Toshkent viloyati hokimligi
14.4K subscribers
38.4K photos
5.28K videos
48 files
21.3K links
Download Telegram
#rasmiy

⚡️⚡️⚡️Tayinlov

Odinayev Aziz Xusanovich — Toshkent
viloyati hokimligi Axborot-tahlil guruhi yetakchi mutaxassisi lavozimiga tayinlandi.

A.Odinayev 1992-yilda Piskent tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy. 2017-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Lavozimga tayinlangunga qadar, Toshkent viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmasi Kambagʻallikni qisqartirish, aholi turmush darajasini oshirish va “mahallabay” ishlash boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

✉️ Telegram 🌐 YouTube 📱Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Taʼlim ⚡️Muhokama

Taʼlim kengashi yigʻilishidan soʻng

Xalq taʼlimi boshqarmasining boshligʻi Azamat Kamalov:
"Bugun viloyatga taʼlim sohasida egallab turgan lavozimiga noloyiq kadrlar koʻp. Biz ikkita tuman XTB mudirini maktabga direktor sifatida ishga yubordik. Boshqarmadan ham xodimlar maktabga ishga yuborilmoqda. Umuman, Zoyir Mirzayevning topshirigʻi bilan viloyat jamoatchiligi xalq taʼlimi sohasida vaziyatni oʻnglashga safarbar etilmoqda."

✉️ Telegram 🌐 YouTube 📱Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tanqid

TOSHKENT VILOYATIGA 1 TA TAROZI YETADIMI?!

Yoʻllarini kuzatsangiz, gardanidagi yukining ogʻirligidan zoʻrgʻa harakatlanib ketayotgan, yuki koʻpligilan motori zoʻriqib ishlayotgan yuk mashinalariga koʻzingiz tushadi.

Holat sabab millirdlab byudjet pullari hisobiga taʼmirlangan yoʻllar ortiqcha yuklama tufayli yaroqsiz holga keladi.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan yuk tashuvchi mashinalar olib yuradigan yukning ogʻirlik meʼyori belgilab qoʻyilgan. Misol uchun, unda 7-8 tonnadan ortiq yuk mumkin emasligi, yoʻqsa, javobgarlik borligi qayd etilgan.

⚡️Bu boʻyicha doimiy reydlar oʻtkazilishi, ogʻirlikni oʻlchaydigan maxsus tarozilar ishlatilishi belgilangan, ammo Hukumat qarori ijrosi taʼminlanyaptimi oʻzi? Buning aksi ekaniga yetarlicha asoslar bor.

Chunonchi, brifingda Toshkent viloyati Avtomobil yoʻllari hududiy boshqarmasi bu yil viloyatda qancha reyd oʻtkazilgani, necha nafar fuqaro jarimaga tortilgani haqida maʼlumotlarni taqdim qila olmadi.

Boshqarmaning maʼlum qilishicha, Chinoz tumanidagi hamda “Erkin” postlarida ana shunday yuk oʻlchaydigan tarozi oʻrnatilgan. Afsuski, oʻsha ikki tarozidan bittasi ham taʼmirtalab ekan.

– Bunday tarozilar quriladi, qurish uchun ham, taʼmir uchun ham pul kerak, mablagʻ masalasi bizda muammo, ammo biz bu boʻyicha loyiha qilyapmiz,– deydi boshqarma muhandisi.

Viloyatdagi yaroqli birgina tarozining ham ishlayotgani shubha ostida. Chunki masʼullarda jarimaga tortilganlar boʻyicha aniq raqamlar yoʻq. Xullas, savollar koʻp, javoblar esa...

✉️ Telegram 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#Dayjest

Dushanba – hudud tashkilotlari va idoralarida ijro intizomining ahvoli oʻrganilib, muhokama qilinadigan, "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari" bilan ishlash, muammolarni oʻrganish va amaliy koʻmak berish kun sifatida belgilangan. Qisqa xabarlarda olib borilayotgan ishlarga nazar tashlaymiz.

🔘Boʻka tumani. Nizomiddin Abbosov rahbarligida ijro intizomi hamda murojaatlar bilan ishlash boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtdi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Ishsiz ayollar bandligini taʼminlash maqsadida mehnat yarmarkasi oʻtkazildi.

🔘Yangiyoʻl shahri. Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan oʻtkazilgan mehnat yarmarkasida 21 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi.

🔘Ohangaron tumani.Xalqaro qishloq ayollari kuni” munosabati bilan “Ayollar daftari”da roʻyxatda turuvchi 100 nafar xotin-qizlar uchun sayohat tashkil etildi.

🔘Ohangaron shahri. 100 nafar xotin-qizlarYangi Oʻzbekiston” bogʻida bo‘lishdi.

🔘Zangiota tumani. Oʻrta ovul” hududida hokim oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi tomonidan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

🔘Yangiyoʻl tumani. Ayollar daftari”da roʻyxatda turgan xotin-qizlar madaniy hordiq chiqarishdi.

🔘Qibray tumani.Temir qadam-Artikova Shohista” fermer xoʻjaligi rahbari Shohista Artikova imkoniyatlardan unumli foydalanib, yiliga 250 mln. soʻm daromad olmoqda.

🔘Parkent tumani. “Boyqozon” mahallasidagi imkoniyati cheklangan fuqaroga nogironlik aravachasi topshirildi.

🔘Boʻstonliq tumani. 14 nafar xotin-qizlar kasb-hunarga oʻqishga yoʻnaltirildi.

🔘Piskent tumani. Tekstil korxonasi 800 ta ayolga ish taklif etdi.

🔘Oʻrta Chirchiq tumani. Keksalar va ayollar Samarqandga sayohat qilishdi.

🔘Chinoz tumani.Oʻrinboy hoji” fermer xoʻjaligi dala shiyponida “Xalqaro qishloq ayollari” kuni munosabati bilan madaniy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

🔘Bekobod tumani. Hokim o‘rinbosari jismoniy hamda yuridik shaxslar murojaatlari yuzasidan olib borilayotgan ishlarni tanqidiy tahlil qildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KOʻRISH
#Rasmiy

ZOYIR MIRZAYEV TATARISTON PREZIDENTI BILAN UCHRASHDI

Shu kunlarda Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixanov boshchiligidagi delegatsiya yurtimizda boʻlib turibdi.

Bugun poytaxtimizdagi “Hilton” mehmonxonasida Zoyir Mirzayev Rustam Minnixanov bilan uchrashdi.

Taʼkidlash joizki, Toshkent viloyati va Tatariston yaqin hamkor hududlar sanaladi. Tomonlar oʻrtasida 2019-yili rasman yoʻlga qoʻyilgan hamkorlik natijasida bugun hududda 10 dan ortiq qoʻshma korxonalar, savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari faoliyat olib bormoqda.

Rustam Minnixanov boshchiligidagi delegatsiya shu vaqt oraligʻida 3-marta viloyatimizda boʻldi, qator yangi loyihalarga start berildi.

Tatariston delegatsiyasi bilan uchrashgan Zoyir Mirzayev mehmonlarga Toshkent viloyatida bugun amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, yangilanishlar, rejalar xususida soʻzlab berdi. Shuningdek, oʻzaro aloqalarni yangi bosqichga koʻtarishga qaratilgan bir qator ikki tomonlama manfaatli takliflar muhokama qilindi.

Muloqotda savdo-iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy, qurilish va arxitektura sohasidagi hamkorlik imkoniyati va istiqboli yuqori baholandi.

Samimiy, doʻstona ruhda oʻtgan muloqotda tomonlar esdalik sovgʻalari almashishdi. Rustam Minnixanov Toshkent viloyati hokimini Tataristonga mehmonga taklif etdi.

Tomonlar tez orada biznes doiralar vakillari uchun maxsus muloqot tashkil etishga kelishishdi.

Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Video

ZOYIR MIRZAYEV TATARISTON PREZIDENTI BILAN UCHRASHDI

Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢DIQQAT, E'LON

❗️Jurnalist va blogerlar hamda aholi vakillari diqqatiga!

🎤Ayni damda Toshkent viloyati hokimligi tomonidan hududlardagi yoʻllar infratuzilmasini xalqaro standartlarga mos boʻlishi, avtomobil yoʻllarini qurish, koʻpriklarni rekonstruksiya qilish, ichki yoʻllarni mukammal taʼmirlash orqali yoʻllarda harakat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha joriy yilda amalga oshirilgan ishlar va galdagi vazifalar bilan tanishtirish maqsadida matbuot anjumani tashkil etilmoqda.

🌐Viloyatning soha mutasaddilari ishtirokidagi mazkur tadbirda jurnalist va blogerlar onlayn tarzida qatnashishlari mumkin.

🧑🏻‍💻ZOOM platformasi orqali bogʻlanish;
👉 https://us04web.zoom.us/j/75269840624?pwd=61654vgvsbarekZLKxdHUfBpJFz3y1.1

☎️ +99871 232 80 24

✉️ Telegram 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hokimiyat_hujjatlari

Hududlardagi keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari moliyalashtirildi

Jumladan, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 2022-yilda viloyat boʻylab amalga oshirilishi lozim boʻlgan qurilish va taʼmirlash ishlari uchun 30 milliard soʻm, jumladan, viloyat hokimligi huzuridagi “Obod qishloq” jamgʻarmasiga yoʻnaltirish maqsadida 28 milliard 700 million soʻm va “Obod mahalla” jamgʻarmasiga yoʻnaltirish maqsadida 1 milliard 300 million soʻm mablagʻ ajratiladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.

Mazkur hujjat ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari M.Fayziyev va viloyat hokimi oʻrinbosari SH.Mahmudovlar zimmasiga yuklatildi.

✉️ Telegram 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tartibi

Muammoli kreditlar: ularni soʻndirishdan kim manfaatdor, undirishdan-chi?

Zoyir Mirzayev raisligida xuddi shu masala tahliliga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.

Tafsilotlar videolavhada.

✉️ Telegram 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Sanoat yarmarkasi: mahalliy ishlab chiqaruvchi 44 korxona oʻzining 600 turdan ortiq mahsulotlarini taqdim etmoqda

🌐
BATAFSIL

✉️ Telegram 🌐 YouTube 📱Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида маҳаллаларни обод қилиш ва “Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси доирасида амалга оширилган ишлар ҳамда келгусидаги устувор вазифалар юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по проделанной работе и дальнейшим приоритетным задачам в области благоустройства махаллей и реализации общенационального проекта «Яшил макон».

Facebook|Instagram|Twitter
Аҳолини рози қилиш бўйича ҳали олдимизда кўплаб вазифалар турибди” – Президент.

Давлатимиз раҳбарининг топшириғига мувофиқ ҳудудларга ишчи гуруҳлар юборилиб, улар 9 370 та маҳалланинг ҳар бирига кириб, аҳолининг кайфиятини ўрганиб, уни қийнаётган муаммолар рўйхатини шакллантирди.

Аҳоли томонидан йўл, ичимлик суви, суғориш тизими, электр, таълим ва тиббиёт билан боғлиқ 12 мингта масала ва таклиф кўтарилган.

Барча ҳоким ва вазирлар эшитиб олсин. Президент сиёсати ва талаби шундай: ҳеч бир фуқаро ўзининг муаммолари билан ёлғиз қолмаслиги керак. Аҳоли кайфияти – ислоҳотларимиз ва сиёсатимизнинг кўзгуси.

Катта-кичик бўладими, аҳолимиз кўтарган ҳар бир муаммога ўз вақтида муносабат билдириш, уларни босқичма-босқич ҳал қилиш барча даражадаги раҳбарларнинг энг устувор вазифаси бўлиши шарт ва зарур
”, деди Президент.

Facebook|Instagram|Twitter
#LIVE

⚡️⚡️⚡️ Toshkent viloyati IIBB xodimi Muzaffarbek To‘raboyev Jahon chempionati finalida

Birozdan so‘ng Dzyudo bo‘yicha 35-Jahon chempionatida Erkaklar o‘rtasida -100 kg vazn toifasida Muzaffarbek To‘raboyev kanadalik raqibi Kayl Rays bilan bahs olib boradi.

To‘gridan tog‘ri efirni ushbu havola orqali tomosha qiling👉 https://www.uztv.tv/channels/sport

Maʼlumot o‘rnida, M.To‘raboyev Toshkent viloyati IIBB Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryatida xizmat qilib keladi. To‘raboyevga omad tilab qolamiz!

| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️

G'alaba! Toshkent viloyati IIBB xodimi Muzaffarbek To‘raboyev Dzyudo bo‘yicha Jahon chempioni bo'ldi

✉️ Telegram 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Видеоселектор йиғилиши давомида Президентимизга Тошкентда ўтаётган дзюдо бўйича жаҳон чемпионати финалида ҳамюртимиз Музаффарбек Тўрабоев ўз рақибини мағлуб этиб, олтин медалга сазовор бўлгани ҳақида хабар берилди. Давлатимиз раҳбари ушбу янгиликни катта мамнуният билан қарши олиб, спортчимиз ва бутун халқимизни ғалаба билан табриклади.

Facebook|Instagram|Twitter
Ҳар бир маҳалла ўзининг муаммосини мустақил ҳал этиши учун келгуси йилдан “Маҳалла бюджети” тизими жорий этилиши айтилди.

Келгуси йил 1 январдан бошлаб ҳар бир вилоятнинг биттадан туманида тажриба тариқасида аҳолининг мол-мулк ва ер солиғини ундириш маҳалланинг ўзига ўтказилади. Бунда:

- ундирилган мол-мулк ва ер солиғи маҳалла бюджетида қолади;

- ҳар йили 1 февралга қадар ҳокимлар маҳалла раиси ва ҳоким ёрдамчилари билан бирга маҳалла бюджети ҳисобидан ҳал қилинадиган лойиҳалар рўйхатини туман Кенгашларига тасдиқлаш учун киритади;

- келгуси йил якунида ушбу тажриба барча ҳудудларда жорий қилинади.

Facebook|Instagram|Twitter