Toshkent viloyati hokimligi
14.8K subscribers
40.6K photos
5.53K videos
48 files
22K links
Download Telegram
#ehtiyot_shart

Yaxmalakda sirgʻanib, soyga tushib ketgan fuqaro hayoti saqlab qolindi

Kecha, soat 14:30 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Tezkor boshqaruv markaziga tashvishli xabar kelib tushdi.

Unda qayd etilishicha, bir guruh fuqarolar Boʻstonliq tumanidagi togʻlarga dam olishga chiqqanlarida ulardan biri yaxmalakda sirgʻanib, soyga tushib ketgan.

Zudlik bilan aytilgan manzilga Chimyon yongʻin-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini amalga oshirishdi. Qutqaruvchilarning saʼy- harakatlari natijasida soyda qolib ketgan fuqaro qutqarilgan. Fuqaroga shikast yetmagan.

Qishki hordiqni togʻli hududlarda, qorli, yaxmalakli manzillarda oʻtkazayotgan yurtdoshlarimizdan ehtiyot choralarini koʻrishlarini soʻraymiz.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bayonot

Toshkent viloyatida shu kunga qadar “DOK-1 MAKS” dorisidan oʻlim holati kuzatilmagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkent viloyatida (Oʻrtasaroyda) ”Dok-1 Maks“ dori vositasini isteʼmol qilgan 2 yoshli bola vafot etdi”, degan mazmundagi xabarlar tarqalmoqda.

Ushbu xabar yuzasidan Toshkent viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi:

Hozirgi kungacha Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyati filialiga “DOK-1 MAKS siropi” isteʼmoli natijasida zaharlanish belgilari bilan 9 nafar bola olib kelingan. Ulardan 5 nafari sogʻayib, uyiga qaytarildi, 4 nafarining ahvoli esa barqaror holatda, ularga tegishli standartlar asosida muolajalar davom ettirilmoqda.

Shuni qayd etish kerakki, Toshkent viloyatidagi sogʻliqni saqlash muassasalarida shu paytgacha “DOK-1 MAKS” preparatidan zaharlanish tufayli oʻlim holati kuzatilmagan.

Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, hozirda hududlardagi barcha dorixonalarda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari va tuman-shahar tibbiyot birlashmalari xodimlari tomonidan oʻrganish olib borilib, “Quramax” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan dori vositalari yigʻishtirib olingan.

Aholi orasida dori-darmonlarni shifokor koʻrsatmasisiz, palapartish isteʼmol qilishning salbiy oqibatlari boʻyicha shifokor va patronaj hamshiralari tomonidan uyma-uy yurib, tushuntirish olib borilmoqda. Bu jarayonda xonadonlardagi shaxsiy dori qutilari ham koʻzdan kechirilmoqda.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tuhfa

Tadbirkor 54 nafar fuqaroga uy tuhfa qildi

🌐BATAFSIL

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish

Hurmatli Toshkent viloyati fuqarolari!

Tashqarida qish, havo sovuq, agar Siz, shu vaziyatda ogʻir ijtimoiy ahvolda boʻlsangiz, “1055 Toshkent viloyati boʻyicha Markaziy dispetcherlik xizmati” telegram guruhi orqali mavjud vaziyat haqida xabar bering.

Yoki +998951432056, +998951462056 raqamlari orqali, 7/24 tartibda ishlovchi aloqa markazi (call center)ga murojaat qiling.

Ushbu shtabda – Viloyat IIBB, Elektr, Gaz, Koʻmir va Suv taʼminoti, Maktabgacha va oʻrta taʼlim tashkilotlari hamda favqulodda vaziyatlar va sogʻliqni saqlash boshqarmasi vakillari faoliyat yuritib, murojaatlarni tegishliligi boʻyicha ijobiy hal etish choralarini koʻrishmoqda.

“Toshkent viloyati boʻyicha Markaziy dispetcherlik xizmati” telegram guruhiga ulanish
👇👇👇👇
@toshvil1055callcentrenew

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#Dayjest

Aholi murojaatlari har doim davlat idoralarining eʼtibor markazida boʻlib kelgan. Bugungi kunda yuzaga kelayotgan muammolar esa 24 soat faoliyat koʻrsatuvchi shtablar nazoratiga olindi. Qisqa xabarlar shu haqda.

🔘
Toshkent tumani. Tuman hokimligida prokuratura hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar mutasaddilari ishtirokida narx-navo barqarorligi, madaniy va koʻngilochar tadbirlarni xavfsizlik qoidalariga amal qilgan holda tashkil etish, xalq xoʻjaligi tarmoqlarini barqaror ishlashini taʼminlashga doir Shtab yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

🔘Yangiyoʻl tumani. “Niyozbosh” va “Namuna” mahallasida yashovchi ikki nafar yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyat ishi mahalla jamoatchiligi ishtirokida muhokama qilindi.

🔘Boʻstonliq tumani. 1-sektor hududida faoliyat yuritayotgan dorixonalarda “Dok-1 Maks” va shu kabi zararli dori vositalari savdosiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida oʻrganish, tushuntirish va targʻibot ishlari olib borilmoqda.

🔘Oʻrta Chirchiq tumani. Aholi xavfsizligini taʼminlash, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish hamda huquqbuzarlik holatlari sodir boʻlishining oldini olish maqsadida tuman hokimining tashabbusi bilan shtab tashkil qilindi.

🔘Piskent tumani. Bayram kunlari aholining murojaatlarini hal etishga koʻmaklashish, kommunal sohalardagi muammolarni bartaraf etish va favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida tashkil etilgan tuman shtabi 24 soatlik rejimda ishlamoqda.

🔘Ohangaron shahri. 4-sektor tomonidan hududdagi “Navbahor” mahallasida yashovchi fuqarolarning kommunal sohadagi muammolarini bartaraf qilish maqsadida oʻrganishlar oʻtkazildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
#statistika

Sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlarning oʻsish surʼatlari — raqamlarda

2022-yilning
yanvar-noyabr oylarida Toshkent viloyatida sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi 597,8 mlrd. soʻmni, 2021-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati esa 124 foizni foizni tashkil etdi.

Ushbu xizmatlar boʻyicha eng yuqori oʻsish surʼatlari 118,4 foiz bilan Boʻstonliq tumani qayd etildi.

Hududlar kesimida mazkur xizmatlarning oʻsish surʼatlari quyidagicha:

Nurafshon shahri - 113,3 foiz;

Olmaliq shahri - 117,4 foiz;

Angren shahri – 112,5 foiz;

Bekobod shahri – 114,6 foiz;

Ohangaron shahri – 111,4 foiz;

Chirchiq shahri – 111,7 foiz;

Yangiyoʻl shahri – 110 foiz;

Oqqoʻrgʻon tumani – 111,6 foiz;

Ohangaron tumani – 112,7 foiz;

Bekobod tumani - 114,1 foiz;

Boʻstonliq tumani – 118,4 foiz;

Boʻka tumani – 110 foiz.

Quyi Chirchiq tumani – 115 foiz;

Zangiota tumani – 114,9 foiz;

Yuqori Chirchiq tumani - 117,4 foiz;

Qibray tumani – 102,1 foiz;

Parkent tumani – 113,2 foiz;

Piskent tumani – 107,7 foiz;

Oʻrta Chirchiq tumani – 113,6 foiz;

Chinoz tumani – 117,9 foiz;

Yangiyoʻl tumani – 107,9 foiz;

Toshkent tumani – 117,7 foiz.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlar_soʻzlaydi

Aholi muammolarini hal etishda hokimlarning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlarining ishtiroki qanday?

🌐BATAFSIL

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#darvoqe

Bolalarga yoʻl harakati qoidalarini oʻrgatish uchun Parkent tumanida joylashgan 27-sonli maktabda yoʻl harakati qoidalarini oʻrgatish sinf xonasi tashkil etildi.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyati hokimligi
#Rasmiy_munosabat
#Rasmiy_munosabat

Zafar Solijonovning telegram kanalida eʼlon qilingan tanqidiy materiallar yuzasidan

Taniqli bloger Zafar Solijonovning telegram kanalida Toshkent viloyat hokimligi “AKMAL YOSH KUCH” MCHJ (taʼsischilar Akbar Anvarov Anvarovich va Jamshid Sattorov Abdumannobovich) bilan tendersiz, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzganligi, lekin, E-qaror bazasidan yashirib qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar eʼlon qilindi.

Jarayon boʻyicha qisqacha izoh: Holat yuzasidan viloyat hokimining topshirigʻiga koʻra, oʻrganish olib borildi.
Unga koʻra, hujjatlar aylanish tizimi va tartibida amaldagi qonunchilikka toʻliq rioya qilinmagani aniqlandi. Ayni paytga kelib hujjat E-qaror bazasida ochiq tartibga oʻtkazilgan. E-qaror tizimida hujjatlarni koʻrib chiqish va kelishish jarayonida qatnashgan viloyat hokimligi yuridik xizmati masʼul xodimiga ogohlantirish berildi.

Toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzishga huquqiy asos: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi qonunni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagigi PQ-3953 sonli Qarorda Davlat buyurtmachilari tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) roʻyxati keltirilgan. Xususan, mazkur roʻyxatning 14-bandida davlat buyurtmachilari “Turar yoki noturar joyni (inshootni) xarid qilish yoki ijaraga olish, shuningdek uning taʼminoti boʻyicha ekspluatatsiya xarajatlari”ni toʻgʻridan toʻgʻri xarid qilishi koʻrsatib oʻtilgan.

Binoni sotib olishga ehtiyojning mavjudligi, hujjat tarixi: Toshkent viloyati hokimligining 30 foiz xodimlari joy yetishmovchiligi tufayli, boshqa binoda faoliyat koʻrsatib kelgan va bu ish sifatiga taʼsir qilgan. Umuman, Zoyir Mirzayev viloyatda ish boshlagach, oradan ikki oy oʻtgach, hududda yetilib qolgan, oʻz yechimini kutayotgan bir qator muammolar yuzasidan kengaytirilgan muhokama yiligʻilishlari boʻlib oʻtgan.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari ham raisligida Nurafshonda oʻtkazilgan yigʻilishda snos, ichimlik suvi, kommunal sohalarda kechiktirib boʻlmaydigan bir qator masalalar qatorida viloyat hokimligi uchun qoʻshimcha bino ajratish masalasi ham koʻrib chiqilgan va yigʻilish bayonnomasida ham mazkur masala yuzasidan viloyat hokimi farmoyishi ham imzolangan.

Hujjatning internetdagi ochiq maʼlumotlar bazasida mavjudligi: Mazkur oldi-sotdi shartnomasi haqidagi xabar davlat xaridlari portaliga 2022-yilning 11-mart kuni joylashtirilgan boʻlib, xususan, viloyat hokimligining veb saytiga, birinchi chorakdagi boshqa xaridlar bilan birga 2022-yil 26-aprel kuni joylashtirilgan . Yaʼni, viloyat hokimligining mazkur xaridi haqidagi xabarlar yashirilmagan. Xaridni amalga oshirish toʻgʻrisidagi farmoyish texnik sabablarga koʻra, E-qaror bazasiga ochiq joylanmagan. Qaytarib oʻtamiz, hozirda bu holat bartaraf etildi.

Masalaga eʼtiborimizni qaratgani va faol fuqarolik pozitsiyasini namoyon qilgani uchun Toshkent viloyati hokimligi bloger Zafarbek Solijonovga minnatdorlik bildiradi.

️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#dayjest

Juma — Qurilish sohasidagi muammolarni oʻrganish, investitsiya obyektlarida qurilish jarayonlari bilan tanishish kuni. Demak, bugun qisqa xabarlar oqimida shu mavzu tevaragidagi yangiliklar bilan tanishing.

🔘Statistika boshqarmasi. Oʻtgan yilning yanvar-noyabr oylarida shaxsiy fuqarolik obyektlaridagi qurilishlar jami bunyodkorlik ishlari hajmining 21,7 foizini tashkil etib, bu boradagi oʻsish koʻrsatkichi 104,7 foizga yetdi.

🔘Olmaliq shahri. Shahardagi 12 ta mahalla fuqarolar yigʻini idorasi uchun yangi binolar bunyod etilishi belgilangan boʻlib, ayni paytda “Ramazon” mahallasi binosi qurilishi jadal olib borilmoqda.

🔘Parkent tumani. Zarkent qishlogʻidagi “Davlatobod” mahalla fuqarolar yigʻini uchun yangi idora binosi qurilib, foydalanishga topshirildi.

🔘Ohangaron tumani. Oʻtgan 2022-yilda tumandagi 7 ta maktabga yangi qoʻshimcha binolar qurilib, 5 ta maktab kapital taʼmirdan chiqarildi.

🔘Yangiyoʻl tumani. Tumandagi 15 ta mahalla idorasi binosini yangidan qurish rejalashtirilgan boʻlib, masʼullar pudrat tashkilotlari bilan ularni tez va sifatli bunyod etish yuzasidan maslahatlashib oldilar.

🔘Yangiyoʻl shahri. Shaharning “Nov” mahallasi “Obod mahalla” davlat dasturiga kiritilgan boʻlib, Oybek nomli koʻchaning 2,1 kilometr qismi asfaltlandi.

🔘Bekobod tumani. Tumanning eng olis hududlaridan boʻlgan “Dehqonobod” mahallasida 5,5 mlrd soʻm mablagʻ evaziga barpo etilgan 120 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti viloyat hokimligi ishchi guruhi tomonidan oʻrganildi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Tumanda buyrak yetishmovchiligi boʻlgan bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatuvchi gemodializ boʻlimi, Ayollar reabilitatsiya markazi hamda 25-umumiy oʻrta taʼlim maktabi foydalanishga topshirildi.

🔘Quyi Chirchiq tumani. Tumandagi 8-umumtaʼlim maktabining davlat dasturi asosida ajratilgan 12 mlrd soʻm mablagʻ hisobidan barpo etilgan 330 oʻrinli yangi oʻquv binosi foydalanishga topshirildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
#qaror_va_ijro

Yangilik: Boʻka tumanida ilk bor “Mahalla byudjeti” tizimi joriy etilmoqda

🌐BATAFSIL

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bildirish

Umra – 2023: narxlar, safar muddati, navbatga yozilish...

🌐BATAFSIL

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_qaror

Toshkent viloyatining 2023-yil uchun mahalliy byudjeti tasdiqlandi

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining tegishli qaroriga asosan endi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida moliyalashtiriladigan tadbirlar jamoatchilik fikri asosida “Ochiq byudjet” axborot portali orqali ovoz berish yoʻli bilan aniqlanadi.

Bunda aholi tomonidan amalga oshirilishi taklif etilayotgan tadbirlar har bir mahalla boʻyicha bitta loyihalar paketi shaklida ovozga qoʻyiladi.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Intilish

Sakson besh yashar talaba – Temir Ahmedov hikoyasi

Yangiyoʻl tumanida yashovchi Temir Ahmedov ayni paytda 85 yoshda. U bugun Toshkent arxitektura va qurilish institutining IV bosqichida tahsil olmoqda.

U bundan 60 yil avval shu institutda kechki bosqichda oʻqir edi. Oilaviy sharoiti tufayli oʻqishni davom ettira olmay qoldi. U 45 yil qurilish va muhandislik sohasida ishladi.

– Ha, endi “yoshlar” bilan oʻqiyapman, – deydi Temir ota xushchaqchaqlik bilan. – “Starosta”miz 65 yoshda. Bir kursdoshim 75 yoshda. Bizga oʻxshagan nuroniylarga chala qolgan oʻqishimizni tugatishga imkoniyat yaratib bergani uchun Prezidentimizga rahmat.

Voqea qanday boʻlgani va otaxonning bugungi kayfiyati, uning joriy oliy taʼlim jarayoni haqidagi taassurotlarini “Mening yurtim” telekanali jurnalisti Yulduz Olimova lavhasida koʻring.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#reyd_piyoda

2022-yil davomida 44 mingga yaqin piyodalar qoida buzganligi uchun jarimaga tortildi

Toshkent viloyatida piyodalar ishtirokidagi yoʻl-transport hodisalarining oldini olish maqsadida avtomobil yoʻllarida oʻtgan 2022-yil davomida yoʻl harakati qoidalarini buzgan 43787 ta piyodaga maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Maʼlumot uchun, MJtK.138-modda: Piyodalar tomonidan yoʻl harakati qoidalarining buzilishi bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismi miqdorida (hozirgi kunda 100 ming soʻm) jarima solishga sabab boʻladi.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tadorik

Oqqoʻrgʻon: qishloq xoʻjaligida mavsumiy tadbirlar davom etmoqda

Omilkor dehqonlar tomonidan bahorgi ekin-tikin ishlariga tayyorgarlik jarayonlari allaqachon boshlab yuborildi.

Ayni kunlarda muhim agrotexnik tadbirlardan biri - gʻallani oziqlantirish ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birga, texnikalar bahorgi yumushlarga tayyorlanmoqda.

Maʼlumot oʻrnida aytish mumkin, bugun Oqqoʻrgʻon tumanidagi 25 ming gektar ekin maydonining 9 ming 800 gektari “ABS Oqqoʻrgʻon agro klaster” tasarrufida.

📹Batafsil “Oʻzbekiston 24” telekanalining “Maxsus reportaji”da.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#shtab_faoliyatidan

Ishchi guruh tomonidan dorixona omborlarida 1000 qutiga yaqin “DOK-1 MAKS” dori vositasi borligi aniqlandi

Respublikamizning barcha joylarida boʻlgani kabi, Toshkent viloyatida ham aholining talab va ehtiyojlarini oʻrganish, ularga imkon qadar koʻmak berish, mavjud muammolarni hal etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayni shu jarayonda joriy yil boshidan maxsus shtab tashkil etilib, hududlarda elektr energiya taʼminotidagi cheklov grafigiga rioya etilishi, tabiiy gaz taʼminoti, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining yuqori narxlarda sotilishining oldini olish, markazlashgan va tashib keltiriladigan suv taʼminotidagi muammoli masalalarga yechim topish kabi oʻndan ortiq sohalar kesimida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Kunlik murojaat va muammoli masalalar joyida oʻrganilib, yechimi yuzasidan axborot berib borilmoqda.

Jumladan, bugun Nurafshon shahrida aholini arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida tashkil etilgan 8 ta savdo yarmarkalaridan 1 ta savdo markazi ishlamayotgani aniqlangan.

Ushbu masala tegishli mutasaddilar tomonidan nazoratga olinib, yarmarkaga kerakli mahsulotlar yetkazib berilgan hamda faoliyati qayta yoʻlga qoʻyilgan.

Viloyat hududidagi dorixonalar tomonidan “DOK-1 MAKS” dori vositasi sotilishining oldini olish maqsadida ishchi guruh tomonidan 926 quti “DOK-1 MAKS” dori vositasi dorixona omborlaridan olinib, “Toshkent dori taʼminot” AJ omboriga qaytarilgan.

Ishchi guruh oʻrganishlari davomida viloyat hududida tijorat banklari tomonidan jami 800 ta naqd pul yechish bankomatlari oʻrnatilgani, shundan 20 tasi nosoz va 285 tasida naqd pul yoʻqligi aniqlangan. Ushbu bankomatlarga 40 mlrd.soʻm naqd pul qoʻyilib, doimiy nazoratga olingan.

Piskent, Ohangaron, Yangiyoʻl, Boʻka, Oʻrta Chirchiq va Chinoz tumanlarida 37 ta MFYdagi 1 584 ta xonadonlarda gaz bosimi meʼyoridan pastligi kuzatilgan. Hozirda 20 ta MFYdagi 1 150 ta xonadonda tabiiy gaz taʼminoti meʼyoriy darajaga keltirilgan.

Ishchi guruh tomonidan oʻrganishlar davom etmoqda.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM