Toshkent viloyati hokimligi
14.3K subscribers
38.7K photos
5.32K videos
48 files
21.4K links
Download Telegram
#Rasmiy

Xalq deputatlari Piskent tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi haqida axborot

Ayni paytda Xalq deputatlari Piskent tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtmoqda.

Sessiya kun tartibiga tashkiliy masala kiritilgan.

Sessiya ishida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etmoqda.

Kun tartibidagi masala yuzasidan soʻzga chiqqan Zoyir Mirzayev tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid tahliliy maʼruza qilmoqda.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Iqtiboslar

Xabar berganimizdek, ayni paytda Xalq deputatlari Piskent tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtmoqda. Sessiya ishida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etmoqda.

Kun tartibidagi masala yuzasidan soʻzga chiqqan Zoyir Mirzayev tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid tahliliy maʼruza qilmoqda.

Zoyir Mirzayev,
Toshkent viloyati hokimi:

Qancha dasturlar qabul qilindi, tumandagi mavjud iqtisodiy muhitni oʻzgartirish boʻyicha rejalar olindi. Ammo deyarli hammasi chala yoki bajarilmagan.

Piskentdagi kichik sanoat zonasidagi 3 ta korxona uch yildan buyon ish boshlamay turibdi. Holbuki, davlat kommunikatsiya uchun mablagʻ ajratgan. Na mablagʻ oʻzlashtirildi, na tadbirkor keldi.

Prezidentimizning 408-sonli qaroriga koʻra, 15 ta mahallada 27 milliard soʻmlik qurilish-taʼmirlash ishlari boshlandi. Mablagʻ ajratildi, biroq ijro oʻz muddatida bajarilmadi, ayrim obyektlarda hali loyihalash ishlari yakuniga yetkazilmadi.

Piskentda kanalizatsiya qurish uchun 30 milliard mablagʻ ajratildi. Biroq hali ish boshlanmadi, kun esa tez oʻtib ketayapti.

Tumanda ijtimoiy sohada ham bir qator muammolar yetilib qolgan. Xususan, 3-7 yoshli bolalarni maktabgacha taʼlimga qamrab olish atigi 60 foiz. Yana 7 ta mahallada maktabgacha taʼlim tashkiloti umuman yoʻq. Taqqoslash uchun: qoʻshni Ohangaron tumanida yaqinda birvarakayiga 21 ta MTM ochilishi boʻladi...

Umumtaʼlim maktablarida taʼlim sifati juda past. Tumanda xalq taʼlimi tizimi katta oʻzgarishlarga muhtoj. Hech kim direktorlarning yoniga borib maslahatlashmaydi, tizimli oʻrganmaydi.

Sessiya ishi davom etmoqda.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Foto #Sessiya

Zoyir Mirzayev Piskent tumani hokimi lavozimiga Yakubov Nodirbek Gulmurodovich nomzodini tavsiya etdi.

Ayni paytda muhokamalar boʻlib oʻtmoqda. Xususan, nomzod oʻz ish uslubi, rejalari xususida deputatlar, tuman faollariga axborot bermoqda.

- Men faoliyatim davomida hokimlik tizimda ishlamaganman. Ammo qisqa fursatlarda tumanning drayverini aniqlab, oʻrganib, shu asosda ishni tashkil etaman, - dedi N.Yakubov oʻz soʻzida.

Muzokara va muhokama qizgʻin davom etmoqda.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov #Rasman

Yakubov Nodirbek Gulmuradovich Piskent tumani hokimi etib tayinlandi

Ayni paytda boʻlib oʻtayotgan Xalq deputatlari Piskent tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Nodirbek Yakubov tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Nodirbek Yakubov 1975-yili Olmaliq shahrida tugʻilgan. Mutaxassisligi - huquqshunos. U 2001-yili Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universitetini bitirgan. Oilali, uch nafar farzandi bor.

Nodirbek Yakubov mehnat faoliyatini “Oʻzelektrkimyosanoat” ishlab chiqarish birlashmasida ishchi vazifasida boshlagan.

U oʻz faoliyati davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasida ishlagan.

Mazkur vazifaga tayinlangunga qadar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chirchiq #Jarayon

Chirchiqda energiya taʼminoti va kommunal sohada vaziyat tubdan yangilanadi

Chirchiq shahrida bir guruh fuqarolar norozilik bildirib, elektr energiyasidagi uzilishlar, shuningdek, shahar koʻchalarini muzlama va qordan tozalash boʻyicha iltimos qilgan edi.

Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Abdulla Aripov Chirchiq shahrida boʻldi. Bosh vazir mahallalarda boʻldi va koʻp qavatli uy-joylarda yashovchilar bilan muloqot qildi. Unga Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, Chirchiq hokimi Davron Hidoyatov hamrohlik qildi.

Ayni paytda Chirchiqda keng koʻlamli ishlar boshlangan. Mavjud muammolarni bartaraf etishga bor kuch va vositalar safarbar etilgan.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon #Piskent

Gazi yo‘qlarga ko‘mir va suyultirilgan gaz tarqatiladi

Prezident rahbarligida ayni damda bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida vaziyatni o‘nglash bo‘yicha mutasaddilarga qator topshiriqlar berildi.

Jumladan, energiya ta’minotida uzilish bo‘lgan hududlarda holatni yaxshilash, suyultirilgan gaz va ko‘mir yetkazib berish bo‘yicha qator topshiriqlar berildi.

Yuqoridagi topshiriqlar ijrosini ta’minlash va aholiga qulaylik yaratish maqsadida Piskent tumanidagi gaz bosimi pasaygan hududlarga ko‘mir yoqilg‘isi tarqatilmoqda. Buning uchun mavsum oldidan ko‘mir zahirasi yaratilgandi.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon #Chirchiq

Bugun Chirchiq shahrida elektr energiyasidagi uzilishlar tufayli, “Humo” mahallasida yashovchi bir guruh fuqarolar norozilik bildirib, videomurojaat bilan chiqishgan edi.

Ayni paytga kelib “Humo” mahallasidagi elektr taʻminotidagi uzulishlar bartaraf etildi. Hozirda yangi transformator olib kelindi va elektr energiyasi taʼminoti tiklandi.

Shahar hokimi Davron Hidoyatov hozirda hududda boʻlib turibdi va aholiga video murojaat yoʻlladi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Darvoqe #Angren

Maʼlumki, bugungi kunda qayta tiklanuvchi energiya uskunalarini oʼrnatish, yaʼni muqobil energiyadan foydalanish va uni takomillashtirish masalasiga jiddiy eʼtibor qaratilgan. Buning uchun keng imkoniyatlar mavjud.

🌐BATAFSIL

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maxsus_dayjest

Sovuq kunlarda elektr energiyasiga boʻlgan talab ortishi tabiiy hol. Yuqori darajadagi yuklama esa baʼzida avariya holatlarini keltirib chiqaradi. Yuqoridagi noxush holatlarning oldini olish maqsadida hududlarda soha xodimlari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

🔘
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi. Chirchiq shahar kengashi deputati hamda bloger murojaati bilan tez fursatda shaharning 10-kichik nohiya hududida elektr taminotidagi muаmmo bartaraf etildi.

🔘Boʻstonliq tumani. “Boʻston” MFY hududida meʼyordan ortiqcha yuklama oqibatida kuyib ketgan elektr kabellari tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari tomonidan almashtirilmoqda.

🔘Chinoz tumani. Maxsus tashkil etilgan shtab aʼzolari kechayu kunduz fuqarolar tomonidan qilinayotgan murojaatlar yuzasidan tezkor amaliy koʻmak berishmoqda.

🔘Qibray tumani. Tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari “Oybek” va “Bobur” mahallalarida yuzaga kelgan nоsozliklarni bartaraf etib, tez fursatda mazkur hududlar aholisi uchun elektr taʼminotini tiklash taraddudida.

🔘Zangiota tumani. “Erkin” mahallasi hududida yuzaga kelgan avariyaviy holat tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari tomonidan bartaraf etilmoqda.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari kun-u tun xalq xizmatida boʻlib, joylarda elektr energiyasi barqarorligini taʼminlashga harakat qilmoqda.

🔘Bekobod shahri. Shahar elektr taʼminoti idorasi xodimlari Muqumiy mahallasidagi transformator qurilmasida yuzaga kelgan nosozlikni toʻgʻrilash choralarini koʻrmoqda.

🔘Boʻka tumani. Tuman elektr taʼminoti korxonasi xodimlari tomonidan noqulay ob-havo sharoiti tufayli yuzaga kelgan avariya holatlarini bartaraf etish va elektr taʼminotini qayta tiklash ishlari olib borilmoqda.

🔘Nurafshon shahri. Shahar elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari avariya holatlarini tezkor bartaraf etishmoqda.

🔘Parkent tumani. Tumandagi Qiziltogʻ qoʻrgʻoni hamda Qoʻrgʻontepa mahallasida elektor energiyasi bilan vujudga kelgan avariya holatlari tezda bartaraf etildi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#Dayjest

Dushanba — viloyat hokimligida hamda hududlarda, korxona va tashkilotlarda ijro intizomining ahvolini oʻrganish va muhokama qilish kuni. Shuningdek, mazkur sanada “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlab, muammolar oʻrganiladi va amaliy yordam koʻrsatiladi.

🔘Yoshlar kundaligi. Tahlillarga koʻra, viloyatda yil boshidan 25 317 nafar yigit-qiz “Yoshlar daftari”ga kiritilib, ulardan 23 100 nafariga amaliy yordam koʻrsatildi.

🔘Bekobod shahri. Shahar mahallalarida “Temir daftar” hamda “ Ayollar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olindi.

🔘Oʻrta Chirchiq tumani. Tumanda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da roʻyxatda turuvchi 33 nafar fuqaroga oʻzini oʻzi band qilish tamoyili asosida kompyuter, noutbuk hamda printer jihozlari olib berildi.

🔘Nurafshon shahri. Ayni kunlarda Nurafshon shahrida “Ayollar daftari”ning toʻrtinchi bosqichi uchun xatlov jarayonlari olib borilmoqda.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. “Ayollar daftari”ning toʻrtinchi bosqichi uchun xatlov jarayonlarida 30 yoshdan oshgan xotin-qizlar sharoiti oʻrganilib, ularga tegishli mezonlar asosida yordam koʻrsatilmoqda.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#gʻamxoʻrlik

Qishning sovuq kunlarida Angren shahrida olis va ogʻir, togʻli hudud aholisining kundalik ehtiyoji uchun zarur boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari yetkazilmoqda.

Xususan, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti shahar boʻlimi tomonidan “Qatagʻon” mahallasida koʻchma oziq-ovqat savdo yarmarkasi tashkil etildi.

Unda bir tonna un, 500 kg oʻsimlik yogʻi, 500 kg kartoshka, 500 kg piyoz, shakar, meva va boshqa mahsulotlarni mahalla ahli arzonlashtirilgan narxlarda xarid qildilar.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_bayonot

Toshkent viloyati hokimligi tomonidan ota-onalarning iltimosiga koʻra, anomal ob-havo tufayli yuzaga kelgan murakkab shart-sharoit tahlil qilindi, ota-onalar kengashi vakillari bilan maslahatlashildi.

Xususan, kelayotgan besh kunlikda ham hudud anomal ob-havo taʼsirida boʻlishi haqidagi mutaxassislarning bildirgisi muhokama qilindi.

Shulardan kelib chiqqan holda, Toshkent viloyatida Maktabgacha taʼlim, Xalq taʼlimi, Oʻrta-maxsus taʼlimi muassasalarida oʻqishlar 23-yanvardan boshlanishi haqida qaror qabul qilindi.

Oʻz navbatida, viloyatdagi Oliy taʼlim muassasalarida oʻqishlarning boshlanish sanasi har bir oʻquv yurtining ichki imkoniyat va shart-sharoitidan kelib chiqib, rektorlar tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hokimlik_hujjatlari

Nurafshon shahrida maʼmuriy tuzilmalar va xizmat uylari uchun yana oʻnga yaqin bino va inshootlar quriladi

🌐BATAFSIL

️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM