Toshkent viloyati hokimligi
14.3K subscribers
38.7K photos
5.32K videos
48 files
21.4K links
Download Telegram
#kasb_bayramlari

Xabar berganimizdek, Chirchiq shahridagi “Kimyogarlar” tantanalar majmuasida dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi – Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni munosabati bilan tantanali tadbir boʻlib oʻtmoqda.

Sana munosabati bilan yozilgan toʻkin dasturxon atrofiga nuroniylar, klasterlar vakillari, fermerlar, mirishkor bogʻbonlar taklif etildi.

Tadbirda soʻz olgan viloyat hokimi Zoyir Mirzayev soha xodimlarini samimiy tabrikladi hamda rizq-roʻzimiz manbai boʻlgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda samarali faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh soha fidoyilariga qimmatbaho sovgʻalar topshirdi.

Tantanali tadbir el suygan sanʼatkorlar ijrosidagi kuy-qoʻshiqlar hamda viloyat madaniyat boshqarmasi tomonidan tayyorlangan badiiy dasturlarga ulanib ketdi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Obodlik #Nurafshon

Viloyatimizning maʼmuriy markazi, Nurafshon shahri bugun ulkan qurilish maydoniga aylangan.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Olmaliq g‘isht zavodi bilan bog‘liq vaziyat haqida

Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkent viloyati prokurori gaz tarmog‘iga noqonuniy ulangan g‘isht zavodini o‘chirmaslikni so‘radi” mazmunidagi xabarlar tarqaldi. Shu munosabat bilan quyidagilarni maʼlum qilamiz:

Olmaliq shahrida joylashgan “Olmaliq g‘ishtchi” MCHJga qarashli g‘isht zavodi 2022-yil 29-noyabr kuni ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun gaz taʼminotidan uzilgan. Kuz-qish mavsumida aholi va ijtimoiy soha obyektlarini gaz bilan taʼminlash zarurati tufayli tabiiy gazdan foydalanishni vaqtinchalik taqiqlash doirasida ushbu korxonani tarmoqdan uzish belgilangan tartibda amalga oshirildi.

Tekshiruv davomida ishchi guruh tomonidan mazkur xo‘jalik subyekti keyinchalik mahalliy gaz taʼminoti tashkiloti ko‘magida tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangani aniqlandi. O‘tgan davr mobaynida g‘isht zavodi tomonidan 118 282 metr kub tabiiy gaz noqonuniy foydalanilib, 118 million so‘mlik zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan Olmaliq shahar prokuraturasi tomonidan 2022-yil 9-dekabr kuni “Olmalik g‘ishtchi” MCHJ va “Olmaliqshahargaz” filiali mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tekshiruv davomida maʼlum bo‘lishicha, viloyat gaz taʼminoti tashkiloti rahbari prokuraturaga mazkur korxonaning faoliyat yuritishi zarurati to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilib, buni maʼlum eksportchilar ro‘yxatiga kiritilgani bilan izohlagan va bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Aniqlangan faktlar yuzasidan unga nisbatan ham tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari, blogerlardan Olmaliq g‘isht zavodidagi vaziyatni to‘g‘ri talqin qilish va rasman tasdiqlanmagan maʼlumotlarni tarqatmaslik so‘raladi.

Ayni paytda Energetika vazirligi tomonidan Bosh prokuratura bilan yaqin hamkorlikda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq barcha aniqlangan faktlar bo‘yicha qatʼiy choralar ko‘rilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi
Matbuot xizmati

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_yordamchilari_faoliyatidan

Zangiota tumanida
istiqomat qiluvchi, bugungi kunda nogironligi bor fuqarolar oʻzlari uchun, oilasi uchun qoʻshimcha daromad topishmoqda.

Eski qala mahalla raisi Nargiza Axmedova bunday fuqarolar holidan xabar olib, tegishli yordamni bermoqda

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bayonot

Ijtimoiy tarmoqda Angren neftebazasida avariya sodir etilganligi bilan bogʻliq tarqalgan xabar yuzasidan korxona boshligʻi D.Azimov munosabat bildirdi:

- Joriy yilning 10-dekabr kuni taxminan soat 20.10 da Angrenneftebazasi hududida 5000m(kub) hajmdagi 20-sonli sigʻim (rezervuar) sifonining joʻmragi havo harorati pasayishi munosabati bilan muzlab yorilish yuz bergan. Natijada sigʻimda boʻlgan AI-80 benzin yoqilgʻi mahsuloti (11 500 litr) toʻkilgan. Sodir boʻlgan avariya holati zavod ishchi-xodimlari tomonidan shu kunning oʻzida, soat 20.45 da bartaraf qilingan. Hech kimga jiddiy zarar yetkazilmagan.

Yoqilgʻi mahsulotlari toʻkilishi natijasida yomgʻir suvi chiqadigan lotok ariqlari orqali zavod hududidan 2022-yil soat 14.00 da tashqariga sizib chiqqan.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bugunning_mavzusi

Koʻmir taʼminoti: ehtiyoj yuqori, zahira yetarlimi?

Viloyatda “Koʻmir taʼminot” masʼuliyati cheklangan jamiyati filiallari tomonidan viloyatning gazlashtirilmagan hududlarida yashovchi aholi xonadonlari va ijtimoiy coha obyektlariga 7 ta ombordan koʻmir tarqatilmoqda.

2022-2023-yillar kuz-qish mavsumida 70 ming tonnaga yaqin mahalliy koʻmir yoqilgʻisi yetkazib berilishi reja qilingan, shundan koʻmirga ehtiyoji bor 186 ta MFY 55 ming tonnadan ziyod koʻmir bilan taʼminlandi.

Shu kecha-kunduzda aholining energiya resurslariga talabi har qachongidan ham ortgan. Elektr energiyasi va tabiiy gaz taʼminotidagi muammolar sabab yurtdoshlarimizning suyultirilgan gaz va koʻmirga ehtiyoji koʻpaygan.

Shu maqsadda, gaz bosimi pasayib ketgan hududlar, xususan, Bekobod shahar, Qibray, Quyi Chirchiq, Oqqoʻrgʻon, Ohangaron, Piskent, Toshkent, Oʻrta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlariga rejadan tashqari shu kunga qadar 450 tonna koʻmir yetkazib berildi.

Foto: Boʻstonliq tumani hokimligi axborot xizmati

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM