Toshkent viloyati hokimligi
14.8K subscribers
40.6K photos
5.53K videos
48 files
22K links
Download Telegram
Audio
#Dayjest

Dushanba - viloyat hokimligi, hudud tashkilotlari va idoralarida ijro intizomining ahvoli oʻrganiladi va muhokama qilinadi. Shuningdek, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash, muammolarni oʻrganish va amaliy koʻmak berish kuni.

🔘
Oʻrta Chirchiq tumani.Ayollar daftari”da roʻyxatda turuvchi navbatdagi 40 nafar ayolga tikuv mashinalari va goʻzallik saloni yuritishda zarur boʻladigan jihozlar taqdim qilindi.

🔘Chinoz tumani. Tumanda joylashgan Respublika qiz bolalar oʻquv-tarbiya muassasasida viloyat Ichki Ishlar bosh boshqarmasi, tuman Oila va xotin-qizlar boʻlimi va boshqa hamkor tashkilotlar ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

🔘Bekobod tumani. Tuman hokimligi masʼullari yangi haftaning ilk ish kunini ijro intizomini tahlil qilishdan boshladilar.

🔘Parkent tumani. Tuman tibbiyot birlashmasida yangi qabul boʻlimi ochildi va tumandagi hududiy shifo muassasalariga 1 mlrd. 100 mln. soʻmlik tibbiy asbob-anjomlar berildi.

🔘Bekobod shahri. Shahar hokimligida shahar hokimi N. Babayev raisligida qish mavsumini betalafot o‘tkazish, elektroenergiya, ichimlik suvi hamda tabiiy gazdan tejamkorlik bilan foydalanish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
#Diqqat

❗️Koronavirus: Kecha yurtimizda yana 150 nafardan ziyod kishida koronavirus aniqlandi

🔺2022-yil 4-dekabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 153 nafarni tashkil etmoqda.

🔴 Yangi kasallanish holatlarining

📌 34 nafari Toshkent viloyatida qayd etildi.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish

Ommaviy axborot vositalari vakillari, mustaqil jurnalist va blogerlar diqqatiga!

Toshkent viloyati hokimligi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamkorlikda joriy yilning 7-dekabr kuni, soat 10:00 dan boshlab Toshkent viloyati hokimligi bingosida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etmoqda.

Mazkur tadbir ishtirokchisi viloyat hokimligi bino va inshootlari bilan tanishadi; hokimlikning rahbar va ishchi-xodimlari faoliyatiga bevosita guvoh boʻladi, shuningdek, hokimlik vakolatiga kiradigan turli savollarga mutasaddilardan joyida javob olishi mumkin boʻladi.

Tadbirda qatnashish roʻyxat asosida. Ishtirokchilar bugun soat 18:00 gacha roʻyxatga olinadi.

Manzil: Nurafshon shahri, Toshkent viloyati hokimligi binosi

Eslatma: Ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar uchun transport “Paxtakor” metro bekatidan soat 08:30 da avtobus tashkil etilmoqda.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#eʼtirof

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 8-noyabrdagi Farmoniga binoan “Oʻzbekiston Konstitutsiyaning 30 yilligi” esdalik nishoni taʼsis etilgan edi.

Bugun Nurafshon shahrida Bosh Qomusimiz bayrami arafasida viloyatimizning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, maʼnaviy salohiyatini yuksaltirish, mudofaa qudratini oshirishga munosib hissa qoʻshib kelayotgan bir guruh deputatlar, tadbirkorlar, eksportyorlar, taʼlim, tibbiyot sohasi vakillari, jurnalist, blogerlar hamda mehnat faxriylari mazkur esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.

Mukofotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tantanali topshirdi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bugunning_mavzusi

Ob-havoning keskin sovib ketishi kommunal sohalarda koʻplab muammolarni yuzaga keltirmoqda.

Kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish hamda vujudga kelgan salbiy holatlarni oʻz vaqtida bartaraf etish maqsadida hududlarda kommunal soha xodimlari tomonidan uzluksiz faoliyat yoʻlga qoʻyilgan. Qisqa satrlarda shu haqda.

🔹Bekobod tumani. Hokimlik tashabbusi bilan tashkil etilgan “Tezkor shtab” joylarda yuzaga kelgan muammolarni zudlik bilan hal etmoqda.

🔹Yangiyoʻl tumani. Sektor rahbarlari tumanning “Gʻalaba” mahallasida boʻlib, daftardagi xonadonlar sharoitini oʻrganmoqda. Bepul koʻmir bilan taʼminlash choralarini koʻrmoqda.

🔹Toshkent tumani. “Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti tuman filiali xodimlari aholi xonadonlarida boʻlib, gaz bosimi meʼyorini nazorat qilishmoqda.

🔹Qibray tumani. “Baytqoʻrgʻon” mahallasida joylashgan transformatorda nosozlik aniqlanib, zudlik bilan yangisiga almashtirildi. Hozirda aholiga elektr energiyasi uzluksiz uzatilmoqda.

🔹Angren shahri. Shahar elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar joyiga chiqib, tezkor hal etilmoqda.

🔹Boʻstonliq tumani. Tuman aholisini is gazidan zaharlanish, yongʻinlar va havo-gaz aralashmasining chaqnashidan ehtiyot boʻlishga daʼvat etuvchi tadbirlar boʻlib oʻtmoqda.

🔹Chirchiq shahri. Ob-havoning keskin sovib ketishi tufayli joylarda energiya taʼminotida avariya holatlari koʻpaymoqda. Chirchiq shahri elektr tarmoqlari korxonasi tunu kun rejimda ish olib bormoqda.

🔹Ohangaron shahri. Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari aholi bilan yongʻin havsizligiga rioya qilish boʻyicha profilaktik suhbatlar oʻtkazishmoqda.

🔹Boʻka tumani. Tuman FVB va IIB xodimlari bilan hamkorlikda “Yongʻin xavfsizligi oyligi” doirasida ijtimoiy soha obyektlarida tungi oʻrganish tadbirlari oʻtkazilmoqda.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM