#Navroʻz_shukuhi
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev hudud ahli va mehmonlarini Navroʻz ayyomi bilan tabriklar ekan, mehnatkash va olijanob, koʻp millatli xalqimizni alohida mehnatlarini eʼtirof etdi.
Navroʻz saylining asosiy konsert dasturlari Nurafshon markazida davom etdi. Bu yerdagi katta sahnada elimiz ardogʻidagi sanʼatkorlar tomonidan konsert dasturlari namoyish etildi. Navroʻz shodiyonalari shukuhi barcha insonlar kayfiyatida aks etdi.
Atrofda ayyom kayfiyati hukmron boʻlib, amfiteatrga olib boruvchi katta yoʻl boʻyida bahoriy sayl tashkil etilgan.
Koʻcha uzra joylashgan sahnalar atrofidagi tomoshalarni, maqom va estrada yoʻnalishidagi chiqishlarni, shoʻx raqslarni barcha zavq bilan tomosha qilishdi.
🌐 Telegram 🌐Website 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Navroʻz anʼanalarini qayta tiklash va asrab-avaylash oʻzbek xalqining madaniy-tarixiy merosiga boʻlgan chuqur hurmatni anglatadi.
Milliy qadriyatlarimizning yorqin namunasi boʻlgan Navroʻz shodiyonalari Toshkent viloyati hududlarida umumxalq bayrami sifatida qanday nishonlanmoqda? Bugungi dayjestimiz ana shu haqida.
🔘Yuqori Chirchiq tumani. Tumanning markaziy oʻyin gohida “Har kuning Navroʻz boʻlsin, jonajon Oʻzbekistonim!” shiori ostida Navroʻz bayrami keng nishonlandi.
🔘Olmaliq shahri. Shaharning “Yoshlar bogʻi”da Navroʻz bayrami sayli tantanali ravishda milliy anʼanalarga muvofiq tashkil qilindi.
🔘Nurafshon shahri. Bugun Nurafshon shahrida Toshkent viloyatining Navroʻz shodiyonalari oʻtkazildi.
🔘Yangiyoʻl tumani. Viloyatning Navroʻz tantanalarida tuman ahli qadim qadriyatlar tarovatini oʻzlarida mujassam etib, millatning tarixini, maʼnaviy ilmiy salohiyatini, qardoshlik anʼanalarini koʻrgazmalar orqali namoyon etdi.
🔘Zangiota tumani. Prezident tashabbuslari hayotga tatbiq etilib, tumanda xotin-qizlar va yoshlar masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
🔘Chirchiq shahri. Bayram munosabati bilan ”Chirchiq dehqon bozori”da arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi.
🔘Toshkent tumani. Viloyatning Navroʻz shodiyonalarida Toshkent tumani jamoasi faol ishtirok etib, oʻzlarining kuy-qoʻshiqlari, milliy taomlari va sanoat namunalari bilan mehmonlar koʻnglini shod etdilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bunyodkorlik
Endi qutqaruvchilarning oʻz ofisi bor
Davlatimiz rahbarining tegishli farmoniga muvofiq, Toshkent viloyatining Boʻstonliq hamda Jizzax viloyatining Zomin tumanlarida “Oʻrmon yongʻinlarini bartaraf etishga ixtisoslashgan yongʻin – qutqaruv maxsus otryad”lari tashkil etildi. Taʼkidlash lozimki, shu paytga qadar mamlakatimizda oʻrmon yongʻinlarini bartaraf etishga ixtisoslashgan tuzilmalar boʻlmagan.
Yurtimizda keng nishonlanayotgan “Navroʻz” umumxalq bayrami arafasida Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida qutqaruvchilar uchun “Oʻrmon yongʻinlarini bartaraf etishga ixtisoslashgan yongʻin – qutqaruv maxsus otryadi”ning koʻrkam binosi foydalanishga topshirildi.
Otryadda qutqaruvchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilib, zaruriy texnikalar, qutqaruv ishlarida foydalaniladigan asbob-anjomlar, zamonaviy yongʻin oʻchirish hamda qutqaruv avtomobillari bilan taʼminlangan.
Binoning yana bir eʼtiborli jihati shundaki, maskan qayta tiklanuvchi energiya manbai hisoblangan quyosh panellari bilan jihozlangan va bu panellar binoni elektr energiya bilan toʻliq taʼminlash imkonini beradi.

#Ehtirom #Mahalla_kuni
Olmaliq shahridagi “Marhamat” tantanalar majmuasida uch avlod uchrashuvi boʻlib oʻtmoqda. Marosimda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etmoqda.
Taʼkidlash joizki, bu galgi muloqot mahalla tizimi xodimlari kunida tashkil etilgani bilan alohida ahamiyatga ega. Muloqotga oʻz xizmat vazifasini oʻtash chogʻida halok boʻlgan harbiylar, huquq-tartibot idoralari xodimlarining ota-onalari, yaqinlari taklif etildi.
Viloyat hokimining farmoyishi bilan bugundan eʼtiboran 55 xizmat vazifasini oʻtash chogʻida halok boʻlgan harbiylarning oila aʼzolariga beriladigan nafaqa berib borilishi yoʻlga qoʻyildi.
Viloyatda harbiy tuzilmalar, huquq-tartibot organlari bilan birgalikdagi keng qamrovli yoʻl xaritasi tasdiqlandi.
- Kirib kelayotgan Ramazoni sharif arafasida bunday xayrli muloqotni tashkil etilganida chuqur maʼno bor, albatta. Zotan, aziz farzandi Vatan tinchligi yoʻlida jon bergan ota-onalar zamonamizning haqiqiy qahramonlari, jasorat va bukilmas iroda timsolidir, dedi Zoyir Mirzayev.
Jonli efirda koʻrish:
📱 Facebook
🌐 YouTube

YouTube
uch avlod uchrashuvi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ayyom_shukuhi
“Yangi Oʻzbekiston” bogʻida tashkil etilgan respublika Navroʻz saylida Toshkent viloyati pavilyoni oʻzgacha muhitda, oʻzgacha fayz bilan bezatildi.
Viloyat hokimi oʻrinbosari Jamshid Babajanov bilan uyushtirilgan jonli muloqotda ham bugun viloyatning har bir mahalla va guzarlarida, tumanlarda oʻtkazilayotgan bayram, sumalak sayllari oʻtgan yillardan koʻtarinki kayfiyatda oʻtayotganligi xususida soʻz yuritildi.
Darhaqiqat, oxirgi yillarda tuman-shaharlardagi yangilanishlar, mahallalarning qiyofasi tubdan oʻzgarayotgani, turizm sohasiga qaratilayotgan imkoniyatlarga urgʻu berar ekan, Parkent tumanini infratuzilmasini yaxshilash, ichimlik suvi, elektr taʼminoti va yoʻl borasidagi muammolariga yechim sifatida, yana “Soʻqoq” mahallasini etno qishloqqa aylantirish borasidagi ishlar uchun byudjetdan mablagʻlaridan 50 millard soʻm ajratilgani qayd etildi.

#navruz
#bahor
Amirsoyda “Yangi kun” tantanasi
Toshkent viloyatining so‘lim go‘shalaridan biri Bo‘stonliq tumani “Amirsoy” dam olish maskani ham Navro‘z ayyomini o‘zgacha ruhda o‘tkazdi.
Bayram tadbiri yanada zavqli o‘tishiga sabab u yerdagi muhit, tabiat go‘zalligi, ob-havoning mo‘tadilligi va albatta yig‘ilganlardagi ko‘tarinki kayfiyat sabab bo‘ldi deb aytishimiz mumkin.
Bayram shodiyonasini ommaga keng targ‘ib qilishga jamuljam bo‘lgan OAV vakillari dam olish maskanining faoliyatiyu, atrofning maftunkorligi bo‘yicha ham lavhalarni suratga olib, intervyular olishga ham ulgurishdi.
Kuy-qo‘shiq va konsert dasturi barchaga birdek bayramona shodlik ulasha oldi.