Toshkent viloyati hokimligi
14.3K subscribers
38.6K photos
5.32K videos
48 files
21.3K links
Download Telegram
#reyd_piyoda

2022-yil davomida 44 mingga yaqin piyodalar qoida buzganligi uchun jarimaga tortildi

Toshkent viloyatida piyodalar ishtirokidagi yoʻl-transport hodisalarining oldini olish maqsadida avtomobil yoʻllarida oʻtgan 2022-yil davomida yoʻl harakati qoidalarini buzgan 43787 ta piyodaga maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Maʼlumot uchun, MJtK.138-modda: Piyodalar tomonidan yoʻl harakati qoidalarining buzilishi bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismi miqdorida (hozirgi kunda 100 ming soʻm) jarima solishga sabab boʻladi.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tadorik

Oqqoʻrgʻon: qishloq xoʻjaligida mavsumiy tadbirlar davom etmoqda

Omilkor dehqonlar tomonidan bahorgi ekin-tikin ishlariga tayyorgarlik jarayonlari allaqachon boshlab yuborildi.

Ayni kunlarda muhim agrotexnik tadbirlardan biri - gʻallani oziqlantirish ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birga, texnikalar bahorgi yumushlarga tayyorlanmoqda.

Maʼlumot oʻrnida aytish mumkin, bugun Oqqoʻrgʻon tumanidagi 25 ming gektar ekin maydonining 9 ming 800 gektari “ABS Oqqoʻrgʻon agro klaster” tasarrufida.

📹Batafsil “Oʻzbekiston 24” telekanalining “Maxsus reportaji”da.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#shtab_faoliyatidan

Ishchi guruh tomonidan dorixona omborlarida 1000 qutiga yaqin “DOK-1 MAKS” dori vositasi borligi aniqlandi

Respublikamizning barcha joylarida boʻlgani kabi, Toshkent viloyatida ham aholining talab va ehtiyojlarini oʻrganish, ularga imkon qadar koʻmak berish, mavjud muammolarni hal etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayni shu jarayonda joriy yil boshidan maxsus shtab tashkil etilib, hududlarda elektr energiya taʼminotidagi cheklov grafigiga rioya etilishi, tabiiy gaz taʼminoti, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining yuqori narxlarda sotilishining oldini olish, markazlashgan va tashib keltiriladigan suv taʼminotidagi muammoli masalalarga yechim topish kabi oʻndan ortiq sohalar kesimida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Kunlik murojaat va muammoli masalalar joyida oʻrganilib, yechimi yuzasidan axborot berib borilmoqda.

Jumladan, bugun Nurafshon shahrida aholini arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida tashkil etilgan 8 ta savdo yarmarkalaridan 1 ta savdo markazi ishlamayotgani aniqlangan.

Ushbu masala tegishli mutasaddilar tomonidan nazoratga olinib, yarmarkaga kerakli mahsulotlar yetkazib berilgan hamda faoliyati qayta yoʻlga qoʻyilgan.

Viloyat hududidagi dorixonalar tomonidan “DOK-1 MAKS” dori vositasi sotilishining oldini olish maqsadida ishchi guruh tomonidan 926 quti “DOK-1 MAKS” dori vositasi dorixona omborlaridan olinib, “Toshkent dori taʼminot” AJ omboriga qaytarilgan.

Ishchi guruh oʻrganishlari davomida viloyat hududida tijorat banklari tomonidan jami 800 ta naqd pul yechish bankomatlari oʻrnatilgani, shundan 20 tasi nosoz va 285 tasida naqd pul yoʻqligi aniqlangan. Ushbu bankomatlarga 40 mlrd.soʻm naqd pul qoʻyilib, doimiy nazoratga olingan.

Piskent, Ohangaron, Yangiyoʻl, Boʻka, Oʻrta Chirchiq va Chinoz tumanlarida 37 ta MFYdagi 1 584 ta xonadonlarda gaz bosimi meʼyoridan pastligi kuzatilgan. Hozirda 20 ta MFYdagi 1 150 ta xonadonda tabiiy gaz taʼminoti meʼyoriy darajaga keltirilgan.

Ishchi guruh tomonidan oʻrganishlar davom etmoqda.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tezkor_shtab

Yoʻlkira narxlari keskin oshishiga yoʻl qoʻyilmaydi

🌐BATAFSIL

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#dayjest

Shanba - Qishloq xoʻjaligi sohasi va fermerlar kuni, “Yashil makon” tadbirlari bilan izchil shugʻullaniladigan kun. Dayjestimizda shu mavzu atrofida soʻz yuritiladi.

🔘
Davlat soliq boshqarmasi. Arzonlashtirilgan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari savdosi davom etmoqda va oʻz navbatida, kunlik nazorat ham olib borilmoqda.

🔘Olmaliq shahri. Shahardagi umumtaʼlim maktablari tomorqalarida hashar yoʻli bilan obodonlashtirish ishlari olib borildi. Ariqlar chiqindilardan tozalanib, atrof sarishta holatga keltirildi.

🔘Oqqoʻrgʻon tumani. Tumanda qishloq xoʻjaligi tarmoqlarida amalga oshirilayotgan mavsumiy tadbirlar “Oʻzbekiston 24” telekanalining “Maxsus reportaj” dasturida namoyish etildi.

🔘Piskent tumani. Bozor va savdo rastalarida narx-navoning barqarorligini taʼminlash maqsadida tuman hokimligi, hududiy departament xodimlari nazorat olib borishdi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Chorva mollarini gidroponika usulida oziqlantirish yoʻlga qoʻyilishi natijasida mayda shoxli qoramollarning tirik vazni 18-20 foizga hamda sut mahsuldorligi 5-20 foizga oshmoqda.

🔘Angren shahri. Shahar dehqon bozori hududida arzonlashtirilgan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari savdo yarmarkalari uchun yangi loyihalar ishlab chiqildi.

🔘Boʻstonliq tumani. Sektor rahbarlari hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tuman boʻlimi tashabbusi bilan “Bunyodkor”, “Tolebi”, “Obod” mahallalari aholisi uchun arzonlashtirilgan narxlarda yarmarka tashkil qilindi.

🔘Quyi Chirchiq tumani. Tumandagi “TCT Klaster” klasterida 2022-yil mavsumi yakunlariga bagʻishlangan hosil bayramida yuqori hosildorlikka erishgan hudud rahbarlari taqdirlanib, bosh mukofot — “Kobalt” avtomobili Hamza hududi rahbari Jumadulla Oʻrazbayevga nasib etdi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
#Қутлов

8 январь - Ўзбекистон Республикаси прокуратура органлари ходимлари куни.

Шу муносабат билан соҳада фаолият олиб бораётган қонун ҳимоячиларини чин қалбимдан табриклайман ва эзгу тилакларимни йўллайман.

Тошкент вилояти прокуратурасининг ҳудудда қонун устиворлигини таъминлаш, ҳуқуқбузарликка қарши курашиш ва ҳуқуқий тарғибот соҳаларидаги мардонавор, самарали хизматларини халқимиз яхши билади ҳамда юксак қадрлайди.

Алоҳида таъкидлашни истардимки, Президентимизнинг ҳар бир инсонни рози қилишга қаратилган халқчил сиёсатини амалга оширишда ҳудудни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш бўйича иккинчи сектор раҳбари - прокурорларимизнинг салмоқли ҳиссаси бор.

Барчангизни бугунги касб байрамингиз билан яна бир бор қизғин қутлар эканман, сиҳат-саломатлик, омад ва зафарлар ҳамиша йўлдошингиз бўлишини тилайман.

Зойир МИРЗАЕВ,
Тошкент вилояти ҳокими.

📱 Instagram | 📱 Twitter | 📱 Facebook | ✉️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qutlov

8-yanvar - Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni

Toshkent viloyati 2-sektorlari tomonidan amalga oshirilgan hayriya tadbirlaridan lavha.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Oʻzbekistonda_ishlab_chiqarilgan

Toshkent viloyatida mahalliylashtirish dasturi asosidagi loyihalar soni tobora ortib bormoqda. Natijada import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar hajmi oʻsib, sanoat korxonalari uchun xalqaro sifat darajasiga mos va nisbatan arzon analoglari taklif etilmoqda.

Piskent tumanida faoliyat olib boruvchi Zhongtian Chemical MCHJda togʻ-kon metallurgiya sanoatida keng qoʻllanuvchi ksantogenat kimyoviy granulalari ishlab chiqariladi. Korxonada yiliga 20 ming tonna hajmdagi mahsulot ichki bozorni toʻliq taʼminlash barobarida MDH davlatlariga ham eksport qilinmoqda.

️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qutlov

8-yanvar - Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni


“El - yurt tashvishidir, mening tashvishim”

Xonanda - Ozodbek Nazarbekov

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#DAYJЕST
📆02-07-YANVAR
🌐HAFTA DAVOMIDA
📚TOSHKЕNT VILOYATI XALQ TA’LIMIDA

📆02.01.
🔰XUSHXABAR
🟢Bekobod tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktabi
o‘qituvchilari xalqaro sertifekatlarni qo‘lga kiritdi.

📆03.01.
🔰TAQDIMOT
🟢Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan bolalarning qishki ta’til vaqtini mazmunli o‘tkazishlarini ta’minlash maqsadida o‘zbek adabiyotining eng sara asarlaridan tashkil topgan audiokitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

📆05.01.
🔰TA’TILDA
🟢“YOSHLAR VA TURIZM”loyihasi doirasida viloyatdagi barcha umumta’lim maktabi o‘quvchilar bilan viloyatimizdagi ko‘zga ko‘ringan, diqqatga sazovor hududlariga sayohatlar tashkil etildi.

🔰VATAN SARHADLARI ISHONCHLI QO‘LLARDA
🟢Chinoz tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktablari CHQBT rahbarlari o‘zlarining o‘quvchilari bilan Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 71186 - harbiy qismda o‘tkazilgan Mudofaa Vazirligi Oliy Harbiy bilim yurtiga tayyorlash bo‘yicha navbatdagi o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etishdi.

📆06.01.
🔰JARAYON
🟢Respublikamizdagi umumta’lim maktablarining 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika, fizika, kimyo va biologiya fanloaridan Al-Xorazmiy nomidagi olimpiadaning tuman(shahar) bosqichlari o‘tkazildi.

🔰O‘QITUVCHILAR OLIMPIADASI
🟢Xalq ta’limi vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan “O‘qituvchilar olimpiadasining” respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🔰JARAYON
🟢Toshkent viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Ilyor Akbarov Angren shahar xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktabi direktorlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🔰HAMKORLIK
🟢Maktab o‘quvchilariga yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish maqsadida viloyat
maktablarida yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish sinf xonalari tashkil etilmoqda.

🔰SIFATLI TA’LIM SARI
🟢Maktab rahbarlari va pedagoglar uchun ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan seminarlar o‘tkazilmoqda.

📆07.01.
🔰JARAYON
🟢Boshqarma boshlig‘i Zangiota tumanidagi 14-sonli umumta’lim maktabida bo‘ldi.

🔰KUN TARTIBI
🟢Boshqarma boshlig‘i Ilyor Akbarov Zangiota tumani umumta’lim maktabi
bitiruvchi sinflar rahbarlari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va amaliyotchi psixologlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🔰XIZMAT SAFARI DOIRASIDA
🟢Boshqarma boshlig‘i Nurafshon shahar xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi
umumta’lim maktabi rahbarlari bilan uchrashdi.

🔰TUHFA
🟢Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tashabbusi bilan taniqli ijodkor, O‘zbekiston xalq shoiri, Yozuvchilar Uyushmasi Toshkent viloyati bo‘linmasi rahbari, senator, Mahmud Toirning yangi 4 jildlik asarlar to‘plami viloyatimiz maktablariga tuhfa etildi.

🔰KUN TARTIBI
🟢Viloyat xalq ta’limi boshqarmasida tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari
ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni muvofiqlashtirish sho‘ba rahbarlari ishtirokida navbatdagi
hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi.

🖊Toshkent viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Xalqaro press klub
#anons

Xalqaro press-klub 2023-yili bir qator yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan.

🇺🇿 Mamlakatimizdagi muhim voqeliklarni tezkorlik bilan sharhlab borish, turli-tuman jarayonlar xususida aholiga sohalar mutaxassislari hamda ekspertlarning asosli fikrini yetkazish maqsadida https://t.iss.one/IPCUzbekistan kanali orqali muntazam o‘tkazib borilishi mo‘ljallanayotgan audiopodkastlar – shularning biri.

🎙 Audiopodkastlarning dastlabkisi @IPCUzbekistan telegram kanalida 9 yanvar kuni soat 18:30 da Energetika vazirligi mutasaddi xodimlari ishtirokida “Anomal sovuq: energetika tizimi unga tayyormi?” mavzusida bo‘lib o‘tadi.

Ovozli chatimizda Energetika vazirligining mutasaddilari ishtirok etadilar.

Audiopodkastimizda qatnashing. Mavzu yuzasidan savollaringizni quyidagi manzilga yuboring!👇

📨 https://t.iss.one/xalqaropressklubbot

👉 @IPCUzbekistan 👈
​​#bildirish

❗️Anomal sovuq kutilyapti. Undan birinchi galda kimlar saqlanishi kerak?

Gidrometeorologiya xizmati maʼlumotlariga koʻra, bugundan mamlakatimizga Volgaboʻyi hududlaridan sovuq havo massasi kirib kelishi boshlanadi.

Natijada 10-15-yanvar sanalarida yurtimizda anomal sovuq kuzatilishi, havo harorati kechalari -12-17 daraja, shimolda tunda -17-22 daraja, Ustyurt va choʻl hududlarining baʼzi joylarida esa -25-27 daraja sovuq boʻlishi kutilyapti.

Xoʻsh, bunday anomal harorat inson salomatligiga qanday taʼsir etadi? Uning zararli oqibatlaridan saqlanish usullari nimalardan iborat?

Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari E.Basitxanova shu haqdagi tavsiyalari bilan oʻrtoqlashdi.

— Qattiq sovuqda koʻpincha qon tomirlarining keskin torayishi kuzatiladi, — deydi vazir oʻrinbosari. — Ayniqsa, gipertoniya, bosh miya qon tomirlari aterosklerozi, insult va infarktdan keyingi holat, stenokardiya kabi kasalliklar bilan ogʻrigan bemorlarga bunday noqulay ob-havo salbiy taʼsir koʻrsatadi. Ularni bosh va yurak sohasidagi ogʻriqlar bezovta qiladi.

Shuningdek, bronx va oʻpka xastaliklari, xususan, bronxial astmaga chalingan bemorlarda kasallikning faol davridagi asoratlar zoʻrayadi. Yaʼni uydan koʻchaga chiqqanda, bronxospazm yoki stenokardiyaning xuruj qilish xavfi ortadi. Shu sababli bunday insonlar shifokor tavsiyasi bilan yonida doimiy ichib yuradigan dorilarini olib yurishi shart.

Qolaversa, anomal sovuq teri va buyrak kasalligi bor bemorlarning umumiy holati yomonlashuviga ham sabab boʻlishi mumkin. Chunki bunday sharoitda tana aʼzolarining muzlab qolish ehtimoli yuqori.

Shu bois sovuq qotishning oldini olish uchun koʻchaga chiqqanda issiq va qalin kiyimlar kiyish lozim. Bunda, qoʻlqop va jun paypoqlardan foydalanish juda muhim. Ayniqsa, bosh va yirik qon tomirlari joylashgan boʻyin qismini issiq tutish talab etiladi. Sababi boʻyindagi tomirlar inson bosh miyasini qon bilan taʼminlaydi.

Anomal sovuqda alkogol va tamaki isteʼmol qilishdan voz kechgan maʼqul. Boisi bu zararli odatlar qon tomirlarini keskin toraytirib, qoʻl va oyoqning qisqa muddatda muzlashiga sabab boʻlishi mumkin.

Qattiq sovuq havo inson terisini haddan ortiq quritib yuboradi. Shu bois koʻchaga chiqishdan avval tarkibida suv boʻlgan dori vositalarini teriga surtmagan maʼqul. Aksincha, yogʻli kremlarni qoʻllash tavsiya etiladi.

Sovuq kunlari ertalab, albatta, nonushta qilish kerak. Och qolish tananing tez muzlashi va immunitet zaiflashishiga sabab boʻladi. Isteʼmol qilinadigan taomlar kaloriyasi issiq kunlarga nisbatan 25-30 foizga oshirilishi maqsadga muvofiq. Bunda, issiq va suyuq ovqatlar juda foydali.

‼️Anomal sovuq kunlari ochiq havoda kamroq boʻlish, bolalar va keksalarning koʻchaga chiqmasligi tavsiya etiladi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 🌐Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#statistika

Toshkent viloyatining yalpi hududiy mahsuloti tarkibida qurilish sohasining ulushi qanday?

2022-yil yanvar-sentyabr oylari yakunlariga koʻra, Toshkent viloyati boʻyicha qurilish sohasida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat hajmi 3 638 mlrd. soʻmni tashkil etdi va 2021-yilning mos davriga nisbatan 8,1 foizga oʻsdi.

Bu davrda yalpi hududiy mahsulot tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 5,6 foizga yetdi.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sogʻliqni_saqlash

Ftiziatriya va pulmonologya xizmatini yanada rivojlantirish hamda virus keltirib chiqaradigan kasallikka qarshi kurashish tizimini kuchaytirish chora- tadbirlari “Sevimli” telekanali orqali Toshkent viloyati misolida yoritildi.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

Toshkent ostonasidagi “jang”: bojxonachilar kontrabandaga qarshi qatʼiy kurashmoqda

Aroq olib kirmoqchi boʻlishdi – Toshkent viloyati bojxona boshkarmasi “Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona postiga piyoda xolda kirib kelgan fuqaroning qoʻl yuklari bojxona koʻrigidan oʻtkazilganida, xaydovchilari tomonidan berib yuborilgan xorijda ishlab chiqarilgan, raqamli markirovka kodlari boʻlmagan 19 dona aroq qoʻshni davlatdan olib kelayotganligi aniqlandi.

Energetik ichimlik – Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Yallama” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qoʻshni davlatdan Oʻzbekiston Respublikasiga oʻtish uchun kirib kelgan “DAF” rusumli yuk avtotransport vositasi bojxona koʻrigidan oʻtkazilganda, yuk kuzatuv hujjatlarida kursatilmagan sal kam 144 mln. soʻmlik 4 788 dona “RED BULL” nomli energetik ichimliklar borligi aniqlandi.

Pistolet olib oʻtayotganda qoʻlga tushdi – “Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona postiga “BMW 520” rusumli yengil avtotransport vositasini boshqarib kirib kelgan fuqarosining qoʻl yuklari bojxona nazoratidan oʻtkazilganida, oʻziga tegishli boʻlgan chemodan ichidan yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida yozib koʻrsatilmagan va ogʻzaki soʻrovda maʼlum qilinmagan 1 dona “PM kalibr 4,5mm” nomli toʻpponcha va 1 dona “BORNER” nomli gaz balon hamda “Shar otsinkovannыy 3000sht.” nomli oʻqlarni olib kelayotganligi aniqlandi.

500 kilo lazer – Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Farxod” chegara bojxona postiga fuqaro boshqaruvida “CHEVROLET LABO” rusumli avtotransport vositasi kirib kelgan. Shundan soʻng, bojxona posti xodimlar va chegara qoʻshinlari tomonidan ushbu avtotransport vositasini bojxona koʻrigidan oʻtkazilganda, yoʻl yuk hujjatlarda koʻrsatilgan un va yogʻ oziq ovqat mahsulotlaridan tashqari yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida yozib koʻrsatilmagan, ogʻzaki soʻrovda maʼlum qilinmagan qiymati 10 mln. soʻm jami 500 kg. “Lazer guruchi” mahsuloti borligi aniqlandi.

️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM