Toshkent viloyati hokimligi
14.7K subscribers
39.5K photos
5.41K videos
48 files
21.6K links
Download Telegram
#shukuh

Bosh Qomusimizning 30 yilligiga bagʻishlangan bayram tadbirlarining badiiy qismi Olmaliq shahrining “Metallurglar” madaniyat saroyida davom etdi.

Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev anjuman ishtirokchilarini qutlugʻ sana bilan muborakbod etib, Konstitutsiyamizning hayotimizda tutgan benazir oʻrniga toʻxtalar ekan, u mamlakatimizda Inson qadri, uning erkin va baxtli-saodatli hayotini taʼminlash, huquq va manfaatlarini kafolatlash borasida amalga oshirilayotgan jamiki islohotlarimizning mustahkam asosi, saʼy-harakatlarimizni harakatga keltiruvchi beqiyos kuch ekanini alohida qayd etdi.

Bayram munosabati bilan viloyat hokimi sport va sanʼatda munosib yutuqlarga erishayotgan isteʼdodli va umidli yoshlarimizdan bir guruhiga Faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovgʻalar topshirdi.

Tantanali bayram marosimi sanʼat ustalari va ijrochi yoshlar tomonidan tayyorlangan badiiy-musiqiy dastur bilan davom etdi.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Foto #Video

Toshkent viloyati elektr taʼminoti xodimlari ish ustida. Haroratning keskin pasayib ketishi, isteʼmol hajmining favqulodda ortishi natijasida yuzaga kelayotgan avariyalarni bartaraf etish ishlari 24 soat nazoratga olingan. Viloyat shtabi uzluksiz ishlayapti.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yoʻl_yoʻlakay
#marafon

Xabar berganimizdek, Toshkent viloyati hokimligi tashabbusi bilan joriy yilning 2-dekabr kuni Qorabayir zotdor otlari  koʻhna va hamisha navqiron Samarqand tomon yoʻl olgan edi.

Jumladan, shu vaqtga qadar karvon 300 kilometrga yaqin masofani bosib, doʻmbira ohangi, baxshi joʻrligida Samarqand viloyatining Jomboy tumani chegarasigacha yetib keldi.

Ayni vaqtda chavandozlar mazkur tumandagi “Shirin” mahallasida yoʻl charchogʻini chiqarmoqda.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#Dayjest

Seshanba - Hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazish kuni.

🔘
Boʻstonliq tumani. Tuman hokimining mahallalarda faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilari bilan navbatdagi uchrashuvi tashkil etildi.

🔘Zangiota tumani. Toshkent shahridagi “Universal” sport saroyida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston kubogi – 2022 musobaqasida zangiotalik yoshlar muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

🔘Olmaliq shahri. Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida ajratilgan imtiyozli kreditlar asosidagi tadbirkorlik faoliyati va subsidiya evaziga berilgan tikuv dastgohlari samaradorligi oʻrganildi.

🔘Bekobod tumani. “Istiqlol” mahallasida “Xotin-qizlar bandligini oshirish markazi”ning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

🔘Chirchiq shahri. Xalq deputatlari shahar kengashida mahallalarda faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilarining faoliyati tahlil qilinib, muammo va takliflari oʻrganildi.

🔘Oqqoʻrgʻon tumani. Aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni oʻrganish va hal etish boʻyicha ishchi guruh faoliyati davom etmoqda.

🔘Toshkent tumani. Tuman hokimligi tomonidan hokim yordamchilari uchun navbatdagi seminar oʻtkazildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yoʻl_yoʻlakay

Chavandozlar 300 kilometrdan ortiq masofani ortda qoldirib, Registonga yaqinlashmoqda.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Билдириш

⚡️Ҳурматли Тошкент вилояти аҳолиси! Кейинги пайтда телеграмда турли сохта канал ва ботлар пайдо бўлмоқда. Эслатиб ўтамиз, Тошкент вилояти ҳокимлигининг телеграмдаги ягона расмий саҳифаси: @toshvilpressa.

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️

#Bildirish

⚡️Hurmatli Toshkent viloyati aholisi! Keyingi paytda telegramda turli soxta kanal va botlar paydo boʻlmoqda. Eslatib oʻtamiz, Toshkent viloyati hokimligining telegramdagi yagona rasmiy sahifasi: @toshvilpressa.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#otlar_karvoni
#registonda
#onlayn

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 2-dekabr kuni NurafshonSamarqand yoʻnalishidagi 330 km. masofani Qorabayir zotli otlarda bosib oʻtish boʻyicha marofonga start berilgan edi.

Jumladan, Qorabayir zotdor otlar karvoni belgilangan masofani bosib oʻtib, Samarqand shahri, Registon maydoniga yetib keldi.

Marafonda yurtimizning mashhur chavandozlari Qorakoʻz, Kapital, Yulduz, Karol, Limon, Miraj, Navroʻz, Oqsaroy, Olmos, Sadaf, Sangar, Toʻriq, Qaldirgʻoch, Mamlyuk, Sapsan, Istanbul, Komissar, Baron, Graf, Burgut, Toʻfon laqabli tulporlari bilan ishtirok etdi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#otlar_karvoni

Registon maydonida NurafshonSamarqand yoʻnalishidagi 330 km. masofani Qorabayir zotli otlarda bosib oʻtgan chavandozlarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Tafsilotlar videolavhada.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bugunning_mavzusi

Ob-havoning keskin sovib ketishi bilan yuzaga chiqqan muammolar bartaraf etilmoqda

🔹
Oʻrta Chirchiq tumani. Tuman gaz taʼminoti idorasi mutaxassislari aholiga gazning barqaror yetib borishi uchun 11 ta yuqori bosimli, 174 ta oʻrta bosimli GTPlar, shuningdek, 7,8 kilometrlik oʻrta va yuqori bosimli gaz quvurlarini koʻrikdan oʻtkazdilar.

🔹Yangiyoʻl shahar. Shahar hokimi oʻrinbosari M.Botirov va YHB boshligʻi T.Zokirov tashabbusi bilan shahardagi koʻprik va unga yondosh yoʻllar qor va muzdan tozalanmoqda.

🔹Ohangaron shahar. Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari kapitan A.Qoʻshaqov tomonidan ijtimoiy soha obyektlarida tungi tekshiruvlar oʻtkazilmoqda. Tekshiruvlar davomida navbatchi va qoravullar bilan navbatchilikni xushyor va sergak olib borish hamda yongʻin qoidalariga rioya qilish boʻyicha profilaktik muloqotlar oʻtkazilmoqda.

🔹Yuqori Chirchiq tumani. Elektr taʼminoti korxonasi mutahassislari tomonidan havo haroratining keskin pasayib ketishi, isteʼmol hajmining favqulodda ortishi oqibatida yuzaga kelayotgan avariyalarni bartaraf etish ishlari 24 soat mobaynida nazoratga olinmoqda.

🔹Boʻstonliq tumani. Energiya taʼminotidagi avariya holatlarini bartaraf qilish maqsadida tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari tunu kun ish olib bormoqda

🔹Ohangaron tumani. Olmaliq shahridan keluvchi markaziy gaz magistralida bosim pasayib ketishi oqibatida, tumanning bir qancha mahallalarida gaz tanqisligi yuzaga kelmoqda. Ushbu muammoni bartaraf etish uchun “Ohangarontumangaz” boʻlimi ishchi-xodimlari tomonidan Angren GTSHdan 1,3 km. uzunlikda gaz quvurlari tortish ishlari amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda ushbu ishlar yakuniy bosqichga yetdi.

🔹Zangiota tumani. ETK xodimlari aholi murojaatlari boʻyicha joylarga chiqib, taʼmirlash ishlarini olib bormoqda.

🔹Toshkent tumani. Tuman elektr taʼminoti korxonasi xodimlari avariyalarni tezkor bartaraf etish choralarini koʻrishmoqda.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#shaffoflik
#hokimlikda_bir_kun

Viloyat hokimligida jurnalist va blogerlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi

🌐 BATAFSIL

✉️Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM