Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#baxshiyona
#yoʻl_yoʻlakay
Tulporlarni yeldirib, koʻpning havasini keltirib...
Nurafshondan yoʻl tortgan chavandozlar, otga ishqibozlar, adiru kengliklar havosini tuyganlar, otini yoridan sal koʻproq suyganlar, saharlab shoshib, gʻayrati toshib, “Toshkent dengizi”dan oʻtganda bir entikib, Piskentni nari berisida kapa tikib, nafasini biroz rostladi.
Egarni mahkamlab, bedalarni bogʻini qirqib, otlarni yoʻrgʻasini oʻzlariga mosladi.
Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati jamoasi ham uyur-uyur otlarni yonboshidan, birda rasmga olib, birda xati qalamda yozib yoritib borayapti.
Fotomuxbir Nozim Abdulla — kishmish solingan toʻrvada, bizdan oldingi yoʻrgʻada ketayapti.
Bir baxshi yigit ham yoʻldan karvonga qoʻshilib, doʻmbirasi ot dupuriga mos, gaplari chilvirday eshilib ketayapti. Undan eshitganlarimizni mujdalarimizga qoʻshdik.
Chavandozlar tulporlarni yeldirib, qizlarni havasini keltirib Boʻka tumaniga kirib keldi.
Kechki gurunglar hali oldinda.
Bizni kuzatib boring.
✉ ️Telegram 🌐Website 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter

Audio
#Intervyu
Xabaringiz bor, bir guruh chavandozlar Nurafshondan Samarqandga qarab yoʻlga chiqqan.
Jamoaning kayfiyati zoʻr, ayni paytda chavandozlar Boʻka tumanining Parkent qishlogʻida qoʻnoqqa toʻxtashdi.
Havo harorati chavandozlarning kayfiyatiga taʼsir qilmayaptimi, sovuqda qanday yoʻl bosishmoqda, degan mazmundagi fikr ijtimoiy tarmoqlarda aytildi.
Viloyat hokimining matbuot kotibi Behzod Qobulov “Yoshlar” radiosiga shu mavzu yuzasidan intervyu berdi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yoʻl_yoʻlakay
#marafon
Chavandozlar Boʻka tumanining “Parkent” mahallasiga yetganda otlarning egar-yuganlarini yechib, beqasam toʻnlarini yelkasiga tashladi.
“Zilolbuloq” nomli yemakxona atrofida oʻchoqlar oʻyilgan, qozonlar qoʻyilgan, peshonasi doʻng qoʻchqorlar soʻyilgan, gulxanga oʻtinlar qalashgan, qoʻr boshida baxshining doʻmbirasi yarashgan.
Gulxan atrofidagi gurunglarda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi.
Dostonlardan termalar aytildi. Suhbat gulxanga mos qizidi.
Ustingda egang omonat, seni mingan topar murod, chu-ho, otamning oti.
Arazlab qolmasin, deb qirq kanizga boqtirdim, yoʻl damini olsin, deb yoʻl boʻyi daraxt ektirdim, pishnamasin kunda, deb salqin kunda choptirdim, bilagimga kuch keldi polvonning yelkasiday, togʻdan oʻynab kelishing suruvning sarkasiday, chu-ho, otamning oti, chu-ho, otamning oti, deya davra baxshiga joʻr boʻldi.
Hamma xush dam, xush olamda...
Baxshi bola
✉️Telegram🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter

✉️Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#dayjest
Juma — Qurilish sohasidagi muammolarni oʻrganish, investitsiya obyektlarida qurilish jarayonlari bilan tanishish kuni. Demak, bugun qisqa xabarlar oqimida shu mavzu tevaragidagi yangiliklar bilan tanishing.
🔘Qurilish boshqarmasi. Toshkent viloyatidagi talabalar turar joyiga oʻrnatilgan quyosh panellari hisobiga 1 yilda 50 million soʻm tejaladigan boʻldi.
🔘Bekobod tumani. FVB xodimlari tomonidan tuman markazida yangi qurilayotgan obyektlarda va oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida Yongʻin xavfsizligi oyligi doirasida profilaktik tadbirlar oʻtkazildi.
🔘Ohangaron shahri. Shahar aholisining koʻplab murojaatlaridan kelib chiqib, Xalq deputatlari shahar kengashining qarori bilan “Xoʻjabaland” kanalining ustidan oʻtgan ichki avtomobil yoʻli taʼmirlanmoqda.
🔘Qibray tumani. Tuman hokimi “Taraqqiy” mahallasida boʻlib, “Obod qishloq” davlat dasturi doirasida rekonstruksiya qilinayotgan 12-maktabgacha taʼlim tashkilotida amalga oshirilayotgan soʻnggi taʼmirlash va pardozlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.
🔘Bekobod shahri. Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev Bekobod shahrida olib borilayotgan qurilish va bunyodkorlik ishlarini koʻzdan kechirdi.
📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH

#Eʼtibor #Aksiya #Yurakdan_yurakka
Bugun Xalqaro nogironligi boʻlgan shaxslar kuni.
Shu munosabat bilan Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida xayriya aksiyasi oʻtkazilmoqda.
Marosimda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ushbu sana munosabati bilan xalqimizga murojaatini Zoyir Mirzayev oʻqib eshittirdi.
#YurakdanYurakka xeshtegi ostida oʻtayotgan aksiyada viloyatimizdagi maxsus maktablar tarbiyalanuvchilari tomonidan yasalgan amaliy sanʼat namunalari sotuvi tashkil etildi.
Shuning maxsus xayriya qutisiga ishtirokchilar koʻngilli ravishda naqd pul shaklida saxovat koʻrsatishdi.
Aksiyada, shuningdek, viloyatimiz shahar va tumanlarining hokimlari, korxona, tashkilot hamda boshqarma boshliqlari, tadbirkorlar va boshqa koʻngillilar qatnashmoqda.