Toshkent viloyati hokimligi
14.6K subscribers
41.1K photos
5.63K videos
48 files
22.3K links
Download Telegram
#yoʻl_yoʻlakay
#marafon

Karvonimiz Jizzaxga yaqinlashib qoldi. Koʻrganlarimizni aytmoq boʻlayapti bizdan, tinglamoq boʻldi Sizdan.

Sirdaryoning manzillari ancha obod ekan, odamlarining choyga qoʻshib ichgani qandu navot ekan.

Yoʻlda bir oq kapaga koʻzimiz tushdi, otlarni boshini shu tomonga burdik.

Baxshi bola doʻmbirasini chertadi: Oq oʻtovdan otilib, soʻlqillab chiqsang sen qiz, ot boshini burganman, bahona-ichmoq qimiz. Ibo bilan oʻtovga boshlading, yuzi qirmiz, to qimiz simirguncha qozonda qilding “jiz-biz”...

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yoʻl_yoʻlakay
#baxshiyona

Er yigitni otda shamol urama, hoyiqqanlar otda buytib kelama?!

Polvonlar yoʻl boʻyi sahroyi nishindan, yakkam dukkam ovullardan, qishloqlardan oʻtdi.

Baxshi choyni qurillatib,  ovozini doʻrillatib, doʻmbirasini chertib kelaberdi.

Er yigitni otda shamol urama, hoyiqqanlar otda buytib kelama? deb chavandozlar otini oʻynoqlatib, Jizzax viloyatining Doʻstlik tumaniga jetib keldi.

Mehmonlarni hurmati uchun olaparlar hurmagan,  kelinlar sigirlarni sogʻishga turmagan bir pallada Jizzax boʻylab karnay-surnay yangradi.

Baxshi bola.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Отлар ва чавандозлар Самарқандга сафарга юборилди

Бир гуруҳ чавандозлар ҳаво ҳарорати совуқ бўлишига қарамасдан Тошкент вилоятидан Самарқанд шаҳригача бўлган 330 км масофани босиб ўтишмоқда.

Карвоннинг ҳар бир тўхташ нуқтасида қизиқарли саргузаштлар уларга ҳамроҳ бўлмоқда.

Шунингдек, Бўка туманининг Паркент қишлоғига тўхташ нуқтасида гулхан атрофидаги гурунгларга Тошкент вилояти ҳокими Зойир Мирзайев келиб қўшилди. Достонлардан термалар айтилди.

👉 Батафсил

👉 Тўлиқ видео

Тафсилотларни Effect.uz билан кузатиб боринг!

🌐 EFFECT.UZинг ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларига аъзо бўлинг!

Telegram | Instagram | YouTube | Sport
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#taʼlimdagi_islohotlar

Yuqori Chirchiq tumanida koʻplab ijtimoiy soha obyektlari foydalanishga topshirilmoqda.

📹Batafsil videolavhada

️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#DAYJЕST

📆28-noyabr- 3-dekabr
🌐HAFTA DAVOMIDA
📚TOSHKЕNT VILOYATI XALQ TA’LIMIDA

📆28.11.
🔰UCH AVLOD UCHRASHUVI
🟢Ohangaronda uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

🔰AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI
🟢“Ta’lim tizimida Axborot texnologiyalarini tutgan o‘rni hamda o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun Milliy ta’lim resurslaridan foydalanish” mavzusida viloyat seminari o‘tkazilmoqda.

🔰DIQQAT, AVОTMOBIL!
🟢Maktab o‘quvchilarining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar belgilab olindi.

📆29.11.
🔰FAN OYLIGI DOIRASIDA
🟢Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan ingliz va rus tili fani doirasida o‘quv amaliy seminari o‘tkazildi.

🔰PSIXOLOGLAR KASB BAYRAMI NISHONLANDI
🟢Xalqaro psixologlar kuni munosabati bilan "Biz birgamiz-bu ajoyib!" nomli bayram dasturi tashkil etildi.

🔰KUN NAFASI
🟢II GURUH FANLARIDAN ASOSIY OLIMPIADANING VILOYAT
BOSQICHIGA START BЕRILDI.

🔰MA’NAVIYAT
🟢Angren shahridagi 4-sonli umumta’lim maktabida viloyatimizdagi tuman, shahar xalq ta’limi bo‘limi sho‘’ba rahbarlari hamda umumta’lim maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha diriktor o‘rinbosarlari ishtirokida smenar bo‘lib o‘tdi.

📆30.12.
🔰FAN OLIMPIADASI
🟢Viloyat ta’lim muassasalaridagi 649 nafar 10-sinf o‘quvchilari olimpiada sinovlarida ishtirok etdi.

🔰DOLZARB MAVZU
🟢“Biz yot g‘oyalar va axborot xurujlariga qarshimiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

🔰PSIXOLOGLAR FORUMI
🟢Xalq ta’limi tizimidagi psixologik xizmat yo‘nalishida innovatsion yondashuvni joriy etish yuzasidan respublika psixologlar forumi.

🔰HAMKORLIK
🟢Quyi Chirchiq tumanidagi 33-sonli umumta’lim maktabida Pedogogika fanlari doktori, professor Shukur Po‘latov ishtirokida seminar tashkil etldi.

📆01.12.
🔰INSONQADRI
🟢O‘zbekistonda aholi muammolari bilan ishlash sohasida yangi tizimga o‘tilmoqda.

🔰FAN OLIMPIADASI
🟢Viloyat ta’lim muassasalaridagi 649 nafar 11-sinf o‘quvchilari olimpiada sinovlarida ishtirok etmoqda..

🔰TUHFA
🟢Zangiota tumanidagi “Eshonguzar” mahallasida joylashgan 14-sonli umumta’lim maktabi mukammal ta’mirdan chiqarilib, qo‘shimcha 690 o‘rinli yangi o‘quv binosi qurib bitkazildi.

🔰INSON QADRI
🟢Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Oqqo‘rg‘on tumanidagi umumta’lim maktablariga amaliy yordam ko‘rsatmoqda.

📆02.12.
🔰TASHABBUS DOIRASIDA
🟢Vazir o‘rinbosari sohada uzoq yillar faoliyat olib borga, bugun nafaqada bo‘lgan ustoz murabbiylar holidan xabar olmoqda.

🔰FAN OYLIGI DOIRASIDA
🟢“Dekabr- tarbiya va ijtimoiy fanlar oyligi” boshlanishi munosabati bilan tumandagi 67-sonli umumta’lim maktabida ma’daniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

🔰KUN NAFASI
🟢Kuni kecha “3 dekabr- Xalqaro Nogironlar kuni” munosabati bilan viloyat Prokuraturasi va viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan "Biz sen bilan bolajon" deb nomlangan xayriya tadbiri tashkil etildi.

🔰KUN NAFASI
🟢3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan tumandagi 125-sonli maxsus maktab internatida bayram tadbiri tashkil etildi.

🔰HAMKORLIK
🟢Bugun Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi hamda Chirchiq davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda Toshkent viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan Bo‘stonliq tumanidagi 3-sonli umumta’lim maktabida seminar tashkil etildi.

📆03.12.
🔰INSON QADRI
🟢Oqqo‘rg‘onga amaliy yordam davom etmoqda.

🔰E’TIBOR
🟢Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni munosabat bilan Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida xayriya aksiyasi o‘tkazildi.

🔰TUHFA
🟢Yuqori Chirchiq tumanidagi 32-37 umumiy o‘rta ta’lim maktablari foydalanishga topshirildi.

🔰TASHABBUS DOIRASIDA
🟢Respublika ishchi guruhi a’zolari, Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Vohobjon Rajabov "3 dekabr- Halqaro nogironlar kuni" munosabati bilan Oqqo‘rg‘on tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumiyta’lim maktablarining uyda yakka tartibda ta’lim oluvchi o‘quvchilari holidan xabar oldi.

🖊Toshkent viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Gaz va elektr energiyasi bugun internetda kun mavzusi boʻlib turibdi.

Toʻgʻri, shu kunlarda poytaxtda ham viloyatlarda ham gaz taʼminoti borasida yetishmovchilik kuzatilmoqda.

Buning sababi oʻlaroq, Oʻzbekiston energetika vazirligi, yer osti gaz konlarida qazib chiqariladigan tabiiy gaz xajmi kamayganligini va uni oshirish choralari koʻrilayotganligini maʼlum qildi.

Unga koʻra, hozirda qazib chiqarilayotgan tabiiy gaz toʻliq ichki isteʼmol uchun, xususan aholi uchun va ijtimoiy sohaga hamda issiqlik stansiyalariga yoʻnaltirilmoqda.

Hurmatli Toshkent viloyati fuqarolari!

Tashqarida qish, havo sovuq, agar Siz, shu vaziyatda ogʻir ijtimoiy ahvolda boʻlsangiz, “1055 Toshkent viloyati boʻyicha Markaziy dispetcherlik xizmati” telegram guruhi orqali mavjud vaziyat haqida xabar bering.

Yoki +998951432056, +998951462056 raqamlari orqali, 7/24 tartibda ishlovchi aloqa markazi (call center)ga murojaat qiling.

Ushbu shtabda – Viloyat IIBB, Elektr, Gaz, Koʻmir va Suv taʼminoti, Maktabgacha va oʻrta taʼlim tashkilotlari hamda favqulodda vaziyatlar va sogʻliqni saqlash boshqarmasi vakillari faoliyat yuritib, murojaatlarni tegishliligi boʻyicha ijobiy hal etish choralarini koʻrishmoqda.

Toshkent viloyati boʻyicha Markaziy dispetcherlik xizmati

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yoʻl_yoʻlakay
#baxshiyona

Otda yurishning ham oʻziga xos sehri bor. Jizzaxdan otlar karvoni oʻtayotganining daragini eshitganlar yuzlab chaqirim yoʻl bosib kelishga erinmadi.

Ha, bir kelganlarni ogʻzi oshga tegsin, Zominni patiriga sariyogʻ surib jesin, deb mehmonlarni izzatini qoʻydi joyiga, eeee, kerak boʻlsa shira suvlar qilib berdiyayayayaya, qorbayir toyiga, eeeee...

Oʻzimiznikilardan Toshkent viloyati fermerlar kengashi raisi Shuhrat Doʻstbekov, Boʻka tumani hokimi oʻrinbosari Shuhrat Xaydarov qoʻyni michalashga qarashib turdi, dirkillagan quyruqlarni qozonni boshida paqqos urdi.

Hay, yara!

Baxshi bola

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Havoning keskin sovib ketishi tufayli yuzaga kelayotgan avariya holatlarini bartaraf etish jarayoni fotosuratlarda

Ob-havoning keskin sovib ketishi tufayli joylarda energiya taʼminotida avariya holatlari koʻpaymoqda. “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent viloyati filialida bugun tunu kun ish qizgʻin.

Maxsus shtab faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, fuqarolar murojaatlari asosida energiya taʼminotidagi uzilishlarni zudlik bilan taʼmirlash choralari koʻrilmoqda.

Foto: Avariya holatlarini bartaraf etish jarayonlari

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM