhbati

Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida Yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasiga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazildi.

Unda Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshligʻi Miraziz Mirsultonov, OʻzLiDeP Toshkent viloyat Kengashi raisi Toʻlqinjon Fayziyev, Toshkent davlat yuridik universiteti vakillari, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari va faollar qatnashdi.

Asosiy eʼtibor Bosh qomusimizdagi yoshlarga oid yangi kiritilgan oʻzgartirishlar, bir qator bandlar va 76-,78-moddalardagi masalalar atroflicha tushuntirildi. Bunda ishga kirish, oliy taʼlimda oʻqish borasidagi qulayliklar aytib berildi.

Suhbat davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar va boʻlajak referendumga tayyorgarlik koʻrish, uni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan fikr almashildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#koʻhna_olam

Azim daryo bagʻridagi qadim qalʼa

Namudligʻ – Iloqdagi shahar xarobasi (3–11-asrlar). Angren shahri yaqinida, Ohangaron daryosining oʻng sohilida joylashgan. 1966-1967-yillarda oʻrganilgan.

Maydoni – 70 gektar, beshburchakli qalʼa va keng shahristondan iborat boʻlib, daryo va uning irmoqlari bilan mudofaalangan.

Namudligʻ oʻrnida 3–4-asrlarda istehkomsiz turar joylar paydo boʻlgan, 5–6-asrlarda shaharga aylangan.

9–10-asrlarda kumush va boshqa rangli metalllarni qayta ishlovchi hunarmandlik korxonalari rivojlanishi bilan shahar gullab yashnagan.

Namudligʻda metall eritish va kulolchilik sexi, kaolin va boʻyoq modda saqlanadigan joylar, shisha, sopol idishlar, turli tangalar topilgan.

🌐Telegram 🌐Website 📺YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish

"Bakiroo" telegram kanalida chop etilgan tanqidiy material ma'sullar tomonidan nazoratga olindi.

Kuchli shamol va yomg’ir tufayli bugun Toshkent tumanining Ko’kterak, Hasanboy, Guliston hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar yuzaga kelgan, elektr qurilmalarida nosozlik sodir bo‘lgan.

Ayni vaqtda elektr ta’minoti korxonalarining maxsus brigadalari tomonidan nosozlik bartaraf etilmoqda.

Qisqa vaqt ichida elektr ta’minoti qayta tiklanadi.

🌐Telegram 🌐Website 📺YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bildirish

Hurmatli fuqarolar!

Oʻzbekiston-Qozogʻiston davlat chegarasidagi oʻtkazish punktlari orqali harakatlanayotgan fuqarolar uchun yanada qulay sharoitlarni yaratish, transport vositalari tirbandliklarining oldini olish, bojxona postlarining oʻtkazuvchanligini oshirish maqsadida

➡️Oʻzbekiston Respublikasining “Gʻishtkoʻprik”, “S.Najimov” va “Navoiy”;

➡️Qozogʻiston Respublikasining “Kazigurt”, “Atameken” va “Qaplanbek” chegara bojxona postlarida qurilish-bunyodkorlik va modernizatsiya ishlari amalga oshirilmoqda.

Shu munosabat bilan 2022-yil 1-dekabrdan “Navoiy” (Oʻzbekiston) – Kaplanbek (Qozogʻiston) chegara bojxona postlarida yuk va yengil avtotransport vositalari hamda fuqarolar harakati;

2023-yil 15-fevraldan Qozogʻistonga chiqish yoʻnalishida “S.Najimov” (Oʻzbekiston) – “Kazigurt” (Qozogʻiston), “Sirdaryo” (Oʻzbekiston) – “Atamaken” (Qozogʻiston) oʻtkazish punktlarida yengil avtotransport vositalari hamda fuqarolar harakati vaqtincha cheklangan.

Natijada, aksariyat fuqarolar va yengil avtotransport vositalari haydovchilari “Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona posti orqali harakatlanmoqda va tirbandliklar kuzatilmoqda.

Hozirda mazkur yoʻnalishda “Yallama” (Oʻzbekiston) – “B.Konisbayev” (Qozogʻiston) chegara bojxona posti tunu kun faoliyat koʻrsatmoqda.

Shuningdek, “Malik” (Oʻzbekiston) – “Sirdaryo” (Qozogʻiston), “Oqoltin” (Oʻzbekiston) – “Selinniy” (Qozogʻiston) chegara oʻtkazish punktlari orqali esa kunning yorugʻ vaqtida yengil avtotransport vositalarida hamda piyoda holda harakatlanish mumkin.

“Gʻishtkoʻprik” (Oʻzbekiston) – “Jibek Yoʻli” (Qozogʻiston) chegara bojxona postlari orqali esa piyodalarning harakatlanishlari tavsiya qilinadi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#obod_mahalla

Uygʻurliklarning bugun koʻngli shod. Yaʼni, Oʻrta Chirchiq tumani hokimi boshchiligida “Uygʻur” MFYda ham obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish ishlari har qachongidan avj olgan. Ichki koʻchalarga tosh toʻkilib, asfaltlashtirilmoqda. Ariq va zovurlar tozalanib, daraxtlarga shakl berish, oqlash ishlari amalga oshirilyapti. 1,5 km “Salomatlik yoʻlak”lari qurib foydalanishga topshirildi.

Mazkur saʼy-harakatlarga masʼul davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari bilan birga, hudud aholisi ham hissasini qoʻshmoqda.

Batafsil videolavhada

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mavsum_yumushlari

Viloyatda chigit ekish mavsumi yakunlanmoqda

Bugun viloyatning yerga chigit qadalayotgan qaysi bir dalasiga bormang, dehqonlarning gʻayrat bilan mehnat qilayotgani ustidan chiqasiz. Ish unumi yuqori boʻlgan zamonaviy haydov, ekish texnikalari beminnat xizmat qilayapti.

Viloyatdagi mavjud 9ta paxtachilik tumanlaridagi 2100 dan ortiq fermer xoʻjaliklari va 6 ta paxta-toʻqimachilik klasterlari tarkibida ishlayotgan dehqonlar joriy mavsumda belgilab berilgan reja, 70 ming 161 gektar yer maydonga muddatida chigit ekish harakatida. Shundan, 283 ming tonna paxta xom ashyosini yigʻib-terib olishni marra qilishgan.

Bugungacha ekish ishlari amalga oshirilgan dalalarga kasallikka chidamli, serhosil va tola sifati yuqori boʻlgan ertapishar S-8290 kabi istiqbolli gʻoʻza navi ekilmoqda.

Bugungi kunga kelib Quyi Chirchiq, Bekobod, Boʻka, Oqqoʻrgʻon tumanlarida joriy etilgan ish unumi yuqoriligini koʻrsatmoqda. Mazkur tumanlarda 11 ming 200 dan 11 ming 900 gacha gektar yer maydonlariga chigit qadaldi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat

ZIYO AHLI UZOQ KUTGAN TARIXIY HUJJAT

Yangilanayotgan Konstitutsiyada o‘qituvchilarning maqomini oshirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar alohida e’tiborga loyiq. Jumladan, Asosiy Qonunimizda davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy o‘sishiga g‘amxo‘rlik qilishni taklif etmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Кун_тартиби

Бугун баҳорги дала ишларининг ташкил этилиши, экилган кўчатларни тўғри парваришлаш, агротехник тадбирларни юқори савияда олиб бориш сингари масалалар юзасидан Ўрта Чирчиқ тумани фермер, деҳқон хўжаликлари ва томорқа ер эгалари билан суҳбатлашдик. Мен ҳар доим бир фикрда қатъийман: экилмай ётган далани кўриб бефарқ қолаётган, сувни исроф қилган, деҳқончиликдан йироқ одамлар қишлоқ хўжалиги соҳасини орқага тортади. Биз бу борадаги ишларни алоҳида назоратга олганмиз. Вақт жуда тез ўтади, ҳадемай ёз келади. Ёзги ҳосилнинг тақдири эса шу кунларда ҳал бўлади. Шунингдек, боғдорчиликда ҳам дарахтларни пайвандлаш, тўғри суғориш, кўчатларни табиий ва кимёвий воситалар билан озиқлантириш бугунги кунда соҳадаги энг долзарб масалалардан биридир. Туман деҳқонлари ва мутасаддилар билан суҳбатда масаланинг мана шу жиҳатларига тўхталдик.

БАТАФСИЛ ВИДЕОДА 🌐

БАТАФСИЛ ВИДЕОДА 📱

📱 Instagram | 📱 Twitter | 📱 Facebook | ✉️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM