Toshkent viloyati hokimligi
14.3K subscribers
38.7K photos
5.32K videos
48 files
21.4K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videonigoh

Tuman va mahallalarning xususiyatidan kelib chiqib, endilikda oʻquvchilar maktablarning oʻzida 64 xil kasblarga oʻqitiladi

Bu tajribani hayotga tatbiq etish boʻyicha har bitta viloyatdan maktablar qamrab olindi.

Unga koʻra, viloyatning Yangiyoʻl tuman va shahrida, Quyi Chirchiq tumanidagi maktablarda 11-sinf oʻquvchilari uchun kasb-hunarga oʻqitish boshlandi.

Yaʼni, taʼlim muassasalarini zaruriy ashyolar bilan taʼminlash, ustaxonalar tashkil etish boʻyicha choralar koʻrildi. Bu esa oʻquvchilar hamda ota-onalar uchun ham ayni muddao boʻlmoqda. Sababi, kurs soʻngida sertifikatlar berilishi koʻzda tutilgan.

📹Batafsil videolavhada

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
🟦🟦🟩🟩

Viloyatimizda qulay ishbilarmonlik muhiti, tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar yangi loyihalarni amalga oshirishga xizmat qilmoqda. Jarayonga esa sektor rahbarlari va biriktirilgan masʼullar salmoqli hissa qoʻshishmoqda. Qisqa xabarlarimizda shu mavzu atrofida soʻz yuritamiz.

🔘Oqqoʻrgʻon tumani.Qoʻrgʻoncha” mahallasidagi 180 dan ortiq xonadonda qayta tiklanuvchi energiya manbalari oʻrnatilishi rejalashtirilmoqda.

🔘Ohangaron tumani. 4-sektor rahbari, tuman Soliq inspeksiyasi boshligʻi Ortiqboy Hamdamov hududdagi “Ungut”, “Oʻzbekiston”, “Qoraxitoy”, “Yalpoqtepa” va “Alisher” mahallasi aholisi bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.

🔘Angren shahri. Shahar IIB boshligʻi Abid Aripov rahbarligida 3-sektor tarkibida boʻlgan mahallalarda obodonlashtirish ishlari olib borilayapti. Sektor rahbari 43-maktabdagi obodonlashtirish hamda “Namuna” mahallasidagi ichimlik suvi taʼminoti tarmogʻini tortish ishlarini, “Obod”, “Navbahor” mahallalarida esa sel toshqini xavfifining oldini olish borasidagi ishlarni borib koʻrdi.

🔘Chirchiq shahri. Shahar hokimi Davron Hidoyatov boshchiligida 1-sektor hududida joylashgan “Guliston” mahallasida keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi.

🔘Yangiyoʻl tumani. Yangiyoʻl tumani 2-sektor hududining “Qoʻshtepa” mahallasi idorasi binosini zamonaviy koʻrinishda bunyod etish ishlari jadal davom etmoqda.

🔘Oʻrta Chirchiq tumani. Tuman hokimi Ixtiyor Qosimov boshchiligida sektor rahbarlari hamda hokim oʻrinbosarlari ishtirokida tadbirkor va eksportyorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi.

🔘Yangiyoʻl shahri. Shahar hokimi F.Mirzayev boshchiligida sektor rahbarlari, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasidan biriktirilgan vakil R. Xudoyberdiyev, hokim oʻrinbosarlari, tegishli korxona va tashkilot mutasaddilari ishtirokida “Ayollar daftari”ning 4-bosqichi bilan bogʻliq ishlar muhokama qilindi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Aholiga_yordam

Vodiy yoʻlida fuqarolarni  evakuatsiya qilish ishlari olib borilmoqda

Avval xabar berganimizdek, A-373 “Toshkent-Oʻsh” xalqaro avtomobil yoʻlida transport vositalarining harakati vaqtincha toʻxtatilgan edi.

Yuzaga kelgan vaziyat viloyat hokimligi, FVB, IIBB, Milliy gvardiya tomonidan toʻliq nazoratga olingan boʻlib, mazkur noqulayliklar jarayonida aholining xavfsizligi taʼminlanmoqda.

Angren shahrida barcha yoʻlovchi va haydovchilarga qulayliklar yaratilgan.

“Toshkent-Vodiy“ temir yoʻli stansiyasi orqali Ohangarondan 273 nafar, Angrendan 806 nafar fuqaro poyezdda vodiyga kuzatildi.

Angren shahridagi 4 ta mahmonxona va ”Angren Land" ovqatlanish majmuasida  200 nafardan ziyod fuqaroga zarur xizmatlar koʻrsatilmoqda.

Hozirda  aholini xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish ishlariga jami 55 ta texnika hamda 250 nafar shaxsiy tarkib jalb etilgan.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
QAMCHIQ” DOVONIDA AVTOMOBILLAR HARAKATI QAYTA TIKLANDI

Ob-havo keskin oʻzgarib kuchli qor yogʻishi va Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan 2023-yil 9-fevraldagi 103-son byulleteniga koʻra, soat 13:30 da A-373 “M-39 Guliston-Boʻka-Angren-Qoʻqon-Andijon orqali-Oʻsh” avtomobil yoʻlining 228-253 km.lar oraligʻida qor koʻchkisi xavfi yuzaga kelganligi sababli avtomobillar harakati vaqtincha toʻxtatilgan edi.

Koʻrilgan tezkor chora-tadbirlardan soʻng soat 23:30 da dovondan harakatlanuvchi barcha turdagi avtotransport vositalari uchun ikki tomonlama harakat toʻliq qayta tiklandi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tezkor_chora

Yoʻl tashkilotlari va yoʻl harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan tun davomida avtomobil yoʻllari qorlardan tozalanib, aholiga qulay sharoitlar yaratildi.

📹Batafsil videolavhada

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#obodlik

“Toshloq” mahallasiga ichimlik suvi tarmogʻi tortilmoqda

Prezidentimizning 2022-yil 25-oktyabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 408-sonli qarorining ijrosi bilan joylarda aholi uchun koʻplab yangi qulaylik va imkoniyatlar yaralmoqda.

Jumladan, Boʻka tumanidagi “Toshloq” mahallasi aholisini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash ham ana shular jumlasidandir.

Ushbu loyiha uchun 1 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilishi belgilangan boʻlib, mazkur mahallada “NURAFSHON TEMURMALIK INVEST” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan 2 km. uzunlikdagi ichimlik suvi tarmogʻini tortish ishlari amalga oshirilmoqda.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#brifing

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan bojxona sohasida yangi qaror qabul qilindi va joriy yilning 1-yanvaridan kuchga kirdi

Unga koʻra, tadbirkorlik subyektlari uchun bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida qator qulayliklar joriy etildi.

Bu haqda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi bosh inspektori Mirvohid Qambarov batafsil maʼlumot berdi.

️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#кунфотоси

Ҳаётнинг ҳар лаҳзаси гўзал,
Умрнинг ҳар дами ғанимат...

Тошкент денгизи бўйида ҳаёт қайнамоқда.

Фото: Шерзод Қорабоев, Абдулазиз Абдурашидов

Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Жиззах вилоятига ташрифини Пахтакор туманидаги «Пахтакор элита уруғчилиги» фермер хўжалиги фаолияти билан танишишдан бошлади.

Президент Шавкат Мирзиёев начал свою поездку в Джизакскую область с ознакомления с деятельностью фермерского хозяйства "Пахтакор элита уругчилиги" в Пахтакорском районе.

#Mirziyoyev #safar #Jizzax #fermerxujaligi

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter