Toshkent viloyati hokimligi
14.4K subscribers
38.5K photos
5.3K videos
48 files
21.3K links
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида ўтган видеоселектор йиғилишида саноатга доир қатор чора-тадбирлар белгилаб олинди.

Батафсил — юқоридаги #инфографикада.

Facebook|Instagram|Twitter
#Bayonot

Anomal ob-havo sharoitida umumtaʼlim maktablarida taʼlimni tashkil etish yuzasidan bayonot

Viloyat hokimining topshirigʻiga asosan, Toshkent viloyatidagi barcha hududlarda hokim, maktab direktori va mahalla raislari bilan maktablardagi issiqlik taʼminoti holati oʻrganildi, telefon orqali ularning fikrlari olindi.

Oʻrganish ishlari kecha 23:00 da tugallandi. Quyidagi yakuniy xulosaga kelindi:

11-yanvardan viloyat boʻyicha 77 ta maktabda dars boʻladi.

Ushbu maktablarning oʻquvchilari darslar boshlanishi haqida ota-onalar kengashi orqali xabardor qilingan.

Boshqa umumtaʼlim maktablarida oʻqishlar, mavjud sharoitlarni inobatga olgan holda, 12-yanvardan bosqichma - bosqich boshlanadi.

Bugun soat 14:00 da ertadan boshlab dars boshlanadigan boshqa maktablar roʻyxati eʼlon qilinadi.

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️

#Баёнот

Аномал об-ҳаво шароитида умумтаълим мактабларида таълимни ташкил этиш юзасидан баёнот

Вилоят ҳокимининг топшириғига асосан, Тошкент вилоятидаги барча ҳудудларда ҳоким, мактаб директори ва маҳалла раислари билан мактаблардаги иссиқлик таъминоти ҳолати ўрганилди, телефон орқали уларнинг фикрлари олинди.

Ўрганиш ишлари кеча 23:00 да тугалланди. Қуйидаги якуний хулосага келинди:

11 январдан вилоят бўйича 77 та мактабда дарс бўлади.

Ушбу мактабларнинг ўқувчилари дарслар бошланиши ҳақида ота-оналар кенгаши орқали хабардор қилинган.

Бошқа умумтаълим мактабларида ўқишлар, мавжуд шароитларни инобатга олган ҳолда, 12 январдан босқичма - босқич бошланади.

Бугун соат 14:00 да эртадан бошлаб дарс бошланадиган бошқа мактаблар рўйхати эълон қилинади.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ogoh_boʻling

Respublikaning koʻplab hududlarida qor koʻchish xavfi eʼlon qilindi

2023-yil 11-16-yanvar kunlari kutilayotgan yogʻingarchilik hamda havo haroratining sezilarli oʻzgarishlari sababli respublikaning togʻli hududlarida, jumladan, Toshkent viloyatining Parkent, Ohangaron, Boʻstonliq tumani va Chotqol tizmasining “Chimyon” togʻlarida qor koʻchish xavfi eʼlon qilinadi.

Togʻli hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda mazkur yoʻnalishda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini koʻrish soʻraladi

️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyati, Zangiota tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida birlamchi ma'lumot

Bugun, 11-yanvar kuni Toshkent viloyati Zangiota tumani, “Gulzor” MFY, Yoshlik ko‘chasida joylashgan tekstil sexida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushdi.

Shunga asosan yong‘in-qutqaruv ekipajlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, yong‘inni bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha sexning ikkinchi qavatida yong‘in kelib chiqqan, vaziyat nazorat ostida.

Hodisa oqibatida tan jarohat olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmadi.

Yong‘in yuzasidan qo‘shimcha ma'lumot taqdim etiladi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toshkent viloyati boshqarmasi

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi: kuz-qish mavsumida ko‘p qavatli uylarda avariyalarni Boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan tezkorlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda (Fotolavha+video)

📹 Videoni tomosha qiling

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#iqtisodiyot

Toshkent viloyatida Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobidan 56,5 mln. AQSH dollariga teng investitsiyalar oʻzlashtirildi

2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida Toshkent viloyatida Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobidan oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmi 0,6 trln. soʻmni (dollar ekvivalentida 56,5  mln. AQSH dollari) tashkil etdi. Shuningdek, mazkur jamgʻarma hisobidan moliyalashtirilgan investitsiyalar hajmi 2021-yilning mos davriga nisbatan 3,7-martaga koʻpaygan.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sogʻliqni_saqlash

Anomal sovuq kunlarida barcha tibbiyot muassasalarining uzluksiz va barqaror ishlashi taʼminlanadi

Xabar qilinganidek, 10-15-yanvar kunlari yurtimizda anomal sovuq harorat kuzatiladi. Bunday ob-havo sharoitida tibbiyot muassasalarining barqaror va uzluksiz faoliyat koʻrsatishini taʼminlash maqsadida Toshkent viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasi tomonidan quyidagi chora-tadbirlar koʻrildi:

Tizimga qarashli davolash muassasalari uchun 13 ta qoʻshimcha dizel generatori xarid qilinib, joylarga yuborildi.

2 ta oilaviy poliklinika, 3 ta oilaviy shifokorlik punktida hamda viloyat shifoxonalar 250 kVt. quvvatga ega quyosh panellari, 10800 litr hajmli quyosh suv isitish qurilmalari oʻrnatiladi.

24 ta oilaviy shifokor punkti va oilaviy poliklinikalar uchun 720 kVt. quvvatga ega quyosh panellari xarid qilindi.

Texnik sabablarga koʻra, biror tibbiyot muassasasida generator ishlamay qolsa, zudlik bilan muammoni bartaraf etish maqsadida viloyatimizda kunu tun xizmat koʻrsatuvchi navbatchi generatorlar tashkil qilindi.

Anomal sovuq kunlarida tibbiyot muassasalari qay tartibda faoliyat koʻrsatadi?

23 000 nafardan ziyod shifokor va hamshiralardan iborat tibbiy brigadalar tomonidan, birinchi navbatda, homilador ayollar, bolalar, keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar yashaydigan xonadonlardan xabar olish, oʻz navbatida, “onlayn patronaj” xizmati koʻrsatish yoʻlga qoʻyiladi.

Ambulator-poliklinika tizimidagi 1000 ga yaqin kunduzgi shifoxona oʻrinlarida uydan ajralmagan holda davolanish imkoniyati yaratiladi.

109 ta koʻp tarmoqli va oilaviy poliklinika, 66 ta oilaviy shifokor punkti hamda 77 ta mahalla tibbiyot punkti aholiga tibbiy xizmat koʻrsatadi.

Viloyat, tuman va shahar shifoxonalari, ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari odatdagi tartibda ishlaydi.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyati filiali, tumanlardagi 30 ta shoshilinch tibbiy yordam qabul boʻlimi hamda tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 24 soat davomida shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi.

Viloyatimiz boʻyicha 224 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan boʻladigan chaqiriqlar asosida kunu tun xizmat koʻrsatadi.

20 ta tugʻuruq, 20 ta bolalar davolash muassasaci ham uzluksiz ish olib boradi.

☎️ Toshkent viloyati Call-markazi (1103) orqali tibbiyotga tegishli savollaringizga malakali mutaxassislardan kechayu kunduz javob olishingiz mumkin.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#nazorat

Toshkent viloyati IIBB JXX YHXB boshligʻining 1-oʻrinbosari Sirojiddin Nazirxanov:

Xalqaro avtomobil yoʻllarida harakat toʻliq nazoratga olingan boʻlib, haydovchilardan ob-havo sharoitini inobatga olgan holda harakatlanishlarini soʻraymiz.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#Maxsus_dayjest

Bugunning kechiktirib boʻlmas, dolzarb yumushlari bor. Yoʻllarni yaxmalakdan tozalash, maktablarni tahsilga tayyorlash, qattiq sovuqda noxush holatlarning oldini olish... Xoʻsh, mutasaddi tashkilotlar bu ishlarni qay darajada uddalashmoqda? Quyida shu haqda.

🔘Nurafshon shahri. Maktablarda oʻquv jarayoniga tayyorgarlik qizgʻin. Mahalla faollari bu ishda yaqindan yordam bermoqda.

🔘Piskent tumani. Hokim oʻrinbosarlari boshchiligida ishchi guruh 11 ta maktabda isitish imkoniyatlarini koʻpaytirishdi.

🔘Toshkent tumani. Bogʻcha va maktablarning energiya taʼminoti sektor rahbarlari nazoratiga olindi.

🔘Oʻrta Chirchiq tumani. FVB va gaz taʼminoti korxonasi masʼullari uyma-uy yurib, aholini xavfsizlik choralarini koʻrishga chaqirdi.

🔘Olmaliq shahri. Aholi gavjum maskanlar va koʻp qavatli turarjoylar yoʻlaklari koʻngilli yoshlar tomonidan qordan tozalandi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Kommunal soha xodimlari va jamoatchilik vakillari yoʻllarga yaxmalakka qarshi tuz-qum sepib chiqishmoqda.

🔘Bekobod shahri. Maktabgacha taʼlim boʻlimi tasarrufidagi bogʻchalar maydoni qordan tozalandi.

🔘Angren shahri. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻlimi “Hakkarman-Yangi Jigariston” mahallasida sovuqdan saqlanish boʻyicha tadbirlar boshladi.

🔘Bekobod tumani. Yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi serqatnov yoʻllarni tozalab, maxsus aralashma sepmoqda.

️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish

Toshkent viloyatida ertaga, 12 yanvar kuni faoliyatini boshlayotgan maktablar ro‘yxati

Viloyat hokimining topshirig‘iga asosan, Toshkent viloyatidagi barcha hududlarda hokim, maktab direktori va mahalla raislari birgalikda maktablardagi issiqlik ta’minoti holati o‘rganib, faoliyatini boshlashga ruxsat berilmoqda.

Olmaliq shahr
i: 1-IDUM, 2, 3, 4, 5, 6-YOIM, 7, 8, 9, 10-maktablar;

Ohangaron shahri: 3, 4, 5, 6-maktablar;

Nurafshon shahri: 1-IDUM, 4-IDUM, 9-IDUM, 10, 13, 19, 25, 26, 32, 48, 57, 62, 73-maktablar;

Chirchiq shahri: 2, 3, 5, 7, 8, 9, 12, 15, 20, 21, 24, 26-maktablar;

Yangiyo‘l shahri: 3, 5, 6, 9, 10-maktablar;

Bekobod tumani: 1, 2, 3, 4, 5, 6, 10, 11, 12, 15, 19, 20, 21, 22, 23, 24, 25, 26, 27, 28, 29, 30, 32, 34, 38, , 39, 43, 44, 45, 46, 47, 48, 50, 51, 53, 54, 56,, 58, 59, 60-maktablar;

Bo‘ka tumani: 7, 8, 10, 12, 13, 18, 24, 26, 27, 29, 32-maktab, 33, 35, 36, 37, 40, 43, 50-maktablar;

Bo‘stonliq tumani: 7, 12, 13, 14, 19, 32, 39, 41, 42, 44, 49-maktablar;

Zangiota tumani: 5, 13, 14- IDUM; 16, 31, 32, 34, 35, 37, 40-maktablar;

Qibray tumani: 12, 16, 17, , 20, 22, 26, 31, 34, , 40, 48, 49-maktablar;

Quyi Chirchiq tumani: 6, 9, 13, 14, 15, 20, 23, 25, 26, 27, 29, 32, 34, 36, 38, 42, 43, 44, 45, 46 maktablar;

Oqqo‘rg‘on tumani: 2, 4, 7, 10, 12, 19, 25, 31, 36, 41, 42, 43, 45 maktablar;

Ohangaron tumani: 3, 8, 11, 12, 13, 14, 15, 17, 18, 19, 38, 47, 59 maktablar;

Parkent tumani: 2, 18, 21, 25, 27, 28, 31, 35, 39, 40 maktablar;

Piskent tumani: 2, 7, 13, 16, 17, 18, 21, 25, 30, 33, 39 maktablar;

O‘rta Chirchiq tumani: 5, 6, 27,29, 30, 34, 42, 67-maktablar;

Toshkent tumani: 3, 8, 11, 17, 18, 23, 24, 25, 27-maktablar;

Chinoz tumani: 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 15, 16, 19, 21, 22, 23, 24, 26, 34, 42-maktablar;

Yuqori Chirchiq tumani: 2, 3, 11, 12, 14, 15, 16, 18, 19-IDUM, 20, 21, 23, 26, 27, 28, 29, 30, 31, 32, 33, 34, 35, 36-maktablar;

Yangiyo‘l tumani: 27, 31, 42, 47, 48-maktablar.

Eslatib o‘tamiz, ertadan keyin faoliyatini boshlaydigan maktablarning to‘liq ro‘yxati hududlar kesimida soat 14:00 da viloyat hokimligining rasmiy veb saytiga yuklandi.

👉BATAFSIL

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Jamoat transporti: anomal sovuq xizmat sifatiga ham, yoʻlkira narxiga ham taʼsir koʻrsatmasligi shart

🌐BATAFSIL

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Biz_siz_uchun_xizmatdamiz

Viloyatimizda havo harorati keskin pasayishiga qaramay "Hududgaz Toshkent" gaz taʼminoti filiali va uning tuman gaz taʼminoti boʻlimi masʼullari, isteʼmolchilarga qahraton qishning qirovli kunlarida, bir meʼyorda, uzluksiz tabiiy gaz yetkazib berish uchun oʻz ish faoliyatini tun-u kun davom etirmoqda.

Soha xodimlari tomonidan hududlarga chiqqan holda joylardagi har bir yuqori va oʻrta bosimli GTPlarida koʻrik jarayonlari oʻtkazilmoqda.

Bundan koʻzlangan asosiy maqsad Toshkent viloyati tabiiy gaz isteʼmolchilariga havo haroratining keskin pasaygan davrida bir meʼyorda tabiiy gaz yetkazib berishdan iborat.

"Hududgaz Toshkent" gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#telenigoh

Issiqxonalarda hech qanday energiya manbalarisiz mahsulot yetishtirib, daromad olayotgan oilalar haqida batafsil “Sevimli” kanalining “Zamon” informatsion dasturi lavhasida tomosha qiling.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Iqtibos

Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev bugun kunning birinchi yarmida ZOOM platformasi orqali yigʻilish oʻtkazdi. Unda viloyat rahbari ayni paytda dolzarb boʻlib turgan bir qator masalalarga toʻxtaldi va masʼullarga aniq topshiriqlar berdi.

Yigʻilishdan ayrim iqtiboslar:

Maktablarning isitish tizimlarini oʻrganish, ayniqsa, qozonxonalarda suv muzlab qolmaganini tekshirish kerak. Koʻmir bilan isitiladigan maktab pechlarini esa bir kun avvaldan yoqmasa isimaydi;

Faoliyatini boshlayotgan maktablarga boradigan yoʻllarni qor va muzdan tozalashga barcha kuch va vositalar safarbar qilinishi shart;

Xalq taʼlimi boshqarmasi har ikki soatda faoliyat boshlagan yoki boshlash arafasida turgan maktablardagi holat boʻyicha viloyat hokimiga axborot berib boradi;

Viloyat hokimligi tomonidan biriktirilgan vakillar oʻsha hududlarda boʻladi, maktabga kiradi, boshqaruv servis kompaniyalari, kasalxonalarga kiradi, vaziyatni nazorat qilishda hokimlarga yordam beradi;

Hamma rahbarlar xizmat mashinasida yoʻl boʻyida kutib turgan yoʻlovchini koʻrsa, mashinasida manzilga olib ketsin. Agar kasalxonaga borayotgan boʻlsa, joyigacha eltib qoʻyinglar;

Obodonlashtirish boʻlimi xodimlari sovqotishi kerakmas. Ularga issiq ovqat, kiyim-bosh berilishi zarur;

Bozorda narx-navolarning nazorati bir daqiqa ham susaytirilmasligi kerak. Bekobod shahrida yogʻ narxi sunʼiy koʻtarilgan. Holbuki zaxiramizda yetarli darajada yogʻ mahsulotimiz bor.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TEZKOR

BEKOBOD VA OQQO'RG'ON TUMANLARINING AYRIM HUDUDLARIDA VAQTINCHA GAZ TAʼMINOTI TOʻXTATILDI

Bekobod tumanida joylashgan "Shirin" GTSH dan aholi xonadonlariga yoʻnaltirilgan D-325 mm boʻlgan yer usti yuqori bosimli gaz quvuri yorilishi natijasida gaz sizib chiqish (avariya) holati yuzaga kelgan. Shu sababli Bekobod tumanidagi 40 ta MFYdagi jami 16 000 ta aholi xonadonlarida vaqtincha tabiiy gaz taʼminoti toʻxtatildi.

"Mehnatobod" GTSH dan Oqqoʻrgʻon  tumani  "Xalqobod", "Hamzaobod", "Navbahor", "Madaniyat", "Hosildor" MFYlariiga yoʻnaltirilgan D-219 mm boʻlgan yer usti yuqori bosimli gaz quvuri yorilishi natijasida gaz sizib chiqishi (avariya) holati yuzaga kelgan. Shu sababli yuqorida koʻrsatilgan manzildagi jami 2680 ta aholi xonadonlarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtinchalik toʻxtatilgan.

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali taʼmirlash ishlari tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun tabiiy gaz isteʼmolchilaridan uzr soʻraydi.

Hududgaz Toshkentgaz taʼminoti filiali matbuot xizmati

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM