Toshkent viloyati hokimligi
14.4K subscribers
38.5K photos
5.3K videos
48 files
21.3K links
Download Telegram
#sport

Yosh regbichilarimiz Osiyo chempionatida kumush medallarni qoʻlga kiritdi

Toshkent viloyatining soʻlim Angren shahrida regbi-7 boʻyicha erkaklar va ayollar oʻrtasida U20 yosh toifasidagi Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi.

🌐BATAFSIL

Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ehtiyot_shart

Ayni daqiqalarda Qamchiq dovonida qor yogʻmoqda

Transport vositalarining betoʻxtov ikki tomonlama harakatlanishini taʼminlash uchun tezkor choralar koʻrilmoqda.

Qamchiq dovoni yoʻlidan yuradigan haydovchilarga barcha xavfsizlik choralarini koʻrishlari tavsiya qilinadi.

Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#dekada

Viloyatda “Xayr-ehson 10 kunligi” eʼlon qilindi

Joriy yilning 15-noyabridan 25-noyabriga qadar viloyatda “Xayr-ehson dekadasi” hamda “Oʻzbekiston Qizil yarim oy jamiyati viloyat tashkilotining insonparvarlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash xayriya oʻn kunligi” eʼlon qilindi.

Bunda Oʻzbekiston Qizil yarim oy jamiyati viloyat tashkiloti hamda shahar, tuman boʻlimlari, hududlarda faoliyat koʻrsatayotgan korxona, muassasa va tashkilotlar, mahalla fuqarolar yigʻinlari bilan birgalikda ixtiyoriy va begʻaraz yordam koʻrsatish, shuningdek, xayriya oʻn kunligi davomida turli tadbirlar, marafonlar oʻtkazish rejalashtirildi.

Xayr-ehson dekadasi”ni uyushqoqlik bilan oʻtkazilishini taʼminlash, xayriya tadbirlari va aʼzolik markalaridan tushgan mablagʻlar jamoa roziligi asosida Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining 10 (oʻn) foizgacha miqdorida Oʻzbekiston Qizil yarim oy jamiyati viloyat tashkiloti hisob raqamiga oʻtkaziladi.

Mazkur mablagʻlar hisobidan favqulodda vaziyatlar yuz bergan holatlarda aholiga Qizil yarim oy jamiyati viloyat tashkiloti tomonidan toʻlaqonli insonparvarlik yordami koʻrsatish, tuman va shaharlarda zaxira omborlarini tashkil qilish, shuningdek, omborlarni zaruriy vositalar bilan taʼminlash reja qilingan.

Shuningdek, tadbir davomida xayriya konsertlari, teatrlashtirilgan tomosha tadbirlari tashkil etiladi. Ulardan tushgan mablagʻlarni Oʻzbekiston Qizil yarim oy jamiyati viloyat tashkiloti hisob raqamiga oʻtkazish tavsiya etiladi.

Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bildirish

Toshkent viloyati aholisi diqqatiga!

Ob-havoning keskin o‘zgarishi tufayli kommunal sohalarda ko‘plab muammolar yuzaga kelishini inobatga olib, 2022-2023 yillarda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda vujudga kelgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida viloyat hokimligida uzluksiz kunu-tun faoliyat yurituvchi navbatchilik “VILOYAT SHTABI” tashkil etilgan.

Hurmatli fuqarolar, o‘z murojaatlaringizni mutasaddi rahbarlardan tashkil topgan shtab a’zolariga yetkazishingiz mumkin.
Shtabning asosiy vazifasi – aholidan kelib tushadigan murojaatlarni tezkor (operativ) ravishda bartaraf etish choralarini belgilash va amalga oshirishdan iborat.

📞 Murojaat uchun telefonlar:

🏢Toshkent viloyati hokimligi markaziy shtabi;
☎️ (95)-146-20-56 (24 soat).

Shtab rahbari – Viloyat hokimining shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari- Barhayot Meliyev Baxtiyorjonovich;
☎️ (71)-232-80-17

Shtab rahbari o‘rinbosari – Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari-shtabi rahbarining o‘rinbosari, monitoring rahbari-Xudaykulov Mansur Pulatovich;
☎️+998977500271

SHTAB a’zolari:

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasining ko‘p kvartirali uyni boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish va rivojlantirish bo‘limi yetakchi mutaxassisi- Lutfullayev Anvarxo‘ja Ibroximxo‘ja o‘g‘li;
☎️+998903222363

Nurafshon “Issiqlik manbai” ICHB mijozlar bilan ishlash va savdo bo‘limi muhandisi-Umirzoqova Nargiza Murodillayevna;
☎️+998997010717

Toshkent suv ta’minoti” MCHJ, O‘rtachirchiq bo‘limi, tozalash inshootlari bo‘yicha mutaxassis- Yuldashev Sardor Rixsitillayevich;
☎️+9989977775762

Hududgaz Toshkent” GTF texnik hodimi-Yunusova Feruza Taxirovna;
☎️+998338088408

Toshkent HETK” AJ ishlab chiqarish operativ nazorat guruhi texnigi-Mamanov Tursunboy To‘ychiboyev
☎️+998998491947

Ko‘mir ta’minoti” MCHJ Yangiyo‘l ko‘mir omborida ishchisi-Sobirov Shuxrat Gʻanijonovich;
☎️+998993154433

Maktabgacha ta’lim bo‘limi- ekspluatasiya bo‘limi ta’monotchisi-Xudoyberganova Jamila Sobirovna;
☎️+998957909359

Xalq ta’limi boshqarmasi O‘rtachirchiq tuman xalq ta’limi bo‘limi maxsus ta’mirlash ekspluatasiya xizmati bo‘limi aloqachisi-Saidaxova Iroda Tairovna;
☎️+998996979314

Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi mutaxassisi-Xamraqulov Farxod Xalmirzayevich;
☎️+998901298263

Sog‘liqni saqlash boshqarmasi Nurafshon tibbiyot bo‘limi bosh muhandisi-Raxmonov Sardor Ubaydullayevich;
☎️+998999045994

"Toshkent suv ta’minoti"- MCHJ Ohangaron shahar bo‘limi mutaxassisi - Nazirov Elmurod Emil o‘g‘li;
☎️+998998061997

"Hududgaz Toshkent" GTF direktor yordamchisi - Nuraliyev Sunnat Sharafjonovich;
☎️+998998009195

Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tartibi

Har bir bola uchun maktabgacha taʼlimni kafolatlash maqsadida “yoʻl xaritasi” ishlab chiqiladi

🌐BATAFSIL

Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Nazorat

Toshkent viloyati IIBB va Prokuraturasi xodimlari tomonidan 1 tonna sifatsiz go‘sht mahsulotlari savdosiga chek qo‘yildi
(foto video)

Nazorat-reyd tadbiri davomida Zangiota tumanida faoliyat yuritayotgan “qushxona” ko‘zdan kechirildi va holat yuzasidan JKning 186-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

🌐BATAFSIL

✉️Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#Dayjest

Seshanba - Hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazish kuni.

🔘Ohangaron shahri. Yoshlar yetakchisi yordami bilan “Qoʻrgʻon” mahallasida ishsiz fuqaro Davron Oqqulovning bandligi taʼminlandi.

🔘Bekobod tumani.Mustaqillik” mahallasida hokim yordamchisi 3 nafar fuqaroga imtiyozli kredit olishga yordam berdi.

🔘Parkent tumani. 62 ta mahalla yoshlar yetakchisi ishtirokida “Ona tabiat, seni obod etishga barchamiz masʼulmiz!” shiori ostida daraxt ekish aksiyasi oʻtkazildi.

🔘Toshkent tumani.Istiqbol” mahallasilik Kamola Sobirjonovaga tuman hokimi noutbuk sovgʻa qildi.

🔘Olmaliq shahri. Hokimlikda “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi Vasiylik kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

🔘Piskent tumani. Kultepalik Gulnoza Valiyeva 5 sotix issiqxonadan 50 mln. so‘m daromad qilishni uddaladi.

🔘Chirchiq shahri. Hokim yordamchilari uchun tadbirkorlik va kasb-hunarga oʻqitish boʻyicha oʻquv seminar boʻlib oʻtdi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Jumabozor” mahallasida hokim yordamchisining koʻmagi bilan ishsiz ayol N.Toʻrajanovaga tikuv mashinasi berildi.

🔘Yangiyoʻl shahri. Hokim yordamchilarining Samarqand shahriga sayohati tashkil qilindi.

🔘Yangiyoʻl tumani. “Saxovat” mahallasida yoshlar yetakchisi koʻmagida mahalladagi 34 nafar yoshga amaliy yordam koʻrsatildi.

🔘Oʻrta Chirchiq tumani.Yoshlar daftari” roʻyxatida turuvchi yigit-qizlar uchun tibbiy koʻrik tashkil qilindi.

🔘Bekobod shahri. Yoshlar yetakchilari tavsiyasi bilan 22 nafar yigit-qizga oʻzini band qilishi va tadbirkorlik uchun 95 mln. soʻmlik asbob-uskuna berildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#eʼtibor

Noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi tibbiyot xodimlari kuni.

Sana munosabati bilan bir guruh soha xodimlarining Samarqand shahriga sayohati tashkil qilindi.

📹Batafsil videolavhada.

️Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hokimiyat_hujjatlari

“Shodmalik” aholisi ichimlik suvi bilan taʼminlanadi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning tegishli farmoyishiga koʻra, mahalliy byudjetining 2022-yil III chorak yakuni bilan shakllangan daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan Ohangaron tumani “Shodmalik” mahallasi aholisini ichimlik suvi bilan taʼminlash uchun 300 mln. soʻm mablagʻ ajratiladi.

✉️Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat_eʼlon

Yangiyoʻlda ommaviy sayyor qabul tashkil etilmoqda

Yangiyoʻl shahri
va Yangiyoʻl tumani aholisi bilan bevosita uchrashish, ularning muammolarini joyida hal etish, murojaatlarini oʻrganish yuzasidan viloyat hokimi boshchiligida ommaviy sayyor qabul tashkil etilmoqda.

Unda viloyat hokimi, sektor rahbarlari, boshqarma va tashkilotlar mutasaddilari hamda mazkur masalaga bevosita aloqador masʼullar ishtirok etishadi.

Sayyor qabul 2022-yil 10-noyabr kuni soat 14:00 da Yangiyoʻl shahri “Lazzat” MFY hududidagi Yangiyoʻl agrotexnologiyalar texnikumi binosida boʻlib oʻtadi.

Mazkur qabulda oʻzingizni qiziqtirgan savollar bilan ishtirok etishingiz mumkin.

✉️Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#turizm

Finlandiya tajribasi asosida turizm klasteri tashkil qilinmoqda

🌐BATAFSIL

✉️Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#infografika

Bugun viloyatda aholini ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasi 71,2%ni tashkil etadi.

2023-yilda bu koʻrsatkich 74, 5 %ga oshirish rejalashtirilgan.

Jumladan, viloyatda 2023-2024-yillarda 964 km. ichimlik va oqova suv tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari uchun halqaro moliya institutlari jalb etilmoqda.

✉️Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_inshoot

Investitsiya dasturi: Toshkent tumanidagi Sarke mahallasida yuqori quvvatli ip yigirish zavodi ish boshladi

Toshkent tumanidagi Sarke mahallasi hududida “Uzyarn house textile” mas`uliyati cheklangan jamiyati tomonidan qurib bitkazilgan ip yigirish zavodi ish boshladi.

Ushbu korxonaga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-72-son hamda 2021-yil 25-avgustdagi PQ-5233-son Qarorlariga asosan, “Tibbiy kalava ip yigirish va sochiq ishlab chiqarish” investitsiya dasturi ijrosi doirasida asos solingan bo’lib, loyiha qiymati 111,3 milliard so’mni tashkil etadi.

Bu yerga Germaniyaning “Truetzschler”, Shvetsariyaning “Sauer” hamda Turkiyaning “Temsan” kompaniyalari zamonaviy uskunalari keltirib o’rnatilgan.

Zavod to`la quvvatda ishga tushirilishi natijasida yiliga 180-200 mlrd. so`mlik mahsulot ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.

Korxonaning tantanali ochilish marosimi ushbu lavhamizda.

✉️Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Soʻrovnoma

Hurmatli fuqarolar! Joylarda kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish boʻyicha tashkil etilgan shtablar faoliyati qoniqarlimi?
Anonymous Poll
26%
Ha
74%
Yo'q
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_muloqot
#Sayyor_qabul

4-sektor rahbari aholi bilan muloqotda

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari, Olmaliq shahar hokimi hamda shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining aholi bilan navbatdagi sayyor qabuli oʻtkazildi.

Ochiq muloqot tarzida oʻtayotgan bugungi qabulga 50 nafardan ziyod fuqarolar kelib, oʻzlarini qiynayotgan turli masalalar boʻyicha murojaatlarini bayon etildi.

Uchrashuv davomida aholi va tadbirkorlik sub’ektlaridan 35 ta murojaat kelib tushdi, shundan 15 ta muammo joyida hal etildi, 17 tasiga tushuntirishlar berildi hamda 3 tasi tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olinadigan bo‘ldi.

Qabul so‘ngida "Ayollar daftari"ga kirgan xotin-qizlarga tikuv mashinasi berildi. Ikki nafar fuqarolarga nogironlik aravachalari berildi.

Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlar_siyosati

YOSHLAR KO'ZIDAGI MAMNUNLIK HISSI

Bugun, 9-noyabr kuni Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig'i Miraziz Mirsultonov Zangiota tumanida bo'lib, hududdagi yoshlar bilan muloqot qildi.

Ma'lumot o'rnida aytish kerakki, Respublika Yoshlar ishlari agentligi tomonidan viloyatdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj 25 nafar yoshlarning davolanish xarajatlarini qoplash uchun 332 million so'm pul mablag'lari ajratilgan.

Zangiota tumanida esa yoshlar yetakchilari tomonidan xatlov jarayonlari davomida yordam so'rab murojaat qilgan yoshlarga umumiy miqdori 115 million so'm bo'lgan davolanish uchun pul mablag'larini olish imkoniyatini beruvchi vaucherlar topshirildi.

Shuningdek, Toshkent viloyati tuman, shahar jamg'armalari hisobidan 200 nafar yoshlarga 1 milliard 453 million so'mdan ortiq mablag'lar yoshlarning davolanishi uchun to'lab berildi.

Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#Dayjest

Chorshanba - Investitsiya, eksport masalalarini oʻrganish va sanoat zonalarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish kuni.

🔘Statistika boshqarmasi. Joriy davrda viloyatda 6311 mlrd. soʻm yoki asosiy kapitalga investitsiyalarning 27,4 foizi xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan amalga oshirildi.

🔘Angren shahri. Angren shahar hokimi hududda faoliyat yuritayotgan ishlab chiqarish obyektlarida mahsulot turlari, hajmi va sifati bilan bogʻliq jarayonlarni koʻzdan kechirdi.

🔘Toshkent tumani. Tumandagi “Sarke” mahallasida yuqori quvvatli, zamonaviy ip yigirish zavodi ish boshladi.

🔘Ohangaron tumani. Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev Ohangaron shahri va tumanidagi ishlab chiqarish obyektlarida boʻlib, tadbirkorlar, xorijlik hamkorlar bilan muloqot qildi.

🔘Quyi Chirchiq tumani. Tumanda joriy yilda 61,7 gektar yer maydonida yetishtirilgan Indigofera oʻsimligi oʻrib olinib, kamyob boʻlgan tabiiy boʻyoq tayyorlanmoqda.

🔘Yangiyoʻl tumani. Tumanning “Qoʻshtepa” mahallasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash uchun moʻljallangan muzlatgich omborxonasi loyihasi amalga oshirildi.

🔘Parkent tumani. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Toshkent viloyati boshqarmasi muvofiqlashtiruvida Parkent tumanida “Med torg invest” MChJ tomonidan “Meva-sabzavotlarni saqlash va qayta ishlash” loyihasi ishga tushirildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bojxona
#Munosabat

Bekobod shahri “Oybek” chegara-bojxona punktida vaziyat aslida qanday?

Dalil.uz” saytida eʼlon qilingan tanqidiy material yuzasidan oʻrganish oʻtkazildi.

Jarayon “Uzreport TV” nigohida.

Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Press_tur

Hokim yordamchilari faoliyatiga nazar | Yangiyoʻl tumani

Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_makon
#doʻstlik_bogʻi

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida eʼlon qilingan “Dolzarb 40 kunlik”da xorijiy hamkorlar ham faol ishtirok etmoqda.

🌐BATAFSIL

✉️Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn
#sayyor_qabul

Ayni daqiqalarda Yangiyo'l shahrida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligida fuqarolar murojaatlari boʻyicha sayyor qabul boʻlib oʻtmoqda.

Jarayonlarni ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali jonli kuzatib boring:

🌐Facebook ( https://fb.watch/gIJUuW59KM/ )

🌐YouTube ( https://youtu.be/pFIvdqmeDM0)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM