Toshkent viloyati hokimligi
14.6K subscribers
41.3K photos
5.66K videos
48 files
22.4K links
Download Telegram
#hokimlik_hujjatlari

Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv inshootlari barpo etiladi

Qibray, Zangiota tumanidagi va Chirchiq shahar “Maʼrifat” mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan davlat zaxirasidagi qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan 0,02 gektar yer maydoni Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligiga ichimlik va oqova suv inshootlari hamda oqova nasos stansiyasi qurish uchun ajratib beriladi.

Bu boʻyicha Toshkent viloyati hokimining tegishli qarori imzolandi.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy

⚡️⚡️⚡️Tayinlov

Inomxonov
Shohruxxon Bahodir oʻgʻli — Toshkent viloyati hokimligining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha kotibiyat mudiri lavozimiga tayinlandi.

Sh. Inomxonov 1989-yilda Oʻrta Chirchiq tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy. 2012-yilda Oʻzbekiston Milliy universiteti (bakalavr), 2016-yilda Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti (magistratura) ni tamomlagan.

Lavozimga tayinlangunga qadar, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasman

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri boʻlib ishlab kelgan Abduhalim Xolmaxmatov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan oʻz faoliyatini yakunladi.

Shu munosabat bilan viloyat hokimligida boʻlib oʻtgan marosimda viloyat faollari, sektorlar hamda boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.

Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev
A. Xolmaxmatovning
Toshkent viloyatida oʻtgan ibratli va masʼuliyatli faoliyati xususida toʻxtalib, unga viloyat ahlining katta hurmat va ehtiromini bildirdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri etib Qudratov Erkin Qulnazarovich tayinlandi. Oʻz navbatida, viloyat faollari mazkur vazifada yangi ish boshlagan rahbarning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyat tilashdi.

Tadbirda Prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari Qahramon Sariyev, Prezident maslahatchisining oʻrinbosari Ulugʻbek Muxammadiyev qatnashdi.

️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#dayjest

Juma — Qurilish sohasidagi muammolarni oʻrganish, investitsiya obyektlarida qurilish jarayonlari bilan tanishish kuni. Demak, bugun qisqa xabarlar oqimida shu mavzu tevaragidagi yangiliklar bilan tanishing.

🔘
Yangiyoʻl tumani. Tumanda qish mavsumini barqaror va talofatsiz oʻtkazish yuzasidan koʻrilayotgan kompleks chora-tadbirlar jarayonida “Gulbahor” mahallasidagi koʻp qavatli uyning tom qismi profnastil qoplamasi bilan yangilandi.

🔘Ohangaron shahri. Yangi yil bayrami arafasida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilayotgan 13-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida soʻnggi qurilish jarayonlari ketmoqda.

🔘Yangiyoʻl shahri. “Oltinobod” mahallasida “Xotin-qizlar bandligini oshirish markazi” foydalanishga topshirildi.

🔘Chirchiq shahri. “Uzavtosanoat” boshqaruvi raisi Chirchiq shahridagi “Agratech” klasterida olib borilayotgan qurilish jarayonlari bilan tanishdi.

🔘Qibray tumani. “Taraqqiy” mahallasida “Obod qishloq” davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari yakuniy pallaga kirdi.

🔘Oʻrta Chirchiq tumani. Tumanda xotin-qizlarni turli kasblarga oʻqitish orqali ularning bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka jalb qilishga koʻmaklashuvchi yangi markaz ish boshladi.

🔘Parkent tumani. “Qoʻrgʻontepa” mahallasi hududida “Paritet Invest” qurilish tashkiloti tomonidan qurib bitkazilgan 2 ta koʻp qavatli uyda joylashgan 40 ta xonadon kalitlari bayram tuhfasi sifatida imtiyozli ipoteka kreditlari asosida oʻz egalariga topshirildi.

🔘Chinoz tumani. “Istiqlol” mahallasi xududida joylashgan 3-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotini yangidan qurish ishlari jadal davom etmoqda.

🔘Toshkent tumani. “Majnuntol” mahallasining 3,2 km uzunlikdagi ichki yoʻllari “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida asfaltlashtiriladigan boʻldi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shukuh

Xabar qilganimizdek, Nurafshonda bugun bayram tantanalari boshlandi.

Bayram dasturlarining ochilish marosimida Zoyir Mirzayev boshchiligidagi faollar ishtirok etdi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tartibi

Zoyir Mirzayev Yuqori Chirchiq tumanidagi Maʼnaviyat maskanida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi

🌐BATAFSIL

️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul #magistratura

Oliygohlarga magistratura uchun qoʻshimcha qabul boshlandi. Xoʻsh, Toshkent viloyatidagi OTMlarga qancha talaba qabul qilinadi?

🔘Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali

1.Metallurgiya (metall turlari boʻyicha)
2.Foydali qazilma konlarini qazish (qazish usullari boʻyicha)
3.Konchilik ishlarini elektrlashtirish va avtomatlashtirish

🇺🇿Oʻzbek guruh - 21 ta kvota
🇷🇺Rus guruh - 9 ta kvota
📌Jami 30 ta kvota ajratilgan
☎️ Call center – (70) 613-79-16

🔘Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali

1.Raqamli iqtisodiyot
2.Axborot xavfsizlik (yoʻnalishlar boʻyicha )
3.Kompyuter injiniringi (Kompyuter tizimlarini loyihalash)
4.Telekommunikatsiya injiniringi: teleradioeshittirish

📌Jami 16 ta kvota ajratilgan
☎️ Call center – (91) 772-37-38

🔘MTTU “MISiS”ning Olmalik shahridagi filiali

1.Konchilik ishi
2.Metallurgiya
3.Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish

👉 Grant – 90 ta
👉 Toʻlov shartnoma – 285 ta
☎️ Call center - (70) 614-22-57

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining Toshkent viloyati boʻlimi rahbari Sayyora Fayziyeva:

Davlatimiz rahbari Oliy Majlis va xalqimizga yoʻllagan Murojaatnomasida “Avval — inson, keyin — jamiyat va davlat” degan gʻoyani Konstitutsiyamiz va qonunlarimizga ham, kundalik hayotimizga ham chuqur singdirishimiz kerakligini yana bir bor taʼkidladi.

Shuningdek, yoshlar masalasiga ham alohida eʼtibor qaratib, ularning muammolarini joyida oʻrganish, taklif va gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash zarurligini qayd etdi.

Shaxsan oʻzim xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi deputati hamda Maʼnaviyat va maʼrifat markazining Toshkent viloyati boʻlimi rahbari sifatida 2023-yilda amalga oshiradigan ishlarimizni Murojaatnomada belgilab berilgan oltita yoʻnalishdagi vazifalar asosida belgilab oldim.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#nazorat

Viloyat bojxonachilari “Farhod” chegara postida noqonuniy olib ketilayotgan zargarlik buyumlarini ushlab qolishdi

Bojxona nazoratidan oʻtayotgan yoʻlovchi hatti-harakati bojxonachilar diqqatini tortdi va fuqaroni xolislar ishtirokida shaxsiy koʻrikdan oʻtkazishga qaror qilindi.

Natijada uning eginidagi usti kiyim choʻntagida bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilmagan va ogʻzaki soʻrovda maʼlum qilinmagan, umumiy qiymati salkam 58 mln. soʻmlik, umumiy ogʻirligi 134 gr. boʻlgan zargarlik buyumlar borligi aniqlandi.

Yana bir holatda esa, bojxona nazoratidan oʻtayotgan yoʻlovchi xolislar ishtirokida shaxsiy koʻrikdan oʻtkazilganida kurtkasi choʻntagida umumiy qiymati 42 mln. soʻmdan ziyod, ogʻirligi salkam 100 gr. boʻlgan zargarlik buyumlarini amaldagi tartibga zid ravishda olib ketmoqchi boʻlgan ekan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan dastlabki surishtiruv olib borilmoqda.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qishloq_xoʻjaligi

Boʻsh turgan maydonlarni davlat mulki sifatida roʻyxatdan oʻtkazish jarayonlari davom etmoqda

Toshkent viloyati hokimining tegishli qarorlariga koʻra, Oqqoʻrgʻon tumanidagi 55,41, Oʻrta Chirchiq tumanidagi 158,12, Piskent tumanidagi 62,96 gektar boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlari davlat mulki sifatida roʻyxatdan oʻtkaziladi.

Avvalroq, viloyat hokimining tegishli qarorlariga koʻra, Piskent, Parkent, Ohangaron, Quyi Chirchiq, Qibray, Bekobod, Boʻka hamda Toshkent tumanidagi boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlari davlat mulki sifatida roʻyxatdan oʻtkazilishi belgilangan edi.

Mazkur hujjatlar ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari X.Niyozov zimmasiga yuklatilgan.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eʼlon

YANGI YIL BAYRAMIGA MARHAMAT!

Bugundan boshlab viloyatimizning maʼmuriy markazi Nurafshon shahridagi bosh archa atrofida tantanalar boshlandi. Bayram shodiyonalari ertalab soat 10:00 dan oqshom soat 22:00 gacha davom etadi.

Eslatib oʻtamiz, Nurafshonda ertaklar shaharchasi bunyod etildi, turli koʻngilochar oʻyin qurilmalari oʻrnatildi, arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi tashkil etildi.

Yangi yil archasi atrofida suratga tushish maydonchalari, turli ertak qahramonlari va albatta Qorboboning sovgʻalari hozirlangan. Oilaviy dam olib, madaniy hordiq chiqarish uchun eng qulay joy.

Bayram dasturida ishtirok etish bepul, asosiy yoʻldan bayram archasi oʻrnatilgan maydongacha boʻlgan oraliqqa bepul avtobus tashkil etilgan. Avtobus rulida – Qorbobo. 😍

Marhamat, sizni Yangi yil archasi yonida kutamiz!

📍LOKATSIYA

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qulaylik

Tuman va shaharlarda bayramoldi arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etilmoqda

Joylarda ish boshlagan bayramoldi yarmarkalar hamda olis va chekka hududlardagi koʻchma doʻkonlarda mahalliy dehqonlar va ishlab chiqaruvchilar tomonidan yetkazilgan 30 turdan ziyod qishloq xoʻjaligi hamda oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etilmoqda.

Xususan, Parkent tumanidagi ana shunday yarmarkalarda ham mahsulotlar sifati hamda mahalliy bozorlarga nisbatan 30 foizgacha arzonligi bilan aholiga manzur boʻlmoqda.

📹Bu haqda batafsil “Oʻzbeksiton 24” telekanali lavhasida.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM