Toshkent viloyati hokimligi
14.3K subscribers
38.6K photos
5.32K videos
48 files
21.3K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yuqori_Chirchiq

Maxsus reportaj | Yangi ijtimoiy obyektlar foydalanishga topshirildi

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_bayonot

QAMCHIQ” DOVONI VAQTINCHA YOPILDI

Ob-havo sharoitining keskin oʻzgarishi, kuchli qor yogʻishi va Gidrometeorologiya xizmati markazi maʼlumotiga koʻra, koʻchki xavfi yuzaga kelganligini inobatga olib,  4-yanvar kuni soat 00:00 dan boshlab  “Qamchiq” dovoni qismida harakatlanish xavfsizligini taʼminlash maqsadida, transport vositalarining harakati vaqtinchalik toʻxtatildi.

Dovon yoʻli Toshkent viloyati tomonidan “Chinor” muntazam YPX maskanidan va Namangan viloyati hududida “Sherobod” muntazam YPX maskanidan yopib qoʻyildi.

Dovon yoʻli ochilishi boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

Respublika Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati

️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Evakuatsiya shtabi yoʻlovchilarga xizmat qilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan maʼlumotga koʻra, 4-yanvar kuni soat 00:00 dan A-373 “Toshkent-Oʻsh” xalqaro avtomobil yoʻlining 228-253 kilometrlari oraligʻida qor koʻchkisi xavfi eʼlon qilindi.

Shu sababli 4-yanvar kuni soat 00:00 dan A-373 “Toshkent-Oʻsh” xalqaro avtomobil yoʻlining “Qamchiq” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi.

Zudlik bilan Angren shahar Ohangaron koʻchasida joylashgan “ANGREN-LAND” oshxonasida daxldor korxona va tashkilotlarning masʼul va mutasaddilari jalb qilinib, fuqarolarni qabul qilish – evakuatsiya shtabi tashkil etildi.

Fuqarolar “ANGREN-LAND”, “ZAMIN-2”, “UCHQUDUQ” oshxonalariga, “Angren kon metallurgiya” texnikumi, “FAYZ”, “SHODIYOR”, “ELBA” mehmonxonalariga vaqtincha qabul qilish uchun joylashtirildilar.

Yuzaga kelgan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish davomida jami 250 nafar fuqarolar 80 ta yuk va 150 ta yengil avtomobillarda mazkur maskanlarga joylashtirildi.

Toshkent-Vodiy” temir yoʻl stansiyasi orqali, “Ohangaron” stansiyasidan
19 nafar, “Angren” stansiyasidan 35 nafar hamda “Orzu” stansiyasidan 280 nafar jami 334 nafar fuqaro evakuatsiya qilindi.

Qamchiq” dovoni vaqtincha yopilib qolgan vaqtda Qamchiq avtoyoʻl va Toshkent viloyati FVBdan jami 113 ta maxsus texnikalar hamda 250 nafar shaxsiy tarkib xizmatga jalb etildi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Полвонлар қишлоғи — Эртош | "Манзил"

Бу қишлоқда кўпкари чопмайдиган 7 ёшдан 70 ёшгача эркакларни учратиш мушкул. Ўғил бола борки, болаликдан эшакда кўпкари чопади. Озгина ёши улғайгач тенгдошлари ўртасида отларда мусобақалашишни бошлашади. Бу маскан – қадимдан полвонлар юрти бўлиб келган Эртош. "Манзил" лойиҳаси бу сафар шу қишлоқ билан сизларни таништиради.

📹 ТЎЛИҚ ВИДEО САЙТИМИЗДА
#muhim

Toshkent viloyatining 9 tumanidagi davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida toʻlovlar miqdori kamaymoqda

🌐BATAFSIL

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish

“Qamchiq” dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi


Eslatib o‘tamiz, "Qamchiq" dovonida qor ko‘chkisi xavfi yuzaga kelganligi sababli 4-yanvar kuni soat 00:00 dan avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgan edi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbarligida tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda fuqarolarni qabul qilish – evakuatsiya shtabi tuzilib, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamkorligida yo‘lda qolib ketgan yo‘lovchilarga maxsus reys orqali poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi va isinish maskanlari tashkil etildi. Shuningdek, FVV, YPX va "Qamchiqavtoyo‘l" IYFUK xodimlari bilan birgalikda yo‘lni qordan tozalash, muzlamalar hosil bo‘lishining oldini olish va qum-tuz aralashmasini sepish ishlari to‘xtovsiz olib borildi. Amalga oshirilgan zaruriy tadbirlar natijasida bugun, 4-yanvar kuni soat 10:00 da “Qamchiq” dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videonigoh

Toshkent viloyatida chorva mollarini gidroponika usulida oziqlantirish yoʻlga qoʻyilishi natijasida, mayda shoxli qoramollarning tirik vazni 18-20 foizga hamda sut mahsuldorligi 5-20 foizga oshmoqda.

Batafsil “Oʻzbekiston 24” telekanalining “Maxsus reportaj” koʻrsatuvida.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hokimlik_hujjatlari

Oqqoʻrgʻon tumani hududidagi 59,58 gektar, Yangiyoʻl tumanidagi 53,91 gektar, hamda Oʻrta Chirchiq tumani hududidagi 97,6 gektar yer maydonlari davlat zaxirasiga olingani munosabati bilan fermer xoʻjaliklari bilan hokimlik oʻrtasida tuzilgan ijara shartnomalari bekor qilindi.

Tasdiqlangan tegishli hujjatga koʻra, davlat zaxirasiga qaytarilgan yer maydoni boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydoni hisoblanishini inobatga olib, davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqda Angren shahrida koʻp qavatli uylarga uzatiladigan issiqlik energiyasi bilan bogʻliq tanqidiy mazmundagi material yuzasidan munosabat

🌐BATAFSIL

️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlar_turizmi

Toshkent viloyati boʻylab “Yoshlar turizmi haftaligi” boʻlib oʻtmoqda

Jumladan, haftalik doirasida 8 ta tuman va 4 ta shahardan 250 dan ortiq maktab oʻquvchilari Olmaliq shahar va Oqqoʻrgʻon tumani oʻlkashunoslik muzeyi, Chirchiq shahridagi tarix muzeyiga, Angren va Ohangaron tumanidagi muqaddas qadamjolarga olib borildi.

Haftalikdan koʻzlangan maqsad yoshlarni taʼtil vaqtida viloyatning diqqatga sazovor joylariga sayohatlarini tashkil etish chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat.

Shuningdek, haftalik davomida madaniy meros obyektlari, teatr va kinoteatrlarga yoshlarning jamoaviy tashriflarini tashkil qilish, tariximizni jonli koʻrsatuvchi teatrlashtirilgan tomoshalar namoyishini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali berilgan “Oʻtgan yilning 12-oktyabr sanasida Toshkent viloyat hokimligi hamda MEADOW MCHJ oʻrtasida kelishuvga asosan firma oltmish olti million besh yuz oʻn ikki ming toʻqson soʻmga gullar yetkazib, bezatish ishlarini zimmasiga olgan. Aynan shu kelishuvga asos boʻlgan farmoyish e-qaror bazasida yashirib qoʻyilgandek” deb nomlangan xabar yuzasidan MUNOSABAT

Oʻzbekiston Respublikasining Byudjet kodeksining tegishli moddalari, Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining 2022-yil 8-yanvardagi qarori hamda viloyat hokimining oʻrinbosari, davlat tili boʻyicha maslahatchisi va ishlar boshqarmasi ish boshqaruvchisining takliflarini inobatga olib, 2022-yilning 4-oktyabr sanasida viloyat hokimligining zarur xarajatlarini qoplash, “Qishloq ayollari kuni” bayramiga tayyorgarlik koʻrish va ayrim farmoyishlarga oʻzgartirish kiritish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi farmoyish imzolangan.

Unga koʻra, viloyat mahalliy byudjetining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan viloyat hokimligi binosidagi katta majlislar zalida oʻtkaziladigan tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazish maqsadida bayramona gullar bilan bezash, ovoz kuchaytirgich uskunalari va boshqa zarur jihozlar, 15-oktyabr “Qishloq ayollari kuni” bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni munosib nishonlash maqsadida qishloq ayollarini atlas va adras liboslar bilan taʼminlash uchun viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasiga tegishli mablagʻ ajratilgan.

Shuningdek, mazkur farmoyish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-sentyabrdagi PQ-3953-sonli qarorining 23 bandiga asosan Toshkent viloyat hokimligi hamda MEADOW MCHJ oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzilgan va xizmat doirasida foydalanish uchun ushbu hujjat e-qaror bazasiga yopiq tarzda joylashtirilgan.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#statistika

Nurafshon shahrida oʻtgan yilning 11 oyida qurilish-bunyodkorlik ishlari hajmi 542,6 mlrd. soʻmdan oshgan

2022-yilning yanvar-noyabr oylarida bajarilgan qurilish ishlari hajmining 54,7 foizi kichik korxona va mikrofirmalar ulushiga toʻgʻri kelib, 2021-yilning mos davri koʻrsatkichiga nisbatan 0,9 foizga oʻsgan.

Shuningdek, ular hissasiga toʻgʻri kelgan qurilish ishlari hajmi 2021-yilga nisbatan 105,8 foizni tashkil etgan holda 5708,6 mlrd. soʻm miqdorida qayd etilgan.

Maʼlumot uchun: joriy hisobot davrida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan eng yuqori ulush koʻrsatkichi Qibray tumani — 569,8 mlrd. soʻm yoki umumiy hajmga nisbatan 10 foiz, Yuqori Chirchiq tumani — 551,3 mlrd. soʻm yoki 9,7 foiz, Nurafshon shahri — 542,6 mlrd. soʻm yoki 9,5 foizga toʻgʻri keldi.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ehtiyot_shart

Yaxmalakda sirgʻanib, soyga tushib ketgan fuqaro hayoti saqlab qolindi

Kecha, soat 14:30 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Tezkor boshqaruv markaziga tashvishli xabar kelib tushdi.

Unda qayd etilishicha, bir guruh fuqarolar Boʻstonliq tumanidagi togʻlarga dam olishga chiqqanlarida ulardan biri yaxmalakda sirgʻanib, soyga tushib ketgan.

Zudlik bilan aytilgan manzilga Chimyon yongʻin-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini amalga oshirishdi. Qutqaruvchilarning saʼy- harakatlari natijasida soyda qolib ketgan fuqaro qutqarilgan. Fuqaroga shikast yetmagan.

Qishki hordiqni togʻli hududlarda, qorli, yaxmalakli manzillarda oʻtkazayotgan yurtdoshlarimizdan ehtiyot choralarini koʻrishlarini soʻraymiz.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM